So’nggi yangiliklar

15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  0 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  0 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  1 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  1 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  6 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  2 11:22"Барселона" Бастонининг трансфери бўйича қарор қабул қилди  5 10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  12 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  5 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  6 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  4

Birinchi liga. “Cementchi” - “Istiqlol. Prevyu Yangiliklar

Birinchi liga. “Cementchi” - “Istiqlol. Prevyu

O'zbekiston birinchiligi 5-tur doirasida bir qator derbilarga guvoh bo'lishimiz mumkin. SHu jumladan Farg'onada xam.

23 aprel kuni “Cementchi”  Quvasoyda viloyatimizning yana bir vakili ushbu mavsumdan birinchi liga musobaqalarida ishtirok etishni boshlagan debyutant “Istiqlol” jamoasini qabul qiladi.

Demak navbatdagi raqibimiz Farg'ona tumanining “Istiqlol” jamoasi xaqida!

“Istiqlol” jamoasi 2016 yilda tashkil topgan. Birinchi  liga musobaqalarida esa ushbu mavsumdan ilk marotaba ishtirok etmoqda. Jamoaga Farg'onaning eng yirik tashkilotlaridan sanalgan “QUVASOYTA'MIRQURILISH” korxonasi xomiylik qilmoqda. Bu esa yangi jamoada moliyaviy tomondan xech qanday muammo yo'qligidan dalolat beradi. Bundan tashqari jamoa barcha uy uchrashuvlarini Farg'ona shaxrining markazidagi yangi qurib bitkazilgan eng zamonaviy jahon talablariga mos etib  qurilgan 20 ming o'rinli yangi  markaziy “Istiqlol” o'yingoxida o'tkazmoqda.  Natija xam shunga yarasha bo'lmoqda.

Jamoa o'tgan turlar davomida 4ta uchrashuvda ishtirok etib 2ta g'alaba, 2ta durrang natijalarni qayt etib raqiblar darvozasiga 5ta to'p kiritdilar. O'z darvozalaridan esa 2ta to'p olib chiqishdi. Hozirda jamoa 8 ochko to'plab  musobaqa jadvalini 4-o'rnini egallab turibdi.  

 O'tkazigan uchrashuvlari :                    

1-Tur  "Zomin" – "Istiqlol"  0:0                            

2- tur  "G'allaorol" – "Istiqlol"   0:1

3- Tur  "Istiqlol" - "Xotira-79"  1:1

 4-tur  "Istiqlol" - "Lokomativ BFK"  3:2      

   

“Istiqlol” jamoasi bilan “Cementchi ” klubi faqat bir marotaba nazorat uchrashuvidagina to'qnash kelishgan. Jamoamiz ushbu nazorat uchrashuvida 2:1 hisobida g'alaba qozongan.

15 iyul. 2016 yil 

Nazorat uchrashuvi

“Cementchi” – “Istiqlol”  2:1

Jamoada hozircha kiritilgan to'plarga Jamshid Hoshimov  2ta,  Xondamir Yuldashev  1ta, Rustam Abduxamitov  1ta, SHokirov Xoshim 1ta golga mualliflik qilishgan.

Jamoaga hozirda Nail Gubanov bosh murabbiylik qilmoqda.

Barcha vodiy axlini 23 aprel yakshanba kuni markaziy “Cementchi” stadioniga O'zbekiston birinchiligi 5-tur doirasidagi viloyat derbisi “Cementchi” – “Istiqlol” uchrashuviga taklif etamiz!


“Cementchi” matbuot kotibi Zuxriddin Abdullajonov


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика