So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  2 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  4 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  0 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  7 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  9 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  14 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  8 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  17 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  339

Bitta hujumchi bilan o'ynash muammosi Yangiliklar

Bitta hujumchi bilan o'ynash muammosi

Kecha O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH saralash bosqichida navbatdagi uchrashuvni o'tkazdi.

"Qirol Fahd" stadionida Yaman bilan kechgan o'yinda 1:0 hisobida g'alabaga erishdik. O'yinning 19-daqiqasida penaltidan kiritilgan gol vakillarimizga uch ochkoni taqdim etdi. To'g'risi, juda ko'pchilik bu o'yinda ham yirik g'alaba kutgandi, masalan kamida 3:0. Lekin ko'p vaziyatlarda omad kelmagan bo'lsa, o'yinning boshidan oxirigacha bitta hujumchi bilan to'p tepganimiz ham o'z tasirini ko'rsatdi. 

Boshlang'ich tarkib

Agar Singapurga qarshi bahsda maydonga tushgan asosiy tarkib bilan kechagi bellashuvdagi boshlang'ich tarkibni taqqoslaydigan bo'lsak, Vadim Abramov to'rt nafar o'zgarish qilganini ko'ramiz. Singapurga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlagan Oleg Zoteev, Husniddin Aliqulov, Otabek SHukurov va Doston Hamdamov bu safar turli sabablarga ko'ra maydonga tushmadi. 

Abramov bu futbolchilar o'rniga chap qanot himoyasida Ibrohimxalil Yo'ldoshev, o'ng qanotda Hojiakbar Alijonov, markaziy yarim himoyada Odiljon Hamrobekov va o'ng qanot yarim himoyasida Sanjar Qodirqulovni o'ynatdi.

Singapur bilan kechgan bahsni bir nafar sof hujumchi bilan boshlagan bo'lsak-da, 5ta gol urganimiz yoqimli bo'lgandi. Lekin ko'ryapmizki, bu saralashda to'plar nisbati juda katta rol o'ynab qolyapti. To'g'ri, futbolda muhimi g'alaba va agar Yaman guruh jadvalini oxirgi o'rinda tugatsa, baribir gollar minus bo'lib ketadi. Lekin bu jamoa Falastinni yutib qo'ysa-chi? Unda bizning holatimiz qiyinlashib qoladi.


SHomurodovning yoniga sherik yo'qmi?

Ko'rdik, kecha Eldor SHomurodov bir o'zi hujumda yolg'izlanib qoldi. "Jenoa"da ko'ryapmizki, Eldor aksar hollarda Janluka Skamakka bilan tandem bo'lib o'ynaydi va bu ko'p jihatdan foyda berdi. CHunki hujumda kamida ikki futbolchi o'ynar ekan, raqib himoyachilarida tartibsizlik yuzaga keladi. 

Bazan futbolchilar kimni "yopishni" bilmay qoladi. Aytaylik, yamanlik himoyachilar Eldorni "yopsa", SHomurodovga sherik bo'lib o'ynashi mumkin bo'lgan Sergeev, Abduxoliqov yoki Norxonovda qulay vaziyat paydo bo'lardi. Yo'q, biz nima qilamiz, Eldorni 90 daqiqa o'ynatib, faqat qo'shib berilgan daqiqalardagina almashtirib, o'rniga Sergeevni tushiramiz. Eldor bir o'zi hujumda harakat qilganidan keyin raqib uni osonlik bilan "yopa" oldi. 

Mayli, o'yinni bir nafar hujumchi bilan boshladik ham deylik. Lekin ikkinchi taym boshida unga sherik sifatida Temurxo'jani yoki Sergeevni o'ynatsa bo'lardi, balki SHohruz Norxonov ham yordam berishi mumkin edi. Axir u ham Superligada gollar uryapti-ku. Eldor bir o'zi hujumda yolg'izlanib, qiynalib qolayotganini ko'ra turib ham unga yordam qo'lini cho'zmaslik avvalo murabbiyning xatosi hisoblanadi.   


Abramovning 15 yildan beri aytib kelayotgan gapi

O'yindan keyin terma jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov O'FA matbuot xizmatiga bergan intervyusida bahs qiyin kechgani haqida gapirdi, shuningdek Yaman Saudiya Arabistoni bilan birinchi davrada 2:2 o'ynaganini yodga oldi. To'g'ri, o'shanda saudiyaliklar ochko yo'qotgandi, lekin ikkinchi o'yinda 3:0 yutishdi.

Vadim Abramovning intervyularini kuzatib kelayotganlar yaxshi biladi, ushbu mutaxassis adashmasam 15 yildan beri bitta gapni qaytaradi: "Kajdyy komanda igraet tak, kak pozvolyaet sopernik". Yani, har bir jamoa raqib yo'l qo'ygan o'yindan kelib chiqib o'ynaydi. 

Ehtimol, murabbiyning bu gapi besh-o'n yil oldingi futbolga juda mos kelar, lekin hozir ko'ryapmizki, hech kim raqibdan qanday qarshilik kutishni poylab harakat qilayotgani yo'q. Ayniqsa yuqori maqsadni ko'zlaydigan jamoalar. Kuchli jamoalar raqibning o'yiniga qarab moslashmayapti, balki maydonga chiqib o'z o'yinini namoyish etyapti. 

Masalan, Saudiya Arabistoni haqida "Saudovskaya Araviya igraet tak, kak pozvolyaet sopernik" deya olamizmi? Yo'q. Ular maydonga chiqib o'z o'yinini namoyish etyapti, futbolchilar murabbiy ko'rsatmasini bajaryapti. SHunday ekan, terma jamoamiz bosh murabbiyiga nisbatan hurmatni saqlagan holda Abramovning bu gapi eskirdi, hozir futbol boshqacha ko'rinish olgan degan fikrdamiz. Bugungi futbolga ko'proq "Kajdyy komanda igraet tak, kak gotovit trener" degan gap ko'proq to'g'ri keladi.

 


Futbolchilar haqida

Odatda futbolchilar haqida ko'p gapirmayman, bo'lib ham terma jamoaga chaqirilganlar bo'yicha. CHunki men uchun birlamchi o'rinda kimlarning harakat qilishi emas, balki qanday o'yin ko'rsatishimiz va murabbiy jamoani o'yinga qay tarzda tayyorlashi. SHu bois falonchi ortiqcha bo'ldi, pistonchini olib ketmaslik kerak edi degan gaplardan yiroqman.

Terma jamoaning o'z murabbiyi bor va kimlarni chaqirishni u hal qiladi. Bizning ishimiz esa o'yinni ko'rib, shunga yarasha fikr bildirish. Men bir narsaga ishonaman: zo'r o'ynab turgan futbolchidan foydalana olmaydigan ham, o'yini qovushmagan futbolchini o'ynattirib yuboradigan ham murabbiy.

Zamonaviy futbolda murabbiylar birinchi planga chiqib bo'ldi. Faqat zukko murabbiylargina bugungi futbolda yutib ketyapti. Terma jamoa o'yinlarini ko'rar ekanmiz, qo'lga kiritilgan ikkita g'alabadan tashqari murabbiy jamoani qanday tayyorladi ekan, mashg'ulotlarda nimani o'rgatyapti kabi savollar yuzaga keladi. Qo'lga kiritilgan 6 ochko futbolchilarniki, ularga maydonga chiqib mehnat qilayotgani uchun rahmat. 


Matematika boshga bitgan balomi? 

Menimcha, hech qaysi millat futbol matematikasi bilan bizchalik shug'ullanmasa kerak. Biz shunday muxlismiz, kerak bo'lsa JCH saralashdagi barcha 8ta guruhni kuzatib boramiz, falonchi ochko yo'qotsa unday bo'ladi, biz yutsak bunday bo'ladi, beshinchi o'rindagi jamoalar bilan ochkolar minus bo'lsa, mana bunday bo'ladi. Taxminlar va farazlar tahlildan ortib ketadi.

Bu o'rinda ko'p jihatdan Avstraliyaga havasim keladi. Quvaytga keldi, kayfiyati zo'r, o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmadi ham, maydonga tushib o'z o'yinini ko'rsatishga tushdi. Quvaytni 3:0, Xitoy Taypeyini 5:1, Nepalni 3:0 hisobida mag'lub etib, oxirgi turga qolmay masalani hal qildi: birinchi o'rin bilan keyingi bosqichga chiqdi.

Mana, kuchli jamoalar qanaqa bo'lishi kerak. O'z o'yinini yutib, birov bilan ishi bo'lmaydi. Bizda esa nuqul boshqacha. Futbol bir chetda qolib matematikaga sho'ng'ib ketamiz. Boshqa guruhlarni tinmay hisob-kitob qilamiz. Imkoniyatlarni chamalaymiz, lekin kuchimiz Saudiya Arabistoniga etadimi degan savol berilsa, o'ylanib qolamiz. Matematikadan qochishning bitta yo'li qoldi: oxirgi turda Saudiya Arabistonini yutaylik, shu bilan masala hal. 

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика