So’nggi yangiliklar

01:16Моуринью бошчилигидаги "Фенербаҳче" ЕЧЛ саралашидан чиқиб кетди  4 01:05"Манчестер Юнайтед" расман Нуссаир Мазрауи трансферини эълон қилди  1 00:44Расман: Маттейс де Лигт – "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  5 00:25Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Анголага йирик ҳисобда ютқазди  6 23:58Анчелотти Винисиусга берилган миллиард евролик таклиф ҳақида гапирди  2 23:30Элит лига гуруҳ босқичининг сўнгги иштирокчиси ҳам аниқланди!  6 23:06Футзал. ЖЧ-2012. Илк ўзбек ҳаками, кетма-кет иккинчи марта финалга чиққан Ўзбекистон мураббийи, фалаж ҳолатда қаҳрамонга айланган Фалькао ва либосидаги юлдузлардан маҳрум этилган Бразилия ҳақида ҳикоя қиламиз  0 22:14Қизлар ўртасидаги ЎФА U-17 чемпионатида 29:0 ҳисоби қайд этилди  6 21:51Яна 9 йил? "Челси" асосий футболчиси билан 2033 йилга қадар келишув имзолайди  0 21:26"Ювентус" асосий дарвозабони билан шартномани бекор қиладими?  0 20:55"Навбаҳор", "Локомотив" ва "Металлург"нинг ғалабасиз серияси қачон тугайди? — Суперлиганинг 15-тури ҳақида  4 20:44Расман: "Барса" Араухони АПЛ клубига сотди  5 20:21"Челси" португалиялик "омадсиз" учун 65 млн евро таклиф қилди  2 19:46Расман: "Боруссия Дортмунд" Максимилиан Байер билан шартнома имзолади  1 19:24Луис Диас "Манчестер Сити" билан беш йиллик шартнома борасида келишиб қўйди  2

Birinchi liga. 1-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga. 1-tur statistikasi

Teglar :  Birinchi liga1-tur
3 aprel kuni mamlakatimizda birinchi liga o'yinlari start oldi. Xabaringiz bo'lsa kerak, bu safar liga tizimi o'zgardi.

Yani endilikda 18ta jamoa g'oliblik uchun bir frontda kurash olib boradi. Huddi oliy ligadagi kabi. Odatga ko'ra, yakuniga etgan turning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.

“DINAMO” MAVSUMNI MAG'LUBIYAT BILAN BOSHLADI YOXUD “ZOMIN” ESA SAFARDA G'ALABA QOZONGAN YAGONA JAMOA
* Birinchi turda jami 8ta o'yin bo'lib o'tdi.
* Mezbon jamoalardan 5tasi o'z uyida zafar quchgan.
* Ikki uchrashuvda durang qayd etilgan.
* Safardan g'alaba bilan qaytgan jamoa esa birgina “Zomin” bo'ldi.
* O'tgan mavsum omadsizi Samarqandning “Dinamo” jamoasi chempionatni mag'lubiyat bilan boshladi. Tabiiyki bundan jamoa muxlislari norozi. Quvasoyda “Cementchi” jamoasi mehmoni bo'lgan Ilhom SHaripov shogirdlari o'z darvozasidan javobsiz 2ta gol o'tkazib yuborib, qimmatli ochkolarni boy berdi.
* “Xorazm” – “Paxtakor-2” uchrashuvi belgilangan vaqtdan biroz kech boshlandi. Sababi toshkentliklar belgilangan vaqtga etib kela olmagan. Urganchda chempionatning ochilish o'yini bo'lgani tufayli viloyat hokimi ham tashrif buyurgani tufayli o'yin kechroq bo'lsada, o'tkazilgan.
* Ushbu turda yirik hisobda g'alaba qozongan yagona jamoa “UzDongJu” bo'ldi. Andijonliklar o'z maydonida “Mashal-2”ni qabul qilib, naqd 3ta to'p kiritdi. SHuningdek ular o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolishni ham uddaladi.
* Liga debyutanti bo'lmish Haqqulobodning “Norin” jamoasi o'z uyida “Nasaf-2”ni qabul qilgan xolda, 2:0 hisobid g'alabaga erishdi. Bu bilan murabbiy Ravshan Bozorovning yangi jamoadagi debyuti omadli chiqdi.
* Temur Turdiev boshqaruviga o'tgan Nukusning “Orol” jamoasi esa o'z uyida arang durang qayd etdi. Avvaliga “bankirlar” hisobida oldinda borayotgan edi. Ikkinchi taymda esa mezbonlar javob to'pini kiritdi.  
* Har yili etakchilar qatorida yuradigan “Zomin” bu yilgi chempionatni safarda boshlab, ilk turdanoq maqsadi jiddiy ekanligini isbotladi. Yozyovonga safar uyushtirib, 3:1 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.

Nurafshon (Buxoro) – Kosonsoy (Kosonsoy) – 1:0.
G'ijduvon (G'ijduvon) – Xotira-79 (Uychi) – 0:0.
Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) – Zomin (Zomin) – 1:3.
Cementchi (Quvasoy) – Dinamo (Samarqand) – 2:0.
UzDongJu (Andijon) – Mashal-2 (Muborak) – 3:0.
Norin (Xakkulobod) – Nasaf-2 (Qarshi) – 2:0.
Orol (Nukus) – NBU-Osiyo (Toshkent) – 1:1.
Xorazm (Urganch) – Paxtakor-2 (Toshkent) – 1:0.

GOLLAR
*Ortda qolgan turning 8ta o'yinida jami 15ta gol qayd etildi.
* Har bir uchrashuvga o'rtacha 1,875 tadan gol demakdir.
* Mezbon jamoalar tomonidan kiritilgan gollari soni 11ta bo'ldi.
* Qolgan 4ta gol mehmonlar hisobiga yozildi.
* Birinchi bo'limda kiritilgan gollari soni 4ta.
* Ikkinchi bo'limda esa sermahsullik ortdi. Boisi yana 11ta gol qayd etildi.
* Turning eng tezkori goli 13-daqiqada sodir bo'ldi. “Xorazm” o'yinchisi Temur Ismoilov ushbu soniyada “Paxtakor-2” darvozasini nishonga olib, hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Etiborlisi uning ushbu kiritgan goli uchrashuvda yagonaligacha qoldi.
* Aksincha turning eng so'nggi daqiqada kiritilgan goli 90+3-daqiqaga to'g'ri keldi. “Nurafshon” futbolchisi Bahrom Narzullaev o'yinning so'nggi soniyalari o'tib borayotganida g'alaba keltiruvchi gol muallifi bo'ldi. Ahamiyatlisi uning ushbu kiritgan to'p “Kosonsoy”ni yakunda bir ochkodan mahrum etdi.
* Eng ko'p to'p kiritgan jamoa “UzDongJu” bilan “Zomin” bo'ldi. 3tadan gol!
* O'z darvozasidan nisbatan eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan jamoalar esa – “Mashal-2” va “Yozyovon-Lochinlari” bo'ldi.
* “Xorazm”, “UzDongJu”, “Norin”, “Nurafshon”, “Cementchi”, “G'ijduvon” hamda “Xotira-79” jamoalari ushbu turda o'z darvozalari dahlsizligini saqlab qoldi.
* Ushbu turda avtogol qayd etilganini ham aytish lozim. “Yozyovon-Lochinlari” himoyachisi Jahongir Usubjonov “Zomin”ga qarshi bahsda kutilmaganda o'z darvozasiga to'p kiritib yuborgan.
* 1-turda atiga bir nafar futbolchi ikkita to'p kiritgan. Birinchi liga toifasidagi tajribali hujumchilardan biri bo'lgan Abdurazzoq Jo'raev bu yilgi mavsumni "Cementchi" tarkibida o'tkazmoqda. Namanganlik futbolchi "Dinamo" bilan o'tgan uchrashuvda dubl qayd etdi. 

* Xet-trik qayd etgan futbolchilar kuzatilmadi.
* SHuningdek o'yinlarni boshqarib borgan hakamlar penalti ham belgilamagani etiborga molikdir.

OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
* Turning 8ta o'yinida jami 32ta sariq kartochka qayd etildi.
* Har bir uchrashuvga o'rtacha 4tadan ogohlantirish demakdir.
* Birinchi bo'limda qayd etilgan sariq kartochkalar soni 11tani tashkil etdi.
* Ikkinchi bo'limda esa yana 21 nafar futbolchi ogohlantirildi. Bundan ko'rinib turibdiki, ikkinchi bo'lim nisbatan qo'polliklar boy tarzda kechgan.
* Mezbon jamoalardan 14 nafar futbolchi sariq kartochka olgan.
* Qolgan 18ta sariq kartochka esa mehmon jamoa o'yinchilari tomon ko'rsatilgan.
* Etiborlisi ushbu turda “Yozyovon-Lochinlari” jamoasi garchi mag'lubiyatga uchragan bo'lsada, birorta ham sariq kartochkch olmagan. Bu bilan ular turning eng intizomli jamoasiga aylandi.
* Aksincha “Kosonsoy” jamoasi bu borada “peshqadam” bo'ldi. 3ta sariq, 1ta qizil kartochka.
* 2ta qizil kartochka! Ikkisi ham mehmon jamoa futbolchilaridir. Muhammad Rasulov (“Kosonsoy”) bilan Jonimbek Quchimov (“Dinamo”).

MUXLISLAR
* 1-turning 8ta o'yiniga jami 11016 nafar tomoshabin qadam ranjida qilgan.
* Har bir uchrashuvga o'rtacha 1377 tadan muxlis demakdir.
* Eng ko'p muxlis Yozyovondagi bahsda kuzatildi. 3145ta tomoshabin!
* “UzDongJu”da esa aksincha xolat. Andijonda kechgan uchrashuvga atiga 84 nafar muxlis kirgani uchrashuv qaydnomasida yozib ko'rsatilgan.
Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?

Nurafshon (Buxoro) – Kosonsoy (Kosonsoy) – 1:0. 332 tomoshabin.
G'ijduvon (G'ijduvon) – Xotira-79 (Uychi) – 0:0. 247 tomoshabin.
Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) – Zomin (Zomin) – 1:3. 3145 tomoshabin.
Cementchi (Quvasoy) – Dinamo (Samarqand) – 2:0. 2617 tomoshabin.
UzDongJu (Andijon) – Mashal-2 (Muborak) – 3:0. 84 tomoshabin.
Norin (Xakkulobod) – Nasaf-2 (Qarshi) – 2:0. 2158 tomoshabin.
Orol (Nukus) – NBU-Osiyo (Toshkent) – 1:1. 1182 tomoshabin.
Xorazm (Urganch) – Paxtakor-2 (Toshkent) – 1:0. 1251 tomoshabin.

HAKAMLAR QANDAY ISHLADI?

* Ushbu turda o'yinlarni boshqarib borgan bosh hakamlardan toshkentlik Akobirxo'ja SHukurullaev boshqa hamkasblariga nisbatan eng yuqori ball oldi. “Yozyovon-Lochinlari” – “Zomin” (1:3) bahsida ishlagan SHukurullaevning ishini nazoratchi Fayzullo Hasanov 8,3 ballga munosib ko'rdi.
* Ravshan Kopadze esa bu borada aksincha xolatni qayd etdi. “Norin” – “Nasaf-2” o'yinini boshqargan farg'onalik hakamga nazoratchi Erkin Oripov 7,5 ball qo'ygan.

Nurafshon (Buxoro) – Kosonsoy (Kosonsoy) – 1:0.
Hakamlar:
A. Ergashev (Toshkent) – 8,2, D. Jumaniyozov (Nukus) – 8,2, D. Iskanderov (Nukus) – 8,0, A. Burov - 8
Nazoratchi: V. SHashkov (Toshkent).

G'ijduvon (G'ijduvon) – Xotira-79 (Uychi) – 0:0.
Hakamlar:
A. Rubakov (Toshkent) – 7,9, Z. Erkinov (Toshkent) – 7,8, X. Nabiev (Toshkent) – 8,0, SH. Rahmatov - 8
Nazoratchi: SH. Egamberdiev (Qarshi).

Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) – Zomin (Zomin) – 1:3.
Hakamlar:
A. SHukurullaev (Toshkent) – 8,3, S. Sirazov (Toshkent viloyati) – 8,1, X.O'rolov (Toshkent viloyati) – 7,9, D. Qurchiev - 8
Nazoratchi: F. Hasanov (Namangan).

Cementchi (Quvasoy) – Dinamo (Samarqand) – 2:0.
Hakamlar:
J. Muxtorov (Toshkent) – 8,0, I. Abdulaqov (Toshkent viloyati) – 8,1, I. Zoitov (Toshkent viloyati) – 8,2, S. Rahmonov - 9
Nazoratchi: SH. Bozorov (Namangan).

UzDongJu (Andijon) – Mashal-2 (Muborak) – 3:0.
Hakamlar:
R. Lutfulin (Toshkent) – 8,2, M. Karimov (Toshkent) – 8,4, S. Nishanboev (Tashkent) – 8,1, B. Ro'zimatov - 9
Nazoratchi: S. Zaylobidinov (Farg'ona).

Norin (Xakkulobod) – Nasaf-2 (Qarshi) – 2:0.
Hakamlar:
R. Kopadze (Farg'ona) – 7,5, O. Umarov (Toshkent viloyati) – 7,8, S. Ulfatov (Toshkent viloyati) – 7,7, A. Rajabboev - 8
Nazoratchi: E. Oripov (Farg'ona).

Orol (Nukus) – NBU-Osiyo (Toshkent) – 1:1.
Hakamlar:
F. Narsafarov (Qarshi) – 8,1, T. Suyunov (Guliston) – 7,9, D. Ubaydullaev (Guliston) – 8,2, D. Sarsenov - 9
Nazoratchi: T. Abdullaev (Toshkent).

Xorazm (Urganch) – Paxtakor-2 (Toshkent) – 1:0.
Hakamlar:
I. Ibragimov (Nukus) – 8,0, SH. Qayumov (Jizzax) – 8,0, SH. Yuldashev(Guliston) – 8,3, A. Alimov - 7
Nazoratchi: X. Muxtorov (Samarqand).

OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR

2-tur. 6 aprel (chorshanba)
“Nurafshon” – “Xotira-79”
“G'ijduvon” – “Kosonsoy”
“Yozyovon-Lochinlari” – “Dinamo”
“Cementchi” – “Zomin”
“UzDongJu” – “Nasaf-2
“Norin” – “Mashal-2”
“Orol” – “Paxtakor-2”
“Xorazm” – “NBU-Osiyo”
7 aprel (payshanba)
“Lokomotiv-BFK” – “Oq-tepa”

Islombek Rustambekov tayyorladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика