So’nggi yangiliklar

01:28"Атлетико" "Манчестер Сити" футболчиси учун 75 млн. евро таклиф қилди  0 01:20Париж-2024. Франция - Миср  5 01:11Саидазамат Мирсаидов: “Навбаҳор”га соврин ютиш учун келганман”  6 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  2 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  15 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  2 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  1 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  6 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  1 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  2 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3

Birinchi liga. 12-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga. 12-tur statistikasi

Teglar :  Birinchi liga12-tur
17 oktyabr kuni birinchi ligada ikkinchi bosqichning 12-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Odatga ko'ra, yakuniga etgan uchrashuvlarning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.

SENSACIYA QAYD ETILMADI
Ushbu turda rejadagi 8ta o'yin emas balki 7ta uchrashuv bo'lib o'tdi. Boisi “Kosonsoy” jamoasi shanba oqshomida Nukusga bora olmadi. Natijada “Orol”ga texnik g'alaba yozildi.

Turning boshqa o'yinlariga nazar tashlaydigan bo'lsak, aytarli sensacion natija qayd etilmadi. Markaziy uchrashuv “Obod” – “UzDongJu” bahsi kurashlarga boy tarzda o'tdi. Ikkinchi o'rin uchun jiddiy kurash olib borayotgan har ikki jamoa ham g'alaba ilinjida bor kuchlarini berib xarakat qildi. Yakunda “Obod” uchrashuvning asosiy vaqti tugashiga 5 daqiqa qolganida g'alaba to'pini kiritib, uch ochkoni o'zida saqlab qoldi.

“UzDongJu”ning ketidan quvib kelayotgan “Zomin” esa ushbu turda o'z maydonida “Paxtakor-2”ni qabul qilib, kerakli natijaga erisha oldi va oqibatda 3-o'ringa ko'tarildi.  Eetiborlisi “UzDongJu” bilan “Zomin” endi kelayotgan payshanba oqshomida Andijonda o'zaro hisob-kitob qiladi. SHunda 3-o'rin egasi malum bo'lsa ajab emas.

Oxirgi vaqtlarda safardan ham g'alabalar bilan qaytayotgan yozyovonliklar bu safar Urganchda bir ochkoni qo'lga kiritdi.

SHuningdek vodiyning yana bir klubi “Cementchi” ham Muborakda durang qad etib, ochkolari sonini bittaga ko'paytirib oldi.  

CHempionat autsayderi “G'ijduvon” nihoyat muxlislari uzoq kutgan g'alabaga erishdi. SHerzod Sattorov boshqaruvidagi jamoa bu safar o'z maydonida “Xotira-79”ni qabul qilib, yirik g'alabaga erishdi.

Turnir peshqadamiga aylanib olgan “Oq-tepa” oliy liga sari yana bir qadam tashladi. Ildar Sakaev jamoasi shanba kuni “Nasaf-2” mehmoni bo'lib, mezbonlar darvozasiga javobsiz 5ta to'p kiritishga erishdi.

Toshkent derbisida esa “NBU-Osiyo”ning qo'li baland keldi.

Zomin – Paxtakor-2 – 1:0.
Obod – UzDongJu – 3:2.
Xorazm – Yozyovon-Lochinlari – 0:0.
Mashal-2 – Cementchi – 1:1.
G'ijduvon – Xotira-79 – 5:0.
Nasaf-2 – Oq-tepa – 0:5.
Lokomotiv-BFK – NBU-Osiyo – 0:4.

GOLLAR
* Ushbu turning bo'lib o'tgan 7ta o'yinida jami 22ta gol qayd etildi.
* Har bir bahsga o'rtacha 3tadan to'p demakdir.
* Mezbon jamoalar kirit gollar soni 10tani tashkil etdi.
* Qolgan 12ta gol esa mehmonlar tomonidan kiritildi.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida kiritilgan gollar soni 7ta bo'ldi.
* Ikkinchi bo'limda esa sermahsullik sezilarli ravishda ortdi va yana muxlislar 15ta golga guvoh bo'ldi.
* Eng ko'p gol urgan jamoalar “Oq-tepa” bilan “G'ijduvon” bo'ldi, 5tadan.
* Aksincha o'z darvozasidan eng ko'p gol o'tkazib yuborgan jamoalar esa “Nasaf-2” va “Xotira-79” bo'ldi.
* Turning eng tezkor goli 22-daqiqada qayd etildi. “G'ijduvon” o'yinchisi Islombek SHaropov aynan ushbu soniyada “Xotira-79” darvozasini aniq nishonga olib, uchrashuvda hisobni ochishga erishdi.
* Aksincha turning eng so'nggi goli esa 88-daqiqada yuz berdi. “Zomin” futbolchisi Jaloljon Maripov “Paxtakor-2” darvozasiga g'alaba keltiruvchi golni kiritdi.
* 2ta dubl. Mansur Otaqulov (“G'ijduvon”) bilan Temur Hakimov (“Oq-tepa”) ushbu turda o'z hisobiga ikkitadan gol yozdirib qo'yishga erishdi.
* 2ta xet-trik. Abdul Aziz Yusupov (“Oq-tepa”) va Ulug'bek Boqiev (“NBU-Osiyo”) esa mazkur turda 3tadan gol urgan futbolchilar bo'ldi.
* Etiborlisi ularning jamoalari 12-turda g'alaba nashidasini surdi.
* Ushbu turda 2ta penalti belgilandi. Etiborlisi ikkisi ham bir o'yinda qayd etildi. Yanada qizig'i har ikki 11 metrlik jarima to'pi ham aniq amalga oshirilganidir. “Mashal-2” – “Cementchi” bahsida qayd etilgan penaltilarni Maruf Toshev bilan Rahmatullo Meliboev aniq bajardi.

OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH

* Ushbu turda hakamlar jami 26 nafar o'yinchiga sariq kartochka ko'rsatdi.  
* Har bir bahsga o'rtacha 3,7tadan ogohlantirish demakdir.
* Mezbon jamoalarning 17ta futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatilgan.
* Qolgan 9ta sariq kartochka esa mehmonlar hisobiga yozildi.
* “Oq-tepa” bilan “Obod” turning eng tartibli jamoalaridan bo'lishdi. Etiborlisi ushbu jamoalarning birorta ham futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatilmagan.
* “Mashal-2” esa bu borada boshqalarni “ortda qoldirdi”. Muborakliklarning naqd 6 nafar o'yinchisi sariq kartochka bilan “siylandi”.
* 2ta qizil kartochka qayd etildi. Aziz Ibragimov (“Cementchi”) bilan Omonullo Mirzaev (“Xotira-79”) endi kamida keyingi turni o'tkazib yuborishga majbur.

HAKAMLAR QANDAY ISHLADI?
* 12-turda ishlagan bosh hakamlardan eng yuqori ballni Rustam Bobomurodov oldi. Oliy liga toifasidagi hakam ushbu turda “Nasaf-2” – “Oq-tepa” (0:5) bahsini boshqardi. Navoiylik referining xatti-harakatlarini nazoratchi Oleg Rubakov 8,8 ballga munosib deya baholadi.  
* “Xorazm” – “Yozyovon-Lochinlari” bahsida ishlagan Igor Gormashov va “G'ijduvon” -  “Xotira-79” uchrashuvini boshqargan Dauletboy Jalimov esa 8,1 ball olib, bu borada qolganlarga nisbatan eng past natijani qayd etdi.
* SHuningdek yon chiziq hakamlarining 8 balldan past bo'lmagan bho olganini ham takidlash joizdir.
 
Zomin – Paxtakor-2 – 1:0.
Hakamlar:
A. Rahimov (Andijon) – 8,4, F. Usmonov (Qarshi) – 8,6, Z. Eliboev (Qarshi) – 8,6, F. Dostonov - 9
Nazoratchi: A. Tambovcev (Toshkent).
 
Obod – UzDongJu – 3:2.
Hakamlar
: Z. Qodirov (Navoiy) – 8,5, O.Abduvasilov (Toshkent) – 8,6, S. SHoyusupov (Toshkent) – 8,6, A. Risqullaev - 9
Nazoratchi: A. Klepikov (Toshkent).
 
Xorazm – Yozyovon-Lochinlari – 0:0.
Hakamlar:
I. Garmashov (Toshkent) – 8,1, SH. Yuldashev (Guliston) – 8,0, D. Ubaydullaev (Guliston) – 8,2, A. Alimov - 8
Nazoratchi: E. Musaev (Samarqand).
 
Mashal-2 – Cementchi – 1:1.
Hakamlar:
V. Agishev (Toshkent) – 8,6, F. Do'smatov (Guliston) – 8,0, T. Suyunov (Guliston) – 8,3, N. Qosimov - 8
Nazoratchi: X. Muxtorov (Samarqand).

G'ijduvon – Xotira-79 – 5:0.
Hakamlar:
D. Jalimov (Nukus) – 8,1, N. Anfinogenov (Toshkent) – 8,1, SH. Fayziev (Jizzax) – 8,3, A. Lyapin - 8
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
 
Nasaf-2 – Oq-tepa – 0:5.
Hakamlar:
R. Bobomurodov (Navoiy) – 8,8, SH. Rahmatov (Buxoro) – 8,6, SH. Rajabov (Buxoro) – 8,6, A. Kalinin - 9
Nazoratchi: O. Rubakov (Toshkent).
 
Lokomotiv-BFK – NBU-Osiyo – 0:4.
Hakamlar
: A. Ergashev (Toshkent) – 8,2, D. Akmalov (Toshkent) – 8,0, S. Abdurahmonov (Toshkent) – 8,3, SH. Mirjalolov - 8
Nazoratchi: I. Rahimov (Andijon).



MUXLISLAR
* 12-turning 7ta o'yiniga jami 3266 nafar tomoshabin tashrif buyurdi.
* Har bir bahsga o'rtacha 466tadan muxlis demakdir.
* Eng ko'p ishqiboz Zominda qayd etildi. Darvoqe shu kuni Jizzax shahrida O'zbekiston Kubogi final o'yini – “Bunyodkor” – “Nasaf” bahsi o'tkazilgan bo'lsada, zominliklarning o'yiniga boshqalarga nisbatan eng ko'p muxlis tashrif buyurgani tahsinga loyiqdir.  
* Aksincha xolat esa yana poytaxtdagi o'yinlarda kuzatildi.

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?

Lokomotiv-BFK – NBU-Osiyo – 0:4. 53 tomoshabin.
Mashal-2 – Cementchi – 1:1. 53 tomoshabin.
Obod – UzDongJu – 3:2. 74 tomoshabin.
Nasaf-2 – Oq-tepa – 0:5. 78 tomoshabin.
Xorazm – Yozyovon-Lochinlari – 0:0. 321 tomoshabin.
G'ijduvon – Xotira-79 – 5:0. 831 tomoshabin.
Zomin – Paxtakor-2 – 1:0. 1856 tomoshabin.

TURNIR JADVALI


TO'PURARLAR
Alisher Azizov (“Obod”) – 21ta
SHoxruz Norxonov (“Obod”) – 20ta
Elyor Akbarov (“Cementchi”) – 19ta
Temur Hakimov (“Oq-tepa”) – 19ta
Doston Toshmatov (“Zomin”) – 17ta
Sanjar To'raqulov (“Obod”) – 16ta
Abdulaziz Yusupov (“Oq-tepa”) – 16ta


OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR

13-tur. 22 oktyabr (payshanba)
“UzDongJu” – “Zomin”
“Yozyovon-Lochinlari”  - “Obod”
“Cementchi” – “Xorazm”
“Xotira-79”  - “Mashal-2”
“Kosonsoy”  - “G'ijduvon”
“Oq-tepa” – ”Orol”
“NBU-Osiyo”  - “Nasaf-2”
23 oktyabr (juma)
“Paxtakor-2” – “Lokomotiv-BFK”

Islombek Rustambekov tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика