So’nggi yangiliklar

23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  0 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  4 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  9 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  6

Birinchi liga, “g'arb” mintaqasi. 4-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga, “g'arb” mintaqasi. 4-tur statistikasi

“G'arb” mintaqasidagi 4-tur o'yinlari ham 19 aprel, yakshanba kuni bo'lib o'tdi. Quyida ortda qolgan uchrashuvlarning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.
KURASH “OROL” VA “ZOMIN” O'RTASIDA KECHADIGAN KO'RINADI

Obod (Toshkent) – Zomin (Zomin) – 1:0.
G'ijduvon (G'ijduvon) – SHerdor (Samarqand) – 0:1.
Alanga (Koson) – Mashal-2 (Muborak) – 0:1.
Xorazm (Urganch) – Lokomotiv-BFK (Toshkent) – 0:0.
Orol (Nukus) – Nasaf-2 (Qarshi) – 1:0.


GOLLAR
* 4-turning 5ta o'yinida jami 4ta gol kiritildi.
* Mezbon va mehmon jamoalar 2tadan to'p kiritgan.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida atiga 1ta gol urilgan.
* Qolgan 3ta gol esa ikkinchi bo'limda kiritilgan.
* Turning eng tezkor goli 23-daqiqada “Obod” futbolchisi Sanjar To'raqulov tomonidan kiritilgan.
* Aksincha turning eng so'nggi goli esa 89-daqiqada qayd etildi. “SHerdor” yarim himoyachisi Sanjar Akramov ushbu daqiqada “G'ijduvon” darvozasini aniq nishonga olib, jamoasiga g'alaba keltirdi.
* Penalti! 4-turdagi uchrashuvlarni boshqarib borgan hakamlar 2ta penalti belgiladi.  
* Etiborlisi ularning ikkisi ham aniq amalga oshirilgan. Bu borada Sanjar To'raqulov (“Obod”) bilan Navro'z Haipov (“Orol”) muvaffaqiyat qozongan.
* Etiborlisi ushbu turda 2ta va undan ortiqa gol urgan futbolchilar uchramadi.

OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
* Mazkur turda jami 25 ta o'yinchi sariq kartochka bilan jazolandi.
* Undan 11 nafari mezbnon jamoa futbolchilari bo'lsa, qolgan 14tasi esa mehmonlar tomon ko'rsatilgan.
* 6ta sariq kartochka birinchi bo'limda qayd etilgan.
* Ikkinchi bo'limda esa qoidalar nisbatan ko'p bor buzildi va yana 19ta o'yinchi sariq kartochka bilan “siylandi”.
* “Alanga” va “Lokomotiv BFK” jamoasidan 1tadan futbolchi ogohlantirilgan. Bu borada ular boshqalarga nisbatan namuna ko'rsatishdi.
* “Zomin” bilan “SHerdor” futbolchilari esa aksincha 4tadan sariq kartochka olib bu borada peshqadamlik qildi.
* “G'ijduvon” – “SHerdor” uchrashuvida bosh hakam jami 7ta nafar o'yinchini sariq kartochka bilan “siyladi”.  

 ENG YUQORI BALL ILGIZ TANTASHEVDA YOXUD HAKAMLAR QANDAY ISHLADI?
* Mazkur turdagi o'yinlarni boshqarib borgan hakamlar orasida Ilgiz Tantashev boshqalarga nisbatan eng yuqori ball olgan  referi bo'ldi.
* Nazoratchi Bulat Galeev buxorolik hakamning hatti-xarakatlari 9,0 ballga munosib ko'rdi.
* Igor Mustafin bilan Ruslan Lutfulin esa bir xil – 7,8 ball olgan. Bu esa ushbu turdagi eng past ball bo'ldi.

Obod (Toshkent) – Zomin (Zomin) – 1:0.
Hakamlar:
R. Lutfulin (Toshkent) – 7,8, S. Karimov (Toshkent) – 8,4, F. Yormuxamedov (Toshkent) – 8,0, A. Najafaliev – 9.
Nazoratchi: M. Ismoilov (Toshkent).

G'ijduvon (G'ijduvon) – SHerdor (Samarqand) – 0:1.
Hakamlar:
N. Qosimov (Qarshi) – 7,9, D. Ubaydullaev (Guliston) – 8,0, Z. Eliboev (Qarshi) – 8,0, SH. Rajabov - 8
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).

Alanga (Koson) – Mashal-2 (Muborak) – 0:1.
Hakamlar
: A. Ergashev (Toshkent) – 7,9, F. Dostonov (Jizzax) – 7,8, M. Turdiev (Jizzax) – 8,0, A. Kalinin – 9.
Nazoratchi: M. SHaripov (Buxoro).

Xorazm (Urganch) – Lokomotiv-BFK (Toshkent) – 0:0.
Hakamlar:
I. Ibragimov (Nukus) – 7,8, SH. Raxmatov (Buxoro) – 7,7, F. Xayrullaev (Buxoro)– 8,1, X. Otamurotov - 8
Nazoratchi: I. Mustafin (Toshkent).

Orol (Nukus) – Nasaf-2 (Qarshi) – 1:0.
Hakamlar:
I. Tantashev (Buxoro) – 9,0, T. Qo'ldashev (Buxoro) – 8,6, B. Qodirov (Buxoro) – 8,8, D. Sarsenov  - 8
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).

TOMOSHABINLAR
* 5ta o'yinga jami 7178 nafar ishqiboz tashrif buyurdi.
* Har bir bahsga o'rtacha 1435tadan muxlis demakdir.
* Eng ko'p tomoshabin kirgan o'yin Nukusdagi “Orol” – “Nasaf-2” bahsi bo'ldi. Mazkur uchrashuvni 5350ta ishqiboz bevosita stadionda kuzatib borgan.   
* Aksincha Toshkentda kechgan “Obod” – “Zomin” qarama-qarshiligi kuzatish uchun esa atiga 72 nafar muxlis stadionga qadam ranjida qilgan.

Muxlislar tashrifi kimda qanday?

Orol (Nukus) – Nasaf-2 (Qarshi) – 1:0. 5350 tomoshabin.
Xorazm (Urganch) – Lokomotiv-BFK (Toshkent) – 0:0. 1426 tomoshabin.
G'ijduvon (G'ijduvon) – SHerdor (Samarqand) – 0:1. 243 tomoshabin.
Alanga (Koson) – Mashal-2 (Muborak) – 0:1. 87 tomoshabin.
Obod (Toshkent) – Zomin (Zomin) – 1:0. 72 tomoshabin.


TURNIR JADVALI

# Jamoa O' YU D M UG - O'G T-N Ochk
1 Orol 4 3 0 1 12 - 3 9 9
2 Zomin 4 3 0 1 8 - 2 6 9
3 Nasaf-2 4 2 1 1 9 - 2 7 7
4 Mashal-2 4 2 1 1 6 - 2 4 7
5 Lokomotiv BFK 4 2 1 1 4 - 2 2 7
6 Obod 4 2 1 1 3 - 2 1 7
7 Xorazm 4 1 2 1 2 - 4 -2 5
8 SHerdor 4 1 0 3 1 - 9 -8 3
9 G'ijduvon 4 0 2 2 1 - 3 -2 2
10 Alanga 4 0 0 4 0 - 17 -17 0


5-TURDA UCHRASHADILAR:
23 aprel (payshanba)
“Mashal-2” – “Xorazm”
 24 aprel (juma)
“Nasaf-2 – Obod”
“Lokomotiv-BFK” – “Orol”
“SHerdor” – “Alanga”
“Zomin” – “G'ijduvon”


Islombek Rustambekov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика