So’nggi yangiliklar

21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  0 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  2 21:06Париж-2024. Марокаш - Испания  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  2 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  1 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  1 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3 18:16Тимур Кападзе "Олимпик" бош мураббийлигидан кетди  8 17:54"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1 17:22"Олимпиадада атмосфера ўзгача. Ҳар хил спортчиларни кўрасиз, улардан кўп нарсани ўрганса бўлади" — Абдурауф Бўриев  0 16:57Скамакка "Реал"га қарши Суперкубок учрашувини ўтказиб юборади  2 16:30"Реал" бош мураббийи Кепани қайтармоқчи  2

Birinchi liga. 11-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga. 11-tur statistikasi

Teglar :  Birinchi liga11-tur
9-10 oktyabr kunlari birinchi liganing ikkinchi bosqich, 11-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Odatga ko'ra poyoniga etgan o'yinlarning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.

MEHMON JAMOALAR HAM QARAB O'TIRMADI YOXUD “OROL” O'Z MUXLISLARIGA QUVONCH ULASHDI
Ushbu turda 8ta o'yin bo'lib o'tdi. Etiborlisi birorta bahsda ham durang natijasi qayd etilmadi. 4ta uchrashuvda mezbonlar g'olib chiqqan bo'lsa, yana shuncha o'yinda mehmonlarga omad kulib boqqan. Oxirgi vaqtlarda birinchi liga haqida gap borganida ko'pchilik “Orol”ning bugungi xolatiga achinayotgani bor gap. Ammo nukuslik futbolchilar imkon qadar garchi sharoitlar yo'q bo'lsada har bir bahsga so'nggi jangga chiqqandek tushayotgani ayni haqiqatdir. SHu bois bo'lsa kerak Nematulla Qutiboev shogirdlari mazkur turda Namanganda “Xotira-79”ni taslim etib qaytdi.

SHuningdek safarda muvaffaqiyat qozongan jamoalar haqida gap ketganida “Zomin”ni ham etibordan chetda qoldirmaslik joizdir. Boisi Asqar Umarov boshqaruvidagi jamoa ushbu turda “NBU-Osiyo”ni o'z maydonida mag'lub etdi.

“Nasaf-2” jamoasi uchun ham ushbu tur omadli yakunlandi. Nurali Sultonov shogirdlari “Kosonsoy” maydoniga safar uyushtirib, ishonchli g'alabaga erishdi. “UzDongJu” esa o'z uyida principial raqibi “Xorazm”ni qabul qildi va muhim g'alabaga erishdi. Etiborlisi ushbu qo'lga kiritilgan uch ochkodan so'ng “bo'yoqchilar”ning elita yo'llanmasi uchun kurashga bo'lgan imkoniyatini biroz bo'lsada oshirdi.

Xotira-79 – Orol – 2:3.
NBU-Osiyo – Zomin – 1:3.
Oq-tepa  – Lokomotiv-BFK  – 4:0.
UzDongJu – Xorazm – 5:2.
Paxtakor-2 – Obod – 1:3.
Kosonsoy  – Nasaf-2  – 1:2.
Yozyovon-Lochinlari – Mashal-2 – 4:2.
Cementchi – G'ijduvon – 2:0.

GOLLAR

* 11-turning 8ta o'yinida jami 35ta gol qayd etildi.
* Har bir bahsga o'rtacha 4tadan gol demadir.
* Mezbon jamoalar kiritgan to'plar soni 20tani tashkil etdi.
* Qolgan 15ta gol esa mehmonlar hisobiga yozilgan.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 15ta gol kiritildi.
* Ikkinchi bo'limdagi gollar soni esa 20ta bo'ldi.
* Turning eng tezkor goli 3-daqiqada yuz berdi. Aniqrog'i “Xotira-79” – “Orol” bahsida Murot Abdumurotov mezbonlar darvozasiga to'p kiritib hisobni ochdi.
* Eng so'nggi daqiqada kiritilgan gol esa 90+3-daqiqaga to'g'ri keladi. Ildar Magdeev (“Oq-tepa”) bilan Zohid Ismoilov (“Yozyovon-Lochinlari”) aynan ushbu soniyalarda to'p kiritdi.
* Ushbu turda 6 nafar futbolchi dubl qayd etdi.
Muhammadyusuf Abdumajidov, Salohiddin Salohiddinov (“UzDongJu”), Elyor Akbarov (“Cementchi”), Sohib Abdullaev (“Xotira-79”), SHarif Mirzaev (“Yozyovon-Lochinlari”) hamda SHoxruz Norxonov (“Obod”) mazkur turda o'z hisobiga ikkitadan gol yozdirib qo'ygan futbolchilar bo'ldi.
* SHuningdek 11-turda xet-trik ham kuzatildi. Ildar Magdeev (“Oq-tepa”) jamoasining “Lokomotiv-BFK”ga qarshi o'tkazgan o'yinida raqib darvozasiga 3 bor yo'l topa oldi.
* 3ta penalti belgilandi. SHundan 2tasi aniq amalga oshirilgan. Marks Quramboev (“Xorazm”) bilan Muzaffar Umurzoqov (“NBU-Osiyo”) 11 metrlik nuqtadan adashmadi. Temur Hakimov (“Oq-tepa”) hamon bu borada xatolikka yo'l qo'ymoqda.

OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
* 35ta sariq kartochka qayd etildi.
* Har bir o'yinga o'rtacha 4tadan ogohlantirish demakdir.
* Mezbon jamoalardan 18 nafar futbolchi ogohlantirildi.
* Mehmonlardan esa 17ta o'yinchiga sariq kartochka ko'rsatilgan.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 16 nafar futbolchi sariq kartochka bilan ”siylandi”.
* Qolgan 19ta sariq kartochka esa ikkinchi bo'limda qayd etildi.
* “Yozyovon-Lochinlari” bilan “Orol” jamoalari turning eng intizomli jamoalaridan bo'lishdi. Boisi ularning birorta ham futbolchisi ushbu turda sariq kartochka olmagan.
* “G'ijduvon” bilan “Xotira-79” futbolchilari esa 4tadan sariq kartochka olib, bu borada boshqalarni “ortda” qoldirdi.
* Turning eng tartibsiz va qo'polliklarga boy tarzda kechgan o'yini: “Cementchi” – “G'ijduvon” uchrashuvi bo'ldi. Bosh hakam Dilshod Karimov shu kuni mezbonlarning 3 nafar, mehmon jamoaning esa 4ta o'yinchisini sariq kartochka bilan jazoladi. SHuningdek mehmon o'yinchiga qizil kartochka ham ko'rsatishga majbur bo'ldi.
* 3ta qizil kartochka ham kuzatildi. Etiborlisi ushbu turda “Xotira-79”ning ikki nafar o'yinchisi – Rahmon O'rinov bilan SHuhrat Hamidov bosh hakam Temur To'xtasinovdan ikkinchi sariq kartochkani qabul qilib maydonni barvaqt tark etishga majbur bo'ldi. SHuningdek “G'ijduvon” azosi Jamshid Yarashev ham jamoasining “Cementchi”ga qarshi o'tkazgan o'yinida ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni sheriklaridan ilgariroq tark etdi. Endi ushbu futbolchilar kamida navbatdagi bahsni o'tkazib yuboradi.
 
ENG YUQORI BALL TO'YCHIBOEVDA. RAHIMOVDA ESA AKSINCHA?
* Ushbu turdagi o'yinlarda ishlagan bosh hakamlarning olgan ballariga etibor qaratamiz.  
* Toshkentlik Olim To'ychiboev boshqa referilarga nisbatan eng yuqori ballni oldi. “NBU-Osiyo” – “Zomin” bahsini boshqargan hakamga nazoratchi Erkin Oripov 8,4 ball qo'ydi.
* Aksincha vaziyat esa Akmal Rahimovda kuzatildi. Andijonlik hakam 11-turda “Kosonsoy” – “Nasaf-2” bahsini boshqarib bordi. Uchrashuv nazoratchisi Marat Ismoilov uning hatti-xarakatlarini 7,4 ballga munosib deya baholadi. Etiborlisi Rahimovning qanotdagi yordamchilari ham 7,1 va 7,6 ball olgan.
 
UzDongJu – Xorazm – 5:2.
Hakamlar
: J. Muxtorov (Toshkent) – 8,1, E. Tursunov (Namangan) – 8,1, O. Umarov (Toshkent viloyati) – 8,0, B. Ro'zimatov - 8
Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent).

Yozyovon-Lochinlari – Mashal-2 – 4:2.
Hakamlar:
A. Risqullaev (Toshkent) – 8,3, X. O'rolov (Toshkent viloyati) – 8,1, S. Ulfatov (Toshkent viloyati) – 8,1, K. Akobirov - 8
Nazoratchi: B. Tog'aev (Toshkent).

Cementchi – G'ijduvon – 2:0.
Hakamlar:
D. Karimov (Toshkent) – 8,1, S. Eremeev (Toshkent) – 8,2, F. Yarmuxamedov (Toshkent) – 8,3, S. Rahmonov - 8
Nazoratchi: I. Rahimov (Andijon).

Xotira-79 – Orol – 2:3.
Hakamlar:
T. To'xtasinov (Andijon) – 8,3, A. Marajabov (Andijon) – 8,8, Z. Abdurahmonov (Andijon) – 8,1, A. Rajabboev - 9
Nazoratchi: S. Zaylobidinov (Farg'ona).

Kosonsoy  – Nasaf-2  – 1:2.
Hakamlar:
A. Rahimov (Andijon) – 7,4, R. Tolibjonov (Farg'ona) – 7,1, SH. Azamov (Farg'ona) – 7,6, A. Jabborov - 8
Nazoratchi: M. Ismoilov (Toshkent).

Oq-tepa  – Lokomotiv-BFK  – 4:0.
Hakamlar:
R. Lutfulin (Toshkent) – 8,2, SH. Fayziev (Djizax) - 8,2, K. Abduraimov (Jizzax) – 8,0, D. Saylalov - 8
Nazoratchi: M. SHaripov (Buxoro).

NBU-Osiyo – Zomin – 1:3.
Hakamlar:
O. Tuychiboev (Toshkent) – 8,4, SH. Mirjalolov (Toshkent) – 8,2, Z. Erkinov (Toshkent) – 8,2, A. Najafaliev - 9
Nazoratchi: E. Oripov (Farg'ona).

Paxtakor-2 – Obod – 1:3.
Hakamlar:
I. Xudaydatov (Toshkent) – 8,2, I. Abdulakov (Toshkent viloyati) – 8,4, I. Zoitov (Toshkent viloyati) – 8,5, A. Najafaliev - 9
Nazoratchi: E. Musaev (Samarqand).

MUXLISLAR
* 11-turning jami 8ta o'yiniga hammasi bo'lib 5985ta ishqiboz tashrif buyurgan.
* Har bir bahsga o'rtacha 748 nafar tomoshabin demakdir.
* Eng kam muxlis tashrifi “Xotira-79” – “Orol” bahsida kuzatildi. Uychilik muxlislar soni shu kuni 58 nafarni tashkil etdi xolos.
* Quvasoyliklar esa bu borada mazkur yil barchani ortda qoldiradigan ko'rinadi. “Cementchi”ning birinchi ligaga qaytishini intiqlik bilan kutgan ishqibozlar ko'p ekanligini uning uy uchrashuvlariga tashrif buyurayotgan tomoshabinlar sonidan ham bilishi mumkin.

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
Xotira-79 – Orol – 2:3. 58 tomoshabin.
NBU-Osiyo – Zomin – 1:3. 114 tomoshabin.
Oq-tepa  – Lokomotiv-BFK  – 4:0. 126 tomoshabin.
UzDongJu – Xorazm – 5:2. 175 tomoshabin.
Paxtakor-2 – Obod – 1:3. 215 tomoshabin.
Kosonsoy  – Nasaf-2  – 1:2. 1137 tomoshabin.
Yozyovon-Lochinlari – Mashal-2 – 4:2. 1455 tomoshabin.
Cementchi – G'ijduvon – 2:0. 2705 tomoshabin.



TO'PURARLAR:
To'purarlar poygasida ham intriga yuza kelgan. Aslida bu ham yaxshi. Hujumchilarning o'sishiga xizmat qiladi. Hozircha to'purarlar ro'yxatini boshqarib turgan Alisher Azizov birinchilikni o'zida saqlab qoladimi? Bizningcha unga bu borada oson bo'lmaydi. Boisi Elyor Akbarov va SHoxruz Norxonovning ishtahasi ochilib qolgan ko'rinadi. Qolaversa Doston Toshmatov bilan Temur Hakimovni ham unutmaslik lozim. Ko'ramiz bu borada kimning omadi choparkin.

Alisher Azizov (“Obod”) – 20ta
Elyor Akbarov (“Cementchi”) – 19ta
SHoxruz Norxonov (“Obod”) – 19ta
Temur Hakimov (“Oq-tepa”) – 18ta
Doston Toshmatov (“Zomin”) – 17ta
Davron Isoqov (“Kosonsoy”/ “Navbahor”) – 15ta
Sanjar To'raqulov (“Obod”) – 15ta


TURNIR JADVALI



OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR

12-tur. 17 oktyabr (shanba)
“Zomin” – “Paxtakor-2”
“Obod” – “UzDongJu”
”Xorazm” – “Yozyovon-Lochinlari”
“Mashal-2” – “Cementchi”
“G'ijduvon”  - “Xotira-79”
“Orol”  - “Kosonsoy”
“Nasaf-2” – “Oq-tepa”
“Lokomotiv-BFK” - “NBU-Osiyo“

Islombek Rustambekov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика