So’nggi yangiliklar

21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  1 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   3 20:20Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  2 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1 19:38Виктор Осимхеннинг янги жамоаси маълум  4 19:25Рустам Ашурматов: "КХДР терма жамоаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмасмиз"  7 18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  1 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  2 17:37Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   7 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   7 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0 15:19"Ал Иттиҳод" "Арсенал" ярим ҳимоячиси бўйича расмий таклиф юборган  1 15:00⚡️Юсупов ёки Неъматов? Сентябрь ойидаги ўйинларда терма жамоа дарвозасини ким қўриқлайди? Катанец жавоб берди  17

Biz sevib tinglaydigan ECHL madhiyasi haqida Yangiliklar

Biz sevib tinglaydigan ECHL madhiyasi haqida

Zinedin Zidanning aytishicha, CHempionlar Ligasi madhiyasini befarqlik bilan tinglaydigan futbolchining o'zi yo'q: “Bu - sehr. Futbolchi uyda telivizor orqali o'yin tomosha qilayotgan bo'lsa ham, musiqa uning etiborini darhol o'ziga tortadi”.

Bu madhiya Evropaning eng yaxshi jamoalari o'rtasidagi "kurash" ramzi va futbol tarixidagi eng yaxshi kompoziciyalardan biri sanaladi. Agar ECHL madhiyasini tinglaganingizda tanangiz jumbushga kelsa, tashvish chekmang! Mark-Andre ter SHtegen, Dani Karvaxal, Tiago Silva, Garet Beyl, Maurisio Pochettino va hattoki, gollandiyalik hakam Born Kuypersda ham shunday holat bo'ladi. 

Krishtianu Ronaldu o'yindan oldin ECHL madhiyasini kuylab quvvat olar ekan. Kayl Uoker va Ektor Belerin o'zlarining versiyalarini taqdim etgandilar. Lekin unchalik omadli chiqmagan. Ramosning saytida haligacha madhiya muhimligi to'g'risidagi kichik satr bor: “CHempionlar Ligasi madhiyasini tinglash zarur. Men ECHLda debyut kunimdan iliq xotiralar yodimda qolgan”. Allaqachon kompoziciyani futbol maydonidan tashqarida eshitishni boshlashgan: to'y, teatr va ko'chalarda uni tinglab yurishadi. “Aslida, maydonga tushishingiz bilan ECHL madhiyasi qulog'ingizga chalinishi siz qanchalik muhim turnirda ekaningizdan dalolat beradi.”, — deydi Messi.

CHempionlar Ligasi madhiyasini kuylashganiga 27 yil bo'lganiga qaramay, uni haligacha yaxshi ko'rishadi. Quvonarlisi, tinglovchilar soni kundan-kunga oshib bormoqda. 1992 yil UEFA buyurtmasiga binoan britaniyalik kompozitor Toni Britten uni yozgan. Britaniya qiroli Georg II taxtga o'tirish marosimiga atab 1727 yilda yaratilgan Gendel ijrosidagi "Ruhoniy Sadok" qo'shig'i aranjirovkasidan foydalangan. Gendel — barokko davridagi mashhur nemis va ingliz kompozitori. Petr CHaykovskiy shunday deb yozgan: Gendelning asosiy afzal jihatlari ovoz bilan ishlay olish va xor (jo'rchilar guruhi) yordamida boshqa kompozitorlar erisha olmagan musiqiy effektlarni chiqara olish edi. Madhiyani ilk bor ECHL-1992 yil kuzda taqdim etishdi, 1993 yil kuzda esa finalda yangradi. O'shanda “Marsel” “Milan”dan ustun kelib, sovringa ega chiqqandi.

UEFA zimmasida futbol imidjini qayta tiklash vazifasi bor edi

1992/93 yilgi mavsumda Evropa CHempionlar Kubogi — Evropa CHempionlar Ligasiga almashdi. SHu munosabat bilan, UEFA turnir formatini o'zgartirdi hamda yangi logotip, aydentika va madhiya yaratishga kirishdi.

CHempionlar Ligasining marketing sherigi “TEAM Marketing” bo'ldi. Uning asoschisi Kreyg Tompson madhiyani yaratish jarayonini nazorat qilar va turnirning yangi uslubiga javobgar edi.

“Biz “TEAM Marketing” UEFAning eksklyuziv marketing sherigi bo'lishiga kelishib olganimizdan keyin loyihaga start berildi. O'sha payt UEFAda kam sonli xodim faoliyat yuritardi. SHuning uchun, bir qator ishlar — musiqa, tashkiliy ishlar bilan “TEAM” xodimlari shug'ullanishi haqida ko'rsatma berdi. Men esa buning uddasidan chiqdim”, — deya yodga oladi Tompson. 

80-yillarda futbolda bezorilar ko'payib ketgandi. Ayniqsa, bundaylar orasida britanlar ko'p edi.

1985 yil “Eyzel” stadionidagi vojea yuz bergandi. O'shanda Evropa CHempionlar Kubogi finali — “Yuventus” va “Liverpul” o'trasidagi bahsda 39ta (!) odam vafot etdi. Britaniyalik muxlislarning tajavvuzkor harakatlari tufayli, UEFA ingliz klublariga 5 yillik, “Liverpul” uchun esa 6 yillik cheklov o'rnatgan. 1989 yil Angliya Kubogidan oldin “Xillsboro” stadionida “Nottingem Forrest” — “Liverpul” bahsida muxlislar soni ko'payib, odamlar bir-birini itarib, bosib o'tib keta boshlashdi. Buning oqibatida esa 96ta odam olamdan o'tdi. SHundan so'ng, yuz bergan voqea  sabablari o'rganilib, hisobot tayyorlandi. Bundan maqsad — nafaqat voqeaning sabablarini ko'rsatib berish, balki sport musobaqalarida xavfsizlik choralari bo'yicha tavsiyalar berishdan iborat edi. Xususan, ana o'sha vaqtdan turib o'yin tomosha qilish mumkin bo'lgan joylar Britaniya stadionlaridan olib tashlangan.

Bezorilar tufayli futbol ancha aziyat chekdi. “Bu o'yin atrofida urushqoq va janjalkashlar shunchalik ko'payib ketgan edi. Buning ustiga Angliya ham UEFA tomonidan bir necha yilga diskvalificiya qilingandi. Maqsadimiz futbol imijini yuqoriga ko'tarish edi. SHuning uchun, klassik musiqa tanladik. Ko'pchilik bundan hayron bo'lgan. Sababi, shu paytgacha ananaviy futbol rok-n-roll bilan bog'liq edi”, — deydi Tompson. “UEFA CHempionlar Ligasi o'zining imiji va musiqasi bilan futbolni qaytadan hamma rohatlanadigan o'yin sifatida kashf qilinishini istadi. O'ylashimcha, buning uddasidan chiqdik”, — deydi ishonch bilan Britten

Britten madhiyani bir necha kun yozdi. Butun jarayonga esa bir oy vaqt kerak bo'ldi

Britten — Qirollik musiqa kollejining bitiruvchisi hisoblanadi. SHuningdek, u erda mashhur skripach Devid Garrett ham tahsil olgan. Avvaliga Britten teatrda musiqa direktori bo'lib ishlagan. Keyinchalik, Britaniyaning mashhur teatr prodyuseri Kameron Makintosh bilan faoliyat yuritgan. Vaqt o'tgani sari Britten kino dunyosiga ham kirib bordi va kinoprodyuser bo'ldi. Uning shov-shuvga sabab bo'lgan loyihalaridan biri — “Robokop” filmi saundtrekiga rahbarlik qilgan.

1992 yilda Britten bir nechta buyurtmalar olgan, shu qatorda, reklamalar ham. “Mening musiqachi agentim futbol bo'yicha qandaydir kuy bastalash kerakligini aytdi. Lekin kuy aynan qanday bo'lishi kerakligini o'zi ham hali tushunib etmagandi. Vaqtim juda kam edi, shuning uchun undan batafsil malumotlar kutdim.

“T.E.A.M. Marketing” jamoasi va UEFA klassik uslubdagi ijro istashayotgan edi. Lekin ular musiqa yakkaxon qo'shiqchi tomonidan kuylanishini xohlashmadi. SHuning uchun, ularga bir nechta mashhur xor tarzida kuylangan namunalarni ko'rsatdik. Barchasini tinglab ko'rgach, ularga Gendel tomonidan yozilgan “Ruhoniy Sadok" yoqdi.

Toni kompoziciya uchun matn kerakligini Tompsonga aytdi. “TEAM Marketing” matn 3 tilda yozilishi muhim ekanini takidladi: ingliz, francuz va nemis. Bu borada avvaliga bir qancha muammolar kelib chiqdi. Lekin Brittenga birdan ilhom kelib, qalam va qog'ozni qo'lga bitib, sher bitdi. “UEFAning 3ta rasmiy tilida bir nechta gaplarni yozib ko'rish g'oyasi hayolimga keldi (masalan, eng yaxshi jamoalar, muhim voqealar, chempionlar va h.k)”. Avvaliga Toni hammasini ingliz tilida yozib chiqdi va tarjimonning yoniga borib, nemis hamda francuzchaga tarjima qildirdi. Nihoyat matn tayyor bo'ldi. U olti kuplet va ikki martadan takrorlanadi. 

“Qo'shiq musiqasiga kelsak, uyga kelib, pianinoga o'tirdim. Uydagi studiyamda bir qismini bajargan bo'lsam, keyin asosiy ish joyimga borib, bir necha kunda jarayonni tugatdim. Gendeldan kerakli bitta iborani oldim, qolgan qismi o'zimga tegishli”, — deydi Britten. Musiqa matni, kompoziciyasi va umumiy jarayonga bir oy vaqt sarflandi.

“Musiqani ilk bor tinglaganimizda (xorsiz), uni sevib qoldik, – yodga oladi Tompson (“TEAM Marketing” butun jarayonni nazorat qilib turgandi). — Biz istagan narsamizga erishdik. Biz kompoziciya sinov muddatidan o'tishi kerak deb hisobladik. Biroq u kutganimizdan ham mashhurroq bo'lib ketdi”, — deydi Tompson.

“CHempionlar Ligasi madhiyasini har safar tinglaganimda ko'zlarimga yosh keladi”

Britten hech qanday demo-versiya (sinov uchun) qilmadi. Ko'pchilik Londonning “Angel Recording” studiyasiga kelib, qo'shiqni ko'chirib oladigan bo'ldi. Musiqani Londonning simfonik orkestri, Martina akademiyasi xor guruhi ijro etdi.

“Orkestr va qo'shiqchilarni bitta London studiyasiga yig'ib, qo'shiq yozgan kunimizni hech ham yodimdan chiqarmayman. Men Tonining yonida turardim. Tahminan 30 daqiqada hamma ishni tugatdik. Natijadan esa o'zimiz ham lol bo'lib qolgan edik. O'sha kunlarni eslasam, ko'zlarimga yosh keladi”, — deydi g'urur bilan Tompson.

Britten qanday buyuk ishga qo'l urganini Rossiyada tushunib etdi

Madhiya yaralganidan keyin Britten bir necha yilgacha uning taqdiri bilan qiziqqani yo'q. U o'z ishini sifatli darajada uddaladi, hamma bundan mamnun edi. Ammo bir kuni Britten uning musiqasi dunyo miqyosida keng yoyilganini fahmladi.

“Sankt-Peterburgda edim. U erga film va “Grushko” mini-serial uchun partitura yozishga borgandim. Serialda Brayan Koks bosh qahramon sifatida suratga tushdi. SHuningdek, u “Jasoratli yurak” (Mel Gibson bilan), “Iks odamlari-2”, “Troya" (Bred Pitt bilan) rol ijro etgan.

Men kechki taom tanavvul qilib, spirtli ichimlik ichdim. O'sha kecha ajoyib bo'lgan edi! Mehmonxonadagi nomerimga joylashdim va uxlashga yotdim. Ammo televizor yoqib uxlab qolibman. Bir necha soat o'tib, uyg'ondim. Quloqlarim ostida ajoyib musiqa yangrardi. U shunchalar yoqimli ediki, buni so'z bilan tushuntirib berolmayman. Bu men bastalagan kuy ekan! U butun dunyo bo'ylab yangrayotgan edi. Futbol ixlosmandlari esa uni haligacha sevib tinglashadi. Men bundan baxtiyorman!"

ECHL madhiyasi Gendel uslubida yaratilgan. Lekin bu plagiat emas!

Britten haqiqatdan ham Gendelning “Ruhoniy Sadok” asaridan bazi musiqiy notalarni o'zlashtirgan, lekin qolgan qismini o'zi yozgan.

Bu nima uchun plagiat emasligini tushuntirib beramiz:

• 1759 yil Gendel vafot etganidan keyin uning kompoziciyasi, aniqrog'i notalari avlodlarga haqiqiy meros bo'lib qoldi. U studiyalarda musiqa yozmagan hamda uning mualliflik huquqi ham yo'q edi. SHunng uchun, u shunchaki qiziqishdan bu ishni bajargan.

• Har qanday inson o'z ijod mahsulotini yaratayotganida Gendel notalaridan qisman foydalanadi.

• Gendelning asl kompoziciyalarida mualliflik huquqi yo'q. Lekin yozma manbalar bor. SHuning uchun, uning musiqalaridan foydalanishni istagan kishi studiya, orkestr, xor va h.k.larga ijara pulini to'lashi lozim edi. Istalgan inson uning kompoziciyalaridan shunchaki foydalanib keta olmaydi.

• ECHL madhiyasi studiyada yozilgan. Masul shaxslar bu jarayonni nazorat qilgan va moliyalashtirgan. UEFA undan foydalanish uchun eksklyuziv huquqlari borligi shubhasiz.

ECHL madhiyasi nima uchun bunchalik muvaffaqiyatli chiqqan?

“U — abadiy. Unga hech qanday pop-musiqa aralashmagan. U kuchli ohangga ega hamda hissiyotlarga boy musiqa hisoblanadi: “The Chaaaampions!”.

Bugungi kunda urfga aylangan uslubda ijod qilish ananaga aylangan. Men ana shunday kompoziciyalar yaratayotganimda zerikib ketaman. Hammaga o'xshashdan va bir xillikdan qochishga urunaman. Lekin boshqa tarafdan qarasangiz, ECHL madhiyasida Gendelning kompoziciyasiga o'xshash jihatlarni uchratasiz, — deydi kulib Britten”.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика