So’nggi yangiliklar

04:24Илёс Зейтуллаев: "Бу кетишда италияликлар бизга эмас, ўзбек футболчилари Европага боришади"  0 04:22Баҳром Ҳайдаров: "Мураббий сифатида уларни айблай олмайман"  0 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ал Ҳилол" билан дуранг ўйнади. Вальверде 90+2 дақиқада пенальтини голга айлантира олмади  99 00:55Михаил Мудрик допингда айбланмоқда. У тўрт йилга четлатилиши мумкин  2 00:20Эндрю Робертсон Испания клубига ўтишга рози бўлди  1 23:45Неъматилло Қуттибоев: "Захирадан тушган футболчилар биз ўйлагандек ўйинни кучайтира олишмади"  0 23:23Элдор Мойлиев: "2003-2004 йилда туғилган футболчини ёш ҳам деб бўлмайди"  0 23:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Видад Касабланка"ни мағлубиятга учратди. Ҳусанов ўйнамади  34 22:30Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" пенальтилар сериясида "Қўқон-1912"ни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди  15 21:58U21 биринчилиги. Дербида "Пахтакор" ғолиб, "Навбаҳор" Қаршида ғалабага эришди ва бошқа натижалар (+ЖАДВАЛ)  2 21:54Бўш стадионлар борасидаги эътирозлар фонида ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ чипталари сотуви жуда яхши кетаётгани ҳақида хабар берди  2 21:14Решфорд "Барса"да ўйнаш учун маошини қисқартиришга ҳам тайёр  1 20:21Фабио Каннаваро ЦСКА бош мураббийига айланиши мумкин  4 19:28Ичкарида ким ўтирибди? Ўқитувчилар? Чиқар ҳаммасини ташқарига!   12 19:22"Арсенал" Родриго билан боғланди. "Реал" вингер учун 90 миллион евро сўраяпти  1

Birinchi liga, 6-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga, 6-tur statistikasi

7 va 9 sentyabr kunlari birinchi liganing ikkinchi bosqich, 6-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Bugun esa navbatdagi turga start beriladi.
Odatdagidek, tur oldidan ortda qolgan o'yinlar borasida statistik maqolamizni hukmingizga havola etamiz.

“XORAZM” SAFARDA DARVOZABONSIZ QOLIB, DURANG O'YNADI YOXUD “G'ALLAKOR-AVTOMOBILCHI” YANA 7TA GOL O'TKAZIB YUBORDI
Bu safargi tur o'yinlari ham muxlislarga bir qator kutilmagan natijalarni taqdim etdi. Xususan vodiyda darvozabonlar bilan bog'liq muammoga duch kelgan “Xorazm” 7 sentyabr kuni “Xotira-79” bilan bahsni darvozabonsiz o'tkazdi. To'g'ri, shu kuni posbon sifatida Ilyos Xayrov o'ynadi. Lekin bu futbolchini biz ilgari asosan yarim himoya chizig'ida o'ynaganini ko'rganmiz. Ortda qolgan turda futbolchi o'zini yangi ampluada sinab ko'rdi. Natija chakki bo'lmadi. Urganchliklar Uychidan durang bilan qaytdi. Vaholanki mehmonlar shu kuni g'alaba qozonishga juda yaqin turgandi. Biroq 90+1 va 90+2-daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gollar yakunda o'yinni durang 3:3 hisobi bilan tugashini taminladi.

No'mon Hasanov boshqaruviga o'tgan “Paxtakor-2” o'tkan turda yirik hisobda g'alaba qozonib, bu safar o'z maydonida durangga imzo chekdi. Bu safargi raqib “Zomin” edi. Spartak Murtazov jamoasida ham bilishimizcha moliyaviy muammolar yuzaga kelgan. SHu bois jamoaning shashti biroz pasaygandek. Lekin shunga qaramay zominliklar raqiblariga osonlikcha taslim bo'lmayapti va har bir o'yinda imkon qadar jiddiy kurashmoqda.

O'tgan turda 7ta gol o'tkazib yuborgan “G'allakor-Avtomobilchi” bu safar ham o'zi uchun qora bo'lgan annani davom ettirdi. Toshkentda “Istiqlol” mehmoni bo'lgan jamoa bu safar ayanchli mag'lubiyatga uradi. Mezbonlar esa raqib xatolaridan munosib ravishda foydalanib qoldi.
Turning markaziy uchrashuvi Andijonda kechdi. “UzDongJu” o'z maydonida “Orol”ni qabul qildi. Nukusliklar garchi shu kuni mehmon sifatida o'ynagan bo'lsa-da, raqibidan sira qolishmadi va ko'plab havfli vaziyatlarni sodir etdi.

Lekin tarkibi asosan yoshlardan tashkil topgan “bo'yoqchilar” ham muxlislari qarshisida o'ynayotganini unutmagan xolda, g'alaba ilinjida harakat qildi. O'yin oxirlab borayotganida har ikkala jamoaning ham uyushtirgan hujumlari havfli tus ola boshladi. 90+4-daqiqaga kelib esa, Abdurasul Komilov aniq zarbasi bilan “Orol” darvozasini ishg'ol etdi. Bu paytda stadion larzaga keldi va o'yin markazdan boshlangach, yakuniga etdi. Nematulla Qutiboev alamli mag'lubiyatdan asablarini jilovlay olmadi va uchrashuvdan so'ng ayrim shogirdlariga qattiq dakki berish bilan bir qatorda ularni shunga monand “siyladi”. Lekin nukusliklarning o'yini shaxsan o'zimizda iliq taassurot qoldirdi va bejizga jamoa yuqori o'rinlar uchun kurashmayotganiga amin bo'ldik.

“Obod” – “Alanga” bahsi ham dramatik tarzda kechdi desa bo'ladi. Uchrashuvda dastlab kosonliklar hisobni ochishga erishdi va birinchi bo'limdan so'ng g'alaba mehmonlar tomonidan bo'ldi. Keyinchalik toshkentlik futbolchilar hisobni tenglashtirdi va oradan ko'p o'tmay hisobda oldinga ham chiqib oldi. “Alanga” ham safardan quruq qaytishni istamadi etiborini hujumga qaratdi. Bu esa 90+3-daqiqaga kelib o'z samarasini berdi. Suhrob Ismatov ushbu daqiqada gol kiritib, jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

O'z maydonida “SHerdor”ni qabul qilgan “Qo'qon-1912” yirik hisobda g'alaba qozonib, muxlislarini quvontirdi. Davralar orlig'ida “Lokomotiv”dan kelib qo'shilgan Doniyor Usmonov har bir o'yinda gol urib, qo'qonliklarning yoqimtoyiga aylanib bormoqda.

Toshkentning “Oq-tepa” jamoasi bu safar “Mashal-2” bilan kuch sinashdi. Yakunda mezbonlar tomonidan kiritilgan yagona gol uchrashuv taqdirini hal etdi.

Turning so'nggi o'yini “NBU-Osiyo” – “SHo'rtan” bahsiga bo'lgan qiziqish ham yuqori edi. Boisi g'uzorliklar ustozi Muxtor Qurbonov o'tgan yili aynan “bankirlar” jamoasini boshqargandi. SHuningdek bu yil Toshkent jamoasdan “SHo'rtan” safiga bir qator futbolchilar ko'chib o'tgandi. Qolaversa o'yinda kurash kechishi kutilgandi. Lekin g'uzorliklar yirik hisobda g'alabani rasmiylashtirdi.

6-TUR
 7 sentyabr (yakshanba)
“Istiqlol” – “G'allakor-Avtomobilchi” 7:2
“Paxtakor-2” – “Zomin” 1:1
“UzDongJu” – “Orol” 1:0
“Xotira-79” – “Xorazm” 3:3
“Obod” – “Alanga” 2:2
“Qo'qon-1912” – “SHerdor” 4:0
9 sentyabr (seshanba)
“Oq-tepa” – “Mashal-2” 1:0
“NBU-Osiyo” – “SHo'rtan” 0:3

GOLLAR
* 6-turning bo'lib o'tgan 8ta o'yinida jami 30ta gol kiritildi.
* Bu har bir bahsga o'rtacha 3,75dan gol demakdir.
* Kiritilgan gollarning 19tasi mezbonlar hisobiga yozilgan.
* Qolgan 11ta to'pni esa mehmonlar kiritgan.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida jami 9ta gol kuzatildi.
* Ikkinchi taymda esa yana 21ta gol qayd etildi.
* Bundan ko'rinib turibdiki, ikkinchi bo'lim sermahsul o'tgan.
* Turning eng tezkor goli 6-daqiqada urildi. “Paxtakor-2”ning to'purar hujumchisi Temur Tolipov yana o'zini ko'rsatdi.
* Aksincha 6-turning eng so'nggi goli esa 90+3-daqiqada kiritilgan. “SHo'rtan” azosi Arayk Boboev sobiq jamoasi bo'lmish “NBU-Osiyo” darvozasini aniq nishonga oldi.
* Eng ko'p gol urgan jamoa “Istiqlol”, 7ta!
* O'z darvozasidan eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan jamoa esa “G'allakor-A” bo'ldi.
* “UzDongJu”, “Qo'qon-1912”, SHo'rtan” hamda “Oq-tepa” gol o'tkazib yuborgan jamoalar bo'ldi.
* Mazkur turda dublga erishgan yagona futbolchi Xayrulla Jakbarov bo'ldi. “Istiqlol” futbolchisi “G'allakor-A”ga qarshi bahsda ikki bor raqib darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi.
* SHuningdek bir o'yinda 4ta gol urgan futbolchi ham “Istiqlol” vakilidir. SHoxruz Norxonov 6-turda raqib darvozasini 4 marotaba aniq nishonga ola bildi va o'z hisobiga poker yozdirib qo'ydi.
   
OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
* Bo'lib o'tgan o'yinlarda hakamlar jami 33 nafar futbolchini sariq kartochka bilan “siyladi”.
* Har bir o'yinga o'rtacha miqdorda 4,125 tadan ogohlantirish demakdir.
* Mezbonlarning 14 nafar o'yinchisi ogohlantirilgan.
* Qolgan 19ta sariq kartochka esa mehmon jamoa vakillariga ko'rsatilgan.
* Ushbu turda eng ko'p ogohlantirilgan jamoa “Alanga” bo'ldi. Kosonlik futbolchilarning 5 nafariga “Obod” bilan o'yinda sariq kartochka ko'rsatilgan.
* Aynan mazkur uchrashuvda eng ko'p sariq kartochka qayd etildi. Bosh hakam Ahmadjon Ergashev shu kuni 8ata o'yinchiga sariq kartochka ko'rsatdi.
* Aksincha bu borada “G'allakor-A” bilan “Oq-tepa” boshqalarga namuna bo'ldi. Bu jamoalarning birorta futbolchisiga ham sariq kartochka ko'rsatilmagan.
* Mazkur turda 2 nafar o'yinchi qizil kartochka olib, maydonni barvaqt tark etishga majbur bo'ldi. “Istiqlol” vakili Doniyor Hasanov va “NBU-Osiyo” azosi Sarvar Safarov hakam tomonidan ikkinchi sariq kartochkaga loyiq topildi va o'z-o'zidan qizil kartochka olib, maydonna erta tark etishga majbur bo'ldi. Endi bu futbolchilar navbatdagi turda jamoasiga yordam bera olmaydi.
 
MUXLISLAR
Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
Paxtakor-2  – Zomin  – 1:1. 53 tomoshabin.
Istiqlol – G'allakor-Avtomobilchi – 7:2. 51 tomoshabin.
UzDongJu – Orol – 1:0. 159 tomoshabin.
Xotira-79 – Xorazm – 3:3. 621 tomoshabin.
Obod – Alanga – 2:2. 153 tomoshabin.
Qo'qon-1912 – SHerdor – 4:0. 4535 tomoshabin.
Oq-tepa  – Mashal-2  – 1:0. 101 tomoshabin.
NBU-Osiyo – SHo'rtan – 0:3. 57 tomoshabin.

TURNIR JADVALI

#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NOchk
1SHo'rtan20171262 - 105252
2Qo'qon-191220142443 - 192444
3Oq-tepa20123545 - 301539
4Obod20112734 - 26835
5UzDongJu20111830 - 25534
6NBU-Osiyo2094738 - 31731
7Zomin2086630 - 22830
8Mashal-22083915 - 28-1327
9Paxtakor-22074937 - 39-225
10Orol2074919 - 23-425
11Alanga2074926 - 35-925
12Xorazm2066824 - 29-524
13Xotira-7920551025 - 35-1020
14SHerdor20541113 - 36-2319
15Istiqlol20601442 - 54-1218
16G'allakor Avtomobilchi20131620 - 61-416


7-TURDA UCHRASHADILAR
 14 sentyabr (yakshanba)
“SHerdor” – “Oq-tepa”
“Alanga” – “NBU-Osiyo”
15 sentyabr (dushanba)
“Xorazm” – “Istiqlol”
“Orol” – “Paxtakor-2”
“SHo'rtan” – “UzDongJu”
“Mashal-2” – “Xotira-79”
“Zomin” – “Obod”
“G'allakor-Avtomobilchi” – “Qo'qon-1912”


Islombek Rustambekov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика