So’nggi yangiliklar

00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  0 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  0 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  1 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  6 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0

Birinchi liga. U qanday bo'lmoq kerak? Yangiliklar

Birinchi liga. U qanday bo'lmoq kerak?

Tohir Kapadze: “Mamlakatimizda birinchi liga uchun 20ta barqaror jamoa tuzish qiyin emas”
Joriy mavsum birinchi ligi oldidan, unda faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassislarning taklif va mulohazalarini berishda davom etamiz.
Loyixaning navbatdagi mehmoni “Qo'qon-1912” bosh murabbiyi Tohir Kapadze.

- Reglament talabiga javob beradigan yaxshi, baquvvat 18ta klub bo'lsa, yoki 22ta jamoa saralab olinib, ikki davralik chempionat tashkil etilsa, shunga hech nima etmaydi o'zi – deya o'z fikrlarini boshladi Kapadze.

– SHunda juda bir qiziqarli musobaqa bo'ladi. Lekin ikkinchi tomondan olib qaraydigan bo'lsak, hozirda barcha ishtirokchilarni moddiy jihatdan baquvvat deya olmaymiz. SHularni inobatga olib aytadigan bo'lsak, ikki mintaqaga bo'lingan xolda musobaqa o'tkazish ham yomon variant emas. CHunki birinchi bosqichda o'ynash jamoalar uchun osonroq kechadi. Iqtisodiy jihatdan ham ortiqcha muammo yuzaga kelmaydi.

- Lekin jamoalar sonini qisqartirib, aytaylik 14 klub ishtirokida ikki davralik chempionat qilinadigan bo'lsa, bu juda ham qoniqarsiz bo'ladi. Salbiy xolat demakdir. CHunki bizga ko'proq o'yin amaliyoti kerak. CHunki yil davomida eng kamida 36ta o'yin o'tkazishimiz darkor.

- Menimcha mamlakatimizda birinchi liga uchun 20ta barqaror jamoa tuzish qiyin emas. Amallasa bo'ladigan ish. Agar shunday qilinsa, huddi oliy liga tizimi singari chempionat tashkillashtirish lozim.  

Islombek Rustambekov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика