So’nggi yangiliklar

00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  0 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  7 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9

Birinchi liga, “g'arb” mintaqasi. “Dirijyor”larni bilasizmi? Yangiliklar

Birinchi liga, “g'arb” mintaqasi. “Dirijyor”larni bilasizmi?

Kuni-kecha birinchi liganing “sharq” mintaqasida ishtirok etayotgan klublarning bosh murabbiylarini tanishtirib o'tgandik. Bu safar navbat “g'arb” mintaqasidagi klublarning “dirijyor”lariga etib keldi.
“Obod” –  Xayrullo Abdiev
Toshkentning “Obod” jamoasini mana ikki yildirki, Xayrullo Abdiev boshqarib kelmoqda. Ammo jamoaning qishki tayyorgarlik yig'ini chog'ida bir narsa etiborimizni tortmasdan qolmadi. Yani uchrashuvlar davomida futbolchilarga Abdiev emas balki endigina murabbiylik sohasiga o'tayotgan Bobur Zuhriddinov ko'rsatma bermoqda. Balki rasmiy sifatida Xayrullo Abdiev bosh murabbiy sifatida ko'rsatilsada, amalda Zuhriddinov boshqaruvni o'z qo'liga olgan shekilli degan hayolga bordik. Qaysi murabbiy bosh bo'lsada, muhimi jamoa ko'pchilikda iliq taassurot qoldirmoqda. Hattoki “Obod”ni bu yil elitaga chiqish uchun asosiy davrogarlardan biri deya etirof etishmoqda.

“Zomin” – Dilmurod Umarov
Jizzax viloyatining “Zomin” jamoasi o'tgan yili bosh murabbiy Spartak Murtazoev boshchiligida ijobiy natija qayd etayotgandi. Ammo keyinchalik yuzaga kelgan moliyaviy muammolar Spartak Suyunovichni istefo berishga majbur etdi. Rahbariyat esa bu paytga kelib chetdan murabbiy olib kelishdan ko'ra, mahalliy murabbiy Dilmurod Umarovga ishonch bildirdi. SHu tariqa bir amallab mavsumni tugatib olgan zominliklar joriy yil ham mahalliy yosh murabbiy Umarovga o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat yaratib berdi. 1981 yilda Zomin tumanida tavallud topgan Dilmurod Umarovga ayni damda Berdiyor Mamurov assisentlik qilib kelayotgani malum bo'ldi. Hozircha jamoaning ishlari 5 desa bo'ladi.  

“G'ijduvon” – SHerzod Sattorov
Buxoro viloyati jamoasi ham birinchi ligada endi-endi ishtirok eta boshladi. “G'ijduvon” o'tgan yili birinchi bosqichdan keyinoq ishtirokini to'xtatgandi. SHunga qaramay jamoa bu yil yana birinchi ligada o'ynashga ahd qildi. Jamoa boshlig'i amur Otaqulov bilan bog'langanimizda, bosh murabbiy SHerzod Sattorov ekanligini takidladi. Etiborlisi jamoani o'yyinlarga uning bir o'zi tayyorlaydi. Bundan kelib chiqdiki, “G'ijduvon”dan yaqin yillar davomida yuqori natijalarni kutish noo'rin. Birinchi liga o'yinlari 29 yoshli Sattorov uchun esa bosh murabbiy sifatida unga juda katta tajriba bo'lishi turgan gap.
 
“SHerdor” – Sayfullo SHaripov
Birinchi ligada ishtirok etishi so'nggi pallalarda aniq bo'lgan. SHunda ham Toshkentning “Istiqlol” jamoasi o'rniga ishtirok eta boshlagan Samarqand jamoasini ham mana bir necha yildirki, mahalliy murabbiy boshqarib kelmoqda. Sayfullo SHaripov o'z vaqtida “Dinamo” safida o'ynab, ishqibozlarga yaxshi tanish bo'lib ulgurgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Endilikda u murabbiy sifatida ishlamoqda. “SHerdor” rahbariyati bosh murabbiyga yordamchi sifatida Uchqun Qobilovni biriktirib qo'ygan. Qobilovni ham ishqibozlar yaxshi bilishsa kerak, o'z vaqtida “Dinamo”ning markaziy himoyasida xarakat qilganini.



“Alanga” – Bahriddin Omonov
Kosonliklar har yili murabbiyini almashtirish bo'yicha etakchilar qatoridan o'rin egallagan. Bu ham qaysidir manoda poydevor yaratilishida zararga ishlamoqda. Yoxud jamoa hanuz o'z murabbiyini topa olmadi deyish mumkin. Qashqadaryoda istedodlar talaygina. Xususan Kosondan ko'plab iqtidorlar etishib chiqqan. Jamoa menejeri Bahriddin Omonov huddi Samvel Babayan singari tashkiliy ishlar bilan birgalikda murabbiy sifatida faoliyat olib borarkan. Garchi mashg'ulotlarni uning yordamchilari  Ravshan SHarofiddinov bilan Farrux Mamasharipov o'tkazsada, o'yindan oldin tarkibni Omonov aniqlaydi. SHarofiddinov asosan ayollar futbolida ishlagan. Bungacha “Sevinch”da faoliyat yuritgan murabbiy “Alanga”dan tushgan taklifni qabul qilgan.

“Mashal-2” – Dilshod Andaev
Muborakdagi “Mashal” akademiyasi murabbiylari haqida gap ketganida ko'pchilik darhol Dilshod Andaevni eslaydi. 41 yoshli murabbiy yoshlar va o'smirlar terma jamoalariga qator o'yinchilani etkazib berish bo'yicha o'ziga yarasha xurmat qozongan desak mubolag'a bo'lmas. Oxirgi yillarda birinchi liga ishtirokchisi “Mashal-2”ni boshqarib kelayotgan Dilshod Boymurodovich klubning ishlash tizimidan kelib chiqib, asosiy urg'uni akademiya tarbiyalanuvchilariga qaratadi. Yani katta futbolga kirib kelayotgan yoshlarni birinchi liga o'yinlarida pishitib, yoshlar va kattalar jamoasiga tarbiyalab beradi. Andaevga murabbiylar shtabida Baxtiyor Sattorov yordam bermoqda. SHuning akademiyadagi murabbiylar ham imkon qadar bosh murabbiyga qarashib turadi.  



“Xorazm” – Vali Sultonov
Xorazm futbolida o'ziga yarasha nom qozongan Vali Sultonov bir necha yillik tanaffusdan so'ng yana viloyatning asosiy jamoasida ish boshladi. O'z vaqtida “Xorazm”ni kuchlilar safiga olib chiqqan mutaxassis keyinchalik o'z postini boshqa hamkasbiga bo'shatib bergandi. Sultonov oliy ligada ishlaganida tajribali futbolchilar bilan yaxshi til-topishgan bo'lsada, jamoada uning o'rni u qadar yuqori emasligini o'sha paytda o'ynagan futbolchilar takidlaydi. U davrlar oltin davrlar bo'lganligini ham alohida takidlash joiz. CHunki oliy liganing manaman degan o'yinchilarini Urganch jamoasiga jalb etish, kattagina summaga borib taqalgandi. Xullas “Xorazm”ni o'tgan yilning ikkinchi yarmidan Vali Sultonov boshqarib kelmoqda. Darvoqe unga qadar jamoada vaqtinchalik murabbiy ham yo'q bo'lganini aytib o'tish lozim. Futbolchilar o'yinlarga o'zini-o'zi tayyorlardi. Ajab emas Sultonov boshchiligidagi jamoa yana kuchlilar safiga qaytar. Buni vaqt ko'rsatadi.



“Lokomotiv-BFK” – Pavel Zaxarov

“Temiryshhlchilar” rahbariyati mana bir necha yildirki Pavel Zaxarovga ishonch bildirib kelmoqda. 30 yoshli murabbiyni ochig'i ilgari futbolchi sifatida qaysi jamoalarda o'ynagani bizga qorong'u.

“Orol” – Nematullo Qutiboev

Qoraqalpoq futbol haqida gap ketganida ko'pchilik Nematullo Qutiboevni eslaydi. Nukus xalqini katta futboldan bahramand bo'lishida aynan ushbu insonning o'rni katta deyish mumkin. Boisi Qutiboev kamtarona sharoitlardan kelib chiqib, mahalliy futbolchilar ijrosida kurashchan jamoa shakllantirishga urinadi. Birinchi liganing ko'plab klublarida bo'lgani kabi “Orol”da ham bosh murabbiyning oylik maoshi yuqori bo'lmasada, Nematullo aka elita jamoalariga o'tib ketishga oshiqmaydi. Balki uning jamoaga bo'lgan sadoqati va g'ururi yo'l qo'ymas. Darvoqe, Qutiboev bir necha yillardan buyon jamoada birgina o'zi ishlab kelayotgandi. Aytishlaricha joriy mavsumdan boshlab unga murabbiylar shtabida SHariyor Jumabekov yordam bera boshlagan.   

“Nasaf-2” – Nurali Sultonov
Nurali Sultonov “Nasaf”ga begona bo'lmagan shaxs hisoblanadi. O'z vaqtida ushbu jamoada futbolchi sifatida mexnat qilgan Sultonov murabbiylikdagi ilk qadamlarini ham qadardon jamoasida tashladi. “Nasaf” murabbiylar shtabiga etibor qaratsangiz ilgari ushbu jamoada o'ynagan sobiq futbolchilarni ko'rasiz. Asosiy jamoada Ro'ziqul Berdiev. Uning yordamchisi SHuhrat Toshpo'latov. Yoshlar jamoasi murabbiy esa Zafar Xolmurodov. Birinchi ligadagi farm-klubda esa Nurali Sultonov. Bularning barchasi ilgari “Nasaf” birga o'ynagan.


Islombek Rustambekov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика