So’nggi yangiliklar

02:11Олимпиада ярим финалида Африка Европага қарши  3 02:03Олимпиада. Франция ярим финалда!  3 00:59Олимпиада. Миср - Парагвай учрашувида ғолиб пенальтилар сериясида аниқланди  8 00:37"Арсенал" "Наполи"нинг шартларига рози бўлди  1 00:16"Байер" футболчисини "Бавария"га сотмоқда  0 23:50Илёс Зейтуллаев: "Бугун ютқазишга ҳақли эмасдик"  6 23:41Жамшид Саидов: "Ғалаба ҳар доим ёқимли"  0 23:16Тен Хаг Санчо билан мунозараси ҳақида: "Барчаси ортда қолди"  0 22:54Ибрагимович "Милан"даги фаолияти ҳақида: "Босим жуда катта. Нонуштага ҳам босимни еймиз"  1 22:37Расман: Довбик - "Рома" футболчиси  3 22:11Олимпиада. Испания Японияга имконият қолдирмади  23 22:00Суперлига. "Қизилқум" - "Бунёдкор" 1:0  0 21:40Суперлига. "Қизилқум" бу йил ҳисобидан иккинчи маротаба "Бунёдкор"дан устун келди  12 21:18Олимпиада. Марокаш АҚШ дарвозасига 4та гол урди ва ярим финалга чиқди  9 20:54Назорат учрашуви. "Динамо" - "Насаф" баҳсида ғолиб аниқланмади  0

Birinchi liga. Ikkinchi bosqich, 1-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga. Ikkinchi bosqich, 1-tur statistikasi

Nihoyat quyi ligada kurash yana boshlandi. Bu safar jiddiyga o'xshamoqda har holda. 12-14 avgust kunlari ikkinchi bosqichning 1-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Quyida ortda qolgan uchrashuvlarning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.

“XORAZM”DAN SENSACIYA YOXUD “OBOD”NING SAFARDAGI IRODALI G'ALABASI
16 jamoa o'rtasida ikkinchi bosqich o'yinlari start oldi. Tabiiyki mazkur turda muxlislar 8ta bahsga guvoh bo'ldi. Turdagi etiborga molik o'yin, Toshkentda kechgan “Oq-tepa” – “Xorazm” bahsidir. Davralar oralig'ida tarkibini sezilarli ravishda, mahoratli o'yinchilar bilan kuchaytirib olgan toshkentliklar kutilmaganda, ikkinchi bosqichning ilk turida imkoniyatni boy berdi. Bo'lib ham o'z maydonida. Bu bilan Vali Sultonov boshqaruvidagi “Xorazm” ham ikkinchi bosqichda shunchaki ishtirok etmasligini namoyish etb qo'ydi. Etiborga molik tomoni urganchliklar birinchi bo'limning o'zidayoq ikkita to'p kiritib, uchrashuv taqdirini hal etib qo'ygandi.

SHuningdek ushbu turdagi “Kosonsoy” – “Obod” bahsi ham etiborimizni tortdi. Ayni damda turnir jadvali peshqadami bo'lib turgan toshkentliklar hakam tomonidan qo'shib berilgan, aniqrog'i 90+6-daqiqada mezbonlar darvozasiga g'alaba to'pini kiritib, safardan irodali g'alaba bilan qaytdi. “Kosonsoy” esa shu tariqa alamli mag'lubiyatga uchradi.

“Yozyovon-Lochinlari” jamoasida yangi murabbiy ish boshladi.  Aytish lozimki, Islombek Ismoilovning debyuti omadli chiqdi. Jamoa o'tgan chorshanba kuni o'z maydonida “Nasaf-2”ni qabul qilib, yirik hisobda zafar quchdi.
1-turda boshqa aytarli sensacion natija qayd etilmadi.   

UzDongJu (Andijon) – Orol (Nukus) – 1:0.
Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) – Nasaf-2 (Qarshi) – 6:0.
Cementchi (Quvasoy) – Lokomotiv-BFK (Toshkent) – 4:1.
Xotira-79 (Uychi) – Zomin (Zomin) - 1:1.
Kosonsoy (Kosonsoy) – Obod (Toshkent) – 1:2.
NBU-Osiyo (Toshkent) – Mashal-2 (Muborak) – 3:1.
Oq-tepa (Toshkent) – Xorazm (Urganch) – 1:2.
Paxtakor-2 (Toshkent) – G'ijduvon (G'ijduvon) – 3:0.



GOLLAR
* Ortda qolgan turning 8ta o'yinida umumiy gollar soni 27tani tashkil etdi.
* Har bir bahsga o'rtacha 3,37tadan gol demakdir.
* Mezbon jamoa hisobiga 20ta gol yozilgan.
* Qolgan 7ta to'pni esa mehmonlar kiritgan.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida kiritilgan gollar soni 5tani tashkil etdi.
* Ikkinchi taymda esa sermaxsullik bir necha barobarga ortdi va yana 22ta gol qayd etildi.
* Eng ko'p gol urgan jamoa “Yozyovon-Lochinlari” bo'ldi, 6ta.
* Aksincha “Nasaf-2” o'z darvozasidan eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan jamoa bo'ldi.
* 2ta dubl! Ushbu turda ikkitadan gol urgan futbolchilar Dilshod Eminov (“Cementchi”) va Muzaffar Umurzoqov (“NBU-Osiyo”) bo'ldi. Etiborga molik jihati shuki, ularning jamoalari ham mazkur turda g'alaba qozondi.
* Xet-trik! “Yozyovon-Lochinlari” futbolchisi Zohid Ismoilov 1-turda 3ta gol urgan yagona futbolchiga aylandi.
* 3ta penalti! Doston Toshmatov (“Zomin”) bilan Muzaffar Umurzoqov (“NBU-Osiyo”) aniq amalga oshirgan bo'lsa, Xudoyberdi Xoliqov (“Nasaf-2”)ning zarbasi noaniq chiqdi.
* Ushbu turda eng tezkor gol 12-daqiqada sodir bo'ldi. “Xorazm” azosi Abror Xusinov ushbu soniyalarda “Oq-tepa” darvozasiga to'p kiritdi.
* Aksincha turda eng so'nggi daqiqadagi gol 90+6-daqiqada yuz berdi. Arayk Boboev hakam tomonidan qo'shib berilgan so'nggi daqiqada “Kosonsoy” darvozasiga to'p kiritib, safarda “Obod”ga uch ochko keltirdi.

OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
* Bo'lib o'tgan 8ta o'yinda hakamlar naqd 40ta o'yinchiga sariq kartochka ko'rsatdi!
* Har bir bahsga o'rtacha 5tadan ogohlantirish demakdir.
* Mezbonlarning 17 nafar futbolchisi sariq kartochka bilan jazolangan.
* Mehmon klublarning esa 23ta o'yinchisi sariq bilan siylandi.
* “NBU-Osiyo” – “Mashal-2” bahsi qo'polliklarga boy tarzda kechgani sariq va qizil kartochkalar nisbatan ko'p qayd etilganidan dalolatdir. Bosh hakam Igor Gormashov shu kuni jami 7ta futbolchini sariq kartochka bilan 1 nafar o'yinchini esa qizil kartochka bilan siyladi.
* “Zomin”, “Paxtakor-2” hamda “Oq-tepa” jamoasidan 1tadan futbolchi sariq kartochka bilan jazolandi. Bu borada ular boshqalarga namuna bo'ldi.  
* “Mashal-2” va “Xotira-79” esa aksincha. Muboraklik futbolchilarning 5tasiga qizil kartochka ko'rsatilgan. Uychi jamoasining esa 4ta o'yinchisiga sariq va 2ta futbolchisiga qizil kartochka ko'rsatildi.
* 4ta qizil kartochka! S.Esiboev (“Nasaf-2”), J.Abdujabborov, S.Abdullaev (“Xotira-79”), K.Tojiboev (“Obod”), A.Ismatov (“NBU-Osiyo”) ushbu turda hakamlar tomonidan maydondan chetlatildi. Endi mazkur futbolchilar navbatdagi bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi.   
* “Xotira-79” jamoasi 82-daqiqaga kelib, maydonda 9 kishi bo'lib qoldi. Bu esa ularga qimmatga tushdi. “Zomin” esa penaltidan to'p kiritib, mag'lubiyatdan qutilib qoldi.

HAKAMLAR QANDAY ISHLADI?
Ushbu turdagi o'yinlarni boshqarib borgan bosh hakamlarning olgan eng yuqori balli 8,3 bo'ldi. R.Lutfulin, O.To'ychiboevning ishi 8,3 ballga munosib ko'rildi.
Toshkentda o'tgan “Oq-tepa” – “Xorazm” (1:2) bahsini boshqargan Elyort Tursunovga esa 7,3 ball qo'yildi. Buxorolik hakamning bahosi nisbatan eng pasti bo'ldi.

UzDongJu – Orol – 1:0.
Hakamlar: R. Lutfulin (Toshkent) – 8,3, S. Eremeev (Toshkent) – 8,3, F. Yarmuxamedov (Toshkent) – 8,3, A. Marajabov - 8
Nazoratchi: B. Tog'aev (Toshkent).

Yozyovon-Lochinlari – Nasaf-2 – 6:0.
Hakamlar: D. Muxtorov (Toshkent) – 8,2, S. Nishonboev (Toshkent) – 8,3, O. Umarov (Toshkent viloyati) – 8,3, D. Qurchiev - 8
Nazoratchi: A. Klepikov (Toshkent).

Cementchi – Lokomotiv-BFK – 4:1.
Hakamlar: B. Yulcharaev (Guliston) – 8,0, F. Do'smatov (Guliston) – 7,7, T. Suyunov (Guliston) – 8,8, SH. Azamov - 9
Nazoratchi: M. Ismoilov (Toshkent).

Xotira-79 – Zomin - 1:1.
Hakamlar: O. Tuychiboev (Toshkent) – 8,3, SH. Mirjalolov (Toshkent) – 8,1, Z. Erkinov (Toshkent) – 8,0, M. Nexochin - 8
Nazoratchi: S. Zaylobidinov (Farg'ona).

Kosonsoy – Obod – 1:2.
Hakamlar: T. To'xtasinov (Andijon) – 8,2, I. Abdulaqov (Toshkent viloyati) – 8,3, I. Zoitov (Toshkent viloyati) – 8,0, R. Odilov - 7
Nazoratchi: I. Rahimov (Andijon).

NBU-Osiyo – Mashal-2 – 3:1.
Hakamlar: I. Garmashov (Toshkent – 8,2), R. Tolibjonov (Farg'ona) – 8,2, E. Tursunov (Namangan) – 8,3, A. Ergashev - 9
Nazoratchi: M. SHaripov (Buxoro).

Oq-tepa – Xorazm – 1:2.
Hakamlar: E. Tursunov (Buxoro) – 7,3, SH. Fayziev (Jizzax) – 8,0, SH. Qayumov (Jizzax) –7,8, S. Eremeev - 8
Nazoratchi: O. Rubakov (Toshkent).

Paxtakor-2 – G'ijduvon – 3:0.
Hakamlar: N. Qosimov (Qarshi) – 7,9, D. Akmalov (Toshkent) – 8,0, S. Abdurahmonov (Toshkent) – 8,1, N. Anfinogenov - 8
Nazoratchi: E. Musaev (Samarqand).



TOMOSHABINLAR TASHRIFI KIMDA QANDAY?
* Turning 8ta o'yiniga jami 5276 nafar tomoshabin tashrif buyurgani, uchrashuvlar qaydnomasida yozib ko'rsatilgan.
* Har bir uchrashuvga o'rtacha 659tadan muxlis demakdir.
* Eng ko'p ishqiboz Quvasoyda kuzatildi. “Cementchi” – “Lokomotiv-BFK” bahsiga 2058ta muxlis qadam ranjida qilgan.
* Aksincha “NBU-Osiyo” – “Mashal-2” uchrashuviga esa atiga 53 nafar tomoshabin kirgan.
   
UzDongJu – Orol – 1:0. 58 tomoshabin.
Yozyovon-Lochinlari – Nasaf-2 – 6:0. 2211 tomoshabin.
Cementchi – Lokomotiv-BFK – 4:1. 2058 tomoshabin.
Xotira-79 – Zomin - 1:1. 546 tomoshabin.
Kosonsoy – Obod – 1:2. 230 tomoshabin.
NBU-Osiyo – Mashal-2 – 3:1. 53 tomoshabin.
Oq-tepa – Xorazm – 1:2. 63 tomoshabin.
Paxtakor-2 – G'ijduvon – 3:0. 57 tomoshabin.

TURNIR JADVALI



Islombek Rustambekov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика