So’nggi yangiliklar

14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  2 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  8 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  2 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  8 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13

Birinchi liga. Ikkinchi bosqich yakunlari. Muxlislar borasida kim nechanchi o'rinda? Yangiliklar

Birinchi liga. Ikkinchi bosqich yakunlari. Muxlislar borasida kim nechanchi o'rinda?

Birinchi liganing ikkinchi bosqichiga oid statistik malumotlarni berishda davom etamiz. Quyida ishqibozlar xususida to'xtalib o'tamiz.

Darvoqe, muxlislar tomonidan birinchi ligadagi o'yinlarga bo'lgan qiziqish yuqori deb bo'lmaydi. Musobaqa aslida hech kimga kerak emasdek. SHunchaki barchasi rasmiyatchilik uchun o'tkazilgandek tuyulmoqda. Bunday deyishimizning boisi birinchi ligadagi o'yinlarga ishqibozlarning tashrifi juda ham pastligidir. Qolaversa PFL xodimlarini ham vodiy yoki voxadagi o'yinlarga borib, bevosita o'yinni kuzatgani va tashkilotchilik jihatlariga etibor qaratganini ko'rmayapmiz. Muxlislar uchun qulay sharoitlar yo'q deyarli. Bazida quyoshga qarama-qarshi bo'lgan tribunada o'tirgan ishqibozlarni ko'rib, achinasiz. Stadionda na tablo na suxandon uchun karnay. Bechora o'yinga biroz kechikib kelgan tomoshabin hisobni boshqalardan bilib oladi. O'yin oldidan jamoalar PFL madhiyasi sadolari ostida chiqib kelishi kerak emasmi aslida! Lekin bunday xolatni ko'rmay qo'ydik birinchi ligada. Bu esa tobora odatiy xolga aylanib bormoqda. Tanganing ikkinchi tomoniga ham qarash kerak, safar o'yiniga arang 11 nafar o'yinchi bilan borib kelib yurgan jamoalardan bu kabi professionallikni talab qilish ham yaramaydi. Birinchi ligada muammolar achib yotibdi. Gapiraman desangiz gap ko'p. Ayrim klub rahbarlariga bu yoqmasligi mumkindir. Lekin butun mavsum mobaynida bu haqda chiqish qilmay keldik. Natija o'zgarmayapti. Hammasi o'sha-o'sha.

Xullas mavzudan chalg'imasdan, ishqibozlarning statistikasi bilan tanishtiramiz. Eng ko'p muxlis yig'ish bo'yicha “Zomin” boshqalarni o'zidan ortda qoldirdi. CHindan ham zominliklarning har bir o'yiniga o'rtacha 1000 ziyod tomoshabin tashrif buyurdi.  

Keyingi o'rinlarni esa Farg'onaning ikki klubi egalladi. Quvasoyga katta futbol qaytishi u erdagi ishqibozlarni ham behad quvontirib yuborgani shubhasizdir. Buni jamoaning uy o'yinlariga kirgan muxlislar sonidan ham bilib olish qiyin emas.

Ajablanarlisi joriy mavsum nisbatan barqaror o'yin namoyish etgan Andijonning “UzDongJu” jamoasi bu borada ro'yxatning eng pastidan o'rin oldi. Jamoa uy o'yinlarini o'tkazadigan stadionda ishqibozlar uchun etarli sharoitlar yo'q. Katta extimol bilan kelgusi yil shahardagi “Navro'z” stadioni qaytadan tamirlanadi va “bo'yoqchilar” raqiblarini aynan mazkur arenada qabul qiladi.  

Muxlislar tashrifi kimda qanday?

1. “Zomin” – 20066/(o'rtacha)1254
2. “Cementchi” – 19647/1228
3. “Yozyovon-L” – 17139/1224
4. “Kosonsoy” – 13528/902
5. “Xorazm” – 13114/820
6. “Orol” – 10460/747
7. “G'ijduvon” – 9564/598
8. “Oq-tepa” – 6975/436
9. “Obod” – 6890/431
10. “Mashal-2” – 6738/421
11. “Nasaf-2” – 5968/398
12. “NBU-Osiyo” – 5929/371
13. “Lokomotiv-BFK” – 5943/371
14. “Paxtakor-2” – 5620/351
15. “Xotira-79” – 5052/316
16. “UzDongJu” – 4853/303

Islombek Rustambekov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика