So’nggi yangiliklar

16:16Фабио Каннаваро: "Айни пайтда ҳимоячининг ваколат доираси кенгайган"  0 15:52Эрон CAFA мусобақасида иштирок этадиган футболчилар рўйхатини эълон қилди  5 15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  2 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Таҳлил – футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  2 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  3 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  4 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  3 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  5

Birinchi liga. "Mashal-2" so'nggi daqiqada imkoniyatni boy berdi Yangiliklar

Birinchi liga. "Mashal-2" so'nggi daqiqada imkoniyatni boy berdi

Bugun "Mashal-2" O'zbekiston birinchi ligasida navbatdagi 5-tur bahsini o'tkazdi.
O'z maydonida "Xorazm"ni qabul qilgan "gazchilar" so'nggi daqiqada imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvning birinchi bo'limi mehmonlar tashabbusi bilan o'tdi. Uch marta Temur Bekchanov, Nizom Norov va Marks Quranboev darvoza to'sinini nishonga oldi. Maydon egalarining qarshi hujumlari G'ayrat O'daev uchun qiyinchilik tug'dirmadi. SHunga qaramay bo'limda hisob ochilmadi.
Ikkinchi bo'limda biroz jonlangan "Mashal-2" futbolchilari ikki bor xavfli hujum tashkil etishdi. Sardor Sulaymonov birga bir vaziyatga chiqib bordi lekin vaziyatni yakunlashda xatolikka yo'l qo'ydi. 89 daqiqada "Xorazm" futbolchilari hujum uyushtirishdi. Himoyachidan qaytgan to'pni Mirzobek Quryazov kuchli zarb bilan darvozaga joylab qo'ydi. So'nggi daqiqalarda hisob o'zgarmadi va "Mashal-2" o'z maydonida imkoniyatni boy berdi.

"Mashal-2" keyingi o'yinni 28 aprelda,  O'zbekiston kubogi doirasida Muborakda "Andijon"ga qarshi o'tkazadi.

Birinchi liga, 5-tur.

"Mashal-2" - "Xorazm" 0:1
Gol:
0:1 Mirzobek Kuryazov (89).

"Mashal-2": 77.Rahimjon Davronov, 3.Konstantin Boev (7.SHamsiddin Sadullaev  46), 4.Mirjalol Qosimov (c), 8.Jafar Ismoilov, 10.Sanjarbek Ahmedov, 11.SHokir Yuldashev, 14.Bekzod Rahmonov (2.Suhrob Ismatov 65), 19.Muni Mirmuhsin Yusupov (5.Sardor Sulaymonov  50), 20.Boburjon Abdullaev, 24.Yodgor Nazarov, 26.Temur Yumangulov.
Zaxira: 30.Husan Olimjonov,  9.Abdurasul Jo'raev, 17.Zuhriddin Kamolov, 18.Oybek Jo'raev.

"Xorazm": 35.G'ayrat Udaev (c), 2.SHahzod Mannonov, 5.Temur Ismoilov, 9.Nizomjon Norov, 10.Temur Bekchanov, 12.Marat Qudratov, 13.Mirzobek Quryazov, 15.Ilyos Xayrov, 17.Marks Quranboev, 18.Abror Husainov, 4.Jasur Otajonov.
Zaxira: 1.Ravshan Jumaniyozov, 3.Abbos Karimov, 6.Mamur Abdullaev, 7.Siroj Ruzmetov, 8.Mannon Zaripov, 11.Sarvarbek Jumaniyozov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика