So’nggi yangiliklar

23:45Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" ва Турғунбоев Истанбулда "Бешиктош" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  0 23:45А Серия. "Рома" ва Шомуродов Туринда "Ювентус" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  5 23:45Лига 1. "Лилль" ва ПСЖ ўзаро куч синашмоқда (онлайн ҳисоб)  0 23:19Бир-икки, бир-икки...  5 23:17"Реал" — "Бетис". Таркиблар маълум  2 22:40АПЛ. 3-турнинг марказий учрашувида Салаҳ ва Диас "Манчестер"ни "ёндиришди"  13 22:26Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Фрайбург"ни қийинчиликсиз таслим этди  2 22:25Лига 1. "Монако" - "Ланс" 1:1, Ҳусанов Минамино ва Балогунга қарши  2 22:09Ўзбекистон U-20 жамоаси Хитойдаги мусобақага йўл олмоқда. Сафар олдидан видео репортаж  1 21:55АПЛ. "Ливерпуль" "Олд Траффорд"да "Манчестер Юнайтед"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  66 21:33"Спартак" Туркия терма жамоаси футболчиси учун саккиз миллион евро таклиф қилди  1 21:03КХДРнинг ёпиқ ўтган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  7 20:10ҚПЛ. "Қайрат" — "Астана" ўйини тақдирини 84-дақиқадаги гол ҳал қилди, Йўлдошев эса...  1 20:00"Ланс" сўнгги дақиқаларда гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолди. Ҳусанов тўлиқ ҳаракат қилди  12 19:40АПЛ. "Челси" ўз уйида "Кристал Пэлас"ни енголмади, "Тоттенхэм" эса сафарда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  7

Birinchi liga 18-tur yakunlari. "Cementchi" birinchi davra g'olibi Yangiliklar

Birinchi liga 18-tur yakunlari. "Cementchi" birinchi davra g'olibi

Kecha O'zbekiston chempionati birinchi liga 18-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Ushbu turda bir qator kutilmagan natijalar qayd etildi. Quyida 18-tur statistikalari bilan tanishtirib o'tamiz.


Istiqlol (Farg'ona) – Yangier (Yangier) –4:0

Andijon (Andijon) – NBU-Osiyo (Toshkent) – 2:2

Nasaf-2 (Qarshi) - G'allaorol (G'allaorol) – 8:1

Surxon (Termiz) – Zomin (Zomin) – 3:0

Orol (Nukus) – Lokomotiv-BFK (Toshkent) – 3:0

Xorazm (Urganch) – Xotira-79 (Uychi) – 7:0

Norin (Xaqqulobod) – Uz-Dong-Ju (Andijon) – 3:2

Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) – Cementchi (Quvasoy) – 2:1


Turning muhim voqealari

-  Ushbu turda darvozalarga jami 38ta to'p kiritildi. SHulardan 32tasi mezbonlar hisobiga yozilgan bo'lsa qolgan 6tasi mehmon jamoa hisobiga yozildi.

-  Kechagi uchrashuvlarda eng ko'p gol Nasaf-2 - G'allaorol – 8:1, Xorazm – Xotira-79 – 7:0 jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda kuzatildi.

-  Dubl qayd etgan futbolchilar:X. SHokirov (Istiqlol), I. Alijonov, M. Joniqulov (ikkisi hg'am “Nasaf-2” jamoasi futbolchisi), I. Seytnazarov (Orol), T. Bekchanov (Xorazm).

-  Eng ko'p sariq kartochga ko'rsatilgan o'yin: Yozyovon-Lochinlari – Cementchi – 2:1 jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda kuzatildi. Ushbu uchrashuvni boshqarib borgan hakam 8ta futbolchini sariq kartochka bilan siyladi.

-  PFL taqdim etgan qaydnomaga ko'ra eng ko'p muxlis Surxon – Zomin3:0 jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda kuzatildi 2252tomoshabin.

-  Eng kam muxlis Nasaf-2 - G'allaorol – 8:1 jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda kuzatildi 68tomoshabin.


Qiziqarli malumotlar

-  Ushbu turda musobaqa jadvalida peshqadamlik qilib kelayotgan Quvasoyning “Cementchi” klubi safarda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. SHunday bo'lsada quvasoyliklar turnir jadvalida karvonboshilikni saqlab qoldi va birinchi davra g'olibi bo'ldi. “Cementchi” ayni damda turnir jadvalida o'zini taqib qilib kelayotgan jamoadan 6 ochkoga oldinda bormoqda. Kecha bo'lib o'tgan uchrashuvlarda bir qator kutilmagan natijalar qayd etildi. Andijonning “Andijon” klubiga yangi murabbiy kelgandan beri ketma-ket 3ta uchrashuvda durang natija qayd etdi. “Andijon” umuman muxlislar kutgan o'yinni namoyish eta olmayabdi. Bir qator kutilmagan natijalar qayd etmoqda. Ikkinchi davrada ushbu jamoaning natijalari ijobiy tomonga o'zgarishini kutib qolamiz.

-  Qarshining “Nasaf-2” klubi o'z o'yida Jizzaxning “G'allaorol” jamoasini qabul qildi va yirik 8:1 hisobida g'alaba qozondi. Hozirgi kunga kelib birinchi ligada bunday yirik hisoblar qayd etilishi odatiy hol bo'lib qoldi. CHunki bundan avvalgi turlarda “Orol”, “Cementchi”, “Surxon” jamoalari yirik hisoblarda g'alaba qozonishgan edi. Bu safar yirik hisobda g'alaba qozonish “Nasaf-2” va “Xorazm” jamoalari zimmasiga tushibdi.

-  Bu turda oliy toifali oliy liga hakami Rustam Bobomurodov “Andijon” – “NBU-Osiyo” o'rtasidagi uchrashuvni boshqarib bordi. Birinchi liganing har bir turida oliy liga hakamlari ishlamoqda.


Stadionga muxlislarning tashrifi

-  Ushbu turda birinchi liga o'yinlarini to'g'ridan-to'g'ri bevosita stadiondan turib tomosha qilish uchun jami 8212 ishqiboz tashrif buyurgan.

-  Surxon - 2252

-  Orol - 2234

-  Yozyovon-L - 1452

-  Andijon - 1251

-  Xorazm - 491

-  Norin - 312

-  Istiqlol - 152

-  Nasaf-2 - 68


Bu turda gol urgan futbolchilar


“Istiqlol” - X. SHokirov2ta, A. Qurbonov, X. Madaminov

Andijon - SH. Jumaboev, A. Abduvoxidov

NBU-Osiyo - O, Abduxolikov, S. Sindarov

“Nasaf-2” - Alijonov 2ta, SH. Erkinov, O. Bozorov, N. Izzatullaev, SH. Komilov, M. Joniqulov 2ta

“G'allaorol” - X. Davronov

“Surxon” - A. Abduraxmonov 2ta, F. Xaydarov

“Orol” - K. Eraliev, I. Seytnazarov 2ta

“Xorazm” - T. Bekchanov 2ta, S. Matmuratov, O. Nurboev, T. Ismoilov, R. Karimov, D. Primbetov

“Norin” - B. Murtazoev, E. Akbarov, E. Ergashev  

“UzDongJu” -O. Komilov, A. Qayumov

“Yozyovon-L” - B. Maxtiraliev 2ta

“Cementchi” - A. Yusupov


Ushbu turda sariq kartochka olgan futbolchilar


“Istiqlol” - B. Aminjonov, X. Madaminov, A. Qurbonov, X. Xolikov

“Yangier” – Tursunqulov

“Andijon” - S. Bekmurotov

“NBU-Osiyo” - S. Sindorov, O. Abdug'aniev, B. Abdunabiev, S. Safarov

“Nasaf-2” - I. Alijonov

“Surxon” - . Qurbonov, S. Allaev

“Zomin” - E. Karimov

“Orol” - M. Kannazarov, SH. Karimbaev

“Lokomotiv-BFK” - A. Belyakov, D. Rasulov

“Xorazm” - N. Sobirov

“Norin” - A. Raxim-Zoda

“UzDongJu” - D. Farxodov

“Yozyovon-L” - U. Olimov, O. Maxamajonov, B. Maxtiraliev, M. Qasimov, D. Yakubov, A. Axmadjonov

“Cementchi” - A. Yusupov, O. Maxmudov


18-turdan so'ng musobaqa jadvali quyidagicha ko'rinish oldi



SHu bilan O'zbekiston birinchiligi birinchi davrasiga yakun yasaldi. Ikkinchi davraga avgust oyida start beriladi.


Jahongir Sotvoldiev tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика