Bitta o'yinda 5 ta gol urgan 19 yoshli futbolchi Niderlandiya chempionatining oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo'ldi
07 noy 2020 09:20
Yangiliklar


Bitta o'yinda 5 ta gol urgan 19 yoshli futbolchi Niderlandiya chempionatining oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo'ldi
“Ayaks” futbolchisi oy futbolchisi bo'ldi.
Niderlandiya chempionatining oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomiga “Ayaks”ning 19 yoshli hujumchisi Lassina Traore ega chiqdi. U bu yo'lda “Xerenven” vakili Xenk Verman hamda “Feyenoord” azosi Ridgeciano Xapsni ortda qoldirdi.
O'tgan oyda Traore “Ayaks” safida 4 ta o'yinda qatnashgan. “Venlo”ga qarshi (13:0) bahsda esa 5 ta gol urib, 3 ta golli uzatma bergandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar