So’nggi yangiliklar

11:16Ака-ука қарама-қаршилиги бўлмайди. Жоб Беллингем "Реал"га қарши ўйинни ўтказиб юборади  0 10:50А Сериянинг энг яхши тўпурари Саудияга кўчиб ўтиши мумкин  0 10:23Илгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида навбатдаги ўйинга тайинланди  1 10:16Сергей Чигодаев: "Турнирда кучли жамоалар иштирок этмоқда"  0 09:40“Хоразм“ “Пахтакор“ футболчисига қизиқмоқда  1 09:05“Ал Ҳилол“ “Манчестер Сити“ни мағлуб этгани учун футболчиларга қанча мукофот пули бергани маълум  5 08:33“Насаф“ Мозговойнинг ўрнига “Динамо“ етакчисини олиб келмоқчи  1 08:00Суперлига. Бугун 1-давранинг сўнгги тури старт олади  1 07:28Шомуродовнинг янги жамоаси деярли маълум. Музокаралар якуний босқичда  38 02:11Марко Станоевич: "Аламли мағлубият бўлди. Буни тезроқ унутиб, машғулотларга қайтишимиз керак"  4 01:33Аброр Исмоилов: "Муҳим учрашувда керакли очколарни қўлга киритдик"  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Натижа бор, лекин жамоамиз ўйинидан қониқмадим"  2 00:45Ольмо Клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Мавсумга тўлақонли тайёргарлик кўраётганимиздан хурсандмиз"  4 00:35Фарҳод Нишонов: "Кубок ўйинларида янада узоқроқ боришни мақсад қилгандик"  0 00:22Ҳаким Фузайлов: "Бугунги мағлубият учун ҳамма айбни ўзимга оламан"  3

Birinchi liga. Buxoroning “Spartak” jamoasi haqida Yangiliklar

Birinchi liga. Buxoroning “Spartak” jamoasi haqida

O'tgan yili birinchi ligada garchi ilk mavsumi bo'lishiga qaramay, etakchilarga qarshilik ko'rsata olgan Buxoroning “Spartak” jamoasi bu yil sira ham o'ziga o'xshamadi.
O'tgan mavsum jamoa safida bir nechta yoshlar kashf etilgan. Islombek Isoqjonov, Firdavs Asadov kabi yoshlar o'zlarining to'purarlik mahoratini namoyish etib, bugungi kunda oliy liga jamoalariga o'ynayotganini ko'rmoqdamiz. SHuningdek “Spartak”ni o'tgan yili taniqli murabbiy Usmon Toshev boshqargandi. Biroq negadir rahbariyat Toshev bilan hamkorlik qilishni to'xtatdi va mahalliy murabbiy Sulaymon Rahmatovga ishonch bildirildi.

Jamoa bu yil moliyaviy jihatdan ham qiynalgani bor gap. Ushbu omil ham “Spartak”ning ikkinchi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritishiga to'sqinlik qildi deyish mumkin. Jamoa birinchi bosqichda 19ta o'yinda maydonga tushdi. Bitta uchrashuvda texnik g'alabaga erishgan bo'lsa, qolgan ikki bahsga esa “Spartak”ning o'zi borishni istamagan. SHu tariqa jamoa birinchi bosqichdayoq ishtirokini to'xtatishga majbur bo'ldi. Endi kuzda pulka bahslarida qatnashadimi yo'qmi bu borada hozirdan bir nima deyish qiyin.   

Jamoa tarkibida o'ynagan eng yoshi katta futbolchi darvozabon Furqat Rahmonov bo'ldi, 28 yosh. Aksincha eng yoshi Muhammadali Yo'ldoshev, 19 yosh.
 
Kim qancha gol urdi?

Futbolchi

Gol

pen.

Umid Jumaev

5

(1)

Ravshan Yangiev

4

Narimon Hasanov

4

(1)

Sardor Sulaymonov

4

(1)

Mirislom Hasanov

3

Doston SHabanov

1

Komil Samiev

1

Suhrob Fazliddinov

1

Umidjon Xudoyberdiev

1


Quyida jamoaning birinchi bosqichda qayd etgan natijasi bilan batafsil tanishish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

O'yinlar

19

Gollar

25

Uyda

16 (64%)

Safarda

9 (36%)

O'tkazib yuborilgan gollar

37

Uyda

13 (35,14%)

Safarda

24 (64,86%)

O'rtacha urilgan gollar

1,32

O'rtacha o'tkazib yuborilgan gollar

1,95

Uydagi ochkolar

17/33 (51,52 %)

Safardagi to'plangan ochkolar

6/24 (25 %)

Eng yirik g'alaba

4:0 – “Registon”

Eng yirik mag'lubiyat

1:5 – “Mashal 2”

Gol o'tkazmagan o'yinlar

5 (26,32%)

Gol ura olmagan o'yinlar

5 (26,32%)

Irodali g'alaba

1

Irodali durang

0

Irodasiz mag'lubiyat

0

Irodasiz durang

1

Yirik g'alaba

1

Yirik mag'lubiyat

6

Avtogol (urilgan/o'tkazib yuborilgan)

1/0

Ogohlantirish (o'rtacha)

36 (1,89)

CHetlatish (o'rtacha) – To'g'ridan-to'g'ri/2SK

1 (0,05) - 0/1

Muxlislar (jami/o'rtacha)

15601/821


Islombek RUSTAMBEKOV tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика