So’nggi yangiliklar

01:33Аброр Исмоилов: "Муҳим учрашувда керакли очколарни қўлга киритдик"  0 01:27Камолиддин Тожиев: "Натижа бор, лекин жамоамиз ўйинидан қониқмадим"  0 00:45Ольмо Клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Мавсумга тўлақонли тайёргарлик кўраётганимиздан хурсандмиз"  2 00:35Фарҳод Нишонов: "Кубок ўйинларида янада узоқроқ боришни мақсад қилгандик"  0 00:22Ҳаким Фузайлов: "Бугунги мағлубият учун ҳамма айбни ўзимга оламан"  2 00:00Суперлига. "Динамо" мухлислари кўз ўнгида "Нефтчи"га ютқазди  0 23:50Сергей Лушчан: "Кубок ўйинларида футболчиларга қўшимча мотивация керак"  4 23:28Вадим Абрамов: "Бугун жамоам жуда оғир ўйнади"  10 23:06Брайан Риаскос: "Суперлига – бир қараганда осон, аммо аслида жуда мураккаб турнир"  2 22:59Виталий Левченко: "Динамо"нинг турнир жадвалида биздан юқори эканлиги футболчиларга қўшимча мотивация берди"  5 22:25Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Лаос дарвозасига еттита жавобсиз тўп киритди  6 22:19"Милан" 20 млн евродан зиёдга Италия термаси футболчисини сотиб олади  1 22:14Ўзбекистон кубоги. Чорак финалнинг барча иштирокчилари аниқ!  2 21:58Суперлига. "Нефтчи" қолдирилган ўйинда "Динамо"ни ишончли ҳисобда ютиб, 3-ўринга кўтарилиб олди  53 21:55Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" ва "Навбаҳор" ўз рақибларини мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олишди  24

Birinchi liga. Bu yil 10 mavsumni o'tkazadigan "G'allakor" haqida Yangiliklar

Birinchi liga. Bu yil 10 mavsumni o'tkazadigan "G'allakor" haqida

Birinchi liga klublarining tayyorgarligi haqida turkum maqolalar berishni davom ettirgan xolda, bugun Jizzax viloyatining G'allaorol tumani jamoasiga to'xtalib o'tishni lozim topdik.
BIRINCHI LIGANING DOIMIY ISHTIROKCHISI
Birinchi liganing doimiy ishtirokchilaridan biri bo'lgan "G'allakor" har mavsum o'z oldiga elitaga chiqish vazifasini qo'ymaydi. Klub rahbarlarining aytishicha jamoa bu yil birinchi ligada 10-mavsumni o'tkazadi. Bungacha jamoa asosan mahalliy futbolchilarni oliy ligada o'ynab ketishi uchun o'ziga xos tramplin vazifasini o'tab kelgan. Bugungi kunda "Olmaliq"da o'ynayotgan Diyor Turopov aynan ushbu jamoa tarbiyalanuvchisi sanaladi. Joriy mavsum 10-chempionatni o'tkazadigan "G'allakor"ning o'tgan yilgi ishtiroki qoniqarsiz tarzda kechgandi. SHu bois bu yil yubiley yil uchun jamoadan yuqori o'rinlarni egallash talab etiladi. 

FURQAT O'ROLOV JAMOAGA QAYTDI
G'allakorni o'tgan yili Anvar Almatov va Bahriddin Rahmonqulov juftligi boshqargandi. Hozirda esa bosh murabbiylik postida Furqat O'rolov ishlamoqda. O'rolov aslida "G'allakor" uchun begona murabbiy emas. CHunki mahalliy sanalgan Furqat O'rolov ilgari ham jamoada faoliyat yuritgandi. Malum muddatlik tanaffusdan so'ng S licenziyasiga ega bo'lgan bu murabbiy yana jamoada ish boshladi. Unga murabbiylar shtabida Said Zokirov bilan Qahramon Abdumo'minov yordam bermoqda.

TAYYORGARLIK G'ALLAOROLDA OLIB BORILMOQDA
Jamoa yangi mavsumga hozirlik ko'rishni 25 fevraldan boshlagan. Bosh murabbiyning takidlashicha tayyorgarlik asosan G'allaorolda olib boriladi. Mashg'ulotlar bilan bir qatorda kun-ora sinov-nazorat o'yinlari tashkil etilib aynan mazkur uchrashuvlar orqali tarkib shakllantirib borilmoqda. SHuningdek yangi o'yinchilarni saralash jarayoni ham ketayotganligini aytib o'tish lozim. Rejaga ko'ra "G'allakor" 19 mart kuni PFL futbolchilarni ro'yxatini taqdim etishi kerak. Ungacha esa futbolchilar Toshkentda Futbol-MED tibbiy ko'rigidan o'tkaziladi.  Jamoamizga rahbariyat tomonidan etibor yuqori deyish mumkin. Imkon qadar etarlicha shart-sharoitlarni yaratib bermoqda. Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan o'tkazilmoqda. Ertalab asosan jismoniy jihat bo'yicha ishlamoqdamiz. Kunning ikkinchi yarmida esa sinov-nazorat o'yinlari yoki to'p bilan ishlashga ahamiyat berilmoqda. Bazada sharoitlar yaxshi. Kuniga uch mahal issik ovqat bilan taminlanganmiz. SHu kungacha "So'g'diyona" (yoshlar jamoasi) SHerdor hamda Zomin jamolari bilan kuch sinashdik", - deydi Furqat O'rolov.

TARKIB KUCHAYTIRILMOQDA
Bosh murabbiy tarkibni kuchaytirish maqsadida selekciya jarayoniga katta etibor qaratmoqda. Buning samarasi o'laroq G'allakorning sobiq o'yinchilari jamoaga qaytmoqda. Xususan Iskandar Alimboev (Qo'qon-1912), Dilshod Turonov, Jasur Hasanov (Zomin), Tohir Karimov (Marg'ilon), SHahzod Mannonov, Soli Xayrullaev, Marat Hoshimov (Xorazm), Elyor Oxunov (Qo'qon-1912) ayni damda jamoa o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. SHuningdek undan tashqari Muhriddin, Mamasoliev, Madamin Xojiboev, Rashid G'ofurov, Bahriddin Rahmonqulov, Bekzod Abdumo'minov, Davron Po'latov, Abdurasul Abdug'aniev, Azamat Madaliev, Firdavs Farhodov kabi mahalliy futbolchilar ham mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda. Bosh murabbiyning aytishicha yig'inda 40dan ziyod o'yinchilar ishtirok etmoqda. Klubning o'rtacha yoshi bu yilgi mavsumda 24-25 bo'ladi.

JAMOANING YILLIK BYUDJETI 700 MILLION SO'M ATROFIDA
Har bir jamoa chempionatga turli xil moliyaviy sharoit bilan kirib boradi. Surishtiruv natijalariga ko'ra shunisi malum bo'ldiki, joriy mavsum G'allakor jamoasining yillik sarf-harajatlari uchun homiy tashkilotlar tomonidan 700 million so'm pul ajratiladigan bo'ldi. O'z oldiga dastlabki bosqichda yuqori sakkizlikka kirishni maqsad qilib qo'yayotgan jamoa uchun bu qoniqarli byudjet deyish mumkin. Uni qanday va qay tariqa sarf etish esa rahbariyatga bog'liq.  

Islombek RUSTAMBEKOV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика