So’nggi yangiliklar

00:45Ольмо Клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Мавсумга тўлақонли тайёргарлик кўраётганимиздан хурсандмиз"  0 00:35Фарҳод Нишонов: "Кубок ўйинларида янада узоқроқ боришни мақсад қилгандик"  0 00:22Ҳаким Фузайлов: "Бугунги мағлубият учун ҳамма айбни ўзимга оламан"  0 00:00Суперлига. "Динамо" мухлислари кўз ўнгида "Нефтчи"га ютқазди  0 23:50Сергей Лушчан: "Кубок ўйинларида футболчиларга қўшимча мотивация керак"  2 23:28Вадим Абрамов: "Бугун жамоам жуда оғир ўйнади"  8 23:06Брайан Риаскос: "Суперлига – бир қараганда осон, аммо аслида жуда мураккаб турнир"  2 22:59Виталий Левченко: "Динамо"нинг турнир жадвалида биздан юқори эканлиги футболчиларга қўшимча мотивация берди"  4 22:25Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Лаос дарвозасига еттита жавобсиз тўп киритди  6 22:19"Милан" 20 млн евродан зиёдга Италия термаси футболчисини сотиб олади  1 22:14Ўзбекистон кубоги. Чорак финалнинг барча иштирокчилари аниқ!  2 21:58Суперлига. "Нефтчи" қолдирилган ўйинда "Динамо"ни ишончли ҳисобда ютиб, 3-ўринга кўтарилиб олди  53 21:55Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" ва "Навбаҳор" ўз рақибларини мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олишди  24 21:10Расман: "Атлетико" Баэнани "Вильярреал"дан 45+5 миллион еврога сотиб олди  0 20:35Расман: "Челси" 60 миллион фунтлик трансферни амалга оширди  1

Birinchi liga. 9-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga. 9-tur statistikasi

Teglar :  Birinchi liga
26-27 sentyabr kunlari birinchi liganing ikkinchi bosqich 8-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Unda muxlislar bir qator qiziqarli bahslarga guvoh bo'ldi. Ayrim uchrashuvlarda kutilmagan hisoblar ham qayd etilganini etirof etish lozim. Biz esa odatga ko'ra, poyoniga etgan turning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.
 
PESHQADAMLAR BAHSIDA BU SAFAR HAM “OQ-TEPA”NING QO'LI BALAND KELDI YOKI “ZOMIN”DAN MEHMONDA YIRIK HISOBDAGI G'ALABA
8-turda 7ta o'yin bo'lib o'tdi. Nukusning “Orol” jamoasi moliyaviy muammolar sabab “Yozyovon-Lochinlari”ga qarshi baxsga bora olmadi. SHu sababli bu o'yinda mezblonlarga texnik g'alaba yozildi.

Turning qolgan o'yinlariga qisqacha to'xtaladigan bo'lsak, “UzDongJu” o'z maydonida autsayder “G'ijduvon”ni qabul qildi va arang g'alabaga erishdi. G'ijduvonliklar garchi turnir jadvalining so'nggi pog'onasida ketayotgan bo'lsada, shu kuni mezbonlarga jiddiy qarshilik ko'rsata oldi. Ammo “bo'yoqchilar” o'z maydonida baribir muvaffaqiyat qozondi.

Bundan oldingi turda Qarshida “Nasaf-2”ni yirik hisobda taslim etib qaytgan “Cementchi”ga bu safar oson bo'lmadi. Birinchi bo'limda Nurali Sultonov shogirdlari hisobni ochishga erishganda va tanaffusga g'alaba bilan chiqib ketgandi. Sal bo'lmasa yosh “ajdarlar” Quvasoydan ochko bilan qaytishlari mumkin edi. Lekin bunga maydon egalari yo'l qo'ymadi va yakunda irodali g'alabaga erishdi.

“Lokomotiv-BFK” esa o'tgan turda “Xotira-79”dan Toshkentda mag'lub bo'lgandi. SHu bois “temiryo'lchilar” bu safar revansh olishga urinishi aniq edi. Ikkinchi bo'lim boshidayoq toshkentliklar uchrashuvda hisobni ochishga erishdi. Ammo keyinchalik maydon egalari javob to'pini kirita oldi. Yakunda esa tomonlar durangga erishdi.
“Kosonsoy” esa o'z maydonida kutilmaganda yirik hisobda mag'lub bo'ldi. Aniqrog'i bunga zominliklar sababchi bo'ldi. Asqar Umarov boshqaruvidagi jamoa garchi o'yin kuni stadionga etib kelgan bo'lsada, raqib darvozasiga javobsiz naqd 6 (!)ta to'p kirita olgani etiborga molikdir.
Oliy ligaga chiqish uchun kurash olib borayotgan Toshkentning ikki klubi o'rtasidagi navbatdagi bahsda ham “Oq-tepa”ning qo'li baland keldi. Bu bilan Ildar Sakaev jamoasi turnir jadvalida yaqqol peshqadamga aylanib oldi.

“Bankirlar” o'tgan turdagi mag'lubiyatdan keyin “Xorazm”dan revansh olishga erishdi.
Ikki farm-klub: “Paxtakor-2” – “Mashal-2” jamoalari o'rtasidagi navbatdagi bahsda ham muborakliklarning qo'li baland keldi.   
“Yozyovon-Lochinlari” – “Orol” + /-
UzDongJu – G'ijduvon – 4:2.
Cementchi – Nasaf-2 – 2:1.
Xotira-79 – Lokomotiv-BFK – 1:1.
Kosonsoy – Zomin – 0:6.
Oq-tepa – Obod – 2:1.
NBU-Osiyo – Xorazm – 3:1.
Paxtakor-2 – Mashal-2 – 0:1.


GOLLAR
* 9-turda kiritilgan umumiy gollar soni 25tani tashkil etdi.
* Har bir bahsga o'rtacha 3,57tadan gol demakdir.
* Eng ko'p gol urgan jamoa “Zomin” bo'ldi, 6ta.
* Aksincha o'z darvozasidan eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan klub esa “Kosonsoy”dir.
* Turning eng tezkor goli 6-daqiqada yuz berdi. “Zomin” o'yinchisi Sardor Inomjonov aynan ushbu soniyalarda “Kosonsoy” darvozasiga tezkor gol kiritdi.  
* Turning eng so'nggi goli  esa 90+2-daqiqada sodir bo'ldi. “UzDongJu” hujumchisi Akmal Jo'raboev “G'ijduvon” darvozasiga so'nggi to'pni kiritib, uchrashuvga nuqta qo'ydi.
* 3ta dubl. Doston Toshmatov (“Zomin”), Temur Hakimov (“Oq-tepa”), Leonid Koshelev (“NBU-Osiyo”) ushbu turda ikkitadan gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.
* 1ta xet-trik. “Zomin” futbolchisi Sardor Inomjonov mazkur turda 3ta gol urgan.  
* Uchrashuvlarni boshqarib borgan hakamlar jami 4ta penalti belgiladi. SHundan 2tasi aniq amalga oshirilgan bo'lsa, yana ikkitasi noaniq tepildi.
Nizom Norov (“Xorazm”) – aniq
Rahmatullo Meliboev (“Cementchi”) - aniq
Olim Navkarov (“NBU-Osiyo”) – noaniq
Temur Hakimov (“Oq-tepa”) - noaniq

OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
* Turning 7ta o'yinida jami 35 nafar futbolchiga sariq kartochka ko'rsatildi.
* Har bir uchrashuvga o'rtacha 5tadan ogohlantirish demakdir.
* Mezbonlardan 17ta o'yinchi sariq bilan “siylangan” bo'lsa, qolgan 18ta sariq kartochka esa mehmon jamoa futbolchilari tomon ko'rsatildi.
* Turning eng tartibli jamoasi bu safar “UzDongJu” bo'ldi. Andijonliklar etiborlisi “G'ijduvon”ga qarshi bahsda birorta ham sariq kartochka olmadi.
* Umuman olganda turning eng tartib o'tgan o'yini “UzDongJu” – “G'ijduvon” bahsi bo'ldi. 1ta sariq kartochka.
* Ushbu turda eng ko'p sariq kartochkani “Oq-tepa” va “Mashal-2” futbolchilari oldi. 5tadan. Etiborlisi har ikki klub ham g'alaba qozongan.
* “Oq-tepa” – “Obod” bahsida 8ta sariq kartochka ko'rsatildi. Mezbonlardan 5 nafari, mehmonlardan esa 3ta o'yinchi ogohlantirildi.
* Etiborga molik tomoni 9-tur o'yinlarida birorta ham qizil kartochka qayd etilmagan.

ENG YUQORI BALL SERAZETDINOVDA. NAJAFALIEVDA ESA AKSINCHA
* O'yinlarni boshqarib borgan hakamlar orasida eng yuqori ballni bu safar ham Viktor Serazetdinov oldi. Toshkentda kechgan “Oq-tepa” – “Obod” (2:1) bahsini boshqarib borgan poytaxtlik hakamga nazoratchi Xushvaqt Muxtorov 8,6 ball qo'ydi.
* Bu borada aksincha xolat esa Asker Najafalievga tegishli. “Kosonsoy” – “Zomin” (0:6) uchrashuvini boshqargan referining hatti-xarakatlari nazoratchi Islom Rahimov tomonidan 8,0 ballga munosib baholandi.

UzDongJu – G'ijduvon – 4:2.
Hakamlar: A. Ergashev (Toshkent) – 8,2, R. Tolibjonov (Farg'ona) – 8,1, SH. Azamov (Farg'ona) – 7,7, A. Marajabov - 9
Nazoratchi: S. Zaylobidinov (Farg'ona).
 
Cementchi – Nasaf-2 – 2:1.
Hakamlar: R. Lutfulin (Toshkent) – 8,5, SH. Mirjalolov (Toshkent) – 8,5, Z. Erkinov (Toshkent) – 8,5, S. Rahmonov - 7
Nazoratchi: B. Tog'aev (Toshkent).

 Xotira-79 – Lokomotiv-BFK – 1:1.
Hakamlar: A. Rahimov (Andijon) – 8,2, I. Abdulaqov (Toshkent viloyati) – 8,2, I. Zoitov (Toshkent viloyati) – 8,8, I. Nosirov- 9
Nazoratchi: M. Ismoilov (Toshkent).

Kosonsoy – Zomin – 0:6.
Hakamlar: A. Najafaliev (Toshkent) – 8,0, X. O'rolov (Toshkent viloyati) – 8,0, S. Ulfatov (Toshkent viloyati) – 8,0, A. Jabborov - 8
Nazoratchi: I. Rahimov (Andijon).

Oq-tepa – Obod – 2:1.
Hakamlar: V. Serazetdinov (Toshkent) – 8,6, S. Eremeev (Toshkent) – 8,3, F. Yarmuxamedov (Toshkent) – 8,0, D. Ahtamov - 8
Nazoratchi: X. Muxtorov (Samarqand).

NBU-Osiyo – Xorazm – 3:1.
Hakamlar: R. Bobomurodov (Navoiy) – 8,4, SH. Qamarov (Samarqand) – 8,0, S. Hakimov (Samarqand) – 8,2, T. Galeev - 8
Nazoratchi: M. SHaripov (Buxoro).

Paxtakor-2 – Mashal-2 – 0:1.
Hakamlar: D. Karimov (Toshkent) – 8,2, O. Umarov (Toshkent viloyati) – 8,1, SH. Fayziev (Jizzax) – 8,1, A. Rubakov - 9
Nazoratchi: A. Klepikov (Toshkent).


MUXLISLAR
* 9-turning 7ta o'yiniga jami 2698 nafar tomoshabin tashrif buyurdi! Albatta bu juda ham achinarlidiryu SHundan ham bilsa bo'ladiki, birinchi ligaga bo'lgan qiziqish turdan-turga pasayib borayotganini.
* Har bir uchrashuvga o'rtacha 385tadan ishqiboz demakdir!
* Toshkentdagi o'yinlarga 100ta ham tomoshabin kirmayapti.
Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
Paxtakor-2 – Mashal-2 – 0:1. 51 tomoshabin.
NBU-Osiyo – Xorazm – 3:1. 86 tomoshabin.
Xotira-79 – Lokomotiv-BFK – 1:1. 89 tomoshabin.
Oq-tepa – Obod – 2:1. 97 tomoshabin.
UzDongJu – G'ijduvon – 4:2. 112 tomoshabin.
Kosonsoy – Zomin – 0:6. 951 tomoshabin.
Cementchi – Nasaf-2 – 2:1. 1312 tomoshabin.


TURNIR JADVALI



TO'PURARLAR:
Alisher Azizov (“Obod”) – 20ta
Temur Hakimov (“Oq-tepa”) – 18ta
SHoxruz Norxonov (“Obod”) – 16ta
Elyor Akbarov (“Cementchi”) – 16ta
Davron Isoqov (“Kosonsoy”/ “Navbahor”) – 15ta
Sanjar To'raqulov (“Obod”) – 15ta
Doston Toshmatov (“Zomin”) – 15ta

OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR

10-tur. 2 oktyabr (juma)
“G'ijduvon”  - “Yozyovon-Lochinlari”
“Orol” – “Cementchi”
“Nasaf-2” – “Xotira-79”
“Lokomotiv-BFK” – “Kosonsoy”
“Zomin” – “Oq-tepa”
“Obod”  - “NBU-Osiyo”
3 oktyabr (shanba)
“Xorazm” – “Paxtakor-2”
“Mashal-2” – “UzDongJu”

Islombek Rustambekov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика