Birinchi davra yakunlari. “Paxtakor”
09 iyu 2014 13:35
Yangiliklar
Odatimizga ko'ra oliy liganing har bir ishtirokchisi birinchi davrani qanday o'tkazgani xususida to'xtalib o'tamiz. Kecha birinchi davrani peshqadam sifatida yakunlagan “Lokomotiv”ning ishtirokini tahlil qilgandik. Bugun ikkinchi o'rin bilan tanaffusga chiqib ketgan “Paxtakor” haqida fikr yuritamiz.
Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni Samvel Babayan boshchiligida olib bordi. Yaxshi bilasiz, Samvel Vyacheslavovich klub bosh menejeri hisoblanadi, bu yildan esa bosh murabbiylikni ham o'z qo'liga oldi. Hozircha natijalar chakki emas. Jamoa 33 ochko bilan oraliq tanaffusga chiqib ketdi. Ochko to'plash bo'yicha “Lokomotiv” bilan bir xil ko'rsatkichni qayd etdi.
NIMANI KUTGANDIK?
“Paxtakor”dan muxlislar har doim yuqori natijalarni kutishadi. Jamoa o'tgan yil to'rtinchi o'rinni olgani uchun Osiyo chempionlar ligasida qatnasha olmadi. Bu yil O'zbekiston Kubogidagi yurishini yarim finalda to'xtatdi. Endilikda jamoa oldida bitta vazifa qoldi: O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritish. Muxlislar “Paxtakor”dan bu yilgi chempionatni yuqori notada o'tkazishni kutishmoqda. CHunki o'tgan mavsumdagi to'rtinchi o'rin aksariyat ishqibozlarning hafsalasini pir qildi. Hozircha jamoaning ishlari chakki emas. Lekin hammasini ikkinchi davradagi o'yinlar hal qiladi.
NIMAGA ERISHILDI?
Aytib o'tganimizdek, “Paxtakor” birinchi davrada 33 ochko to'pladi. 13ta o'yinning 10tasida g'alaba qozondi va 3 marta durang o'ynadi, biror marta mag'lubiyatga uchramadi. Avvalgi mavsumning birinchi yarmini “SHerlar” to'rtinchi o'rinda tugatishgandi. O'shanda “Paxtakor” 22 ochko yiqqandi. Bu safar esa 11 ochko ko'p to'pladi. Bu esa Samvel Babayan boshchiligida ijobiy natijalar ko'proq bo'lganini ko'rsatmoqda. Qizig'i shundaki, “Paxtakor” o'tgan yil birinchi davraning o'zida besh marta mag'lub bo'lgandi, bu yil hisobidan hozircha yutqazgani yo'q.
“Paxtakor” 19ta gol urib, o'z darvozasidan 8ta to'p o'tkazib yubordi. O'tgan yil shu paytda jamoa 14ta gol urgan ekan. Garchi “Paxtakor” “Lokomotiv” bilan bir xil ochko to'plab kichik tanaffusga chiqib ketgan bo'lsa-da, “Temiryo'lchilar”ga nisbatan 8ta kam gol urdi. Hatto to'rtinchi o'rinda borayotgan “Bunyodkor” ham bitta ko'p to'p kiritgan. Albatta, futbolda natija muhim, lekin “Paxtakor” aksariyat bellashuvlarda bitta to'p farqi bilan g'alaba qozondi. Yana shuni aytish lozim, toshkentliklar 6ta bellashuvda gol o'tkazmasdan zafar quchishdi.
KUCHLI TOMONI
“Paxtakor” nisbatan kam gol urgan bo'lsa-da, bu jamoaning kuchsiz ekanligini ko'rsatmaydi. Birinchi davra xulosasiga ko'ra, “Paxtakor”ning kuchli tomoni yarim himoyasida ekanligi ko'zga tashlandi. Yarim himoyada harakat qilgan Kaxi Maxaradze, Vladimir Kozak, Jamshid Iskanderov va Stanislav Andreev to'rtligi ko'p hollarda jamoa o'z o'yinini qo'z qo'liga olib, masalani hal etishda asosiy rolni bajarishdi. SHunday ekan, jamoaning eng kuchli nuqtasi yarim himoyasi bo'ldi deya olamiz.
Bundan tashqari, himoya to'g'risida ham iliq fikrlarni bildirsa bo'ladi. Xitoydan qaytib kelgan Egor Krimec jamoa o'yiniga tezda kirishib ketdi. Uzoq davom etgan jarohatdan qutulib yana safga qaytgan Boyan Miladinovich himoyadagi etakchilikni yana o'z qo'liga oldi. Aleksandr Merzlyakovning tezkorlik bilan hujumga qo'shilishlari ortdi. O'ng qanot vakili Davron Hoshimov ham bir tekis harakat qildi.
KUCHSIZ TOMONI
“Paxtakor”ning kuchsiz tomoni nimada bo'lishi mumkin? Avvalo darvozabonda bo'lsa kerak. Negaki bazi uchrashuvlarda Aleksandr Lobanov o'ta g'aroyib gollarni o'tkazib yubordi. Masalan, “Bunyodkor” bilan o'yinni yodga olaylik. Lobanov Vohid SHodiev tomonidan berilgan zarbani bemalol qaytarsa bo'lardi, lekin uddalay olmadi. O'zaro taqqoslaganda Lobanov Nesterov yoki Eldor Suyunovga nisbatan birmuncha kuchsiz ko'rindi, biroq “Paxtakor” himoyasi zich o'yin ko'rsatgani bois u kam gol o'tkazib yubordi. Bundan tashqari, jamoaning hujum chizig'i ham yorqin o'yin namoyish etmadi.
KIM O'ZINI KO'RSATDI?
“Paxtakor”da o'zini ko'rsatgan futbolchilar orasida avvalo Aleksandr Merzlyakovni aytib o'tmasak bo'lmaydi. Surxondaryolik himoyachi chap qanot “qiroli”ga aylandi desak mubolag'a bo'lmaydi. Merzlyakovning saviyasi bu yil ancha oshgani shundoq ko'rinib turibdi. U ikkita gol urishga erishdi. SHuningdek, Egor Krimec ham o'zidan iliq taassurot qoldirdi. Jaloliddin Masharipovning harakatlari yomon chiqmadi, biroq unga ozgina bor ekan. Kaxi Maxaradze doimgidek pleymeykerlikni udlalay oldi. Jamshid Iskanderov esa aqlli futbol qanday o'ynalishini namoyon etib berdi.
KIM O'ZINI KO'RSATA OLMADI?
Aytib o'tganimizdek, darvozabon Lobanov ko'p hollarda bo'sh harakat qildi. Igor Sergeevdan ham umid katta edi, lekin u atigi to'rtta gol urdi. SHerzod Karimovning ham aksariyat bahslarda o'yini qovushmadi. Tajribali hujumchi Anvar Soliev esa ko'p vaqtini zaxirada o'tkazdi va birinchi davrada to'p kirita olmadi. Istedodli futbolchilardan biri hisoblangan Timur Hakimov ham zaxira o'yinchisiga aylanib qoldi. Agar Hakimov “Olmaliq” bilan kechgan o'yinda gol urganida edi, keyingi bellashuvlarda asosiy tarkibda harakat qilgan bo'larmidi.
XULOSA
Xulosa shuki, “Paxtakor” asosiy urg'uni o'z tarbiyalanuvchilariga bergan holda birinchi davrani o'tkazdi. Oliy liganing birinchi yarmida “Paxtakor” safida atigi 16 nafar futbolchi maydonga tushdi. Ko'plab o'yinlarda jamoaning asosiy tarkibi o'zgarmadi. Lekin bu usul yil oxirigacha o'zini oqlay olarmikan? Jamoa chempionlik uchun kurash olib borayotgan ekan, har bir chiziqqa yana bittadan kuchli futbolchini taklif etishi kerak bo'ladi. CHunki kimdir jarohat olib qolishi, kimdir kartochkalar tufayli o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin. Agar “Paxtakor” har bir chiziqqa hech bo'lmasa bittadan yaxshi o'yinchini qo'shib olsa, jamoaning chempionlik uchun oxirigacha kurashishiga ishonsa bo'ladi.
STATISTIKA
O'yinlar soni – 13
Urilgan gollar – 19
Uyda urilgan gollar – 11
Safarda urilgan gollar – 8
O'tkazib yuborilgan gollar – 8
Uyda o'tkazib yuborilgan gollar – 5
Safarda o'tkazib yuborilgan gollar – 3
Uydagi ochkolar – 16
Safardagi ochkolar – 17
Eng kirik g'alabasi - 3:1 (“Bunyodkor”)
Eng yirik mag'lubiyati - mag'lubiyatga uchramadi
Sariq kartochkalar – 32
Qizil kartochka – 0
Nechta futbolchi o'ynadi – 16
KIM QANCHA O'YNADI?
Darvozabon
Aleksandr Lobanov - 13 o'yin
Himoyachilar
Aleksandr Merzlyakov - 13 o'yin, 2 gol
Boyan Miladinovich - 13 o'yin, 3 gol
Davron Hoshimov - 13 o'yin, 0 gol
Egor Krimec - 12 o'yin, 3 gol
Kamoliddin Tojiev - 10 o'yin, 0 gol
Akbar Ismatullaev - 10 o'yin, 0 gol
Yarim himoyachilar
Jamshid Iskanderov - 13 o'yin, 2 gol
Kaxi Maxaradze - 12 o'yin, 3 gol
Vladimir Kozak - 12 o'yin, 1 gol
Stanislav Andreev - 12 o'yin, 1 gol
SHerzod Karimov - 12 o'yin, 0 gol
Jaloliddin Masharipov - 8 o'yin, 0 gol
Hujumchilar
Igor Sergeev - 13 o'yin, 4 gol
Anvar Soliev - 9 o'yin, 0 gol
Timur Hakimov - 4 o'yin, 0 gol
Xayrulla Xoliqov.

Fikrlar