Birinchi liga, 16-tur oldidan. 3-o'rin kimga “Oq-tepa” yoki “Obod”?
29 okt 2014 11:45
Yangiliklar

Birinchi liga, 16-tur oldidan. 3-o'rin kimga “Oq-tepa” yoki “Obod”?
Nihoyat bugun birinchi liganing so'nggi tur o'yinlari bo'lib o'tadi. 1-2-o'rin egalari malum bo'lib ulgurdi.
SHuningdek 5-o'rin egasi aniq. 3-o'rin uchun kurash davom etmoqda. Unda kim g'olib chiqishini bugun bilib olamiz. Bu borada kurash “Oq-tepa” va “Obod” o'rtasida kechmoqda. SHuningdek 16-turning qolgan juftliklari ham qiziqarli o'tishi kutilmoqda. Bo'lajak bahslar oldidan kimning imkoniyatini qanday ko'ryapsiz?
14:00. “SHo'rtan” – “Istiqlol”. 90x10.
Dastlabki uchrashuvi 0:3.
Kichik oltin medallarni o'tgan turda rasmiylashtirgan “SHo'rtan” bugun ham o'z muxlislari qarshisida g'alaba qozonib, chempionatni yaxshi kayfiyatda tugatsa kerak. O'tgan turda “Mashal-2”ga qarshi bahsda o'z darvozasidan naqd 6ta (!) to'p o'tkazib yuborgan “Istiqlol”ni bugun G'uzorda g'alaba bilan qaytishi juda qiyin masala. Yana kim biladi deysiz.
14:00. “Mashal-2” – “Paxtakor-2”. 70x30.
Dastlabki uchrashuvi 0:0.
Ikki farm-klublar o'rtasida kechadigan mazkur bahs shiddatli o'tishi tayin. Asosan akademiya tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan jamoalar shubhasiz g'alaba ilinjida maydonga chiqadi. Bu borada imkoniyat ko'proq mezbonlarda. Dilshod Andaev jamoasining kayfiyati ham yuqori darajada. Lekin “Paxtakor-2” sensaciya qayd etishi ham mumkin.
14:00. “SHerdor” – “UzDongJu”. 50x50.
Dastlabki uchrashuvi 4:0.
Uy jamoasiga aylanib qolgan “SHerdor” bugun o'z maydonida g'alaba qozonib, turnir jadvalida xavfli zonani tark etishga urinishi aniq. Lekin “UzDongJu” ham safarda barqaror o'yin namoyish etib kelmoqda. SHu bois mezbonlarga oson bo'lmasligi turgan gap. Balki 5-o'rinni naqd qilgan andijonliklar hotirjamlikka berilib ketsa, bu “SHerdor” uchun qo'l kelar.
14:00. “Alanga” – “Xotira-79”. 80x20.
Dastlabki uchrashuvi 0:1.
Katta extimol bilan bugungi bahs mezbonlar foydasiga hal bo'ladi. CHunki “Alanga” bugungi kunda “Xotira-79”dan har tomonlama kuchli. Qolaversa uchrashuv Kosonda o'tishi ularning imkoniyatini birmuncha oshirmoqda. Safarga bitta darvozabon bilan borgan uychiliklar bundan pand emasa bo'lgani.
14:00. “Zomin” – “Oq-tepa”. 40x60.
Dastlabki uchrashuvi 4:3.
“Zomin” o'z uyida osonlikcha ochko ulashadigan klub emas deb har gal aytib kelamiz. Garchi moliyaviy jihatdan muammolar yuzaga kelgan bo'lsada, yigitlar ochko jamg'arish maqsadida borini berib o'ynamoqda. Lekin toshkentliklar ham bugun safarda g'alaba qozonib chempionatni 3-o'rinda yakunlashga intiladi. Furqat Esonboev jamoasining imkoniyati biroz yuqoriroq ko'rinmoqda.
14:00. “G'allakor-Avtomobilchi” – “NBU-Osiyo”. 40x60.
Dastlabki uchrashuvi 3:2.
Mazkur bahsda ham mehmonlarning imkoniyati yuqoridek ko'rinmoqda. G'allaorolliklar har galgidek joriy mavsumni ham yuqori suratda o'tkaza olmadi. Buni jamoa murabbiylari moliyaviy muammo yuzaga kelayotgani bilan izohlaydi. Hozir qaysi jamoada bunday muammo yo'q deysiz. Xullas tarkibni keskin yoshartirib yuborgan “G'allakor-Avtomobilchi” bu yil muxlislarin quvontira olmadi. Bugungi bahsda ham ularning g'alabaga bo'lgan imkoniyati nisbatan past. CHunki tajribali o'yinchilarga ega bo'lgan “NBU-Osiyo” safardan quruq qaytmaslikka urinadi.
14:00. “Xorazm” – “Obod”. 30x70
Dastlabki uchrashuvi 3:0.
“Xorazm”da ham shunga o'xshash xolat. Mavsum o'rtalariga kelganida bosh murabbiysiz qolib ketgan jamoani o'yinlarga mamur (administrator) olib borganidan keyin yana nima kutish mumkin?! Urganchlik muxlislar jamoani oliy ligaga qaytishini kutayotgan bir paytda klubda olib borilayotgan siyosatni ko'rsangiz achinasiz. Barqarorlikka erishish uchun harakatni o'zi yo'q. Pul muammosini gapirib, qolgan jamoalar ham biz kabi deya izohlashga urinadigan xodimlari bor. Gapning indallosini aytganda bugun toshkentliklar g'alaba qozonsa kerak.
14:00. “Orol” – “Qo'qon-1912”. 50x50.
Dastlabki uchrashuvi 0:1.
Bugun Nukusda qiziqarli o'yin bo'ladi. Turning markaziy uchrashuvi desa ham bo'ladi. Imkoniyatlarni teng deya baholadik. Balki qo'qonlik yuzerlarimizga bu yoqmas, lekin “Orol” ham o'z uyida osonlikcha taslim bo'lmaydi. Boz ustiga ular o'tgan turda “Obod”ga imkoniyatni boy berdi. Ushbu mag'lubiyatdan keyin muxlislarini qanday bo'lmasin xursand etishga harakat qilsa kerak. Yana kim biladi deyiz?
Bu shunchaki bizning taxminlarimiz edi. Qolganini o'yin ko'rsatadi.
Islombek Rustambekov.

Fikrlar