So’nggi yangiliklar

02:47Португалия — УЕФА Миллатлар лигаси соҳиби! Португаллар финалда испанларни пенальтилар серияси орқали мағлуб этишди  139 00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1 00:25"Манчестер Сити"нинг 70 млн евролик бўлажак трансфери тиббий кўрикдан ўтди  2 23:50Жоб Беллингемнинг янги клуби маълум  0 23:22"Байер" Вирцни 140 млн евро эвазига "Ливерпуль"га сотадими?  2 22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  6 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  43 22:10Ўзбекистон кубоги. "Динамо" 1/8 финалнинг илк ўйинида "Лочин"ни тор-мор этди  12 21:43Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  11 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  16 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  13 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  29 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  5

Birinchi liga. 11-tur oldidan nima deysiz? Yangiliklar

Birinchi liga. 11-tur oldidan nima deysiz?

Bugun birinchi liganing ikkinchi bosqich, 11-tur o'yinlariga start beriladi. Bo'lajak uchrashuvlar oldidan taxminlaringiz qanday?
Sensaciya ko'ramizmi? Kimning imkoniyatini yuqori ko'rmoqdsiz?

Quyida shaxsiy fikrlarim bilan o'rtoqlashaman.

5 oktyabr (yakshanba)
“G'allakor-Avtomobilchi” – “Istiqlol”. 50x50.

Mezbonlarda ikkinchi bosqichdagi ilk g'alabasini tantana qilish uchun juda yaxshi imkoniyat mavjud. G'allaorolliklar muxlislar haqqi-hurmati uchun ham bugun yutmasa bo'lmaydi. Lekin “Istiqlol” ham safardan ochko bilan qaytishga urinadi. Imkoniyatlarni esa teng baholagan bo'lardik.

“Zomin” – “Paxtakor-2”. 70x30.
Zominliklarning g'alabaga bo'lgan imkoniyati yuqoriroq ko'rinmoqda. Sababi bu jamoa o'z maydonida osonlikcha raqibiga ochko ulashadiganlardan emas. Oxirgi turlardagi mag'lubiyatlardan keyin “Zomin” futbolchilari kerakli xulosa chiqarib olgan bo'lsa kerak. Ammo “Paxtakor-2” ham jiddiy kurashadi. Baribir mezbonlar yutsa kerak degan tahminda qolamiz.
 
“Orol” – “UzDongJu”. 70x30.

SHaxsan o'zim bu ikki jamoaning Andijonda o'tgan o'yiniga guvoh bo'lgandim. Nukusliklar yomon taassurot qoldirmagan. So'nggi daqiqalarda kiritilgan gol, yakunda “UzDongJu”ga g'alaba keltirgandi. Menimcha bugun “Orol” yutadi. O'z uyingda devorlar ham yordam beradi degan ibora bor. Bugun aynan nukusliklar mahalliy muxlislarning qo'llab-quvvatlashi natijasida g'alaba qozonsa kerak deb o'ylayman.

“Xorazm” – “Xotira-79”. 60x40.
Mazkur uchrashuvdan har qanday natija kutish mumkin. Urganchliklar o'tgan turda safarda g'alaba qozongan. Kayfiyat ham shunga yarasha yaxshi deyish mumkin. “Xotira-79” esa ikkinchi bosqichda o'zgardi, qoldi. Lekin uychiliklar bugun Urganchda ochko jamg'arish uchun o'ynashi tabiiy. Kutilmagan bitta gol, o'yin taqdirini hal etib qo'yish mumkin.  

“Mashal-2” – “Oq-tepa”. 50x50.
Muborakliklarning o'yini yomon emas. Yoshlar nisbatan tajribali bo'lgan raqiblariga qarshi kechayotgan bahslarda cho'chimayapti. Bugun “Mashal-2”ni o'ziga xos imtihon kutib turibdi desak mubolag'a bo'lmas. “Oq-tepa”ga ham oson bo'lmaydi. Har ikki jamoaning haqiqiy kuchini bugungi o'yin ko'rsatib bersa ajab emas.

“SHo'rtan” – “NBU-Osiyo” 70x30.
G'uzorliklar ustozi Muxtor Qurbonov bugun sobiq jamoasiga qarshi o'yinchilarini puxta tayyorlagan bo'lishi kerak. Mazkur uchrashuvda “SHo'rtan”ning g'alabaga bo'lgan imkoniyatini yuqori baholagan bo'lsamda, lekin “NBU-Osiyo”dan sensaciya qayd etishini ham kutyapman. Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin.

6 oktyabr (dushanba)
“Alanga” – “Obod. 50x50.

Dushanba kuni turning yana ikki o'yini bo'lib o'tadi. “Alanga” – “Obod” bahs turning markaziy uchrashuvidir. Qiziqarli o'yin bo'ladi. Jamoalarning g'alabaga bo'lgan imkoniyati ham bir xil. Qolganini o'yin ko'rsatadi.

“SHerdor” – “Qo'qon-1912”. 40x60.
Maydon egalari garchi bor kuchi bilan harakat qilib jiddiy kurashsada, qo'qonliklarning g'alabaga bo'lgan imkoniyati baribir yuqori. CHunki tarkib va umuman bugungi tayyorgarlik borasida olib qaraydigan bo'lsak, Rustam Abdullaev boshqaruvidagi “Qo'qon-1912” kuchli. Qolaversa oliy ligaga chiqish uchun kurashayotgan jamoaning xoh uyda bo'lsin, xoh
safarda ochko yo'qotishga haqqi yo'q.

Bu mening shaxsiy taxminlarim edi. Qolganini o'yin ko'rsatib beradi. Agarda taxminlarimiz qaysidir klub rasmiylarini qoniqtirmagan bo'lsa, oldindan uzur so'raymiz va barcha jamoaga omad tilab qolamiz. Salomat bo'ling!

Islombek Rustambekov.
 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика