So’nggi yangiliklar

20:25"Локомотив" меҳмонда "Жайхун"ни мағлуб эта олмади  2 19:58"Реал" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга киришиши мумкин  1 19:14"Фенербахче" Де Брюйне учун курашга қўшилди  5 18:27Расман: "Интер" 25 млн евролик трансферни амалга оширди  2 17:56ПФЛ: Ўзбекистоннинг 17 та клуби ОФК лицензиясига эга чиқди  0 16:34Влахович фойдали таклиф сабаб А Серияни тарк этиши мумкин  0 16:08Леау Ла Лиганинг топ клубларидан бирига ўтиши мумкин  2 15:40Тер Штеген "Барселона"дан кетиши мумкин. Нега?  20 14:32Орзу йўлининг муваффақиятли якуни ёхуд ҳар қадамда тарихга кирган Кападзе   22 14:11"Реал" 39 ёшли футболчи билан шартнома имзолаши мумкин?!  5 13:40ЦСКА бош мураббийи клубдан кетишга яқин  8 13:12"Ньюкасл" "Манчестер Юнайтед"нинг собиқ вингерини харид қилиши мумкин  0 12:42Гвардиола Ямал ҳақида: "Афсусдаман, аммо Мессига ўхшаши бўлмайди. Бу имконсиз"  28 12:12Ўзбекистоннинг 17 клуби ОФК лицензиясини қўлга киритди, аммо...  0 11:41Жака Италия гранди сафига ўтиши мумкин  3

Birinchi liga. 15-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga. 15-tur statistikasi

Teglar :  Birinchi liga15-tur
2-3 noyabr kunlari birinchi liganing 15-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Aytish kerakki, mazkur tur ishqibozlarni diqqat markazida turdi va bir qator kutilmagan natijalar qayd etildi deyish mumkin. Biz esa quyida odatga ko'ra, yakuniga etgan turning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.

“MASH'AL-2”DAN “OBOD”GA AJOYIB SOVG'A YOXUD “OQ-TEPA” TO'XTATILDI
* Ushbu turdagi 8ta o'yinda 4ta durang qayd etildi. 3ta bahsda mezbon jamoalarning qo'li baland kelgan bo'lsa, yana bir uchrashuvda mehmonlar zafar quchdi.
* Safarda g'alaba qozongan yagona jamoa “Obod” bo'ldi. Etiborlisi ushbu g'alabadan so'ng toshkentliklar turnir jadvalida 1-o'ringa ko'tarilib oldi.
* Aksiga olib bungacha peshqadamlikni o'z qo'liga olib kelgan “Oq-tepa” o'z maydonida “Mashal-2” bilan nursiz durangga imzo chekdi. Turning kutilmagan natijasi ham shu bo'ldi. Bu bilan “Oq-tepa”ning elitaga chiqishi keskin ravishda qiyinlashdi.
* “UzDongJu” ham kutilmaganda “Nasaf-2” bilan o'z uyida durang qayd etdi.
* Turning markaziy o'yinida esa quvasoyliklar yirik g'alabaga erishganini alohida takidlash o'rinli bo'lardi.
* “Kosonsoy” esa irodali g'alabaga erishdi.

Paxtakor-2 – Orol – 1:1.
NBU-Osiyo – G'ijduvon – 6:2.
Xotira-79 – Obod – 1:4.
Oq-tepa – Mashal-2 – 0:0.
UzDongJu – Nasaf-2 – 1:1.
Kosonsoy – Xorazm – 4:2.
Cementchi – Zomin – 5:0.
Yozyovon-Lochinlari – Lokomotiv-BFK – 2:2.

GOLLAR
* Ushbu turda jami 32ta gol kiritildi.
* Har bir bahsga o'rtacha 4tadan gol demakdir.  
* Mezbon jamoalar tomonidan kiritilgan gollar soni 20tani tashkil etdi.
* Qolgan 12ta gol esa mehmonlar hisobiga yozilgan.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 10ta gol qayd etildi.
* Ikkinchi bo'limda esa sermahsullik oshdi va muxlislar yana 22ta golga guvoh bo'ldi.
* Turning eng tezkor goli 4-daqiqaga to'g'ri keldi. “Xorazm” futbolchisi Temur Bekjonov jamoasining “Kosonsoy”ga qarshi kechgan bahsida birinchi bo'lib hisobni ochishga erishdi.
* Aksincha turning eng so'nggi goli esa 90+2-daqiqada kiritildi. “G'ijduvon”ning to'purar hujumchisi Mansur Otaqulov “NBU-Osiyo”ga qarshi bahsda so'nggi golni urdi.
* 4ta penalti. Etiborlisi ularning barchasi aniq amalga oshirilgan.
Adham Ahmadjonov (“Paxtakor-2”)
Doniyor Narzullaev (“Nasaf-2”)
Rahmatullo Meliboev (“Cementchi”)
Sanjar To'raqulov (“Obod”)

* 5ta dubl qayd etildi.
Xayrullo Qodirov (“Yozyovon-Lochinlari”)
Elyor Akbarov (“Cementchi”)
Alisher Fayzullaev (“Cementchi”)
Temur Bekjonov (“Xorazm”)
Alisher Azizov (“Obod”)
* “Kosonsoy” futbolchisi Anvar Xojimirzaev ushbu turda xet-trik qayd etgan yagona futbolchi bo'ldi.
* Tajribali hujumchi Olim Navkarov (“NBU-Osiyo”) jamoasining “G'ijduvon”ga qarshi o'tkazgan o'yinida poker (4ta) qayd etdi.
* Ushbu turda eng ko'p gol urgan jamoa “NBU-Osiyo” bo'ldi. “Bankirlar” o'z maydonida “G'ijduvon”ga qarshi kechgan bahsda naqd 6ta to'p kiritdi.
* “Oq-tepa”, “Mashal-2” va “Cementchi” jamoalari mazkur turda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.



OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
* Ushbu tur o'yinlari keskin kurashlarga boy tarzda kechgani unda qayd etilgan sariq kartochkalardan ham bilib olish qiyin emas. Jami 39ta sariq kartochka qayd etildi.
* Har bir bahsga o'rtacha 4tdan ogohlantirish demakdir.
* Mezbon jamoalarning 24 nafar futbolchisi bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan “siylandi”.
* Qolgan 15ta ogohlantirish esa mehmon jamoa o'yinchilariga ko'rsatilgan.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 12ta futbolchiga sariq kartochka ko'rsatildi.
* Ikkinchi bo'limda esa qo'polliklar va o'yin qoidasini buzish xolatlari sezilarli ravishda ortdi. Yani 27 nafar futbolchi sariq kartochka bilan jazolangan.
* “Paxtakor-2” – “Orol” (1:1) bahsi turning eng tartibsiz o'tgan o'yini bo'ldi. Mazkur uchrashuvda boshqalarga nisbatan eng ko'p kartochka kuzatildi. Yani bosh hakam Firdavs Norsafarov mezbonlarga 5ta sariq va 2ta qizil kartochka, mehmon jamoa futbolchilariga esa 2ta sariq kartochka ko'rsatishga qaror qildi.
* Ushbu turdagi o'yinlarda shuningdek 6ta chetlatish kuzatildi. Mezbon jamoalarning 5 nafar o'yinchisi hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolangan bo'lsa, mehmonlardan 1 nafar o'yinchi maydonni sheriklaridan oldin tark etishga majbur bo'ldi.
Quyidagi futbolchilar endi chempionatning so'nggi turida jamoasiga yordam bera olmaydi.
Suhrob Nurullaev (“Paxtakor-2”)
Abduqodir Ortiqov (“Paxtakor-2”)
Bekzod G'oziev (“UzDongJu”)
Azizbek Qayumov (“UzDongJu”)
Temur Bekjonov (“Xorazm”)
Ulug'bek Boqiev (“NBU-Osiyo”)



HAKAMLAR QANDAY ISHLADI?
* 15-turda ishlagan bosh hakamlardan eng yuqori ballni toshkentlik Jasur Muxtorov oldi. “Kosonsoy” – “Xorazm” (4:2) uchrashuvini boshqarib borgan hakamning ishini nazoratchi Marat Ismoilov 8,6 ballga munosib deya baholagan.
* Bu borada aksincha xolat esa Firdavs Norsafarov bilan yuz berdi. “Paxtakor-2” – “Orol” (1:1) o'yinida ishlagan qarshilik hakamning ishini uchrashuv nazoratchisi Islomjon Rahimov 7,8 ballga baholadi.

Paxtakor-2 – Orol – 1:1.
Hakamlar:
F. Norsafarov (Qarshi) – 7,8, R. Tolibjonov (Farg'ona) – 8,4, SH. Azamov (Farg'ona) – 8,2, D. Saylalov - 7
Nazoratchi: I. Rahimov (Andijon).

UzDongJu – Nasaf-2 – 1:1.
Hakamlar:
A. SHukurullaev (Toshkent) – 8,0, X. O'rolov (Toshkent viloyati) – 8,1, S. Ulfatov (Toshkent viloyati) – 8,1
Nazoratchi: A. Klepikov (Toshkent).

Yozyovon-Lochinlari – Lokomotiv-BFK – 2:2.
Hakamlar:
D. Jalimov (Nukus) – 8,1, I. Abdulaqov (Toshkent viloyati) – 8,1, I. Zoitov (Toshkent viloyati) – 8,1, D. Qurchiev - 8
Nazoratchi: B. Tog'aev (Toshkent).

Cementchi – Zomin – 5:0.
Hakamlar:
D. Pislegin (Toshkent) – 8,2, SH. Mirjalolov (Toshkent) – 8,2, Z. Erkinov (Toshkent) – 8,1, S. Rahmonov - 8
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).

Xotira-79 – Obod – 1:4.
Hakamlar:
A. Rahimov (Andijon) – 8,1, K. Abduraimov (Jizzax) – 7,7, SH. Qayumov (Jizzax) – 8,7, R. Fozilov - 9
Nazoratchi: S. Zaylobidinov (Farg'ona).

Kosonsoy – Xorazm – 4:2.
Hakamlar:
J. Muxtorov (Toshkent) – 8,6, F. Do'smatov (Guliston) – 8,3, O. Umarov (Toshkent viloyati) – 8,4, A. Jabborov - 8
Nazoratchi: M. Ismoilov (Toshkent).
 
Oq-tepa – Mashal-2 – 0:0.
Hakamlar:
SH. Qosimov (Toshkent) – 8,5, SH. Qamarov (Samarqand) – 8,4, S. Hakimov (Samarqand) – 8,4, A. Risqullaev - 8
Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent).

NBU-Osiyo – G'ijduvon – 6:2.
Hakamlar
: K. Rasulov (Qarshi) – 8,0, U. Bobomurodov (Navoiy) – 7,7, E. Tursunov (Namangan) – 8,3, Z. Erkinov - 9
Nazoratchi: E. Oripov (Farg'ona).

MUXLISLAR
* Ushbu turda bo'lib o'tgan 8ta o'yinda jami 5231 nafar tomoshabin qayd etildi.
* Bu esa har bir uchrashuvga o'rtacha miqdorda 653tadan muxlis kirganini anglatadi.
* Eng ko'p ishqiboz kirgan o'yin “Cementchi” – “Zomin” to'qnashuvi bo'ldi. Aytish lozimki, mazkur jamoalar bu yil tomoshabin tashrifi borasida etakchilik qildi.
* Aksincha xolat esa Toshkent klublari ishtirokidagi o'yinlarda kuzatildi.

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
Paxtakor-2 – Orol – 1:1. 54 tomoshabin.
NBU-Osiyo – G'ijduvon – 6:2. 57 tomoshabin.
Xotira-79 – Obod – 1:4. 67 tomoshabin.
Oq-tepa – Mashal-2 – 0:0. 111 tomoshabin.
UzDongJu – Nasaf-2 – 1:1. 123 tomoshabin.
Yozyovon-Lochinlari – Lokomotiv-BFK – 2:2. 1551 tomoshabin.
Kosonsoy – Xorazm – 4:2. 1565 tomoshabin.
Cementchi – Zomin – 5:0. 1703 tomoshabin.


TO'PURARLAR

Alisher Azizov (“Obod”) – 26ta
Elyor Akbarov (“Cementchi”) – 22ta
SHoxruz Norxonov (“Obod”) – 21ta
Temur Hakimov (“Oq-tepa”) – 19ta
Doston Toshmatov (“Zomin”) – 18ta
Sanjar To'raqulov (“Obod”) – 18ta

TURNIR JADVALI


  
OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR
16-tur. 7 noyabr (shanba)
“G'ijduvon” – “Paxtakor-2”
“Orol” – “UzDongJu”
“Nasaf-2” – “Yozyovon-Lochinlari“
“Lokomotiv-BFK” - “Cementchi”
“Zomin” – “Xotira-79”
“Obod” – “Kosonsoy“
“Xorazm” – “Oq-tepa”
“Mashal-2” – “NBU-Osiyo”


Islombek Rustambekov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика