So’nggi yangiliklar

04:48Париж-2024. Ўзбекистон гуруҳ босқичида барча жамоалар ичида қандай кўрсаткичлар қайд этди?   7 00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  11 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8

Birinchi liga, “sharq” mintaqasi. “Dirijyor”larni bilasizmi? Yangiliklar

Birinchi liga, “sharq” mintaqasi. “Dirijyor”larni bilasizmi?

Yaqindagina start olgan birinchi liganing 3-tur o'yinlari ham ortda qoldi.
Bizningcha ko'pchilik ishqibozlar birinchi liga klublarini boshqarib borayotgan murabbiylarning hammasini ham yaqindan bilmaydi. SHu bois quyida “drijyor”larga to'xtalib o'tishni lozim topdik.

“Oq-tepa” – Ildar Sakaev
Bu yil oliy ligaga chiqish uchun astoydil bel bog'lagan “Oq-tepa” mutasaddilari boshqaruvni Ildar Sakaevga ishonib topshirdi. Murabbiylik faoliyati davomida oliy liganing deyarli barcha klubida ishlab chiqqan Ildar Usmonovichning tajribasiga shubha yo'q. Bu yil Sakaev jamoa tarkibini o'zi istagan futbolchilar bilan shakllantirdi. CHempionatning ilk turida “Paxtakor-2”dan uchralgan mag'lubiyat bosh murabbiy uchun ogohlik qo'ng'irog'i bo'lgan ersa ajab emas. Ildar Usmonovich yordamchilikka o'zi yaxshi bilgan ilmiy murabbiy SHamil Iseevni ham olib kelganini aytish lozim.



“UzDongJu” – Nozim Mullaoxunov
Joriy mavsum elitaga qaytish uchun kurashib ko'rmoqchi bo'layotgan Andijonning “UzDongJu” jamoasini mahalliy murabbiy Nozim Mullaoxunov boshqarib kelayotganini o'quvchilarimiz yaxshi bilishsa kerak. O'tgan yili ham Mullaoxunov “bo'yoqchilar” bilan qoniqarli natija qayd etgandi. Tabiiyki klubga rahbariyat tomonidan ham etibor yuqori ekanligi natijaga ham ijobiy tasirini o'tkazmasdan qolmaydi. Nozim aka o'z yoniga mahalliy murabbiylarni jalb etgan. Viloyat futbolidagi murabbiylar orasida o'ziga yarasha nom qozongan Abdurashid Ismoilov ayni damda bosh murabbiyga yaqindan yordam berayotganini aytish lozim. SHuningdek Fozil Boborahimov va Hamidullo Zokirov ham murabbiylar shtabida faoliyat yuritib kelmoqda.  

“Kosonsoy” – Mehmon Solixo'jaev
Kosonsoyliklar bir necha yillardan buyon mahalliy murabbiyning xizmatiga tayanib keladi. Xatto jamoa ikkinchi bosqichga yo'llanmani qo'lga kirita olmasa ham rahbariyat Solixo'jaevga ishonch bildirib kelmoqda. Mehmon Solixo'jaev ham o'z navbatida yoshlar va aksariyat tajribali o'yinchilar evaziga kurashchan jamoa shakllantirishga intiladi. Birinchi ligada ishtirok etayotgan Namangan viloyati jamoalari orasida yoshlarga imkoniyat berayotgan klub bu eng avvalo “Kosonsoy” ekanligini takidlash lozim.



“NBU-Osiyo” – Rufat Akramxo'jaev
“Bankirlar” deyarli har mavsum oldidan bosh murabbiyni o'zgartiradi. Bu yil boshqaruv postiga Rufat Akramxo'jaev olib kelindi. Bungacha “Paxtakor” akademiyasida faoliyat yuritgan yosh murabbiy oldida o'zini katta futbolda sinab ko'rish varianti paydo bo'lgach, ikkilanishlarsiz taklif qabul qildi. Birinchi liganing doimi ishtirokchisi bo'lgan “NBU-Osiyo” safida o'tgan yili taniqli futbolchilar o'ynaganini ishqibozlar yaxshi biladi. Ammo Akramxo'jaev boshqaruvni o'z qo'liga olgach, asosiy etiborni yoshlarga qaratdi. Bosh murabbiyga jamoada bir necha yillardan buyon ishlab kelayotgan Arslon Tolipov yordam berayotganini aytish lozim.

“Xotira-79” – Tohir Madrahimov
Namangan viloyatining Uychi tumani jamoasi oxirgi yillarda taniqli mahalliy murabbiy Usmon Asqaralievning xizmatidan foydalanib kelayotgandi. Bu yil esa boshqaruvi postida boshqa bir mahalliy Tohir Madrahimov ish boshladi. O'tgan mavsum “Navbahor” yoshlar jamoasini boshqargan mazkur murabbiy bu yil birinchi ligada ishlamoqda. O'z tarkibini har yili viloyatdagi mahoratli futbolchilar evaziga to'ldirib oladigan “Xotira-79” joriy chempionat oldidan ham tarkibiga “Navbahor”ning sobiq o'yinchilarini taklif etgan. Bu haqida keyinroq batafsil to'xtalishni maqul topdik.



“Paxtakor-2” – Jasur Abduraimov
Paxtakorchilar har har yili akademiya tarbiyalanuvchilari ishtirokida chempionatda qatnashib kelmoqda. Klub menejeri Samvel Babayan farm-klubga murabbiy etib asosan akademiyada o'zini ijobiy tomondan ko'rsata olgan yosh mutaxassislarni tayinlab kelmoqda. O'tgan yili malum muddat Dilshod Nuraliev va keyinchalik No'mon Hasanov birinchi ligadagi jamoaga bosh bo'lgandi. Bu yil esa masuliyatli vazifa Jasur Abduraimovga ishonib topshirildi. Farm-klubning asosiy vazifasi asosiy jamoaga futbolchilarni etkazib berish bo'lganligi uchun murabbiylar shtabida qaysi shaxs ishlamasin eng avvalo yoshlarni o'stirishga etibor qaratadi. Natija keyingi o'rinda turadi. Jasur Birodarovichga murabbiylar shtabida sobiq darvozabon Artyom Petrosyan yordam bermoqda. Yaqin o'tmishning mohir futbolchilaridan bo'lgan SHuhrat Rahmonqulov esa jamoa boshlig'i sifatida mexnat qilib kelmoqda.

“CHust-Paxtakor” – Leonid Senkevich
CHustliklar nihoyat o'z murabbiyini topgan ko'rinadi. Robert Gay ushbu jamoada samarali faoliyat yuritgandi. Keyinchalik Vitaliy Legay boshchiligida “CHust-Paxtakor” kutilgan natijaga erisha olmadi. Jamoa birinchi ligaga tushib ketgach, boshqaruv postiga Leonid Senkevich olib kelindi. O'tgan yilning oxirlarida Senkevich jamoa bilan yaqindan tanishdi va pulka o'yinlarida ham ishtirok etib, klubni yana birinchi ligaga olib chiqdi. Ko'ramiz bu yil jamoa 43 yoshli murabbiy bilan qanday natija qayd etarkin.

“Cementchi” – Abdumalik Hakimov
Uzoq yillik tanaffusdan so'ng yana avvalgi qaddini tiklayotgan “Cementchi” jamoasini mahalliy murabbiy Abdumalik Hakimov boshqarmoqda. Quvasoy futbolining fidoiysi. “Cementchi”ni yana qayta oyoqqa turishida elib-yugurgan yosh murabbiy asta-sekin farg'onalik futbolchilar ijrosida kurashchan jamoa shakllantirishga intilmoqda. O'z vaqtida mazkur jamoada futbolchi sifatida faoliyat yuritgan Hakimov yordamchi sifatida jamoaning sobiq futbolchilari Ilhom Zaylobidinov bilan Abdug'affar Hakimovni murabbiylar shtabiga jalb etgan.

“Bunyodkor-2” – Dmitriy Kim
O'tgan yili bu jamoani Muhiddin Ortiqov boshqargandi. Keyinchalik bosh murabbiy Sergey Lushan o'z yoniga Ortiqovni chaqirib oldi. SHundan so'ng rahbariyat farm-klubni Dmitriy Kimga ishonib topshirdi. “Bunyodkor-2”ni vazifasi ham huddi “Paxtakor-2” ni maqsadiga o'xshash. Asosiy urg'u, akademiyadan etishib chiqayotgan yigitlarni katta futbolga kirib kelishida ko'prik vazifasini o'tab berishga qaratiladi. Bosh murabbiyga ayni damda Ravil Bekchintaev bilan Abdumajid Toirov assisentlik qilib kelayotganini aytish joiz.



“Yozyovon-Lochinlari” – Asad Do'rmonov
Bu yil o'z tarixida ilk bor birinchi ligada ishtirok etayotgan Farg'ona viloyatining Yozyovon tumani jamoasi bo'lmish “Yozyovon-lochinlari”ni viloyat futboliga begona bo'lmagan shaxs boshqarib bormoqda. Ochig'ini aytganda, Asad Do'rmonovni ko'pchilik farg'onalik murabbiy sifatida biladi. CHunki Do'rmonovlarning to'ng'ichi, “Neftchi”da uzoq yillar davomida faoliyat yuritdi va bugungi kunda u kishi Farg'onada istiqomat qilib kelmoqda. Murabbiylik faoliyati davomida asosan “Neftchi”da Yuriy Sarkisyanga yaqindan ko'maklashib kelgan Asad Do'rmonov ayni damda mustaqil ravishda birinchi liga jamoasini boshqarib kelmoqda. Surxondaryo o'g'loni jamoani birinchi ligaga aynan o'zi olib chiqdi. Qishki yig'inlar chog'ida ko'pchilik ishqibozlar “Yozyovon-lochinlari” safiga “Neftchi”ning sobiq o'yinchilariga aylanib ulgurganlarni borib qo'shilishini tahmin qilgandi. Buning sababini yuqorida keltirib o'tdik. Ammo Do'rmonov birinchi ligada ham asosan mahalliy yoshlarni o'ynatishni lozim topdi. Kamtarona sharoitlar evaziga dastlabki yil har qanday jamoa o'z oldiga ligada o'z o'rnini saqlab qolishni maqsad qiladi. Katta extimol bilan yozyovonliklar ham  bu yil asosiy etiborni shu maqsadga qaratadi. Jamoaning elitaga chiqishi uchun malum bir muddat kerak bo'ladi. Buning uchun eng avvalo klub musthakam poydevorini yaratib olishi zarur. Ko'ramiz Asad aka bu yil Yozyovonda qanday jamoa shakllantira olarkin. Aytgancha mavsum avvalida Asad Do'rmonov bilan suhbatlashganimizda murabbiylar shtabiga o'zining ukasi Rustam Do'rmonovni olib kelish g'oyasi bor ekanligini bildirgandi. Buni ijobiy qabul qilgan bo'lardik. CHunki Do'rmonovlar tandemi o'z vaqtida “Neftchi” yoshlar jamoasida samarali ish yuritganini yaxshi bilamiz.   


Islombek Rustambekov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика