So’nggi yangiliklar

12:15Бразилия ЖЧ саралашида 5-ўринни эгаллади – бу тарихидаги энг ёмон натижа  0 10:56Ла Лигада ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  6 10:30ФИФА президенти Қатардаги портлашларга муносабат билдирди  8 10:02Қизил карточка, эҳтимолий пенальти ва четлатиш. "Алё, рэф!" ҳакамларнинг Ўзбекистон - Эрон учрашувидаги қарорларини таҳлил қилди  13 09:37Эшитдик-да тасдиқланди. Шерзод Игамбердиев расман ЎФАдан кетди  14 09:11Суперлига. Бугун ФИФА кунларидан сўнг навбатдаги турга старт берилади  5 08:40Криштиану Роналду яна бир рекордни такрорлади  9 08:10U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум  13 07:48ЖЧ масаласини ҳал қилган Бразилия ва Аргентина мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  16 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  4 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  2 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  7 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  16 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  2

Birinchi liga. “O'zDongJu” – bu qanday jamoa? Yangiliklar

Birinchi liga. “O'zDongJu” – bu qanday jamoa?

Birinchi liga jamoalarning tayyorgarligi haqida imkon qadar malumot berib borishga harakat qilmoqdamiz.
Bugun esa joriy mavsum birinchi ligada ishtirok etishi malum bo'lgan Andijonning “O'zDongJu” jamoasiga batafsil to'xtalib o'tishga qaror qildik.

YOSHLARGA E'TIBOR QARATADIGAN JAMOA
Jamoaning bu yil birinchi ligada ishtirok etishi aniq bo'lgach, saytimiz o'quvchilari tomonidan bu klub haqida etarlicha tushunchaga ega bo'lmaganini umuman olganda, “O'zDongJu” haqida tushuncha yo'qligini bilib olish qiyin emas. CHunki jamoa haqidagi xabarlar ostida yozilayotgan fikrlarning aksariyati “Bu qaerni va qanday klub” qabilidagi savollar bo'lib chiqmoqda. SHu bois avvalo “O'zDongJu” xususida to'xtalib o'tsak. Aytishlaricha jamoaning tashkil topganiga 10 yildan oshgan. Andijondagi lak bo'yoq ishlab chiqarish korxonasi ishchi xodimlari evaziga tuzilgan jamoa bir necha yillar davomida viloyat ikkinchi liga turnirida ishtirok etgan. SHuningdek pulka bahslarida ham qatnashgan. Klub yangi tashkil topgan kezlarda futbolchilarni mahalliy murabbiy Vitaliy Legay shug'ullantirgan. Keyinchalik jamoa tobora professionallashib, o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ya boshlagan.

OLIY LIGADAGI BIR YILLIK PARVOZ
2006 yilga qadar jamoaga ustozlik qilgan Legay o'rniga keyinchalik taniqli murabbiy Islom Ahmedov olib kelindi. 2007 yili birinchi ligada qatnashgan “O'zDongJu” safida Qobil Olimjonov, Husniddin Toshtemirov, Maruf To'raqulov, Qahramon Abduqodirov, Rasul Rahmonov, Aziz Mahmudov, Otabek Qilichev, Elyor Rahmatullaev, Islom Ahmedov kabi mahalliy futbolchilar o'ynagan. 2008 yili esa jamoa oliy ligada ishtirok etganini ko'pchilik muxlislar yaxshi eslashsa kerak. Mazkur yili Islom Ahmedov asosan 20-23 yoshli futbolchilardan iborat kurashchan jamoa shakllantira olgandi. U paytda hattoki jamoaning deyarli 80 foiz futbolchisi oliy ligada ungacha o'ynamanganlar edi. Lekin shunga qaramay Ahmedov bir nechta yoshlarni kashf etgan xolda, kurashchan jamoa tuza olgandi. CHempionatning birinchi turidayoq safarda “So'g'diyona”dan bir ochko tortib olgan jamoa 2-turda o'z maydonida “Paxtakor”ga jiddiy qarshilik ko'rsata olgandi. Lekin tajriba borasida raqibidan ancha past darajada bo'lgan andijonliklar Zayniddin Tojievningg yagona goli evaziga mag'lubiyatga uchragandi. SHunday bo'lishiga qaramay stadionga kelgan muxlislar futbolchilarning intilishlaridan xursand bo'lib, butun tribuna ularni qizg'in qo'llab-quvvatlagandi. Yuqorida aytib o'tganimizdek, 2008 yili “O'zDongJu” oliy ligada anchagina yoshargan tarkib bilan kirib kelgandi. Vohid SHodiev (“Bunyodkor”), Rasul Rahmonov (“Andijon”), Mirzohid G'ofurov (“Mashal”), Vadim Lyubinskiy kabi o'yinchilar o'sha paytda jamoa etakchilari bo'lishgandi. Bosh murabbiy Islom Ahmedovning birinchi davrada asosan yoshlarga imkoniyat bergani oxir oqibat qimmatga tushgandi. CHunki jamoa tanaffusga turnir jadvalining eng so'nggi pog'onasida chiqib ketgandi. Tabiiyki bundan qoniqmagan rahbariyat Ahmedovga yana ishonch bildirishni istamadi va yozgi transfer oynasida boshqaruv postiga taniqli murabbiy Bahrom Hakimovni olib kelishni lozim topgan. Tarkibni Andrey Baklanov, Rustam Hakimov, Rustam Azamov, Ibrohim Rahimov, To'lqin Mirzaev hamda Konstantin Kanin kabi oliy liga havosidan bahramand bo'lgan o'zining ishongan shogirdlari hisobiga kuchaytirgan Hakimov ham baribir vaziyatni ijobiy tomonga o'zgartira olmagandi. Ikkinchi davraning dastlabki o'yinida o'z maydonida “Buxoro”ga yirik hisobda mag'lubiyatga uchraganidan so'ng Bahrom Hakimov sog'ligi bilan bog'liq muammo yuzaga kelganini ro'kach qilib, jamoaga boshqa qaytib kelmagandi. Bosh murabbiyning ishini yordamchisi Zohid Nurmatov davom ettirgan. Ammo keyinchalik “O'zDongJu” mavsumni mahalliy murabbiy Abdurashid Ismoilov boshchiligida yakunlagan. Bir yilning o'zidayoq elitani tark etgan jamoa shundan so'ng birinchi ligada ham ishtirok etmay kelayotgandi.

ASOSIY E'TIBOR YOSHLARNI YUZAGA CHIQARISH
“O'zDongJu” birinchi ligada ishtirok etmay kelayotgan bo'lsada, jamoa bunga qadar viloyatda “O'zavtosanoat”ligasida qatnashdi. Joriy yildan esa yana birinchi ligada o'ynaydigan bo'ldi. Klubning falsafasi mahalliy iqtidorli yoshlarni yuzaga chiqarish. Andijon shahridagi “Futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internati”dan etishib chiqayotgan yoshlarni katta futbolga kirib kelishida o'ziga xos “tramplin” vazifasini o'tab berishdir. SHu boisdan ham jamoaning bu yilgi o'rtacha yoshi 22-23 bo'ladi. Jamoadagi eng katta futbolchi bu darvozabon Bekzod Turg'unov, 28 yosh. Eng yoshi esa 1998 yildagi bir qator futbolchilardir. SHuningdek tarkibdagi futbolchilarning deyarli barchasi andijonliklar ekanligini aytib o'tish darkor. Jamoaning shu kungacha o'tkazgan o'yinlaridan kelib chiqib aytish mumkinki, SHahboz Jumaboev, Damir Jamoliddinov, Akmal Yo'ldoshev, Suhrob No'monov hamda Aziz Qayumovni etakchilar deb atash mumkin. Qolgan o'yinchilar bir xil saviyadagi yoshlardir. Klub sport direktori Azizbek Sulaymonovning aytishicha jamoaning maqsadi viloyatning bosh jamoasi “Andijon”ga va shuningdek turli yoshdagi mamlakat terma jamoalariga iqtidorli yoshlarni etkazib berishdan iborat.

MURABBIYLAR SHTABIDA KIMLAR ISHLAMOQDA?
Jamoa bilan yaqindan tanishish maqsadida klub sport direktori Azizbek Sulaymonov bilan suhbatlashganimizda quyidagilarni takidladi. – Jamoamizni bu yil chempionatda ishtirok etishi nomalum turgandi. PFLdan ruhsat berilgach, tayyorgarlikni yanada kuchaytirdik. Unga qadar kuniga bir mahaldan asosan “Futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internati” tarbiyalanuvchilari bilan mashg'ulot o'tkazib kelinayotgandi. Qura tashlash marosimidan keyin esa bosh murabbiylikka bungacha “Andijon”da faoliyat yuritib kelgan Nozim Mullaoxunovni olib keldik. Hozirda u kishiga jismoniy tayyorgarlik bo'yicha Fozil Boborahimov yordam berib kelmoqda. Darvozabonlar bilan esa Hamidullo Zokirov ishlamoqda. Qolaversa mashg'ulotlarni o'tkazishda “Futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida” faoliyat yuritayotgan boshqa yosh murabbiylarimiz Lutfullo Majidov, SHakir Galimov ham yordam berishi mumkin. Bizda hammasi ahil-inoq tarzida, huddi bir oiladek ishlaydi.

MAQSAD KEYINGI IKKINCHI BOSQICHGA YO'L OLISH
Birinchi liga jamoalarining qay biridan bu yilgi maqsadi haqida so'ramang, eng avvalo keyingi bosqichga yo'l olishni ko'zlayotganini aytadi. “O'zDongJu” ham bundan mustasno emas. Azizbek Sulaymonovning malum qilishicha, jamoaning tarkibi bu yil yangitdan va shu bilan birga mahalliy yoshlar hisobiga shakllantirilmoqda. Jamoa o'z o'yin uslubiga ega bo'lishi uchun malum bir vaqt kerak bo'ladi. Lekin shunga qaramay ular ayni paytdagi o'yinchilar bilan ham kuchli sakkizlikka kirish mumkinligiga ishonmoqda. – CHempionat reglamentiga ko'ra, ikkinchi bosqichga chiqa olmasak, bir necha oy futbolchilarimiz o'yin amaliyotiga ega bo'lmay qolib ketadi. SHuning uchun qanday bo'lmasin birinchi bosqichda yuqori sakkiztalikka kirish uchun kurashamiz – deydi Sulaymonov.

“ANDIJON” BILAN BITTA QARORGOHDA ISTIQOMAT QILINADI
“O'zDongJu”ning bungacha shaxsiy qarorgohi yo'q edi. Jamoa oliy ligada ishtirok etgan kezlari futbolchilar shahardagi mehmonxonalarning birida istiqomat qilgandi. Oliy liga qatnashchisi bo'lgan “Andijon”ning turar joy qarorgohi “O'zDongJu” Paint Qo'shma qorxonasi” nomiga o'tkazilgan. SHu bois “Bo'yoqchilar” ham bu yil ushbu bazada istiqomat qiladi. Binoning 1-2-qavati “Andijon” jamoasi uchun ajratilgan bo'lsa, 3-qavatda “O'zDongJu” futbolchilari bo'ladi.

JAMOA RAQIBLARINI QAYSI STADIONDA QABUL QILADI?
Andijon shahridagi “Navro'z” stadionining maydoniga ilgari boshqa klub azolari havas bilan qarardilar. Bu bor gap. Maydoning sifati yuqori ekanligidan mehmon jamoa futbolchilari har gal maqtab ketardi. Afsuski oxirgi yillarda bu stadionda hech qanday rasmiy o'yinlar o'tkazilmayapti. CHunki aytishlaricha maydonning xolati avvalgidek ideal xolatda emas ekan. Xo'sh, “O'zDongJu” bu yil raqiblarini qaysi stadionda qabul qiladi?
– Hozirda uy o'yinlarimizni SHo'rbuloq dahasidagi suniy maydonda o'tkazishni rejalashtirmoqdamiz. Buning uchun stadionda zarur bo'lgan tablo o'rnatilmoqda. SHuningdek boshqa jihatlar borasida ham stadion mamuriyati shug'ullanmoqda. “Navro'z” stadioni ham “O'zDongJu” Paint Qo'shma qorxonasi” hisobiga o'tkazilgan. Lekin uning maydonini yaxshilash uchun vaqt kerak bo'ladi. SHu sababli yozga qadar stadionni imkon qadar rekonstrukciya qilishni o'ylab turibmiz. CHunki suniy maydonda yoz oyida o'ynash murakkab kechadi. Kelasi yildan esa albatta “Navro'z” stadionida o'ynaymiz – deydi Azizbek Sulaymonov.

Islombek RUSTAMBEKOV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика