Birinchi liga. U qanday bo'lmoq kerak? Dilshod Andaev: “24ta jamoa ishtirokida ikki davralik chempionat qilish kerak”
06 jan 2014 10:14
Yangiliklar

Birinchi liga. U qanday bo'lmoq kerak? Dilshod Andaev: “24ta jamoa ishtirokida ikki davralik chempionat qilish kerak”
Tahminan aprel oyida start oladigan birinchi liga o'yinchilari boshlanmasidan turib
mazkur sohasida faoliyat yuritayotgan ayrim mutaxassislarning bo'lajak chempionat timizga qanday o'zgartirish kiritish lozimligi xususida fikrlarini so'rab bormoqdamiz.
Zero birinchi liga murabbiylarining taklif va mulohazalari asqotib qolsa ajab emas.
Loyixamizning navbatdagi mehmoni “Mashal-2” bosh murabbiyi Dilshod Andaevdir. Ushbu murabbiy ham Muborakdan etishib chiqayotgan ko'plab istedodlarning tarbiya qilgan.
Birinchi ligada esa bir necha yillardan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Har xolda chempionat past balandligini juda yaxshi biladi.
- Avvalo ushbu loyixani yo'lga qo'yib ajoyib bir ishga qo'l urganinglardan xursand bo'ldim – deydi Dilshod Andaev.
– Haqiqatdan ham birinchi liga musobaqasining o'tkazish tizimida ayrim yangiliklarni joriy etish payti kedi. Men ham ko'plab hamkasblarimiz bildirib kelayotgan, fikrlarga qo'shilaman. Yani birinchi ligani ham huddi oliy liga tizimidagidek o'tkazish kerak.
- Jamoalarni ikki mintaqaga ajratib o'tkazilayotgan musobaqa o'zini oqlamayapti nazarimda. Bu yil ham shu tartibda tashkil etilsa tarkibi akademiya tarbiyalanuvichlaridan iborat bo'lgan jamoalarga murakkab kechadi. CHunki farm-klub safida asosan 1995 yil va undan kichik yoshdagi futbolchilar harakat qiladi. Bu kabi yoshdagi o'yinchilar bilan ikkinchi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritish oson emas. Ayrim klublarda kezi kelganda 30 yoshdan oshgan mahoratli o'yinchilar harakat qilmoqda. Bu esa o'z navbatida yoshlarni mag'lub bo'lishini taminlamoqda.
- SHuning uchun PFLga taklifim shuki, bu yil jamoalar sonini 24ta qilib, ikki davradan iborat chempionat tashkil etilsin. Vodiy jamoalarining vohaga borib kelishida ortiqcha muammo bo'lmasa kerak. CHunki ikkinchi bosqichda ham baribir borib kelmoqdaku.
- Yana bir gap, o'tgan yili ikkinchi bosqichga chiqa olmagan klublar pulkaga qadar majburiy tatilga chiqdi. Bu orada futbolchilar etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmadi. Bir haftalik yig'in tashkil etib, kerak bo'lsa o'sha pulka kuni yig'ilgan jamoalar ham bo'ldi. Demoqchimanki, pulkaga qadar o'sha jamoa futbolchilari uchun rasmiy uchrashuvlar yo'q.
- Agarda yuqorida aytib o'tganimdek, 24 ta jamoadan iborat ikki davralik chempionat tashkil etilsa, bu kabi xolatlarga duch kelinmaydi.
Islombek Rustambekov yozib oldi.

Fikrlar