So’nggi yangiliklar

09:19Футзал. Бугун терма жамоамиз амалдаги жаҳон чемпионларига қарши баҳс олиб боради  0 08:51"Аякс" ва "Панатинаикос" пеналтилар сериясида берилган зарбалар сони бўйича еврокубоклар рекордини ўрнатди  1 08:20Тошкент дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни Ўзбекистон кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛEРEЯ  2 07:52Суперлига. Бугун мусобақа етакчилари меҳмонда ҳаракат қилишади  5 01:00ЛаЛига старт олди! Мавсумнинг илк ўйинида ғолиб аниқланмади  7 00:46Ўзбекистон футзал термаси Анголани мағлуб қилди  3 00:25Денис Коростиченко: "Футболчилар фақатгина ўзини намойиш этиш учун эмас, балки жамоа учун ва "Олимпик" номи учун курашишмоқда"  2 00:10Иван Бошкович: "90 дақиқа ўйинни назорат қилишнинг иложи йўқ. Мақсадимиз ҳар бир рақибни мағлубиятга учратиш"  8 23:57Максим Шацких: "Ҳар икки кунда футбол ўйнаяпмиз"   14 23:10Айбек Нурбаев: "Ўз хатоларимиз эвазига мағлуб бўлдик"   2 23:05Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятда дарвозабонни айбламаган бўлардим"  2 22:51"Акрон" ғалаба қозонди, Эсанов тўлиқ ўйнади   6 22:42Суперлига. "Олимпик" - "Сўғдиёна" 0:1  0 22:25Суперлига. "Сўғдиёна" "Олимпик" устидан тарихий ғалабага эришди  15 22:12Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" қўшимча бўлимларда пенальтидан урилган гол эвазига "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди  33

Birinchi liga. Ikkinchi bosqich, 8-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga. Ikkinchi bosqich, 8-tur statistikasi

O'tgan haftada birinchi liganing ikkinchi bosqich, 8-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Ortda qolgan o'yinlarning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.
“ISTIQLOL”GA TEXNIK MAG'LUBIYAT YOZILDI YOXUD SENSACIYA KUZATILMADI

Mazkur turda 7ta o'yin bo'lib o'tdi. “Orol” – “Istiqlol” bahsi esa o'tkazilmadi. Boisi mehmonlar payshanba kuni Nukusga bormagan. SHu bois toshkentliklarga texnik mag'lubiyat yozilgan. Umuman olganda ushbu turda sensacion natijalar kuzatilmadi. Bo'lib o'tgan 7ta uchrashuvning 3tasida mehmon jamoalar muvaffaqiyat qozongan.
Qolgan 4ta bahsda esa mezbonlarning qo'li baland kelgan. Etiborlisi, durang natijasi qayd etilmadi. Urganchning “Xorazm”ni jamoasi nihoyat ikkinchi bosqichdagi ilk g'alabasini tantana qildi. “G'allakor-Avtomobilchi” esa hamon raqiblariga ochko ulashishda davom etmoqda.

17 sentyabr (chorshanba)
“Alanga” – “Oq-tepa” 1:2
“SHerdor” – “NBU-Osiyo” 2:1
18 sentyabr (payshanba)
“Orol” – “Istiqlol” +/-
“Xorazm” – “Paxtakor-2” 2:0
“Mashal-2” – “UzDongJu” 2:1
“SHo'rtan” – “Xotira-79” 5:1
“G'allakor-Avtomobilchi – “Obod” 2:3
“Zomin” – “Qo'qon-1912” 0:3

GOLLAR
* Ortda qolgan turning 7ta o'yinida jami 25ta gol kiritildi.
* Har bir bahsga o'rtacha 3tadan gol demakdir.
* Mezbon jamoalar 14 bor raqib darvozasini ishg'ol etgan.
* Qolgan 11ta to'pni esa mehmonlar kiritgan.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 6ta gol kuzatildi.
* Ikkinchi bo'limda esa sermahsullik birmuncha oshdi va yana 19ta gol qayd etildi.
* Turning eng tezkor goli 18-daqiqada kiritildi. “G'allakor-Avtomobilchi” azosi Jasur Hasanov ushbu daqiqada “Obod” darvozasiga to'p kiritgan.
* Aksincha eng so'nggi gol 90+1-daqiqada SHokir Yuldashev tomonidan kiritilgan. “Mashal-2” futbolchisi “UzDongJu” darvozasiga to'p kiritib, jamoasi uchun muhim bo'lgan g'alabani taqdim etdi.
* Eng ko'p gol urgan jamoa “SHo'rtan” bo'ldi, 5ta.
* Aksincha o'z darvozasidan eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan jamoa esa “Xotira-79” bo'ldi.
* G'uzorda kechgan “SHo'rtan” – “Xotira-79” bahsi eng ko'p gol urilgan o'yin bo'ldi, 6ta!
* 2ta dubl! Sardor Soibov (“Oq-tepa”) va Yusuf Bo'riev (“SHo'rtan”) ushbu turda dublga erishdi.
* 4ta penalti! Etiborlisi barchasi aniq amalsha oshirilgan. Bu borada D.Isoqulov, A.Abdurafiqov (“SHerdor”), SH.Jumaboev (“UzDongJu”) hamda D.Usmonov (“Qo'qon-1912”) 11 metrlik nuqtadan adashmadi.
 * 1ta avtogol. Xurshid Suyunov (“G'allakor-Avtomobilchi”) “Obod”ga qarshi bahsda to'satdan o'z darvozasiga to'p kiritib yuborgan.
 
OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
* Bo'lib o'tgan 7ta o'yinda hakamlar jami 23ta futbolchiga sariq kartochka ko'rsatgan.
* Har bir uchrashuvga o'rtacha 3tadan ogohlantirish demakdir.
* Birinchi bo'limdagi sariq kartochkalar soni 7tani tashkil etdi.
* Ikkinchi taymda esa yana 16 nafar o'yinchi ogohlantirilgan.
* Bundan ko'rinib turibdiki o'yinlarning ikkinchi bo'limi qo'polliklarga boy bo'lgan.
* Mezbon jamoalarning 14 nafar o'yinchisi ogohlantirilgan.
* Qolgan 9ta sariq kartochka esa mehmonlar tomon ko'rsatilgan.
* “Xorazm” – “Paxtakor-2” bahsi turning eng tartibli o'tgan o'yini bo'ldi. Etiborlisi mazkur bahsda hakam tomonidan hech bir futbolchiga sariq kartochka ham ko'rsatilmagan.
* Eng ko'p sariq kartochka ko'rsatilgan o'yin “G'allakor-A” – “Obod” bo'ldi. 7ta sariq!
* SHuningdek 8-turda 3 nafar futbolchi qizil kartochka olib maydonni barvaqt tark etishga majbur bo'ldi. Farrux Yuldashev (“Oq-tepa”), Sardor Abduraimov (“Mashal-2”) va Islom Qo'ziboev (“UzDongJu”) keyingi turda jamoasiga yordam bera olmaydi.
 
 MUXLISLAR
* Mazkur turning bo'lib o'tgan 7ta o'yiniga jami 5892 nafar muxlis kirgan.
* Afsuski oxirgi yillarda tomoshabinlar tashrifi keskin ravishda pasayib ketayotgani haqiqatdir.
* Har bir bahsga o'rtacha 841 nafardan ishqiboz to'g'ri kelayotgani fikrlarimizni isbotlab bersa ajab emas.
Ushbu turda eng ko'p yuqori ko'rsatkich 1969ta tomoshabin bo'lib, bu “Zomin” – “Qo'qon-1912” o'yinida kuzatildi.
* Aksincha natija esa “Mashal-2” – “UzDongJu” o'yinida kuzatildi.
   
Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
Alanga – Oq-tepa – 1:2. 114 tomoshabin.
SHerdor – NBU-Osiyo – 2:1. 215 tomoshabin.
Xorazm – Paxtakor-2 – 2:0. 1167 tomoshabin.
Mashal-2 – UzDongJu – 2:1. 126 tomoshabin.
SHo'rtan – Xotira-79 – 5:1. 1016 tomoshabin.
G'allakor-Avtomobilchi – Obod – 2:3. 1285 tomoshabin.
Zomin – Qo'qon-1912 – 0:3. 1969 tomoshabin.

TURNIR JADVALI

#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NOchk
1SHo'rtan22191270 - 125858
2Qo'qon-191222162449 - 212850
3Oq-tepa22134547 - 311643
4Obod22132738 - 281041
5UzDongJu221111032 - 30234
6NBU-Osiyo22104841 - 34734
7Mashal-222103919 - 30-1133
8Orol2294926 - 23331
9Zomin2286830 - 26430
10Xorazm2277828 - 31-328
11Paxtakor-222741137 - 48-1125
12Alanga22741128 - 39-1125
13SHerdor22651115 - 37-2223
14Xotira-7922551227 - 42-1520
15Istiqlol22611544 - 56-1219
16G'allakor Avtomobilchi22131824 - 67-436


9-TURDA UCHRASHADILAR
24 sentyabr (chorshanba)
16:00. Istiqlol – Orol
16:00. Paxtakor-2 – Xorazm
16:00. UzDongJu – Mashal-2
16:00. Xotira-79 – SHo'rtan
16:00. Obod – G'allakor-Avtomobilchi
16:30. Qo'qon-1912 – Zomin
26 sentyabr (juma)
16:00. “NBU-Osiyo” – “SHerdor”
16:30. “Oq-tepa” – “Alanga”


Islombek Rustambekov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика