So’nggi yangiliklar

08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  4 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  14 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  1 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  3 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  5 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  15 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  2 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  11 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  22 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  24

Biz bilgan Aleksis Sanches qaytdi: restartdan keyin 12 o'yinda 3+7. Konte dietasi, mashg'ulotlar va uslubni o'zgartirish foyda berdi Yangiliklar

Biz bilgan Aleksis Sanches qaytdi: restartdan keyin 12 o'yinda 3+7. Konte dietasi, mashg'ulotlar va uslubni o'zgartirish foyda berdi

Lekin yana bir necha kundan keyin ketib qolishi mumkin: "MYU" vaziyatdan foydalanib, "Inter"ga bosim o'tkazyapti.

Aleksis Sanches o'tmishning yorqin yulduzlaridan biri Del Pero evolyuciyasini takrorladi – faqatgina kalta soch turmagi yoki turli xil voqealar markazida bo'lib qolgani bilan emas, balki to'g'ridan-to'g'ri manoda. Tezligini yo'qotgan chililik bir-ikki yil rostmana qiynaldi, u o'zining yangi qirralarini ochguncha har ikkinchi futbolchi uning yonidan shamolday elib o'tdi. Ammo Sanches to'xtab qolmadi va vaziyatdan chiqish yo'lini topa oldi.

Restartdan keyin u – "Inter"ning motori va eng kreativ futbolchisiga aylandi. Papu Gomes va Luis Alberto butun mavsum davomida raqiblarni shoshirib qo'yib, 15-16 assist qayd etgan bo'lsa, Sanches bir oyda 7ta samarali uzatmani amalga oshirdi. Aleksisga buning uchun asosiy tarkibda boshlangan 10ta uchrashuv etarli bo'ldi. Natijada, qahramonimiz A Seriyaning assistentlari "Top-5"ligiga yorib kirdi – har 75 daqiqada samarali harakat (4+8). Uning bunday dahshatli tempiga TOP chempionatdagilardan faqatgina Messi dosh bera oldi.

Renessans Sanches maydonga tushishidan ancha avval boshlangandi. Futbolchilar o'z "qasrlarida" karantin sabab "qamalib o'tirganda", Aleksis esa karantinni shahardan tashqaridagi uyida o'tkazdi. CHililik u erda bemalol kilometrlab masofani yugurishi, daraxatlarni boltada yorishi va abjir kuchuklari bilan dribling ustida ishlash imkoniyatiga ega edi. Futbol "uyqu"dan uyg'onganda Aleksisning holati – klubdagi eng yaxshisi bo'lib chiqdi. Konte shogirdining holatidan may oyida ilk mashg'ulotdayoq hayratga tushdi. Iyulga kelib: "Men yana haqiqiy Sanchesni ko'ryapman. U boshidan ko'p narsalarni o'tkazdi va endi yana kurashga chanqoq holatda", - dedi murabbiy.

Bir qarashda bu to'satdan yuz bergandek. Balki, Aleksis Manchesterdan kelib turgan yaxshigina oylikni sarflash vaqtida haqiqiy futbolni sog'ingandir, lekin qachonlardir unda bo'lgan quvvat, kuch, shijoat aynan "Inter"da qaytdi – bu tasodif emas. Konte – Italiya futbolidagi eng asosiy motivator bo'lsa ajab emas. Uning hissiyotlari, ishiga bo'lgan munosabatini ko'rib, atrofidagilar ham "yonib ketadi". Lukaku sentyabrdagi derbini faoliyatidagi eng yaxshi o'yinlardan biri dedi va buning uchun Kontega alohida rahmat aytdi: "U butun jamoa oldida meni lapashang degandi".

Sanches Manchesterdan qanday sport formasida kelganidan futbol muxlislarining xabari bor, albatta. SHu sabab u oktyabr oyida o'ziga berilgan imkoniyatlarni ko'kka sovurdi, jarohat oldi va uch oyni o'tkazib yubordi. Barcha uni "Inter"da ham hisobdan chiqarib yuborganda esa – ajoyib sport formasini tikladi va top-daraja qaytdi. "Konte hatto mashg'ulotlarda ham yutqazishni istamaydi", – hayrat bilan gapiradi Sanches. – Agar men mashg'ulotda to'p uzatishda xatoga yo'l qo'ysam, xuddi shu vaziyatda Skudettoni qo'ldan chiqargandek janjal qiladi. Lekin u bizga ko'p narsani o'rgatadi, futbolni tushuntiradi. Bu ulkan mehnat. Klubdagi barcha narsa uning g'oliblik mentaliteti bilan bog'liq. Konte bizga yo'l ko'rsatadi".

Kontening xizmati faqatgina chempionat, mashg'ulotlar va o'yinlar vaqtida emas, balki butun dunyoda futbol to'xtaganda ham bilindi. Antonio har bir futbolchi uchun alohida, sportchining organizmi, vazifalarini hisobga olgan holda, dieta ishlab chiqdi. Murabbiy va klub dietologi tanovvul vaqti va unda nimalar bo'lishini ham sinchiklab o'rganib, tuzishdi, o'z navbatida "Inter" ana o'sha mahsulotlarni futbolchilar uyiga etkazib berishni yo'lga qo'ydi. Muhim jihati, etkazilayotgan mahsulotlar Konte qancha aytgan bo'lsa xuddi o'shancha miqdorda etkazildi.

Misol uchun Barella uglevodlar bilan "ishladi" – makaron, tovuqli burgerlar va salat. Sanches uchun esa "kuchli oqsil rejimi" belgilandi. TyCSports uning karantin rejasini shunday tarifladi: tovuq go'shtidan kotletlar, proteinli kekslar, avokado va sabzavotlar. "Konte ideallikka intiladi va har bir futbolchi uchun jo'natilayotgan mahsulotlarni shahsan o'zi nazorat qildi", – xabar beradi insayderlar.

Ishtiyoqi kuchli bo'lgan Sanches – doim xavfli. U sport zalida to'xtovsiz mashq qilishga dasturlashtirilgan robotga o'xshaydi, qiyinchiliklardan zavq oladi va keyin quvvatini o'yinlarda sarflaydi. Oqsil mushaklarga "yoqilg'i" vazifasini bajargan bo'lsa, salatlar va uglevod etishmasligi ortiqcha vazndan qutilish imkonini berdi. Mashg'ulotlar avvalgi Sanchesni qaytarib berdi. Karantindan futbolchi Londondagi davrlaridek relef bilan qaytdi.

Lekin siz 32 yoshda bshhlsangiz, bu hech nimani kafolatlamaydi. Tezlik, huddi bahor kabi endi qaytmaydi. SHu sababli Aleksis aqlini ishga solishiga to'g'ri keldi.


Sanches xudbin edi, endi esa jamoaviy o'yinchi va faqatgina jismoniy holatiga ishonmaydi

Sanches deyarli butun faoliyati davomida qulay vaziyatlarda qochib ketardi. Umuman olganda barcha nanosprinterlar shunday qilishadi, u yoshligidan qanotda o'ynar va bo'sh qoladigan katta hududlarga o'rgangan edi, lekin doimo ikkinchi hujumchi bo'lib qolgan. CHili safida eng yaxshi o'yinlarini markaziy hujumchi rolida o'tkazgan. "Arsenal"dagi eng yaxshi davrida ham: Venger uni bir vaqtning o'zida Anri va Bergkamp deb atardi. "Udineze"dagi eng omadli mavsumda ham u markazda – "o'ninchi raqam" bo'lib o'ynagan. Lekin doim qanotga qaytgan. Venger buni Aleksisni vinger kabi fikrlashi bilan izohlagan.

Konte chililikka tanlash imkoniyatini qoldirmadi. "Inter" qanotlarda butkul boshqacha harakat qiladi va Aleksis daqiqalarga ega bo'lishi mumkin bo'lgan yagona nuqta bu hujum bo'lib qoldi. Biroq busiz ham Sanches endi qanotga qaytishi qiyin bo'ladi. Uning eng yaxshi tezlanishi Italiyada mavsumning "top-100"ligiga kirmadi. O'tgan yillar sabab Aleksis start tezligini yo'qotdi va u endi qaytmaydi.

SHu tariqa, Sanches majburan ideal poziciyada bo'lib qoldi – 3-5-2 taktikasidagi erkin forvard. Konte talablari uning imkoniyatlariga to'liq mos keldi. Hujumchilar to'pga egalik qilishda turli qavatlarda harakat qiladi (natijada raqib himoya chizig'i jipsligi yo'qoladi), o'zaro masofani saqlaydilar va vazifalarni vaziyatdan kelib chiqib bo'lishadilar: ularning har ikkisi hujumni markazdan boshlab berib, himoyachilar ortidagi hududga ochilishlari, yani markaziy himoyachilarni band qilshlari – lekin hech qachon bir xil harakat bajarmasliklari talab qilinadi. Sanches bunga chiziqlar orasidagi aqlli o'yinni qo'sha oldi va jamoasining himoyadan hujumga chiqishini osonlashtirdi. Odatda futbolchilar qanotga nega intiladi, chunki u erda bo'sh hududlar bo'ladi, lekin Kontening hujumkor o'yinida forvardlar uchun tezkor hujumlarda bo'sh zonalar etarlicha topiladi. 

"Inter" hujumining standart tuzilishi: Aleksis trekvartista zonasiga tushadi va hujum tashkillashtirishda ishtirok etadi, Lautaro esa himoyachilar ortidagi zonalarga "ochilish" evaziga bo'sh hududlarni yuzaga keltiradi.

Yangi rolda Sanches o'yin ulubidan ham ko'ra, o'zi o'zgardi desak, unga bo'lgan qarashni o'zgartira oldi desak, to'g'riroq bo'ladi. Avval u xudbin yulduz edi, jamoa tizimiga etibor bermay, o'zi to'g'ri deb bilgan harakatni amalga oshirardi va aksariyat holatlarda to'pni "qizg'anardi". Jamoaviy o'yinni qaysidir manoda buzib, individual harakatlari evaziga Messi va Krishni quvlab etishga intilardi. U jamoasiga, jamoadoshlariga emas, qolganlar unga moslashishi kerak edi. 

"Inter"da u butkul boshqacha. Tezligini yo'qotgan Sanches bor kuchini to'p oshirishga, jamoaviy o'yinga yo'naltirdi. Endi u yordamchi forvard, "neradzurri" hujumi shousida ikkinchi plandagi qaxramon. Va bu ishni u ajoyib tarzda uddalay olmoqda. "Torino"ga qarshi o'yinda Aleksis 10 bor sheriklariga zarba berish uchun qulay to'p oshirdi va sal qolsa, A Seriya rekordini yangilab qo'yardi – Kassano 2008 yil bir o'yinda 11 marta shunday to'p oshirishini qayd etgandi. 899 daqiqada 8 assist yozdirib qo'ydi. Agar Sanches butun mavsum shunday grafik bilan o'ynaganda – liga rekordini yangilardi.

Sanchesning tasiri jamoa to'psiz harakat qilganda ayniqsa bilinmoqda. Oldin Konte tezkor hujumchi va baland bo'yli forvard duetidan foydalanardi va tizimning o'zi har o'yinchining harakat diapazonini belgilab berardi. Biroq "Inter"da u ikki nafar erkin forvard bilan o'ynamoqda. Bularning barchasi ishlashi uchun hujumchilardan intellekt va moslashuvchanlik talab qilinadi hamda bu Lukaku sharofati bilan amalga oshmoqda, Lautaro – belgiyalik singari ko'pqirrali emas. Aleksis esa bu borada Romeludanda kuchliroq bo'lib chiqdi.

"Lautaro va Sanches juftlikda harakat qilsa, "Inter"ning oldindagi harakatlari yanada keskinroq va aniqroq bo'lmoqda, hisoblaydi Beppe Bergomi. – Ular bir-birlarini zo'r to'ldirishmoqda. Sanches ajoyib o'yin ko'rsatmioqda, himoyachilardan qochib, assistent rolida foyda keltiryapti, kreativ harakatlarni ko'paytirdi".

Sanches ustun jihatlarini jamoasi o'yinida foydali ishlashini taminlay olmoqda. U endi qolganlar o'zining xatosini to'g'rilab, unga to'pni etkazishlarini, qulay imkoniyat yuzaga kelishini kutmay, o'zi vaziyatga, jamoaga moslashmoqda. U Lukakudan ko'proq mehnat qilmoqda, Lautaro bilan farq esa yanada kattaroq. Qizig'i, ularning har ikkisi bilan ham yaxshi chiqishmoqda: endi Konteda sifatni yo'qotmagan holda, hujum chizig'i uchun birdaniga uchta variant (shu sabab Antonio avvalgiga nisbatan ko'proq rotaciyaga murojaat qilmoqda). Sanches raqib himoyasidagi bo'shliqni aniqlab, tezda o'sha og'riqlik nuqtaga hujum qilmoqda. Bir qarashda uning aniq bir nuqtasi, hududi yo'q, lekin u doim raqib uchun maksimal ravishda muammoli joyda paydo bo'lmoqda. "Aleksis raqib himoyasi balansini buzib yubormoqda. U hech bir murabbiy tasir o'tkaza olmaydigan ishni bajarib bera olyapti", – deydi Xorxe Valdano.

"Sanches "Inter"dagi hammadan ko'ra yaxshiroq tizimdagi muammolarni ko'ra olmoqda, – tushuntiradi klubning sobiq murabbiyi Andrea Stramachchoni. – U o'yinni o'qish bobida ancha o'sdi. Uning assistlari, endi Aleksis jamoa uchun o'ynashga va Lautaro uchun harakat qilishga rozi, argentinalik uchun esa oldinda doim 5-6 metr joy kerak".

Sanches doim ham maydonda bo'lmagan bo'lsada, restartdan keyin "Inter"ning har uchtadan kamida bitta golida ishtirok etdi. Lekin uning foydasi bu raqamlardanda ko'rpoq aslida. Misol uchun "Breshiya" bilan uchrashuv. Milanliklar raqibni 6:0 hisobida "yanchib tashladi". Sanches penaltidan gol urdi va 2ta golli uzatma berdi. Ammo aslida 5ta golda hissasi bor. D’Ambrozioning golidan assistga to'pni etkazib berdi, Eriksenning golida esa markaziy himoyachini qanotga olib ketdi – shu tariqa, himoya markazida bo'sh zona yaratib berdi.


Buyog'iga nima bo'ladi, tushunarsiz. Sanchesning bu qadar ochilib ketishidan faqat "MYU" yutdi

"Sanches – top. Men "Inter"da bo'lganimda uni darhol sotib olardim, – fikr bildiradi 80-yillar top-hujumchisi Bruno Jordano. – Ha, uning maoshi ham katta, lekin uch chinakamiga katta futbolchi".  

Klubga bevosita aloqasi bo'lmagan deyarli barcha shunday fikrda, lekin klubdagilarni o'ylantirayotgan boshqa jihat ham bor, ular faqatgina futbolchining o'yinidan kelib chiqib, qaror qabul qila olishmaydi. SHu sababli hozircha Aleksisning kelajagi haqida bir nima deb bo'lmaydi. 

"Inter" uni saqlab qolmoqchi, buni zaxira variantlari u qadar ko'p emasligi va Lautaroning "Barselona" haqidagi fikrlari sabab ham tushunsa bo'ladi. Vaziyatni "Roma" ham sinchkovlik bilan kuzatmoqda. Har ikki klub ijara va to'liq sotib olish variantlarini o'rganmoqda. Ammo gap aylanib yana futbolchining maoshiga borib taqalmoqda.

Sanches qanchalar yorqin o'yin ko'rsatmasin, manchesterdagi shartnoma – o'shanda ham ko'pchilikni "shok" holatga solgandi va uni hech kim takrorlamasa kerak. Bu tushunarli, lekin tushunarli degani Sanches ham bunga rozi va barchasi shunday bo'ladi degani emasda. Uning maoshi soliqlarni inobatga olib, bonuslarsiz yiliga taxminan 17,5 mln evroni tashkil qiladi. "Inter" faqat 7 mln to'laydi – qolgani "Manchester"ning "bo'ynida".

"Yunayted" hozir qulayroq vaziyatda va transfer oynasi davrida faqatgina "Roma" va "Inter"dan maktub olmasligi deyarli aniq. Klub chiqimlarni qisman qoplash maqsadida 15-20 million ishlab olishni ko'zlagan. "Inter" esa 10dan ko'p berishni istamayapti, lekin transfer summasi muammo tug'dirmaydi, Sanches milanliklar yoqimtoyiga aylana oldi, "MYU"da esa oyligi tufayli chililikni magazinchi G'aybulla ham yomon ko'radi. Lekin Aleksisning o'zini ko'ndirish u qadar oson bo'lmasa kerak.

Gazzetta dello Sport muxbiri Davide Stoppinining yozishicha, "Inter" Sanches bilan kelishib olgan: futbolchi yiliga 12 mln toza (bonuslar bilan 15 mln) maosh oladi, kelishuv 2023 yilgacha imzolanadi. Lekin bu biroz shubhali. "Inter"da eng katta maosh Lukakuda – yiliga 7,5 mln evro. Romeluning Konte loyihasidagi strategik ahamiyatini inobattga olsak, klub boshqa kimgadir ikki barobar ko'proq to'lashi g'alati. Qo'shimchasiga, u futbolchi 32 yosh bo'lsa, jamoada endigina bir mavsumni omadli o'tkazgan va uzoq yillik rejalarda ikkinchi darajali obekt ham emas. Xatoga yo'l qo'ysa, keyin ancha vatq qiyin bo'lishini "Yunayted" misolida ko'rib bo'ldi hamma. Bu Marotta ish uslubiga xos emas.

Yana boshqa insaydlar ham bor va ular haqiqatga yaqinroqqa o'xshayapti: Sanches maoshi kamayishiga rozi bo'lsa, "Inter" uni sotib oladi (Corriere dello Sport yozishicha, klub futbolchiga toza 7 million berishga tayyor). Marotta bu malumotni "Sky Sport" efirida ham qisman tasdiqlab o'tib ketdi: "Vaziyat murakkab, uni "Yunayted" bilan ikki yillik shartnomasi bor. Lekin "Inter" shoshishiga to'g'ri kelmoqda, hozir to'p "Manchester" tomonida.

Sanchesning ijara muddati 3 avgust kuni yakuniga etadi. Milanliklar kelishuvni bir oyga Evropa Ligasi uchun (5 avgust kuni "Xetafega" qarshi o'yin) cho'zishga urinib ko'rishdi, o'xshamadi. Vudvord Konte qo'l ostida zaxira varianti, o'yinchisi yo'qligini biladi va shu sabab "Inter"ga bosim o'tkazmoqda. Vaqt deyarli qolmadi, Aleksis Manchesterga qaytganidan keyin aukcionni italiyaliklar yutishiga kafolat yo'q. Talabgorlar ko'payib ketsa ajab emas.

Bu vaziyatda ko'p narsa Sanchesning qanchalik futbol o'ynashni istashiga ham bog'liq.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика