Birinchi liga. 11-tur statistikasi
08 okt 2014 10:30
Yangiliklar

Birinchi liga. 11-tur statistikasi
5-6 oktyabr kunlari ikkinchi bosqichning 11-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Odatdagidek bo'lib o'tgan uchrashuvlarning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.
URGANCHDA 2 DAQIQA ICHIDA 2TA GOL URILDI!
Turning rejadagidek 8ta o'yini bo'lib o'tdi. Huddi olding turda bo'lgani kabi bu safar ham, 4ta mehmon jamoa safardan g'alaba bilan qaytdi. Faqat bu galgi turda 1ta durang va 3ta o'yin mezbonlar foydasiga hal bo'ldi.
Furqat O'rolov boshqaruvidagi “G'allakor-Avtomobilchi” hamon muxlislarini ajablantirishda davom etmoqda. Jamoa ikkinchi bosqich bahslarida hanuzgacha g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda. G'allaorolliklar bu safar “Istiqlol”ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
O'z maydonida “Paxtakor-2”ni qabul qilgan “Zomin” ikki gol evaziga g'alabani rasmiylashtirdi.
Turning markaziy uchrashuvlaridan biri Nukusda kechdi. Unda muxlislar “Orol” – “UzDongJu” bahsiga guvoh bo'ldi. O'yindan oldin maydon egalarining g'alabaga bo'lgan imkoniyatini yuqori baholagandik. Lekin andijonliklar tahminlarni yo'qqa chiqardi. Fehruz Salohiddinov 69-daqiqada belgilangan penaltidan unumli foydalanib qoldi. SHu tariqa Nozim Mullaoxunov shogirdlari safarda muhim uch ochkoni qo'lga kiritdi.
Urganchliklar hamon o'z o'yinini topib olmagan ko'rinadi. Bu safar jamoa so'nggi daqiqada tayyor g'alabani qo'ldan chiqardi. Vali Sultonov shogirdlari avvaliga 90+2-daqiqada hisobni ochib, keyin oradan 1daqiqa o'tgach (!) “Xotira-79” javob to'pini kiritdi. SHu tariqa tomonlar yakunda durangga imzo chekdi.
“Mashal-2” esa “Oq-tepa”ni qabul qilib, garchi birinchi bo'lib hisobni ochgan bo'lsada, keyinchalik o'z darvozasidan ikkita to'p olib chiqishga majbur bo'ldi.
Turnir peshqadami “SHo'rtan” Toshkentning “NBU-Osiyo” jamoasini qabul qilgan xolda, javobsiz uchta to'p kiritgan xolda, yirik hisobda g'alaba qozondi. Bu bilan Muxtor Qurbonov jamoasi oliy liga sari yana bir qadam tashladi.
Turning qolgan ikki o'yini 6 oktyabr kuni bo'lib o'tdi. Kosonning “Alanga” jamoasi bu yilgi mavsum kashfiyoti “Obod”ni qabul qildi. Uchrashuvda birinchi bo'lib maydon egalari hisobni ochishgan bo'lsada, keyinchalik toshkentliklar 4 marotaba to'p kiritib, safardan g'alaba bilan qaytdi.
Oliy ligaga chiqishi turdan-turga oydinlashib borayotgan “Qo'qon-1912” bu safar Samarqandda “SHerdor” mexmoni bo'ldi. Uchrashuvning 4-daqiqasidan boshlab, maydonda 10 kishi bo'lib qolgan “SHerdor” o'z darvozasidan birinchi bo'limda 2ta bahsning ikkinchi taymida esa yana 3ta to'p o'tkazib yuborib, yirik hisobda mag'lub bo'ldi.
5 oktyabr (yakshanba)
“G'allakor-Avtomobilchi” – “Istiqlol” 0:2.
“Zomin” – “Paxtakor-2” 2:0.
“Orol” – “UzDongJu” 0:1.
“Xorazm” – “Xotira-79” 1:1.
“Mashal-2” – “Oq-tepa” 1:2.
“SHo'rtan” – “NBU-Osiyo” 3:0.
6 oktyabr (dushanba)
“Alanga” – “Obod 1:4.
“SHerdor” – “Qo'qon-1912” 0:5.
GOLLAR
* Mazkur turda jami 23ta gol qayd etildi.
* Har bir bahsga o'rtacha 2,87tadan gol demakdir.
* Mezbon jamoalar 8 bor darvozani ishg'ol etishgan.
* Mehmonlarga esa bu borada 15 marta omad kulib boqqan.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida kiritilgan gollar soni 11tani tashkil etdi.
* Ikkinchi taymda esa yana 12 marta gol qayd etildi.
* Turning eng tezkor goli 3-daqiqada kiritilgan. “SHo'rtan” hujumchi Viktor Klishin “NBU-Osiyo”ga qarshi kechgan bahsda birinchi bo'lib hisobni ochishga erishdi.
* Aksincha turning enggi goli 90+3-daqiqada urilgan. Unga “Xotira-79” o'yinchisi Abdulaziz Yusupov mualliflik qilgan. Etiborlisi uning goli jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qolgan.
* Mazkur turda eng ko'p gol urgan jamoa “Qo'qon-1912” bo'ldi, 5ta!
* “SHerdor” esa aksincha, o'z darvozasidan eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan jamoa bo'ldi.
* “Istiqlol”, “Zomin”, “UzDongJu”, “SHo'rtan” va “Qo'qon-1912” o'z darvozasidan to'p o'tkazib yubormagan jamoalar bo'ldi.
* 3ta dubl. Viktor Klishin (“SHo'rtan”), Doniyor Hasanov (“Obod”) hamda Otabek Haydarov (“Qo'qon-1912”) ushbu turda o'z hisobiga ikkitadan gol yozdirib qo'yishga erishdi.
* 4ta penalti. SHundan 3tasi aniq amalga oshirilgan. Bu borada Fehruz Salohiddinov (“UzDongJu”), Viktor Klishin (“SHo'rtan”), Zokir Mirzaahmedov (“Oq-tepa”)ga omad kulib boqqan. “SHerdor” sardori Mirkomil Loqaev esa bundan unumli foydalana bilmagan.
OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
* 11-tur o'yinlarida hakamlar tomonidan o'yinchilarga 39ta sariq kartochka ko'rsatildi.
* Bu har bir uchrashuvga 4,87dan ogohlantirish demakdir.
* Mezbon jamoa futbolchilari 24 marotaba ogohlantirilgani qayd etilgan.
* Mehmonlardan esa 15ta o'yinchiga sariq kartochka ko'rsatilgan.
* Bundan ko'rinib turibdiki, 11-turda ko'proq mezbon jamoalar keskin o'yin namoyish etgan.
* Birinchi bo'limda ko'rsatilgan sariq kartochkalar soni 19tani tashkil etdi.
* Ikkinchi taymda esa yana 20ta futbolchi ogohlantirilgan.
* “Zomin” – “Paxtakor-2” bahsi 11-turning qo'polliklarga boy tarzda kechgan o'yini sifatida tarixda qoladigan bo'ldi. Boisi mazkur uchrashuvda hakam jami 7ta nafar o'yinchini sariq kartochka bilan ogohlantirib, 2ta futbolchini maydondan chetlatgan.
* Ushbu turda eng ko'p sariq kartochka olgan jamoalar “G'allakor-A” bilan “Zomin” bo'ldi, 5tadan.
* “Qo'qon-1912” esa aksincha, bu borada boshqa jamoalarga namuna bo'ldi. Qo'qonliklarning birorta ham o'yinchisi sariq kartochka olmadi.
* Mazkur turda 5ta o'yinchiga qizil qartokchka ko'rsatildi.
Bekzod Rahimov (“Zomin”)
Marat Qudratov (“Oq-tepa”)
Nodir Yo'ldoshev (“Paxtakor-2”)
Javohir Ashurov (“Alanga”)
Ubaydullo Nabiev (“SHerdor”)
* Mazkur futbolchilar diskvalifikaciya tufayli navbatdagi turda jamoasiga yordam bera olishmaydi.
MUXLISLAR
* 11-turning 8ta o'yiniga jami 5978 nafar muxlis tashrif buyurgan.
* Har bir bahsga o'rtacha 747tadan tomoshabin demakdir.
* Eng ko'p muxlis bu turda G'uzordagi o'yinda kuzatildi.
* Aksincha “SHerdor” bu borada maqtana olmaydi.
Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
G'allakor-Avtomobilchi – Istiqlol – 0:2. 125 tomoshabin.
Zomin – Paxtakor-2 – 2:0. 855 tomoshabin.
Orol – UzDongJu – 0:1. 2112 tomoshabin.
Xorazm – Xotira-79 – 1:1. 437 tomoshabin.
Mashal-2 – Oq-tepa – 1:2. 129 tomoshabin.
SHo'rtan – NBU-Osiyo – 3:0. 2118 tomoshabin.
Alanga – Obod – 1:4. 107 tomoshabin.
SHerdor – Qo'qon-1912 – 0:5. 95 tomoshabin.
OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR
12-tur. 8 oktyabr (chorshanba)
“Zomin” – “Istiqlol”
“G'allakor-Avtomobilchi” – “Paxtakor-2”
“Xorazm” – “UzDongJu”
“Orol” – “Xotira-79”
“SHo'rtan” – “Oq-tepa”
“Mashal-2” – “NBU-Osiyo”
9 oktyabr (payshanba)
“SHerdor” – “Obod”
“Alanga” – “Qo'qon-1912”
Islombek Rustambekov tayyorladi.

# | Jamoa | O' | YU | D | M | UG - O'G | T-N | Ochk |
1 | SHo'rtan | 25 | 22 | 1 | 2 | 79 - 14 | 65 | 67 |
2 | Qo'qon-1912 | 25 | 19 | 2 | 4 | 64 - 23 | 41 | 59 |
3 | Oq-tepa | 25 | 16 | 4 | 5 | 57 - 33 | 24 | 52 |
4 | Obod | 25 | 16 | 2 | 7 | 52 - 30 | 22 | 50 |
5 | UzDongJu | 25 | 13 | 1 | 11 | 36 - 33 | 3 | 40 |
6 | NBU-Osiyo | 25 | 11 | 4 | 10 | 44 - 38 | 6 | 37 |
7 | Mashal-2 | 25 | 11 | 3 | 11 | 24 - 37 | -13 | 36 |
8 | Zomin | 25 | 9 | 6 | 10 | 33 - 35 | -2 | 33 |
9 | Xorazm | 25 | 8 | 8 | 9 | 32 - 36 | -4 | 32 |
10 | Orol | 25 | 9 | 4 | 12 | 27 - 27 | 0 | 31 |
11 | Paxtakor-2 | 25 | 9 | 4 | 12 | 41 - 51 | -10 | 31 |
12 | Alanga | 25 | 8 | 4 | 13 | 31 - 45 | -14 | 28 |
13 | Istiqlol | 25 | 8 | 1 | 16 | 49 - 59 | -10 | 25 |
14 | SHerdor | 25 | 6 | 5 | 14 | 15 - 51 | -36 | 23 |
15 | Xotira-79 | 25 | 5 | 6 | 14 | 32 - 50 | -18 | 21 |
16 | G'allakor Avtomobilchi | 25 | 1 | 3 | 21 | 26 - 80 | -54 | 6 |
OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR
12-tur. 8 oktyabr (chorshanba)
“Zomin” – “Istiqlol”
“G'allakor-Avtomobilchi” – “Paxtakor-2”
“Xorazm” – “UzDongJu”
“Orol” – “Xotira-79”
“SHo'rtan” – “Oq-tepa”
“Mashal-2” – “NBU-Osiyo”
9 oktyabr (payshanba)
“SHerdor” – “Obod”
“Alanga” – “Qo'qon-1912”
Islombek Rustambekov tayyorladi.

Fikrlar