Biro Jade: "Futzalda eng muhimi - imkoniyatlarni ko'kka sovurmaslik"
17 avg 2016 15:30
Yangiliklar
Biro Jade: "Futzalda eng muhimi - imkoniyatlarni ko'kka sovurmaslik"
Kecha futzal bo'yicha bo'lib o'tgan O'zbekiston - Ozarboyjon (3:3) uchrashuvidan so'ng ozarbayjonliklar ikkinchi murabbiyi Biro Jadeni suhbatga tortdik.
"Mashg'ulotlarni olib borayotganimizga 40 kundan ham oshdi, lekin bu mavsumdagi ilk o'rtoqlik o'yinimiz edi. Xatolar bo'ldi, bizga yanada ko'proq o'yin amaliyoti kerak. Raqibimiz yaxshi shakllangan jamoa, shuning uchun ham hisob mana shunday ko'rinish oldi. 3:3 hisobi o'yinga mos natija bo'ldi.
Futzalda imkoniyatlarni ko'kka sovurmaslik eng muhim jihat, bu bahsda biz ko'plab gol ursa bo'ladigan vaziyatlardan foydalana olmadik. Bazida darvoza ustuni bizga halaqit qilgan bo'lsa, qolgan holatlarda darvozabon juda yaxshi o'ynadi. Biz shu kuni ko'p gol o'tkazib yubordik, garchi himoyada yomon harakat qilmagan bo'lsak ham.
Ikkinchi o'yinda raqib harakatlariga tezda javob berishimiz muhim deb bilaman", - deb aytib o'tdi Biro Jade.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar