So’nggi yangiliklar

23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  0 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  4 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  8 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  6 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  2 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  3 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  8 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  9 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  12 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  19 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  7 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0

Birinchi liga. 14-turda kimda imkoniyat qanday? Yoxud “Qo'qon-1912” bugun oliy ligaga chiqadimi? Yangiliklar

Birinchi liga. 14-turda kimda imkoniyat qanday? Yoxud “Qo'qon-1912” bugun oliy ligaga chiqadimi?

Bugun birinchi liganing ikkinchi bosqich, 14-tur o'yinlariga start beriladi.
“SHarq” mintaqasi ishtirokchilari o'z maydonida joriy mavsum hisobidan so'nggi o'yinini o'tkazishadi. Demak, vodiy va Toshkentdagi stadionlarda chempionat bayrog'i tushiriladi. Bo'lajak bahslar oldidan odatdagidek taxminlarimizni keltirib o'tamiz.

14-tur. 18 oktyabr (shanba)
“Istiqlol” – “SHerdor”. 60x40.

Bugun “Istiqlol” yutsa kerak. CHunki o'tgan turdagi mag'lubiyatdan keyin ularning oldida boshqa yo'l yo'q. To'g'ri, Samarqand jamoasi ham o'yinga shunchaki tashrif buyurmasligi aniq. Lekin bugun toshkentliklar katta extimol bilan g'alaba qozonadi deb o'ylaymiz.   

“Paxtakor-2” – “Alanga”. 40x60.
Bu o'yinda mehmonlarning imkoniyatini yuqori baholaymiz. Kimga qanaqa bilmadigu, “Alanga” bu yil chakki ko'rinmayapti. Anvar O'rinov boshchiligidagi jamoa safarda ham ijobiy natija bilan qaytmoqda. “Paxtakor-2”ga oson bo'lmaydi. No'mon Hasanov ham shogirdlarini g'alaba yo'lida puxta tayyorlagan bo'lsa ajab emas.

“UzDongJu” – “Zomin”. 70x30.
Andijonliklar o'tgan turda arang g'alabaga erishgandi. Raqibni mensimaslik salbiy natijalarga olib kelishini “UzDongJu” futbolchilari yaxshiroq tushunib olgan bo'lsa ajab emas. O'yinga 1 soat vaqt qolganida stadionga etib kelishi kutilayotgan “Zomin” ketma-ket ikkita texnik mag'lubiyatdan so'ng ochko jamg'arishga urinadi. Lekin bugun mezbonlar o'z maydonida muxlislarini quvontirsa kerak deb o'ylaymiz.
 
“Xotira-79” – “G'allakor-Avtomobilchi”. 50x50.
Imkoniyatlar teng. CHunki mezbonlar ham raqibni yutadigan darajada emas. “G'allakor-Avtomobilchi” ham imkon qadar safardan ochko bilan qaytishga urinadi. Uychiliklar esa o'z maydonida yutqazmaslikka urinadi.

“Obod” – “SHo'rtan”. 50x50.
“Obod” uchun sinov vazifasini o'tab beradigan o'yin deyish mumkin. Elita yo'llanmasini muddatidan oldin hal etgan “SHo'rtan”ni bor kuchi bilan o'ynashi qiyin. Har xolda o'tgan turda bizga shunday tuyuldi. Qanchalik istamang futbolchilar baribir hotirjam o'ynaydi. SHubhasiz turning markaziy o'yini. Ko'ramiz unda kimning qo'li baland kelarkin.

“Qo'qon-1912” – “Mashal-2”. 70x30.
Qo'qonliklar bugun oliy liga yo'llanmasini rasmiylashtirishi mumkin. Agarda “Mashal-2” mag'lubiyatga uchratilsa. Lekin muborakliklar ham osonlikcha taslim bo'lmasa kerak. Garchi tarkib yoshlardan iborat bo'lsada, bu jamoa bizda iliq taassurot qoldirdi. Lekin “Qo'qon-1912” o'z muxlislari qarshisida o'ynaydi. SHuni unutmaslik kerak. Qolaversa yuqorida aytib o'tganimizdek, bugungi g'alaba ularga orziqib kutilgan oliy liga yo'llanmasini taqdim etadi. Ushbu bahsni bevosita stadionda kuzatish maqsadida bugun ham Qo'qonga borishni rejalashtirganmiz.  

19 oktyabr (yakshanba)
“Oq-tepa” – “Xorazm”. 80x20.

Mazkur uchrashuvda mezbonlarning g'alabaga bo'lgan imkoniyati yuqori. CHunki urganchliklarni sensaciya qayd etishi qiyin, bizningcha. Aniqrog'i “Oq-tepa” bunga yo'l qo'ymasligi turgan gap.   

“NBU-Osiyo” – “Orol”. 40x60.
Etibor bergan bo'lsangiz ushbu turda mehmonda o'ynaydigan jamoalardan birgina “Orol”ni imkoniyatini yuqori baholadik. CHunki nukusliklar bugungi kunda “NBU-Osiyo”dan kuchli ko'rinmoqda. “Bankirlar”ni esa oliy ligadagi “Metallurg”ga qiyoslash mumkin.

Bu shunchaki bizning shaxsiy taxminlarimiz edi. Qolganini o'yin ko'rsatadi. Agarda fikrlarimiz qaysidir klub vakillarini qoniqtirmagan bo'lsa, oldindan uzur so'raymiz.
Barcha jamoaga omad tilab qolamiz!

Islombek Rustambekov.  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика