So’nggi yangiliklar

08:08Федерико Кьеза фаолиятини Италиянинг бошқа бир топ клубида давом эттириши мумкин  0 07:40Бугун Ўзбекистон кубогининг чорак финалига старт берилади  1 07:17Бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи Париж Олимпиадасида қатнашади   0 02:55Париж-2024. Франция Мисрни енгиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  5 01:28"Атлетико" "Манчестер Сити" футболчиси учун 75 млн. евро таклиф қилди  0 01:11Саидазамат Мирсаидов: “Навбаҳор”га соврин ютиш учун келганман”  10 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  4 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  17 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  3 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  2 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  5 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  2 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  11 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  3 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

Birinchi liga. 13-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga. 13-tur statistikasi

Teglar :  Birinchi liga13-tur
22-23 oktyabr kunlari birinchi ligada ikkinchi bosqichning 13-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Odatga ko'ra poyoniga etgan uchrashuvlarning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.

“OQ-TEPA” AJABLANTIRDI YOXUD INTRIGA DAVOM ETADI
13-turdan o'rin olgan jami 8ta o'yin bo'lib o'tdi. Unda 5ta mezbon jamoa g'alaba qozongan bo'lsa, 2ta uchrashuvda durang qayd etildi. Safarda muvaffaqiyat qozongan jamoa esa birgina “Obod” bo'ldi.

Elita yo'llanmasi uchun kurashayotgan klublarning ortidan borayotgan “UzDongJu” va “Zomin” ushbu turda o'zaro hisob kitob qildi. Bu safargi bahsda andjonliklar zafar quchdi. SHu tariqa ular 3-o'ringa mustahkam o'rnashib oldi.

“Yozyovon-Lochinlari” esa o'z uyida “Obod”ni qabul qilib, bu safargi to'qnashuvda ham imkoniyatni boy berdi. Tajriba va mahorat bobida raqibidan biroz ustunlikka ega bo'lgan toshkentliklar ushbu turda muhim uch ochkoni qo'lga kiritdi.

“Cementchi” jamoasi esa kutilganidek “Xorazm”ni qabul qilib, yirik g'alabaga erishdi.
“Xotira-79” ikkinchi bosqichdagi uchinchi g'alabasini tantana qildi. Uychiliklar ushbu turda “Mashal-2”ni qabul qildi va o'zlari uchun kerakli bo'lgan ochkolarni jamg'ara oldi.

O'tgan turda texnik mag'lubiyatga uchragan “Kosonsoy” esa o'tgan payshanba oqshomida “G'ijduvon”ni qabul qilib, yirik hisobda muvaffaqiyat qozondi.
Turning sensacion natijasi esa Toshkentda qayd etildi. “Oq-tepa” bilan bahsga 11 nafar futbolchi bilan arang etib kelgan “Orol” shunga qaramay o'z uyiga bir ochko bilan qaytishga erishdi. Ildar Sakaev shogirdlari aslida “Orol”ni poytaxtga kelishini va raqibni osonlikcha taslim etib, mukofot puli olishni o'ylab yurgandi. Ammo nukusliklar ularning rejalarini barbod qilib yubordi.

UzDongJu – Zomin – 3:1.
Yozyovon-Lochinlari – Obod – 1:3.
Cementchi – Xorazm – 4:0.
Xotira-79 – Mashal-2 – 3:1.
Kosonsoy – G'ijduvon – 5:1.
Oq-tepa – Orol – 0:0.
NBU-Osiyo – Nasaf-2 – 1:0.
Paxtakor-2 – Lokomotiv-BFK – 3:3.

GOLLAR
* 13-turning 8ta o'yinida jami 29ta gol urildi.
* Har bir bahsga o'rtacha 3tadan to'p demakdir.
* Mezbon jamoalar kiritgan gollar soni 20tani tashkil etdi.
* Qolgan 9ta to'p esa mehmonlar hisobiga yozildi.  
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida kiritilgan gollar soni 13tani tashkil etdi.
* Ikkinchi bo'limda esa sermahsullik biroz ortdi va muxlislar yana 16ta golga guvoh bo'ldi.
* Turning eng tezkor goli 2-daqiqada qayd etildi. “UzDongJu” hujumchisi Akmal Jo'raboev ushbu daqiqada “Zomin” darvozasiga to'p kiritib, uchrashuvda hisobni ochdi.
* Aksincha turning eng so'nggi goli esa 90+3-daqiqada sodir bo'ldi. “NBU-Osiyo” o'yinchisi Ahmadillo Nazarov “Nasaf-2” darvozasiga g'alaba keltiruvchi to'pni kiritib, jamoasiga qimmatli uch ochkoni keltirdi.
* 4ta dubl. Akmal Jo'raboev (“UzDongJu”), Abdurazzoq Jo'raev (“Kosonsoy”), SHoxjahon Abbosov (“Xotira-79”) hamda Murod To'ychiboev (“Lokomotiv-BFK”) ushbu turda ikkitadan to'p kiritgan futbolchilar bo'ldi.
* 3ta penalti belgilandi. Undan 2tasi aniq amalga oshirildi.
Bekzod Maxparaliev (“Yozyovon-Lochinlari”) – noaniq.
Vohid Xolboev (“Lokomotiv-BFK”) – aniq.
Aziz Qurbonov (“Cementchi”) – aniq.
* Eng ko'p gol urgan jamoa “Kosonsoy” bo'ldi – 5ta.
* Aksincha o'z darvozasidan eng ko'p to'pni o'tkazib yuborgan jamoa esa – “G'ijduvon”dir.
* “NBU-Osiyo”, “Oq-tepa”, “Orol”, “Cementchi” jamoalari esa ushbu turda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolishga erishdi.

OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
* Jami 32ta sariq kartochka qayd etildi.
* Har bir bahsga o'rtacha 4tadan ogohlantirish demakdir.
* Mezbon jamoalardan 15 nafar futbolchi sariq kartochka bilan “siylandi”.
* Mehmonlarning esa 17ta o'yinchisiga sariq kartochka ko'rsatildi.
* “Mashal-2” bilan “Oq-tepa” jamoasi tartib-intizom borasida boshqalarga namuna bo'ldi. Etiborlisi ushbu jamoalar mazkur turda g'alaba qozona olmagan bo'lsada, birorta ham futbolchisi sariq kartochka olmagan.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 15 nafar futbolchi ogohlantirilgan.
* Ikkinchi taymda esa 17ta o'yinchiga sariq kartochka ko'rsatilgan.
* 1ta chetlatish. “G'ijduvon” o'yinchisi Mansur Fayzullaev “Kosonsoy” bilan o'yinda hakam tomonidan ikkinchi sariq kartochkani qabul qilib olib, maydonni sheriklaridan oldin tark etishga majbur bo'ldi.  

HAKAMLAR QANDAY ISHLADI?
* Ushbu turda ishlagan bosh hakamlar orasida Igor Gormashov boshqalarga nisbatan eng yuqori ballni oldi. “Kosonsoy” – “G'ijduvon” bahsini boshqargan toshkentlik hakamning ishini uchrashuv nazoratchisi Sulton Zaylobidinov 8,6 ballga munosib ko'rdi.  
* Aksincha xolat esa Akmal Rahimov (Andijon) va Murod Muhamedov (Toshkent viloyati) bilan yuz berdi, 8,0 ball. Etiborlisi 12-turda Rahimov boshqargan o'yinda ham nazoratchi Andrey Tambovcev edi. 13-turda ham ular yana birga bo'ldi.  

UzDongJu – Zomin – 3:1.
Hakamlar:
I. Xudaydotov (Toshkent) – 8,2, S. Eremeev (Toshkent) – 8,6, F. Yarmuhamedov (Toshkent) – 7,6, B. Ro'zimatov - 9
Nazoratchi: M. Ismailov (Toshkent).

Yozyovon-Lochinlari – Obod – 1:3.
Hakamlar:
M. Muhamedov (Toshkent viloyati) – 8,0, O. Umarov (Toshkent viloyati) – 7,9, E. Tursunov (Namangan) – 8,2, D. Qurchiev - 8
Nazoratchi: I. Rahimov (Andijon).

Cementchi – Xorazm – 4:0.
Hakamlar
: A. Risqullaev (Toshkent) – 8,2, X. O'rolov (Toshkent viloyati) – 8,4, S. Ulfatov (Toshkent viloyati) – 8,4, S. Rahmonov - 8
Nazoratchi: O. Rubakov (Toshkent).

Xotira-79 – Mashal-2 – 3:1.
Hakamlar
: D. Karimov (Toshkent) – 8,2, R. Tolibjonov (Farg'ona) – 8,4, SH. Azamov (Farg'ona) – 8,2, M. Nexochin - 8
Nazoratchi: E. Oripov (Farg'ona).

Kosonsoy – G'ijduvon – 5:1.
Hakamlar:
I. Garmashov (Toshkent) – 8,6, I. Abdulakov (Toshkent viloyati) – 7,7, I. Zoitov (Toshkent viloyati) – 7,7, A. Jabborov - 8
Nazoratchi: S. Zaylobidinov (Farg'ona).
 
Oq-tepa – Orol – 0:0.
Hakamlar
: A. Rahimov (Andijon) – 8,0, SH. Qayumov (Jizzax) – 8,4, U. Bobomurodov (Navoiy) – 8,6, A. Po'latov - 9
Nazoratchi: A. Tambovcev (Toshkent).

NBU-Osiyo – Nasaf-2 – 1:0.
Hakamlar
: D. Pislegin (Toshkent) – 8,3, SH. Fayziev (Jizzax) – 8,0, K. Abduraimov (Jizzax) – 8,0, T. Galeev - 8
Nazoratchi: M. SHaripov (Buxoro).

Paxtakor-2 – Lokomotiv-BFK – 3:3.
Hakamlar:
O. Tuychiboev (Toshkent) – 8,4, SH. Mirjalolov (Trshkent) – 8,2, Z. Erkinov (Toshkent) – 8,5, D. Saylalov - 8
Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent).


MUXLISLAR
* 8ta o'yinga jami 6589 nafar ishqiboz tashrif buyurdi.
* Har bir bahsga o'rtacha 823tadan tomoshabin demakdir.
* Eng ko'p muxlis Quvasoyda kechgan “Cementchi” – “Xorazm” bahsida kuzatildi.
* Aksincha xolat esa yana Toshkent klublari bilan bog'liq.

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
NBU-Osiyo – Nasaf-2 – 1:0. 64 tomoshabin.
 Paxtakor-2 – Lokomotiv-BFK – 3:3. 74 tomoshabin.
Xotira-79 – Mashal-2 – 3:1. 95 tomoshabin.
Oq-tepa – Orol – 0:0. 125 tomoshabin.
UzDongJu – Zomin – 3:1. 233 tomoshabin.
Kosonsoy – G'ijduvon – 5:1. 1151 tomoshabin.
Yozyovon-Lochinlari – Obod – 1:3. 2115 tomoshabin.
Cementchi – Xorazm – 4:0. 2732 tomoshabin.


TURNIR JADVALI


TO'PURARLAR
Alisher Azizov (“Obod”) – 22ta
SHoxruz Norxonov (“Obod”) – 21ta
Elyor Akbarov (“Cementchi”) – 20ta
Temur Hakimov (“Oq-tepa”) – 19ta
Doston Toshmatov (“Zomin”) – 18ta
Sanjar To'raqulov (“Obod”) – 17ta
Abdulaziz Yusupov (“Oq-tepa”) – 16ta

OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR
14-tur. 27 oktyabr (seshanba)
“Nasaf-2” – “Paxtakor-2”
“Lokomotiv-BFK”  - “UzDongJu”
“Zomin” – “Yozyovon-Lochinlari”
“Obod” – “Cementchi”
“Xorazm” – “Xotira-79”
“Mashal-2” – “Kosonsoy”
“G'ijduvon” – “Oq-tepa”
“Orol” – “NBU-Osiyo”

Islombek Rustambekov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика