Birlashgan superkubok bugun start oladi
30 jan 2014 18:08
Yangiliklar


Birlashgan superkubok bugun start oladi
Isroil poytaxti Tel-Aviv shahrida Rossiya va Ukraina klublari ishtirokida "Birlashgan superkubok" musobaqasi bugun boshlanadi.
Unda CSKA, "Zenit", "SHaxtyor" va "Metallist" qatnashadi. Turnir g'olibi 330 ming, ikkinchi o'rin sohibi 250 ming, uchinchi pog'ona sohibi 220 ming va oxirgi o'rindagi jamoa 200 ming evro bilan taqdirlanadi. Ushbu musobaqa orqali birlashgan chempionatni tashkil etish g'oyasi qanday ko'rinish olishini tahlil etishmoqchi.
Uchrashuvlar "Rossiya 2" telekanali orqali translyaciya qilinadi.
Uchrashuvlar "Rossiya 2" telekanali orqali translyaciya qilinadi.

Fikrlar