So’nggi yangiliklar

12:27"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради  3 12:00Лунин қарор қилди  0 11:28МЮ ва "Арсенал" товон пули 85 млн евро бўлган "Интер" футболчисига қизиқмоқда  0 11:02Жасур Абдураимов Биринчи лига жамоаси бош мураббийига айланди  3 10:20"Истанбул Башакшехир" Шомуродовнинг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  7 09:48"Насаф" қизиқаётган Ратиньонинг товон пули маълум  8 09:23"Сурхон" етакчиларидан бири иккинчи даврани "Динамо"да ўтказади  2 08:52Эшитдик-да. Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси "Пахтакор"да  9 08:25Ўзбекистон МТЖнинг собиқ аъзоси Эрон клубига ўтишга яқин  4 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" ва "Палмейрас" ўртасидаги баҳс якунланди  17 07:44Суперлига. Бугун 15-тур давом эттирилади  3 07:15Дориевнинг дубли "Сўғдиёна"га "Қўқон-1912" устидан ғалаба тақдим этди, "Сурхон" - "Бухоро" баҳсида эса мухлислар гол кўришмади  1 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" "Ал Ҳилол"ни мағлуб қилиб, ярим финалга йўл олди!  41 01:50Кайл Уокер "Бернли"га ўтишга яқин  2 01:23"Комо" 19 ёшли ҳужумчи учун 14 миллион тўлади  0

Birinchi liga. 14-tur oldidan kimda imkoniyat qanday? Yangiliklar

Birinchi liga. 14-tur oldidan kimda imkoniyat qanday?

Bugun birinchi ligada ikkinchi bosqichning 14-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

Odatga ko'ra bo'lajak bahslar oldidan jamoalarning g'alabaga bo'lgan imkoniyatini tahmin qilib ko'ramiz.
 
15:00. “Nasaf-2” – “Paxtakor-2”
Ikki farm-klublar o'rtasidagi bahs keskin va murosasiz shu bilan birga qiziqarli o'tsa ajab emas. Toshkentliklarda tajriba biroz yuqori. Ammo “Nasaf-2” ham tobora ligada o'z o'rnini topib bormoqda. Ilk uchrashuvda tomonlar nursiz durangga imzo chekkandi. Bugungi bahsda qarshiliklarning imkoniyati biroz yuqoriroqdek ko'rinmoqda. Qolganini o'yinda bilamiz.
Imkoniyatlar: 60x40.

15:00. “Lokomotiv-BFK”  - “UzDongJu”
Ligada o'z o'rnini saqlab qolishga etiborga qaratayotgan “temiryo'lchilar”ga barqarorlik etishmayotgandek, nazarimizda. Bugun ularga oson bo'lmaydi. CHunki “UzDongJu” ham safarga ochko jamg'arish maqsadida borishi shubhasizdir. Ushbu jamoalarning birinchi davradagi bahsida “UzDongJu” 2:0 hisobida g'alaba qozongandi.
Imkoniyatlar: 45x55.
 
15:00. “Zomin” – “Yozyovon-Lochinlari”
Mazkur qarama-qarshilikni ham turning markaziy o'yini deyish mumkin. Sababi “Zomin” o'z uyida osonlikcha taslim bo'lmasa. Yozyovonliklar ham oxirgi vaqtlarda safardan ijobiy natija bilan qaytmoqda. Balki bugun ham Islombek Ismoilov shogirdlari Zomindan kerakli ochkolar bilan qaytar. Eslatib o'tamiz Yozyovonda kechgan ilk o'yinda 3:3 hisobi qayd etilgandi.  
Imkoniyatlar: 55x45.

15:00. “Obod” – “Cementchi”
Turning yana bir markaziy o'yini. To'g'ri quvasoylik ashaddiy ishqibozlar bugun “Cementchi”dan g'alaba kutadi. Ammo “Obod” o'z maydonida osonlikcha taslim bo'lib qolmaydi. Lekin bu – futbol. Unda bazida kutilmagan hisoblar ham qayd etilib turadi. Extimol mehmonlar sensaciya qilar. Aytish kerakki, ilk uchrashuvda quvasoyliklar bugungi raqibini 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchrata olgandi. Balki bugun “Obod” revansh olar.  
Imkoniyatlar: 60x40.

15:00. “Xorazm” – “Xotira-79”
Urganchliklarning g'alabaga bo'lgan imkoniyati yuqori ko'rinmoqda. Safardan “Xotira-79”ning uch ochko bilan qaytishi juda qiyin. Lekin mehmonlar imkon qadar quruq qo'l bilan qaytmaslikka urinadi. “Xorazm” ham qarab turmasa kerak. Boz ustiga ular birinchi uchrashuvda ham uychiliklarni 2:0 hisobida mag'lub etib qaytgandi.  
Imkoniyatlar: 60x40.

15:00. “Mashal-2” – “Kosonsoy”
Mazkur bahsda ham mezbonlarning g'alabaga bo'lgan imkoniyati yuqori deyish mumkin. CHunki muborakliklar o'tgan turda aynan Namanganda “Xotira-79”dan mag'lubiyatga uchragandi. Bu safar endi o'z uyida kerakli ochkolarni jamg'arishga urinadi. “Kosonsoy” rasmiysi bilan suhbatlashganimizda, jamoa Muborakka tashrif buyurganini takidlab o'tdi. Ilk uchrashuvda kosonsoyliklar 2:1 hisobida g'alaba qozongandi.
Imkoniyatlar: 60x40.

15:00. “G'ijduvon” – “Oq-tepa”
G'ijduvonliklar bugun chempionat peshqadamining sinovidan o'tadi. O'tgan turda o'z maydonida “Orol” bilan durang o'ynagan “Oq-tepa” endi qolgan bahslarda ochko yo'qotmaslikka urinadi. Elitaga chiqishga yaqin turgan jamoa peshqadamlikni berib qo'ymasak kerak. Birinchi uchrashuvda “Oq-tepa” bugungi raqibini 7:0 hisobida taslim etgandi.
Imkoniyatlar: 40x60.

15:00. “Orol” – “NBU-Osiyo”
Ushbu o'yin ham qiziqarli o'tishi turgan gap. Nukusliklar garchi bir necha oydan buyon oylik maosh olmayotgan bo'lsada, ularda g'alabaga bo'lgan tashnalik va or-nomus yuqori darajada. Qolaversa Qoraqalpog'iston shanini munosib himoya qilish uchun ham astoydil o'ynashmoqda. Bugun “NBU-Osiyo”ga ham oson bo'lmaydi. Ilk uchrashuvda “bankirlar” 2:0 hisobida zafar quchgandi.
Imkoniyatlar: 55x45.


Islombek Rustambekov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика