Birinchi liga. 4-tur statistikasi
25 apr 2016 12:21
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/206006_original.jpg)
![](/upload/storage/206006_220.jpg)
Birinchi liga. 4-tur statistikasi
Odatga ko'ra, yakuniga etgan turning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.
O'YINLAR
* 4-turda jami 8ta o'yin bo'lib o'tdi.
* Mezbon jamoalardan 4ta g'alaba qozondi.
* 3ta o'yinda tomonlar durangga imzo chekdi.
* Birgina “Norin” jamoasi safarda g'alaba qozondi.
* Turning sensacion natijasi deb ham Jizzaxda kechgan “Zomin” – “Norin” (0:1) uchrashuvini ko'rsatish mumkin. Boisi mazkur bellashuvda mezbonlar favorit edi. Biroq Ravshan Bozorov boshqaruvidagi “Norin” jamoasi o'yin so'nggida to'p kiritib, g'alabani ilib ketdi.
* Turning markaziy o'yini deya etirof etilgan “Dinamo” – “UzDongJu” (1:0) bahsida mezbonlar penaltidan to'p kiritib, g'alabani rasmiylashtirdi.
* Urganchliklar esa Muborakda 1:0 hisobida g'alaba qozona turib, yakunda durang qayd etdi.
* “Cementchi” esa muxlislarini ajablantirdi. Kosonsoyga tashrif buyurgan Abdumalik Hakimov shogirdlari yakunda nursiz durangga imzo chekdi.
* Eng yirik hisobda g'alaba qozongan jamoa “Lokomotiv-BFK” bo'ldi. “G'ijduvon” esa aksincha.
Kosonsoy (Kosonsoy) – Cementchi (Quvasoy) – 0:0. 2211 tomoshabin.
Xotira-79 (Uychi) – Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) – 2:1. 2857 tomoshabin.
Zomin (Zomin) – Norin (Haqqulobod) – 0:1. 311 tomoshabin.
Dinamo (Samarqand) – UzDongJu (Andijon) – 1:0. 1532 tomoshabin.
Mashal-2 (Muborak) – Xorazm (Urganch) – 1:1. 152 tomoshabin.
Nasaf-2 (Qarshi) – Orol (Nukus) – 1:0. 44 tomoshabin.
Lokomotiv-BFK (Toshkent) – G'ijduvon (G'ijduvon) – 8:1. 34 tomoshabin.
Oq-tepa (Toshkent) – Nurafshon (Buxoro) – 2:2. 93 tomoshabin.
GOLLAR
* 4-turning 8ta o'yinida jami 21ta gol qayd etildi.
* Har bir uchrashuvga o'rtacha 2,65tadan gol demakdir.
* Mezbon jamoalar hisobiga 15ta gol yozildi.
* Qolgan 6ta to'pni esa mehmonlar kiritgan.
* O'yinlarning birinchi taymida 5ta gol sodir bo'ldi.
* Ikkinchi bo'limda esa yana 16ta to'p kiritilgan. Bundan chiqdiki, ikkinchi taymda sermahsullik ortgan.
* Turning eng tezkor goli 8-daqiqada kiritilgan. “Lokomotiv-BFK” sardori SHerzod SHaripov penaltidan “G'ijduvon” darvozasini ishg'ol etgan.
* Turning eng so'nggi goli esa 90+2-daqiqada yana “Lokomotiv-BFK” – “G'ijduvon” o'yinida sodir bo'lgan. Mezbonlar o'yinchisi Islombek Yarashev uchrashuvda so'nggi to'pni kiritib, hisobni yanada yiriklashtirgan.
* 5ta penalti sodir bo'ldi.
Farhod SHokirov (“Xotira-79”) – noaniq.
Omad Toyloqov – (“Dinamo”) – aniq.
SHerzod SHaripov – (“Lokomotiv-BFK”) – aniq.
Sunnat Saidov – (“Lokomotiv-BFK”) – aniq.
Berumiy Abdunabiev – (“Oq-tepa”) – aniq.
* 1ta dubl! “Nurafshon” hujumchisi Feruz Boboqulov Toshkentda “Oq-tepa” bilan o'yinda ikkita to'p kiritdi. Yakunda uning jamoasi durang qayd etgan.
* 1ta xet-trik! “Lokomotiv-BFK” etakchisi Sunnat Saidov jamoasining “G'ijduvon”ga qarshi o'tkazgan bahsida raqib darvozasiga 3ta to'p kiritdi.
* Ushbu turda eng ko'p to'p kiritgan jamoa “Lokomotiv-BFK” bo'ldi. 8ta gol!
* “G'ijduvon” esa aksincha, o'z darvozasidan eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan jamoaga aylandi.
* “Kosonsoy”, “Cementchi”, “Dinamo”, “Norin”, “Nasaf-2” jamoalari ushbu turda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolishga erishgan.
OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
* 8ta o'yinda jami 39ta sariq kartochka qayd etilgan!
* Har bir uchrashuvga o'rtacha 5tadan ogohlantirish demakdir.
* Mezbon jamoalardan 15 nafar futbolchi sariq kartochka bilan ogohlantirilgan bo'lsa, qolgan 24ta sariq kartochka mehmon jamoa o'yinchilariga ko'rsatilgan.
* Bundan ko'rinib turibdiki, mehmon jamoalari ushbu turda nisbatan ko'p qoida buzgan.
* Bo'limlar bo'yicha oladigan bo'lsak, birinchi taymda 8ta futbolchi ogohlantirilganini ko'rish mumkin.
* Ikkinchi bo'limda esa yana 31ta futbolchi sariq kartochka bilan jazolangan. Xulosa qilish mumkinki, uchrashuvlarning ikkinchi bo'limida qoida buzilishlar juda ko'p bo'lgan.
* Etiborlisi “Lokomotiv-BFK”ning birorta futbolchisi sariq yoki qizil kartochka olmagan. Intizom borasida “temiryo'lchilar” boshqalarga namuna bo'ldi.
* “UzDongJu” esa aksincha. 5ta sariq va 1ta qizil kartochka olib, bu borada boshqalarni ortda qoldirdi.
* Turning eng ko'p qo'polliklarga boy tarzda kechgan uchrashuvi “Dinamo” – “UzDongJu” bahsi bo'ldi. 8ta ogohlantirish va 1ta chetlatish.
* 1ta qizil kartochka! “UzDongJu” himoyachisi Abdurasul Komilov jamoasining safarda o'tkazgan uchrashuvida ketma-ket sariq kartochka olib, maydonni sheriklaridan oldinroq tark etishga majbur bo'ldi. Endi u kamida keyingi uchrashuvni o'tkazib yuboradi.
HAKAMLAR QANDAY ISHLADI?
* “Mashal” – “Xorazm” uchrashuvini boshqarib borgan hakam Dauletboy Jalimov ushbu turda eng yuqori ball olgan hakam bo'ldi. Uchrashuv nazoratchi hakami Valentin SHashkov nukuslik hakamning hatti-xarakatlarini 8,3 ballga munosib ko'rdi.
* Aksincha ushbu turda eng past olgan hakam Igor Xudaydatov bo'ldi. Toshkentda “Oq-tepa” – “Nurashon” bahsini boshqarib borgan hakamning ishini nazoratchi Konstantin Smirnov 7,7 ballga baholadi.
* SHuningdek toshkentlik Ahrol Risqullaevning ketma-ket ikkinchi o'yinda ham 7,8 ball olganini aytish lozim.
Kosonsoy – Cementchi – 0:0.
Hakamlar: D. Pislegin (Toshkent) – 8,2, Z. Erkinov (Toshkent) – 7,9, X. Nabiev (Toshkent) – 7,5, A. Jabborov - 9
Nazoratchi: A. Tambovcev (Toshkent).
Xotira-79 – Yozyovon-Lochinlari – 2:1.
Hakamlar: D. Karimov (Toshkent) – 8,0, S. Ulfatov (Toshkent vil.) – 8,4, O. Umarov (Toshkent vil.) – 7,8, I. Nosirov - 7
Nazoratchi: V. Najafaliev (Toshkent).
Zomin – Norin – 0:1.
Hakamlar: F. Norsafarov (Qarshi) – 8,2, M. Karimov (Toshkent) – 8,0, S. Nishonboev (Toshkent) – 8,0, M. Fayzullaev - 8
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
Dinamo – UzDongJu – 1:0.
Hakamlar: A. Risqullaev (Toshkent) – 7,8, D. Jumaniyozov (Urganch) – 8,0, D. Iskandarov (Nukus) –SH. Qamarov - 8 8,0,
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).
Mashal-2 – Xorazm – 1:1.
Hakamlar: D. Jalimov (Nukus) – 8,3, T. Suyunov (Guliston) – 8,0, D. Ubaydullaev (Guliston) – 8,0, R. Abduvohidov - 8
Nazoratchi: V. SHashkov (Toshkent).
Nasaf-2 – Orol – 1:0.
Hakamlar: A. SHukurullaev (Toshkent) – 8,1, S. Eremeev (Toshkent) – 7,5, X. O'rolov (Toshkent vil.) – 8,4, K. Rasulov - 9
Nazoratchi: R. Qoratoev (Toshkent vil.).
Lokomotiv-BFK – G'ijduvon – 8:1.
Hakamlar: R. Lutfulin (Toshkent) – 8,2, SH. Qayumov (Jizzax) – 8,0, SH. Yuldashev (Guliston) – 8,1, S. Eremeev – 9
Nazoratchi: SH. Bozorov (Namangan).
Oq-tepa – Nurafshon – 2:2.
Hakamlar: I. Xudaydatov (Toshkent) – 7,7, R. Tolibjonov (Farg'ona) – 8,1, A. Jo'raxonov (Andijon) – 8,3, J. Akmalov - 8
Nazoratchi: K. Smirnov (Qarshi).
MUXLISLAR
* 4-turning 8ta o'yiniga jami 7234ta tomoshabin tashrif buyurgan.
* Har bir uchrashuvga o'rtacha 904 nafardan muxlis demakdir.
* Eng ko'p muxlis Uychi tumanida kechgan “Xotira-79” – “Yozyovon-Lochinlari” bahsida kuzatildi. 2857ta tomoshabin!
* Aksincha eng kam tomoshabin yana Toshkentdagi bahsda qayd etildi. “Lokomotiv-BFK” – “G'ijduvon” o'yinini ko'rish uchun atiga 34ta tomoshabin kirgan.
Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
Kosonsoy (Kosonsoy) – Cementchi (Quvasoy) – 0:0. 2211 tomoshabin.
Xotira-79 (Uychi) – Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) – 2:1. 2857 tomoshabin.
Zomin (Zomin) – Norin (Haqqulobod) – 0:1. 311 tomoshabin.
Dinamo (Samarqand) – UzDongJu (Andijon) – 1:0. 1532 tomoshabin.
Mashal-2 (Muborak) – Xorazm (Urganch) – 1:1. 152 tomoshabin.
Nasaf-2 (Qarshi) – Orol (Nukus) – 1:0. 44 tomoshabin.
Lokomotiv-BFK (Toshkent) – G'ijduvon (G'ijduvon) – 8:1. 34 tomoshabin.
Oq-tepa (Toshkent) – Nurafshon (Buxoro) – 2:2. 93 tomoshabin.
TURNIR JADVALI
OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR
5-tur. 25 aprel (dushanba)
16:00. “Yozyovon-Lochinlari” – “Lokomotiv-BFK”
16:00. “Norin” – “Xotira-79”
16:30. “Cementchi” – “Oq-tepa”
16:30. “UzDongJu” – “Kosonsoy”
26 aprel (seshanba)
17:00. “Orol” – “Zomin”
17:00. “Xorazm” – “Dinamo”
16:00. “Nurafshon” – “G'ijduvon”
27 aprel (chorshanba)
16:30. “NBU-Osiyo” – “Mashal-2”
16:00. “Paxtakor-2” – “Nasaf-2”
Islombek Rustambekov tayyorladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar