So’nggi yangiliklar

01:49"Бавария" яхши пул эвазига Горецкани сотишга тайёр ва бу ҳақда Леонга хабар берди, аммо...  0 01:27Лангле Ла Лиганинг бошқа клубига ўтадими?  0 01:03"Манчестер Юнайтед" ПСЖ футболчиси билан шартнома бўйича келишувга эришди  0 00:32"Милан" Абрахамни харид қилиши мумкин. "Рома" Довбикнинг харидидан сўнг форвардни сотмоқчи  1 00:05РПЛ. "Рубин" ва Ашурматов Қозонда "Химки"га мағлуб бўлди  1 23:32Александр Хомяков: "Бизда ҳимоячилар муаммоси кўзга ташланмоқда"  1 23:07Миржалол Қосимов: "Бобур-арена"да "Андижон"нинг 12-рақамли футболчиси бор"  12 22:56"Реал" Лапортга қизиқмоқда, аммо "Ал Насср"га пул тўлашни хоҳламаяпти. Ҳимоячи "Мадрид"га ўтишни хоҳламоқда ва маошининг пасайишига рози  1 22:30Суперлига. "Андижон" — ОКМК (2:3), олмалиқликлардан даҳшатли камбэк!  2 22:10Про лига. "Олимпик Mobi-Uz" ва "Хоразм" ўзаро дуранг ўйнади  1 21:45Суперлига. "Бобур Арена"да 5 та гол урилган баҳсда ОКМК камбэк қайд этди  69 21:42"Атлетико" 30+5 млн евролик трансферни амалга оширди  2 21:17"Нью-Йорк – кўк-аноррангда". "Барса" "Реал" билан ўйин олдидан Таймс-скверда клуб либосидаги Озодлик ҳайкали акс этган роликни намойиш этди  1 20:23"Бенфика" Феликс учун 60 млн евро тўлашга тайёрмас  3 19:25"Атлетико" "Манчестер Сити" ҳужумчиси учун 40+20 млн. евро таклиф қилмоқчи  1

Birinchi liga. 5-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga. 5-tur statistikasi

Teglar :  Birinchi liga5-tur
4-5 sentyabr kunlari birinchi liganing ikkinchi bosqich, 5-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Odatga ko'ra, yakuniga etgan turning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz. 

“XORAZM”NING MAG'LUBIYATSIZ SERIYASIGA CHEK QO'YILDI YOXUD INTRIGA BOSHLANDI

5-tur uchrashuvlari ham muxlislarning diqqat markazida turdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Boisi Urganchning “Xorazm” jamoasi bungacha ketma-ket 4ta o'yindan buyon mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgandi. Vali Sultonov boshqaruvidagi jamoa o'tgan juma oqshomida Yozyovonda mehmon bo'ldi. Bahsdan oldin ko'pchilik tomonidan favorit deya etirof etilgan urganchliklar vodiydan quruq qo'l bilan qaytdi. Aslida shu kuni mehmonlar kamida bir ochko olib ketishi ham mumkin edi. Biroq davralar oralig'ida tarkibga kelib qo'shilgan SHarif Mirzaev g'alaba to'pini kiritib “Yozyovon-Lochinlari” jamoasiga muhim uch ochkoni keltirdi. Aksiga olib “Xorazm”ning ushbu muvaffaqiyatsizligi uning raqobatchilariga qo'l keldi va “Oq-tepa” o'z maydonida uch ochkoni qo'lga kiritgan xolda, turnir jadvalida urganchliklar bilan o'rin almashib, 2-o'ringa ko'tarilib oldi. 

Toshkentning “Obod” jamoasi ham elitaga chiqish uchun astoydil kurashmoqda. Lekin bu jamoa ham 5-turda durangga imzo chekib, qimmatli ikki ochkoni yo'qotdi. Aslida shu kuni toshkentliklar “UzDongJu” maydonidan g'alaba bilan qaytishi ham hech gap emasdi. Ammo garchi birinchi bo'lib hisobni “Obod” futbolchilari ochgan bo'lsada, keyinchalik ular o'z darvozasidan javob to'pini o'tkazib yubordi. Qolaversa shu kuni “Obod”dan ko'p vaziyatlarda omad birozgina yuz o'girdi.  

Quvasoyning “Cementchi” jamoasi bu turda birinchi ligada chaqilmas yong'oq kabi klubga aylanib borayotgan “Mashal-2”ni qabul qilib, o'z muxlislarini yirik hisobdagi g'alaba bilan quvontirdi. 

Namanganda kechgan “Xotira-79” – “G'ijduvon” o'yini anchagina dramatik tarzda kechgani uchrashuvda qayd etilgan hisobda aks etib turibdi. Stadionga kelgan muxlislar ushbu oqshom 7ta golga guvoh bo'ldi. 

Kosonsoyga tarkibda jiddiy yo'qotishlar bilan tashrif buyurgan “Orol”ning yirik mag'lubiyatini o'tgan turdagi qizil kartochkalar bilan bog'lash mumkin. 

“Oq-tepa” futbolchilari “Nasaf-2” bilan bahsda uchrashuvga 7 daqiqa qolganida 10 daqiqa oralig'ida 2ta to'p kiritib, ishonchli g'alabaga erishdi. Bu esa toshkentliklarning turnir jadvalida 2-o'ringa ko'tardi. Qolaversa ochkolar farqi bo'yicha endi “Oq-tepa” peshqadam “Obod” bilan tengma-teng. 

Toshkent derbisida g'olib aniqlanmadi. Sunnat Abdurasulov boshqaruvidagi “Lokomotiv-BFK” uchrashuvda avvaliga birinchi bo'lib ochishga erishdi. Ammo ikkinchi bo'lim o'rtalariga kelib, “bankirlar”ning tajribali hujumchisi Olim Navkarov muvozanatni tiklashga erishdi. Keyinchalik o'yinda boshqa gol qayd etilmadi. 

“Zomin” esa Toshkentga safar uyushtirib, “Paxtakor-2”ni mag'lub etib qaytdi. Uchrashuv Doston Toshmatovning benefisiga aylanib ketti. Boisi iqtidorli hujumchi shu kuni mezbonlar darvozasiga 4ta to'p kiritib, jamoasining yirik hisobdagi g'alabasiga salmoqli hissa qo'sha oldi. 


UzDongJu (Andijon) – Obod (Toshkent) – 1:1. 

Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) – Xorazm (Urganch) – 2:1.

Cementchi (Quvasoy) – Mashal-2 (Muborak) – 3:0.

Xotira-79 (Uychi) – G'ijduvon (G'ijduvon) – 4:3.

Kosonsoy (Kosonsoy) – Orol (Nukus) – 5:1.

Oq-tepa (Toshkent) – Nasaf-2 (Qarshi) – 2:0.

NBU-Osiyo (Toshkent) – Lokomotiv-BFK (Toshkent) – 1:1.

Paxtakor-2 (Toshkent) – Zomin (Zomin) – 2:6. 


SERMAHSULLIK KUZATILGAN TUR YOKI TOSHMATOVDAN POKER!

* 5-turning 8ta o'yinida jami 33ta gol kiritildi. 

* Har bir bahsga o'rtacha 4tadan gol demakdir. Bundan ko'rinib turibdiki, 5-turda sermahsullik ortdi.  

* Eng ko'p gol urgan jamoa “Zomin” bo'ldi, 6ta!

* Aksincha o'z darvozasidan niisbatan eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan jamoa esa “Paxtakor-2” bo'ldi.

* 5-turning eng tezkor goli 8-daqiqada sodir bo'lib, “Zomin” futbolchisi Doston Toshmatov “Paxtakor-2” darvozasiga kiritgan.  

* Aksincha ushbu turda eng so'nggi daqiqada urilgan gol esa “Oq-tepa” azosi Davron Umirovga tegishli bo'ldi. 90+3-daqiqada Umirov “Nasaf-2” darvozasini ishg'ol etdi.  

* Mezbon jamoalar kiritgan gollar soni 20tani tashkil etdi. 

* Qolgan 13ta golni esa mehmon jamoalar urgan.

* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida muxlislar jami 12ta golga guvoh bo'ldi.

* Ikkinchi taymda esa sermahsullik yanada ortdi va yana 21ta gol qayd etildi.

* 3ta dubl! SHoxjahon Abbosov (“Xotira-79”), Mansur Otaqulov (“G'ijduvon”) hamda Abdurazzoq Jo'raev (“Kosonsoy”) 5-turda 2tadan gol urishga erishdi. 

* 1ta poker! Doston Toshmatov mazkur turda 4ta gol urdi. Etiborlisi bu ikkinchi bosqichdagi dastlabki pokerdir. 


OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH

* 8ta o'yinda jami 38 nafar futbolchi sariq kartochka bilan ogohlantirildi. 

* Har bir bahsga o'rtacha 4,75tadan ogohlantirish demakdir. 

* Mezbon jamoalarning 16ta o'yinchisiga sariq kartochka ko'rsatilgan.

* Mehmonlardan esa 22 nafar futbolchi ogohlantirildi. 

* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 18ta sariq kartochka qayd etildi.

* Ikkinchi taymda esa yana 20ta ogohlantirish. 

* “Xorazm”, “Mashal-2” va “Paxtakor-2” jamoalaridan 4tadan o'yinchiga sariq kartochka ko'rsatildi. Bu borada ular boshqalarni “ortda qoldirdi”.  

* Aksincha turning eng tartibli jamoasi esa “Cementchi” bilan “NBU-Osiyo” bo'ldi. 1tadan sariq kartochka!

* “Yozyovon-Lochinlari” – “Xorazm” (2:1) va “Paxtakor-2” – “Zomin” (2:6) uchrashuvlarida nisbatan eng ko'p sariq kartochka qayd etildi. 6tadan!

* 1ta chetlatish! “G'ijduvon” futbolchisi SHuhrat Salimov jamoasining “Xotira-79”ga qarshi kechgan uchrashuvida 90+3-daqiqada maydondan chetlatildi. Endi Salimov kamida keyingi turni o'tkazib yuboradi. 


TOSHKENTDAGI O'YINLARGA 100TADAN ISHQIBOZ KIRMAYAPTI YOXUD MUXLISLAR HAQIDA

* 5-turning 8ta o'yiniga umumiy 7293 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. 

* Har bir bahsga o'rtacha 911tadan muxlis demakdir. 

* Eng ko'p ishqiboz yana Quvasoyda kuzatildi. 

* Aksincha “NBU-Osiyo” bu borada antirekord qayd etishda davom etmoqda. 

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?

NBU-Osiyo (Toshkent) – Lokomotiv-BFK (Toshkent) – 1:1. 75 tomoshabin.

Oq-tepa (Toshkent) – Nasaf-2 (Qarshi) – 2:0. 82 tomoshabin.

Paxtakor-2 (Toshkent) – Zomin (Zomin) – 2:6. 87 tomoshabin.

Xotira-79 (Uychi) – G'ijduvon (G'ijduvon) – 4:3. 257 tomoshabin.

UzDongJu (Andijon) – Obod (Toshkent) – 1:1. 425 tomoshabin.

Kosonsoy (Kosonsoy) – Orol (Nukus) – 5:1. 1453 tomoshabin.

Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) – Xorazm (Urganch) – 2:1. 2134 tomoshabin.

Cementchi (Quvasoy) – Mashal-2 (Muborak) – 3:0. 2780 tomoshabin.


HAKAMLAR QANDAY ISHLADI?

* Eng yuqori ballni oliy liga toifasidagi hakamlar olgan. Murod Muhamedov bilan Temur To'xtasinovning ishini nazoratchi 8,5 ballga munosib deya baholadi. Etiborlisi ushbu 8,5 ball turdagi eng yuqorisi bo'ldi. 

* Aksincha nisbatan eng past ball esa 7,7 bo'lib, uni “Oq-tepa” – “Nasaf-2” uchrashuvini boshqarib borgan Anatoliy Rubakov olgan. 

* Yon chiziq hakamlaridan esa nisbatan eng yuqori ballni qo'qonlik Rustam Tolibjonov oldi, 8,5 ball!

* Toshkent viloyatilik Iskandar Zoitov esa aksincha, 7,6 ball oldi. 

* Zaxiradagi hakamlarning ballariga etibor qaratadigan bo'lsak, andijonlik Akmal Rahimov va toshkentlik Ahrol Risqullaevni eng yuqori ball olganini ko'rish mumkin. 9 ball! 

* Bu borada aksincha xolat esa farg'onalik Javohir Hakimovda, 6 ball!


UzDongJu – Obod – 1:1.

Hakamlar: M. Muxamedov (Toshkent viloyati) – 8,5, F. Do'smatov (Guliston) – 8,3, T. Suyunov (Guliston) – 8,3, A. Rahimov - 9

Nazoratchi: B. Tog'aev (Toshkent).


Yozyovon-Lochinlari  – Xorazm  – 2:1. 

Hakamlar: T. To'tasinov (Andijon) – 8,5, I. Abdulakov (Toshkent viloyati) – 8,5, I. Zoitov (Toshkent viloyati) – 7,6, S. Rahmonov - 8

Nazoratchi: M. Ismoilov (Toshkent).


Cementchi – Mashal-2 – 3:0. 

Hakamlar: D. Pislegin (Toshkent) – 8,2, S. Eremeev (Toshkent) – 8,3, F. Yarmuxamedov (Toshkent) – 8,3, J. Hakimov - 6

Nazoratchi: I. Rahimov (Andijon).


Xotira-79 – G'ijduvon – 4:3.

Hakamlar: A. Najafaliev (Toshkent) – 8,2, SH. Fayziev (Jizzax) – 8,0, K. Abduraimov (Jizzax) – 8,0, M. Nexochin - 8

Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent).


Kosonsoy – Orol  – 5:1.

Hakamlar: O. To'ychiboev (Toshkent) – 8,4, R. Tolibjonov (Farg'ona) – 8,5, SH. Azamov (Farg'ona) – 8,2, A. Jabborov - 8

Nazoratchi: E. Oripov (Farg'ona).


Oq-tepa – Nasaf-2 – 2:0. 

Hakamlar: A. Rubakov (Toshkent) – 7,7, SH. Qamarov (Samarqand) – 8,2, S. Hakimov (Samarqand) – 8,0, A. Risqullaev - 9

Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).


NBU-Osiyo – Lokomotiv-BFK – 1:1. 

Hakamlar: D. Karimov (Toshkent) – 8,0, SH. Qayumov (Jizzax) – 8,2, E. Tursunov (Namangan) – 8,2, I. Garmashov - 8

Nazoratchi: SH. Jumaev (Qarshi).


Paxtakor-2 – Zomin – 2:6. 

Hakamlar: A. Ergashev (Toshkent) – 7,8, D. Akmalov (Toshkent) – 8,1, S. Abdurahmonov (Toshkent) – 8,1, N. Anfinogenov - 8

Nazoratchi: S. Zaylobidinov (Farg'ona).


OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR

“Obod” – “Paxtakor-2”

“Xorazm” – “UzDongJu”

“Mashal-2” – “Yozyovon-Lochinlari”

“G'ijduvon” – “Cementchi”

“Orol” – “Xotira-79”

“Nasaf-2” – “Kosonsoy”

“Lokomotiv-, – “Oq-tepa”

“Zomin” – “NBU-Osiyo”


TURNIR JADVALI



Islombek Rustambekov tayyorladi. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика