So’nggi yangiliklar

15:54"Ливерпуль" ярим ҳимоячисини 17,5 млн еврога сотмади  1 15:16"Боруссия" форварди Францияга йўл олади  0 14:47Париж-2024. Ўзбекистонлик ҳакамлар ярим финал ўйинини бошқариб боришади  3 14:31Ашурматов "Химки"дан учралган мағлубиятга изоҳ берди  0 14:07Альвареснинг агенти келаси ҳафтада "Ман Сити" билан музокаралар ўтказади. Клуб ўйинчини 40-50 млн еврога сотмайди  1 13:39"Ливерпуль" Робертсонга ўринбосар топди  0 13:105та гол урилган "Андижон" — ОКМК ўйини ёҳуд олмалиқликларнинг даҳшатли камбэкидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 12:50Футзал. ЖЧ-1992. Пеле томоша қилган ҳамда онасининг қорнида тўп тепишни бошлаган ялангоёқ болакайнинг энг яхши ўйинчига айлангани ҳақида ҳикоя қиламиз  0 12:36"Атлетико" Альварес учун 47+12 млн фунт таклиф қилмоқда, "Ман Сити" 70+20 млн хоҳламоқда. Мадридликлар пессимистик кайфиятдалар  3 12:05Гвардиола Англия терма жамоасининг қизиқишини изоҳлади  0 11:37Галлахер Испания клубига ўтишга яқин  1 11:05Ўртоқлик учрашуви. "Манчестер Юнайтед" - "Ливерпуль" 0:3, Каземиро "замах" га алданди  2 10:48FourFourTwo футбол тарихидаги энг яхши марказий ҳимоячилар рейтингини тузди   15 10:20«Бавария» ҳимоячисини «Манчестер Юнайтед»га сотишга рози бўлди  3 09:53«Барселона» ва «Реал Мадрид» АҚШдаги ўзаро учрашувидан қанча пул ишлаб олгани маълум  10

Birinchi liga. 7-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga. 7-tur statistikasi

13-14-15 sentyabr kunlari birinchi liganing ikkinchi bosqich 7-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Odatga ko'ra ortda qolgan uchrashuvlarning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.

SAFARDA G'ALABA QOZONGAN “NASAF-2” BO'LDI YOKI MEZBONLARGA ATALGAN TUR
Ortda qolgan turni hech ikkilanmay mezbonlar uchun atalgan deb aytish mumkin. Boisi mazkur turdagi 8ta o'yinda 6tasida mezbon jamoalar muvaffaqiyat qozongan. Bitta o'yinda durang qayd etilgan bo'lsa, yana bir bahsda mehmonlarning qo'li baland kelgan. Etiborlisi ushbu turda “Nasaf-2” jamoasigina safardan uch ochko bilan qaytgan klub bo'ldi.

Turnir peshqadami bo'lib turgan “Obod” poytaxt derbisida tayyor g'alabani qo'ldan chiqardi. Aniqrog'i “NBU-Osiyo” irodasini namoyish etgan xolda, o'z uyida muhim g'alabaga erishdi.

Peshqadam ortidan taqib etib borayotgan Toshkentning yana bir klubi “Oq-tepa” esa bu safar yirik hisobda g'alaba qozondi.  
“UzDongJu” esa ketma-ket o'z uyida ikkinchi marotaba durangga imzo chekdi. “Mashal-2” bilan bahsda hisob ochilmadi.
Vali Sultonov boshqaruvidagi “Xorazm” Toshkentga safar uyushtirib, “Paxtakor-2”ga imkoniyatni boy berdi.
Turning qolgan o'yinlarida aytarli sensacion natija qayd etilmadi.



NBU-Osiyo – Obod – 5:2.
Paxtakor-2 – Xorazm – 2:1.
Oq-tepa – Zomin – 6:1.
UzDongJu – Mashal-2 – 0:0.
Yozyovon-Lochinlari – G'ijduvon – 2:1.
Cementchi – Orol – 6:1.
Xotira-79 – Nasaf-2 – 2:3.
Kosonsoy – Lokomotiv-BFK – 2:1.

GOLLAR
* Turning 8ta o'yinida jami 35ta gol qayd etildi.  
* Har bir bahsga o'rtacha 4,375dan gol demakdir.  
* Mezbon jamoalar hisobiga 25ta gol yozildi.
* Qolgan 10ta to'pni esa mehmonlar kiritgan.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida urilgan gollar soni 17tani tashkil etdi.  
* Qolgan 18ta to'p esa ikkinchi taymda kiritildi.
* Turning eng tezkor goli 6-daqiqada sodir bo'ldi. “NBU-Osiyo” – “Obod” bahsida mehmonlar hujumchisi Alisher Azizov o'z hisobiga dastlabki golni yozdirib qo'yishga erishdi.
* Aksincha turning eng so'nggi goli esa 90+5-daqiqada yuz berdi. “Xorazm” himoyachisi SHahzod Mannonov o'yinning so'nggi soniyalari o'tib borayotganida “Paxtakor-2” darvozasiga to'p kiritdi.
* Etiborlisi Azizov va Mannonovning jamoalari ushbu turda mag'lubiyatga uchradi.
*Dubl! Alisher Azizov (“Obod”), Olim Navkarov (“NBU-Osiyo”), Nodirxon Kamolov va Elyor Akbarov (“Cementchi”) ushbu turda ikkitadan gol urgan futbolchilar bo'ldi.
* Poker! “Oq-tepa” – “Zomin” uchrashuvi Temur Hakimovning benefisiga aylanib ketti. Iqtidorli hujumchi shu kuni raqib posbonini 4 marotaba ranjitdi.  
* Penalti! Ushbu turdagi o'yinlarda hakamlar jami 6ta penalti belgiladi. Etiborlisi ularning barisi aniq amalga oshirildi.
* Etiborlisi ushbu turda “Obod” darvozasiga 2ta penalti belgilandi.
* Olim Nakarov, Muzaffar Umurzoqov (“NBU-Osiyo”), Doston Toshmatov (“Zomin”), Bekzod Maxpraliev (“Yozyovon-Lochinlari”), Mansur Otaqulov (“G'ijduvon”) hamda Nodirxon Kamolov (“Cementchi”) 7-turda penalti tepgan o'yinchilar bo'ldi.

OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
* 42ta sariq kartchoka qayd etildi!
* Har bir bahsga o'rtacha 5 tadan ogohlantirish demakdir.
* Mezbon jamoalarning 24 nafar futbolchisi sariq kartochka bilan ogohlantirildi.
* Qolgan 18ta sariq kartochka esa mehmon jamoa o'yinchilari tomon ko'rsatildi.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 17 nafar o'yinchi sariq kartochka bilan “siylangan”.
* Ikkinchi bo'limda esa bu borada ko'rsatkichlar nisbatan ortdi va yana 25ta futbolchi ogohlantirildi.
* “NBU-Osiyo” – “Obod” va “Cementchi” – “Orol” bahsi qolganlarga nisbatan keskin va qo'polliklarga boy tarzda o'tdi. Boisi mazkur o'yinlarni boshqarib borgan referilar shu kuni mezbonlardan 4ta mehmonlardan esa 3 nafar futbolchini sariq kartochka bilan jazoladi.
* “Paxtakor-2”, “Mashal-2” va “Nasaf-2” jamoalarining futbolchilari 1tadan sariq kartochka olib, bu borada qolganlarga nisbatan namuna bo'ldi.
* Etiborlisi 7-turda birorta ham futbolchiga qizil kartochka ko'rsatilmadi.



HAKAMLAR QANDAY ISHLADI?
* Eng yuqori ballni Baxtiyor Yulcharaev oldi. “Kosonsoy” – “Lokomotiv-BFK” o'yinini boshqarib borgan gulistonlik hakamga uchrashuv nazoratchisi Sulton Zaylobidinov 8,5 ball qo'ydi.
* Bu borada aksincha ko'rsatkich esa Jasur Muxtorovga tegishli bo'ldi. Namanganda kechgan “Xotira-79” – “Nasaf-2” bahsini boshqargan toshkentlik referini ishlarini nazoratchi Islom Rahimov 7,9 ballga munosib ko'rdi.
   
NBU-Osiyo – Obod – 5:2.
Hakamlar: V. Agishev (Toshkent) – 8,2, R. Tolibjonov (Farg'ona) – 8,1, SH. Fayziev (Jizzax) – 8,3, A. Po'latov - 8
Nazoratchi: A. Tambovcev (Toshkent).

Paxtakor-2 – Xorazm – 2:1.
Hakamlar: O. To'ychiboev (Toshkent) – 8,4, K. Abduraimov (Jizzax) – 8,0, U. Bobomurodov (Navoiy) – 8,0, S. Eremeev  - 8
Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent).

Oq-tepa – Zomin – 6:1.
Hakamlar: A. Risqullaev (Toshkent) – 8,2, E. Tursunov (Namangan) – 7,8, SH. Azamov (Farg'ona) – 8,3, D. Saylalov - 9
Nazoratchi: E. Musaev (Samarqand).

UzDongJu – Mashal-2 – 0:0.
Hakamlar: A. Najafaliev (Toshkent) – 8,2, SH. Mirjalolov (Toshkent) – 8,6, Z. Erkinov (Toshkent) – 8,8, A. Marajabov - 9
Nazoratchi: M. Ismoilov (Toshkent).
 
Yozyovon-Lochinlari – G'ijduvon – 2:1.
Hakamlar: A. Ergashev (Toshkent) – 8,2, F. Do'smatov (Guliston) – 8,2, T. Suyunov (Guliston) – 8,2, SH. Azamov - 8
Nazoratchi: A. Klepikov (Toshkent).

Cementchi – Orol – 6:1.
Hakamlar: A. Rahimov (Andijon) – 8,0, I. Abdulaqov (Toshkent viloyati) – 8,4, I. Zoitov (Toshkent viloyati) – 8,4, D. Qosimov - 8
Nazoratchi: O. Rubakov (Toshkent).
 
Xotira-79 – Nasaf-2 – 2:3.
Hakamlar: J. Muxtorov (Toshkent) – 7,9, S. Eremeev (Toshkent) – 8,4, F. Yarmuxamedov (Toshkent) – 8,4, A. Jabborov - 8
Nazoratchi: I. Rahimov (Andijon).
 
Kosonsoy – Lokomotiv-BFK – 2:1.
Hakamlar: B. Yulcharaev (Guliston) – 8,5, SH. Qamarov (Samarqand) – 9,0, S. Hakimov (Samarqand) – 9,0, R. G'ofurov - 9
Nazoratchi: S. Zaylobidinov (Farg'ona).



MUXLISLAR

* 7-turning 8ta o'yiniga jami 5910ta muxlis kirgan.
* Har bir bahsga o'rtacha 738tadan tomoshabin to'g'ri kelmoqda.
* Eng kam ishqiboz yana Toshkentdagi uchrashuvda qayd etildi. “Paxtakor-2” – “Xorazm” o'yinini ko'rish uchun stadionga atiga 45 nafar tomoshabin qadam ranjida qilgani, uchrashuv qaydnomasiga yozib o'tilgan.
* Bu borada eng yuqori ko'rsatkich esa Yozyovonda qayd etildi. 2123 ta muxlis.

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
Paxtakor-2 – Xorazm – 2:1. 45 tomoshabin.
Oq-tepa – Zomin – 6:1. 96 tomoshabin.
UzDongJu – Mashal-2 – 0:0. 152 tomoshabin.
Xotira-79 – Nasaf-2 – 2:3. 253 tomoshabin.
NBU-Osiyo – Obod – 5:2. 284 tomoshabin.
Kosonsoy – Lokomotiv-BFK – 2:1. 1335 tomoshabin.
Cementchi – Orol – 6:1. 1622 tomoshabin.
Yozyovon-Lochinlari – G'ijduvon – 2:1. 2123 tomoshabin.


TURNIR JADVALI



OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR
8-tur. 20 sentyabr (yakshanba)
“Mashal-2” – “Paxtakor-2”
“G'ijduvon” – “UzDongJu”
“Orol” – “Yozyovon-Lochinlari”
“Nasaf-2” – “Cementchi”
“Zomin” – “Kosonsoy”
“Xorazm” – “NBU-Osiyo”
21 sentyabr (dushanba)
“Lokomotiv-BFK” – “Xotira-79”
“Obod” – “Oq-tepa”

Islombek Rustambekov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика