So’nggi yangiliklar

15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  0 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  1 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  1 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  1 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  6 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  2 11:22"Барселона" Бастонининг трансфери бўйича қарор қабул қилди  6 10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  12 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  5 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  6 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  4

Birinchi liga. “Cementchi” – “G'allakor”. Prevyu Yangiliklar

Birinchi liga. “Cementchi” – “G'allakor”. Prevyu

“Cementchi" navbatdagi 10-tur uchrashuvini Quvasoyda Jizzaxning "G'allakor" jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Jamoamiz  “Cementchi" navbatdagi 10-tur uchrashuvini Quvasoyda Jizzax viloyati, G'allaorol tumanining  "G'allakor"  jamoasiga qarshi o'tkazadi. Bo'lajak raqiblarimiz "G'allakor" jamoasi  2003 yilda tashkil topgan va 2012 yilgacha turli nomlar bilan O'zbekiston birinchiligi musobaqalarida ishtirok etib kelgan. 

•  2003 - 2008  yillarda “G'allakor”

•  2009 - 2010 yillarda  “Dinamo-G'allakor”

•  2011- 2013 yillar “G'allakor-Avtomobilchi” 

•  2016 yildan yana “G'allakor -Barsa”

“G'allakor -Barsa” jamoasi ushbu mavsum avvalida yana birinchi liga musobaqalarida ishtirok etish yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bahslarga astoydil kirishgan g'allaorolliklar ushbu mavsumda munosib ishtirok etishni maqsad qilgan ko'rinadi. O'tkazilgan 8ta uchrashuvdan 4tasida ochko olishga erishgani har qalay debyutant jamoa uchun yomon natija emas. 

Jamoa shu kungacha 8ta uchrashuvda maydonga tushib 4ta mag'lubiyat 2ta durrang va 2 bor g'alaba qozonib 8 ochko jamg'argan xolda musobaqa jadvalining 12-pog'onasini egallab turibdi.  G'allaorolliklar o'tgan uchrashuvlarda raqiblar darvozasini  7 bor ishg'ol etib, o'z darvozalaridan 11ta to'p olib chiqgan.

1-tur “G'allakor”  – “Andijon” 1-1

2-tur “G'allakor” – “Istiqlol” 0-1

3-tur “Yangier” – “G'allakor” 1-1

4-tur “NBU Osiyo” – “G'allakor” 3-0

5-tur “Zomin” – “G'allakor” 2-0

7-tur G'allaorol - Lokomotiv-BFK 1-0

8-tur G'allaorol - “Xotira-79” 4-1

9-tur “Uzdongju” – “G'allakor” 2-0 

Jamoamiz bugun markaziy "Cementchi" o'yingoxida Jizzaxning "G'allakor" jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

2017 yil 15-may. Birinchi liga  10-tur

Cementchi (Quvasoy) – G'allakor (G'allaorol)

Hakamlar: S. Abduraxmonov (Toshkent), X.Nabiev (Toshkent), S.Nishonboev(Toshkent),  

Nazoratchi: SH.Bozorov (Namangan).

Ushbu bahsda jamoamizga omad tilaymiz!


"Cementchi" matbuot kotibi Zuxriddin Abdullajonov.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика