So’nggi yangiliklar

08:55Алонсо “Реал“нинг етакчиларидан бирини АПЛ жамоасига сотишга розилик берди  3 08:26Клублар ўртасидаги ЖЧда иштирок этаётган Европа жамоалари кечаги машғулотларни бир дақиқалик сукут билан бошлашди  0 07:58Суперлига. Бугун 15-тур баҳслари давом эттирилади  1 07:30Ўзбекистон МТЖга номзод футболчи иккинчи даврани “Сўғдиёна“да ўтказади  2 01:19"Милан" "Торино" футболчисининг трансферини эълон қилди  0 01:13"Милан" Асенсио билан музокаралар ўтказмоқда  0 00:45"Ливерпуль" 20-рақамни "музлатди"  17 00:17"Ал Қодисия" А Серия тўпурари учун 40 млн евро тўлашга тайёр  0 23:57"Бунёдкор" ва "Локомотив" собиқ устози "Хўжанд" бош мураббийига айланди  1 23:36Акмал Рустамов: "Омад биз томонда бўлди"  1 23:14Элдор Мойлиев: "Сирожиддин Қўзиев легионерга айланди"  2 22:58Ди Марцио Элдор Шомуродовнинг янги жамоасини маълум қилди  18 22:40Расман: Абрахам яна "Рома"дан кетди, бу сафар бутунлайга  2 22:19Суперлига. Турнир тубидагилар тўқнашувида "Қизилқум" меҳмонда "Шўртан"дан устун келди  9 21:50Ансу Фати: "Барселона"дан доимо миннатдорман"  1

Birinchi liga. Kichik tumanning kichik jamoasi “Alanga” haqida Yangiliklar

Birinchi liga. Kichik tumanning kichik jamoasi “Alanga” haqida

“G'arb” mintaqasi ishtirokchisi “Alanga” har mavsum o'z oldiga yuqori maqsad qo'ymaydigan jamoalardan biri sanaladi.
Asosan tumanda futbol klubi bo'lishi uchun va mahalliy yoshlarni viloyatning asosiy jamoalariga etkazib berish maqsadida ishlaydigan klub. Kosonliklar o'tgan mavsum ikkinchi bosqich yo'llanmasini qo'lga kirita olmay, yarim yo'lda qolib ketgandi. Moddiy jihatdan juda ham qiyin xolatga tushib qolgan jamoadan keyingi bosqichga chiqishni talab qilish ham noo'rin edi.

Bu yil esa jamoa har xolda nisbatan yaxshi ishtirok etmoqda. Boshqaruv postiga Anvar O'rinov kelgach, tarkibda ham o'ziga yarasha o'zgarishlar kuzatildi. Bosh murabbiyga yaqin o'tmishning mohir himoyachilaridan bir bo'lgan sobiq futbolchi Nasim SHoimov yordam bermoqda. Ushbu tandem bu yil “Alanga”ni nisbatan ijobiy tomonga o'zgartira oldi. Lekin kamchiliklari ham bisyor.

Birinchi bosqichda o'tkazilgan 22ta o'yinning 8tasida g'alaba qozonib, 1ta uchrashuvda texnik g'alabaga erishdi. 3ta uchrashuvda kosonliklar durang qayd etgan. Qolgan 10ta o'yinda raqibilariga imkoniyatni boy bergan.

Birinchi bosqichda “Alanga” sharafini himoya qilgan yoshi katta futbolchi Fahriddin Xolmurodov bo'ldi, 28 yosh.
Aksincha eng yosh futbolchi Javohir Abdunazarov bo'ldi, 19 yosh. 

Jamoa safida to'purarlik qilgan futbolchi Javohir Ashurov bo'ldi. 22 yoshli futbolchi birinchi bosqichda o'z hisobiga 9ta gol yozdirib qo'ydi.  

Futbolchi

Gol

Pen.

Javohir Ashurov

9

(2)

Oybek Polvonov

5

Abror Yoriev

4

Suhrob Ismatov

4

Asliddin Lutfullaev

3

(1)

Jasur Halimov

1

Jonimbek Qoraev

1

Zuhriddin Kamolov

1

Obid Mamatov

1

Sarvar Xolmurodov

1

Tohir Abdurazzokov

1

Adxam Normuhamedov

1

(1)


Quyida jamoaning birinchi bosqichda qayd etgan natijasi bilan batafsil tanishish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

O'yinlar

21

Gollar

33

Uyda

23 (69,7%)

Safarda

10 (30,3%)

O'tkazib yuborilgan gollar

41

Uyda

20 (48,78%)

Safarda

21 (51,22%)

O'rtacha urilgan gollar

1,57

O'rtacha o'tkazib yuborilgan gollar

1,95

Uydagi ochkolar

16/33 (48,48 %)

Safardagi to'plangan ochkolar

11/30 (36,67 %)

Eng yirik g'alaba

6:3 - Gijduvon

Eng yirik mag'lubiyat

0:8 - SHurtan

Gol o'tkazmagan o'yinlar

3 (14,29%)

Gol ura olmagan o'yinlar

4 (19,05%)

Irodali g'alaba

3

Irodali durang

1

Irodasiz mag'lubiyat

2

Irodasiz durang

1

Yirik g'alaba

2

Yirik mag'lubiyat

1

Avtogol (urilgan/o'tkazib yuborilgan)

1/0

Ogohlantirish (o'rtacha)

32 (1,52)

CHetlatish (o'rtacha) – To'g'ridan-to'g'ri/2SK

2 (0,1) - 0/2

Muxlislar (jami/o'rtacha)

27274/1299


Islombek RUSTAMBEKOV tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика