So’nggi yangiliklar

01:45ЖЧ-2026 саралаши. Германия мағлуб бўлди, Нидерландия дуранг ўйнади ва бошқа натижалар билан танишинг  3 01:20Валерий Карпин: "Иорданиядан бунақасини кутмагандик"  3 00:51Родри: "Бу жароҳат менинг фаолиятимни узайтирди"  0 00:33Даниэль Леви 24 йилдан сўнг "Тоттенхэм"дан кетди  0 00:03Ўртоқлик учрашуви. Россия - Иордания ўйинида голлар урилмади  2 23:51Фаррух Сайфиев Расул Чориевнинг ҳолидан хабар олди  6 23:31Ўртоқлик учрашуви. Саудия Арабистони Шимолий Македония термасини мағлуб қилди  0 23:09Ўзбекистон терма жамоаси Қирғизистонга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  4 22:51Эрон "CAFA Nations Cup-2025" финалига йўлланма олди  7 22:15Килиан Мбаппе: "Бизга дам керак"  5 21:51Трентнинг "Реал"га ўтганига бўлган муносабат Майкл Оуэнга ёқмади  1 21:25Элдор Шомуродов: "Ниятимиз финалга чиқиб, чемпион бўлиш"  14 20:59ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз майдонида Уэльсга имкониятни бой берди  14 20:40"Насаф" назорат ўйинида "Шўртан"га икки марта ютқазди  2 20:20МЮ "Атлетико" футболчисини ижарага олмоқчи бўлган, аммо рад жавобини олган  0

Birinchi liga start oldi. Bu qanday formatda o'tadi? Yangiliklar

Birinchi liga start oldi. Bu qanday formatda o'tadi?

Superliga va Proligadan so'ng Birinchi liga bahslariga ham start berildi.

Quyida brinchi ligada ishtirok etayotgan jamoalar hamda musobaqa formati haqida bazi malumotlarni berib o'tamiz.

Birinchi ligada 30ta jamoa!

Qoyil qolsa qolsa arziydi. Bugungi kunda Superligada 16ta, Proligada 6ta klub ishtirok etayotgan bir paytda Birinchi ligaga naqd 30ta jamoa yig'ildi. Jamalar soni ko'pligi bois PFL musobaqani bosqichma bosqich o'tkazishga qaror qildi.

Demak, birinchi bosqichda jamoalar 10tadan uch mintaqa - Sharq, G'arb va Markazga ajratib chiqildi. Bunda o'yinlar uy-mehmon tizimida ikki davrali o'ynaladi. Ikkita davra yakuniga etganidan so'ng har bir mintaqadan 5ta jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi. Shunday qilib 30ta klubning teng yarmi keyingi bosqichga chiqadi.

Bundan tashqari keyingi bosqichda o'ynaydigan 16-jamoa kim bo'lishini PFL aniqlaydi. Barcha 16ta jamoa ishtirokidagi bahslar buyog'iga pley-off shaklida ketadi. 16ta jamoa 8ta juftlikka bo'lingan holda dastlab nimchorak finalda bahs olib boradi.

Yana bir malumot shuki, 1/8 finalda jamoalar o'zaro ikkitadan o'yin o'tkazadi. Bunda katta ehtimol bilan jamoalar uy-mehmon tarzida o'ynaydi. Musobaqaning chorak finalidan boshlab yarim final, final va 3-o'rin uchun bahs markazlashgan tartibda Toshkent shahrida o'tkaziladi.

Qura va savatlar

Har uchala mintaqada ikki davrali o'yinlar yakuniga etganidan so'ng 1/8 final uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Bunda jamoalar ikkita savatga ajratib olinadi. Birinchi savatchadan o'z mintaqasida 1-2 o'rinlarni egallagan jamoalar hamda har uchta mintaqaning eng yaxshi ko'rsatkichga ega ikkita 3-o'rin jamoalari (jami 8ta jamoa) o'rin oladi.

Ikkinchi savatchadan esa o'z mintaqasida 4-5 o'rinlarni egallagan jamoalar hamda har uchta mintaqaning eng past ko'rsatkichga ega bitta 3-o'rin jamoasi, shuningdek PFL tomonidan pley-offga taklif etilgan mehmon jamoa o'rin oladi. 1/8 final aytib o'tganimizdek, ikkita o'yindan iborat bo'ladi va har ikki uchrashuv natijasiga ko'ra g'olib jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi. Mag'lub esa musobaqani tark etadi.

Birinchi liganing chorak final, yarim final, 3-o'rin va final o'yinlari bitta uchrashuvdan iborat bo'ladi. Qura paytida jamoalar savatchalarga ajratilmaydi. Bundan tashqari musobaqaning pley off o'yinlarida qo'shimcha taymlar o'tkazilmaydi. Agar asosiy vaqt durang bilan tugasa, penaltilar seriyasiga navbat beriladi. Chempionat tugaganidan keyin kimlar Proligaga yo'l olishi hamda qaysi jamoalar Birinchi ligani tark etishi keyin PFL tomonidan elon qilinadi.

G'oliblarni aniqlash tartibi


Agar turnir jadvalida ikki yoki undan ko'p jamoalarning ochkosi teng bo'lib qolsa, unda musobaqa reglamentiga muvofiq ularning o'rni quyidagicha aniqlanadi.

- o'zaro uchrashuv(lar) natijasiga ko'ra;  
- barcha uchrashuvlarda urilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqiga ko'ra;
- barcha uchrashuvlarda urilgan to'plar soniga ko'ra;  
- barcha uchrashuvlarda raqib maydonida urilgan to'plar soniga ko'ra;
- barcha uchrashuvlarda erishilgan g'alabalar soniga ko'ra;    
- barcha uchrashuvlarda safar o'yinlarida erishilgan g'alabalar soniga ko'ra;
- barcha uchrashuvlarda uy o'yinlarida uchralgan mag'lubiyatlar sonining aks tasiriga ko'ra.





Mintaqalar va jamoalar

Aytib o'tganimizdek, bu yilgi Birinchi liga jamoalarni uchta mintaqaga bo'lgan holda o'tkazilyapti. Quyida qaysi mintaqada kimlar kurash olib borayotganini keltirib o'tamiz.

Sharq mintaqasi jamoalari:

1. OKMK SEMURG' (Angren, Toshkent viloyati)
2. ANDIJON FA (Andijon)
3. DO'STLIK (Toshkent)
4. BOG'DOD (Bog'dod, Farg'ona)
5. FARG'ONA FA (Farg'ona)
6. CEMENTCHI (Quvasoy, Farg'ona)
7. NAVBAHOR-FARM (Namangan)
8. LOKOMOTIV-BFK (Toshkent)
9. NAMANGAN FA (Namangan)
10. PAXTAKOR-FARM (Toshkent)

G'arb mintaqasi jamoalari:

1. KATTAQO'RG'ON (Kattaqo'rg'on, Samarqand)
2. BUXDU (Buxoro)
3. LOCHIN (Qarshi)
4. QUMQO'RG'ON (Qumqo'rg'on, Surxondaryo)
5. QIZIRIQ (Qiziriq, Surxondaryo)
6. XORAZM FA (Urganch)
7. BUXORO FA (Buxoro)
8. NASAF-FARM (Qarshi)
9. QORAQALPOG'ISTON FA (Nukus)
10. NAVOIY FA (Navoiy)

Markaz mintaqasi jamoalari:

1. ISHTIXON (Ishtixon, Samarqand)
2. CHIG'ATOY (Toshkent)
3. TOSHKENT VFA (Yangiyo'l, Toshkent viloyati)
4. BUNYODKOR-FARM (Toshkent)
5. JIZZAX FA (Jizzax)
6. LOKOMOTIV-FARM (Toshkent)
7. ZAMIN (Toshkent)
8. OQTEPA (Toshkent)
9. AHMEDOV FK (Toshkent)
10. SIRDARYO FA (Yangier, Sirdaryo)

X.Xoliqov

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика