So’nggi yangiliklar

07:25А Серия. Биринчи турнинг олтинчи ўйинидаҳам ғолиб номи аниқланмади, "Наполи" сафарда йирик мағлуниятга учради, 1-тур ўйинлари битта саҳифада  7 06:55Қозоғистон чемпионати. "Шахтёр Қарағанда" - "Ордабаси" 2:3, Яшибоев мавсумдаги еттинчи голини урди  0 06:45ЛаЛига. "Мальорка" - "Реал Мадрид" 1:1, Юлдузларга тўла "Реал" ғалаба қозона олмади  0 02:29Ла Лига. "Реал Мадрид" мавсумнинг илк турида очко йўқотди  24 01:35А Серия. "Рома" меҳмонда "Кальяри" билан дуранг ўйнади, Шомуродов эса...  14 01:08ПРО-лига. 17-тур расмийлари эълон қилинди  0 00:49Максим Шацких: "Бугун биринчи даврадаги қарзимизни қайтардик"  3 00:05Александр Крестинин: "Иккинчи бўлимда жонландик. Ҳали очколар тўплашимизга ишонаман"  0 23:50АПЛ. "Челси" - "Манчестер Сити" 0:2, Ковачич собиқ жамоасини чиройли голи билан жазолади  0 23:35Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:3, Голларга бой бўлган ўйинда "Сурхон" сафарда ғалабни қўлга киритди  0 23:09Февзи Давлетов: "Ғалабага бўлган ишонч бизга натижа келтирди"  3 23:01"Мальорка" — "Реал". Таркиблар маълум  9 22:40Александр Хомяков: "Руҳият билан боғлиқ тизимли инқироздамиз"  21 22:25"Манчестер Сити" меҳмонда "Челси"ни қийинчилисиз мағлуб этиб, янги мавсумни ғалаба билан бошлади  16 22:20Суперлига. "Пахтакор" — "Локомотив" 3:1, "шерлар" биринчи даврадаги мағлубият учун ўч олишди  0

Birinchi davraning yakuniy statistikasi Yangiliklar

Birinchi davraning yakuniy statistikasi

Mana XXV milliy chempionatimizning birinchi davrasi o'z nihoyasiga etdi. Dastlabki davraning statistikasini o'quvchilarimiz etiboriga taqdim etamiz.

Birinchi davrada 119ta o'yin o'tkazildi ("Lokomotiv" - "Qizilqum" uchrashuvi malum sabablarga ko'ra 29 iyulga qoldirilgan).  Darvozalarga  325ta to'p kiritildi (o'rtacha har bir o'yinga 2,73 tadan to'p to'g'ri keladi).

Bunyodkor va Lokomotiv dastlabki davrada mag'lub bo'lishmadi. Obod eng kam g'alabaga erishdi - 2ta.

Bunyodkor, Lokomotiv va Metallurg o'z maydonda mag'lub bo'lishmadi. Navbahor, Qo'qon-1912 va Andijon safarda umuman g'alabaga erishmadi.

Bunyodkor darvozasidan eng kam to'p o'tkazib yuborgan – 5ta. Qo'qon-1912 esa o'z darvozasidan eng ko'p to'p o'tkazib yubordi – 33ta.

Bunyodkor va Lokomotiv o'z maydonida darvozasidan eng kam to'p o'tkazib yuborgan – 2tadan. Obod esa o'z maydonida darvozasidan eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan – 16ta.



Bunyodkor safar uchrashuvlarida o'z darvozasidan eng kam – 3ta to'p o'tkazib yuborgan. Qo'qon-1912 va Andijon safar uchrashuvlarida o'z darvozasidan eng ko'p – 20tadan to'p olib chiqqan.  
 
Lokomotiv birinchi davrada eng ko'p to'p kiritgan – 34ta. Obod eng kam 11ta to'p kiritgan.

Paxtakor va Metallurg o'z maydonida eng ko'p to'p kiritgan – 18ta. So'g'diyona o'z uyida eng kam 4ta gol urgan.

Lokomotiv safar uchrashuvlarida eng ko'p to'p kiritgan – 19ta. Obod, Mashal va Navbahor esa safar uchrashuvlarida eng kam to'p kiritgan – 4tadan.

Bunyodkor birinchi davrada eng ko'p ochkoni qo'lga kiritgan – 37 ta. Obod eng kam ochko yiqqan – 8ta.


 
Metallurg o'z maydonida eng ko'p ochkoni qo'lga kiritgan – 20ta. Obod o'z maydonida eng kam ochko yiqqan – 5ta.

Safar uchrashuvlarida temiryo'lchilar eng ko'p ochkoni qo'lga kiritishgan – 20ta. Navbahor,  Qo'qon-1912 va Andijon safar uchrashuvlarida eng kam ochkoni qo'lga kiritgan – 0ta.

Birinchi davrada urilgan 325ta goldan 198tasi (60,92%) mezbonlar, 127tasi (39,08%) mehmonlar hisobiga yozildi.   

Bo'lib o'tgan 119 uchrashuvning  68tasida (57,14%) maydon egalari, 30tasida (25,21%) mehmonlar zafar quchishgan.  21 o'yinda (17,65%) esa tomonlar murosa ko'chasini tanlaganlar.

15ta tur davomida futbolchilar jami 463 bor sariq kartochka bilan jazolandilar (o'rtacha har bir o'yinga 3,89tadan kartochka to'g'ri keladi). 23 marta futbolchilarga qizil kartochka ko'rsatildi (o'rtacha har bir o'yinga 0,19 tadan chetlatish to'g'ri keladi).



Uchrashuv hakamlari 41 marta 11 metrlik belgini ko'rsatishdi. 31 holatda (75,61%) to'p darvozaga kiritildi. 10 vaziyatda esa to'p darvozaga “kirishni” xohlamagan.

Mavsumning dastlabki davrasida 9ta avtogol qayd etildi. SHerzod Azamov (Nasaf), Hasanboy Ergashev (SHo'rtan), Akmal Rustamov (Qizilqum), Igor Golban (Navbahor), Umid Xonimqulov (Olmaliq), Georgiy Kvesieshvili (Qizilqum), Muhiddin Xudoyorov (Buxoro), Dilshod Hamroev (Obod) va Oleksandr Pishur (Navbahor) o'z darvozalariga to'p kiritib qo'yishdi.

Dastlabki 15ta turda 25ta dubl qayd etildi. 17 futbolchi bir uchrashuvda ikki marta gol kiritishdi. Igor Sergeev (Paxtakor) birinchi davrada uch marta dubl qayd etgan yagona futbolchi bo'ldi. Zohid Abdullaev (Metallurg), Temurxo'ja Abduxoliqov (Lokomotiv), Marat Bikmaev (Lokomotiv), Aziz Ibragimov (Buxoro), SHoxruz Norxonov (Obod), SHaxboz Erkinov (Mashal) ikki martadan dublga erishishdi.

Uch futbolchi esa bir uchrashuvda uch marta gol kiritishgan. Oleksandr Pishur (Navbahor), Igor Taran (SHo'rtan) va Zafar Polvonov (SHo'rtan) xet-trik qayd etishdi.

Bellashuvlarini jami 655718 muxlis bevosita o'yingohlarda tomosha qildi. (O'rtacha har bir o'yinga 5510 to'g'ri keladi).



Eng ko'p tomoshabin Buxoro – Nasaf uchrashuviga tashrif buyurdi – 24104. Eng kam tomoshabin esa Lokomotiv – Neftchi uchrashuviga tashrif buyurgan – 523 nafar.

Muxlislar to'plash borasida Buxoro jamoasi peshqadamlikni qo'lga kiritdi – 201785. Qizilqum 109687 ko'rsatkich bilan ikkinchi bo'ldi. Navbahor esa 106495 natija bilan uchinchi o'rinni band etdi. Obod o'yinlariga esa eng kam tomoshabin kelgan – 41723.

Buxoro jamoasi o'z maydonida ham eng ko'p ishqiboz to'plagan – 160854ta. Lokomotiv bu borada eng past ko'rsatkichga ega bo'ldi – 8045.

Safar o'yinlarida Lokomotiv jamoasining (66193) muxlisi ko'p. Safarda Qo'qon-1912ning muxlislari eng oz – 16591.

Birinchi davraning 119ta uchrashuvidan 16tasida yirik hisob qayd etildi. Paxtakor eng ko'p 4ta yirik hisobdagi g'alaba bor. Dastlabki davraning yirik hisobi Mashal – Obod (hisob – 5:0, 11-tur) uchrashuvida qayd etildi.

Bo'lib o'tgan 119 uchrashuv 17 xil natija bilan yakunlandi. 1:0 hisobi eng ko'p – 24 marta, 2:1 – 21 marta, 2:0 – 14 marta, 3:1 – 13 marta, 0:0 va 3:0 – 8 marta, 1:1 – 7 marta, 3:2 – 6 marta, 2:2 – 5 marta, 4:0 – 4 marta, 4:2 – 3 marta, 5:2, 5:1, 5:0,4:3, 3:3 va 4:1 – 1 martadan uchradi.  
 


Oliy liga-2016 seriyalari

Eng uzun seriyalar – Jamoalar


G'alabali seriya – Lokomotiv (15 apreldan – 16 iyungacha) 8 uchrashuv
Mag'lubiyatsiz seriya – Bunyodkor (5 martdan – ...) 15 uchrashuv, Lokomotiv (6 martdan - ...) 14 uchrashuv
Durangli seriya – Paxtakor (1 apreldan – 15 aprelgacha) - 3ta uchrashuv
Durangsiz seriya – Olmaliq, Qo'qon-1912 va Andijon - 15tadan uchrashuv
G'alabasiz seriya – Qo'qon-1912 (9 apreldan – 21 aprelgacha) - 10 uchrashuv
Mag'lubiyatli seriya – Qo'qon-1912 (9 apreldan – 21 aprelgacha) 10 uchrashuv
Golli seriya – Lokomotiv (6 martdan – 25 iyungacha) 13 uchrashuv
Golsiz seriya – Andijon (16 iyundan – ...) 4ta uchrashuv
Gol o'tkazib yuborish bo'yicha seriya – SHo'rtan (6 martdan - ...) 15ta uchrashuv
Quruq seriya – Bunyodkor, Buxoro, Lokomotiv va Nasaf - 4tadan uchrashuv
Yirik g'alabali seriya – Bunyodkor - 2ta
Yirik mag'lubiyatli seriya – yo'q
Yirik g'alabasiz seriya – Neftchi, Metallurg, So'g'diyona, Obod, SHo'rtan va Qo'qon-1912 - 15tadan uchrashuv
Yirik mag'lubiyatsiz seriya – Bunyodkor, Metallurg, SHo'rtan va Nasaf -  15tadan uchrashuv
CHetlatishli seriya – SHo'rtan va Olmaliq - 2tadan uchrashuv
CHetlatishsiz seriya – Mashal va Buxoro - 15ta uchrashuv
 

Narzulla Saydullaev

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика