Birinchi liga. 5-tur statistikasi
07 sen 2014 13:27
Yangiliklar

Birinchi liga. 5-tur statistikasi
Payshanba va shanba kunlari birinchi liganing ikkinchi bosqich, 5-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Bugun esa navbatdagi turga start beriladi.
Biz esa odatdagidek, ortda qolgan turning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.
“SHO'RTAN” TOSHKENTDA IKKINCHI BOR MAG'LUB BO'LDI
Ushbu turga kelib, turnir peshqadami “SHo'rtan” chempionatdagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Etiborlisi g'uzorliklar bu safar ham Toshkentda ochko yo'qotdi. Yodingizda bo'lsa peshqadamni budan oldingi turlarning birida “Paxtakor-2” mag'lub etgandi. Endi esa “Oq-tepa” katta saxnaga chiqdi. Sergey Rekunning yagona goli yakunda toshkentliklarga qimmatli uch ochko keltirdi.
Toshkentning yana bir jamoasi “Istiqlol” nihoyat 5-turga kelib, ikkinchi bosqichdagi ilk g'alabasini tantana qildi. Dastlabki 4ta o'yinda raqibiga imkoniyatni boy bergan toshkentliklar payshanba oqshomida “Zomin”ni qabul qilib, 2:1 hisobida g'alabaga erishdi.
No'mon Hasanov boshqaruviga o'tgan “Paxtakor-2” bu turda yirik g'alabani rasmiylashtirdi. PFLga badal pulini to'lamasdan kelgan va buning uchun oldingi turda texnik mag'lubiyatga uchragan “G'allakor-Avtomobilchi”ning bugungi ahvoliga xavas qilib bo'lmaydi. Yosh “paxtakorchilar” 5-turda raqib darvozasiga naqd 7ta (!) kiritishga muvaffaq bo'ldi. G'allaorolliklar bunga 3 bor javob qaytarishga erishdi xolos.
O'z vaqtida oliy ligada ishtirok etgan “Xorazm”ning ham ahvoli tang. Urganchliklar Andijonga arang etib kelgandek taassurot uyg'otdi. Har xolda bizga shunday tuyuldi. Bu haqda keyinroq batafsil to'xtalamiz. “UzDongJu”ga qarshi kechgan bahsda “Xorazm”ning uchta o'yinchisi maydondan chetlatilgani ham qaysidir manoda ularga yanada qiyinlashtirdi. Yakunda maydon egalari 2:0 hisobida zafar quchdi.
Uychining “Xotira-79” bu safargi turda ham muxlislarini ranjitdi. Aniqrog'i Nukusning “Orol” jamoasi shunday bo'lishiga majbur etdi. Nematulla Qutiboev shogirdlari garchi uzoq masofani bosib kelgan bo'lsa-da, shunga qaramay safardan uch ochko bilan qaytishga erishdi.
Umuman olganda 5-turda bo'lib o'tgan 8ta o'yindan 7tasini mezbonlar o'z foydasiga hal etgan bo'lsa, safarda g'alaba qozongan jamoa birgina “Orol” bo'ldi.
5-tur. 4 sentyabr (payshanba)
“Istiqlol” – “Zomin” 2:1
“Paxtakor-2” - “G'allakor-Avtomobilchi” 7:3
“UzDongJu” – “Xorazm” 2:0
“Xotira-79” – “Orol” 1:2
“Obod” – “SHerdor” 3:1
“Qo'qon-1912” – “Alanga” 3:1
6 sentyabr (shanba)
“Oq-tepa” – “SHo'rtan” 1:0
“NBU-Osiyo” - “Mashal-2” 3:0
GOLLAR
* Ortda qolgan turning 8ta o'yinida jami 30ta gol qayd etildi.
* Bu har bir o'yinga o'rtacha 3,75tadan gol demakdir.
* Kiritilgan gollardan 22tasi mezbonlar hisobiga yozildi.
* Qolgan 8ta golni esa mehmon jamoalar kiritgan.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 16ta gol kiritildi.
* Ikkinchi taymda esa yana 14ta gol kuzatildi.
* Turning eng tezkor goli 3-daqiqada kiritildi. “Qo'qon-1912” futbolchisi Bahodir Akramov ushbu daqiqada “Alanga” darvozasiga to'p kiritib, uchrashuvda hisobni ochishga erishdi.
* Aksincha turning eng so'nggi goli esa 90-daqiqaga to'g'ri keldi. “Paxtakor-2” hujumchisi Temur Tolipov ushbu daqiqada “G'allakor-Avtomobilchi” darvozasiga penaltidan to'p kiritgan.
* Ushbu turda eng ko'p to'p kiritgan jamoa “Paxtakor-2” bo'ldi. 7ta gol!
* Aksincha o'z darvozasidan nisbatan eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan jamoa “G'allakor-Avtomobilchi” bo'ldi.
* 5-turda ishlagan hakamlar jami 7ta penalti belgiladi. Etiborlisi ularning barchasi aniq amalga oshirilgan.
* Eng ko'p penalti belgilangan o'yin, “Paxtakor-2” – “G'allakor-Avtomobilchi” (7:3) bahsi bo'ldi. Bosh hakam Dilshod Karimov shu kuni mehmonlar darvozasiga 2ta mezbonlar darvozasi tomon esa 1ta penalti tepilishini ko'rsatdi.
* Penaltidan gol urgan futbolchilar quyidagilardir:
Temur Tolipov 2ta (“Paxtakor-2”)
Isroil Tursunov (“Istiqlol”)
Abdurazzoq Jo'raev (“Xotira-79”)
Abdurasul Abdug'aniev (“G'allakor-Avtomobilchi”)
SHahboz Jumaboev (“UzDongJu”)
Nurlibek Talasboev (“Orol”)
* Ushbu turda dublga erishgan futbolchilar soni 2tani tashkil etdi. Elyor Akbarov (“Obod”) va Abdurasul Abdug'aniev (“G'allakor-Avtomobilchi”) raqib darvozasiga ikki bor yo'l topa oldi.
* Bitta o'yinda ikkita va undan ortiq gol urish borasida Temur Tolipov mavsum-2014da o'ziga xos rekord qo'ydi. “Paxtakor-2”ning istedodli hujumchisi ushbu turda o'z hisobiga 6ta gol yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi. Ko'ramiz uning ushbu ko'rsatkichini yaqin orada kim takrorlar ekan.
OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
* Ogohlantirish va chetlatishlar xususida to'xtaladigan bo'lsak. Ushbu turda hakamlar jami 30 nafar futbolchini sariq kartochka bilan “siyladi”.
* Har bir bahsda o'rtacha 3,75dan ogohlantirish demakdir.
* Sariq kartochkalarning 21tasi mezbonlar tomon ko'rsatilgan.
* Qolgan 9ta sariq esa mehmon jamoa o'yinchilariga berilgan.
* Eng ko'p sariq kartochka ishlatilgan o'yin “Istiqlol” – “Zomin” bahsi bo'ldi, 8ta!
* Bosh hakam Dmitriy Pislegin shu kuni mezbonlarning 5 nafar, mehmonlardan esa 3ta o'yinchini sariq kartochka bilan ogohlantirdi.
* Ushbu turda eng ko'p sariq kartochka olgan jamoa ham Toshkentning “Istiqlol” jamoasi bo'ldi, 5ta.
* Aksincha “UzDongJu” bu borada boshqalarga namuna ko'rsatdi. Andijonliklar “Xorazm”ga qarshi bahsda biror marotaba ham ogohlantirilmadi.
* Etiborlisi urganchliklar ham ushbu turda sariq kartochka olmagan.
* Qizil kartochka borasida gap ketganida, bu borada “Xorazm” hammani ortda qoldirdi. Andijondagi o'yinda bosh hakam Anatoliy Rubakov urganchliklarning 3 nafar futbolchisini maydondan muddatidan oldin chetlatishga qaror qildi.
* Mamur Abdullaev, Ravshan Jumaniyozov hamda SHoxruh Iskanderov keyingi turda jamoasiga yordam bera olmaydi.
* Etiborlisi qolgan o'yinlarda qizil kartochka qayd etilmadi.
MUXLISLAR
* 5-turning 8ta o'yiniga jami 5833 nafar tomoshabin tashrif buyurgan!
* Har bir bahsga o'rtacha 729ta ishqiboz kirgan demakdir.
* Eng ko'p muxlis tashrif buyurgan o'yin “Qo'qon-1912” – “Alanga” bo'ldi, 3823ta tomoshabin!
* Aksincha bu borada eng past natija “NBU-Osiyo” – “Mashal-2”o'yinida qayd etildi. Etiborlisi ushbu jamoalarning har bir uy bahsiga oxirgi paytlarda 100tadan ortiq muxlis kirmayapti.
Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
Istiqlol – Zomin – 2:1. 58 tomoshabin.
Paxtakor-2 – G'allakor-Avtomobilchi – 7:3. 75 tomoshabin.
UzDongJu – Xorazm – 2:0. 520 tomoshabin.
Xotira-79 – Orol – 1:2. 938 tomoshabin.
Obod – SHerdor – 3:1. 75 tomoshabin.
Qo'qon-1912 – Alanga – 3:1. 3823 tomoshabin.
Oq-tepa – SHo'rtan – 1:0. 321 tomoshabin.
NBU-Osiyo – Mashal-2 – 3:0. 23 tomoshabin.
IKKINCHI BOSQICH, 5-TURDAN KEYINGI VAZIYAT!
6-TURDA UCHRASHADILAR
7 sentyabr (yakshanba)
“Istiqlol” – “G'allakor-Avtomobilchi”
“Paxtakor-2” - “Zomin”
“UzDongJu” – “Orol”
“Xotira-79” – “Xorazm”
“Obod” – “Alanga”
“Qo'qon-1912” – “SHerdor”
9 sentyabr (seshanba)
“Oq-tepa” - “Mashal-2”
“NBU-Osiyo” - “SHo'rtan”
Islombek Rustambekov tayyorladi.

# | Jamoa | O' | YU | D | M | UG - O'G | T-N | Ochk |
1 | SHo'rtan | 19 | 16 | 1 | 2 | 59 - 10 | 49 | 49 |
2 | Qo'qon-1912 | 19 | 13 | 2 | 4 | 39 - 19 | 20 | 41 |
3 | Oq-tepa | 19 | 11 | 3 | 5 | 44 - 30 | 14 | 36 |
4 | Obod | 19 | 11 | 1 | 7 | 32 - 24 | 8 | 34 |
5 | UzDongJu | 19 | 10 | 1 | 8 | 29 - 25 | 4 | 31 |
6 | NBU-Osiyo | 19 | 9 | 4 | 6 | 38 - 28 | 10 | 31 |
7 | Zomin | 19 | 8 | 5 | 6 | 29 - 21 | 8 | 29 |
8 | Mashal-2 | 19 | 8 | 3 | 8 | 15 - 27 | -12 | 27 |
9 | Orol | 19 | 7 | 4 | 8 | 19 - 22 | -3 | 25 |
10 | Paxtakor-2 | 19 | 7 | 3 | 9 | 36 - 38 | -2 | 24 |
11 | Alanga | 19 | 7 | 3 | 9 | 24 - 33 | -9 | 24 |
12 | Xorazm | 19 | 6 | 5 | 8 | 21 - 26 | -5 | 23 |
13 | Xotira-79 | 19 | 5 | 4 | 10 | 22 - 32 | -10 | 19 |
14 | SHerdor | 19 | 5 | 4 | 10 | 13 - 32 | -19 | 19 |
15 | Istiqlol | 19 | 5 | 0 | 14 | 35 - 52 | -17 | 15 |
16 | G'allakor Avtomobilchi | 19 | 1 | 3 | 15 | 18 - 54 | -36 | 6 |
6-TURDA UCHRASHADILAR
7 sentyabr (yakshanba)
“Istiqlol” – “G'allakor-Avtomobilchi”
“Paxtakor-2” - “Zomin”
“UzDongJu” – “Orol”
“Xotira-79” – “Xorazm”
“Obod” – “Alanga”
“Qo'qon-1912” – “SHerdor”
9 sentyabr (seshanba)
“Oq-tepa” - “Mashal-2”
“NBU-Osiyo” - “SHo'rtan”
Islombek Rustambekov tayyorladi.

Fikrlar