So’nggi yangiliklar

12:17"Барселона" Уильямснинг товон пулини фаоллаштиришга тайёр  0 11:48Феликс "Бенфика"га қайтиши мумкин?!  0 11:20"Реал" ўйинчилари ва ходимлари Мбаппенинг ўзини тутишидан ҳайрон  2 10:51Карло Анчелотти «Реал»да Килиан Мбаппедан қайси чизиқда ўйнаши ҳақидаги саволга жавоб берди  2 10:21Ҳусниддин Нишонов: "Ҳозир фақатгина жисмоний ҳолатимиз ва ҳимоямизни яхшилаш ҳақида ўйламоқдамиз"  0 10:16Нишоновнинг бенефисига айланган Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси баҳсидан ГАЛЕРЕЯ  0 09:55«Зенит» тарбияланувчиси «Қизилқум» кўригидан ўтмоқда  0 09:28«Ланс» «Челси»дан марказий ҳимоячи олиб келмоқда  2 09:00ТОП-10 да фақат «Бавария» футболчилари. Бундеслигада энг кўп ҳақ олувчи футболчилар маълум  1 08:33«Қўқон-1912» сафига жорий мавсумни «Сурхон» ва «Динамо»да бошлаган футболчилар келиб қўшилди  2 08:10Хосе Венансио Лопес: "Ҳали ҳамон хатоларга йўл қўймоқдамиз. Жаҳон чемпионатига қадар ушбу вазиятни тўғирлашимиз керак"  2 07:40Аҳрол Рисқуллаев узоқ муддатли танаффусдан сўнг майдонга қайтди  3 01:41Паоло Мальдини: "Роналду – топ ўйинчи ва кучли шахсият, аммо мен Мессини афзал кўраман"  37 01:05Лукакунинг янги клуби деярли маълум  1 00:29Ўртоқлик учрашуви. "Дўстлик" Тожикистон Олий лигаси жамоасини мағлуб этди  0

Birinchi davra yakuni: A Seriya 19-tur sharhi Yangiliklar

Birinchi davra yakuni: A Seriya 19-tur sharhi

Teglar :  A Seriya
Italiya A Seriyasi 19-tur sharhi bilan tanishing.

"Inter" "Verona"ni mag'lub etmoqda

O'yinning boshi "Inter" uchun ajoyib kechdi, Mxitaryan Tyuram bilan devor uslubida o'ynadi va Lautaro uchun zarbaga imkoniyat yaratdi, u esa jarohatdan qaytganini oyog'ining uchida darvozani ishg'ol qilishi bilan nishonladi. SHundan so'ng o'yin ancha tinchlandi, "Inter" bor kuchi bilan o'ynamadi, "Verona" esa hech bo'lmasa esda qolarli xavfli vaziyat yarata olmadi, faqatgina Jurichning qanotdan uzatib berilgan to'pni boshi bilan darvozaga kiritishga uringanini eslash mumkin.



Vaziyat tanaffusdan so'ng uzoq vaqt o'zgarmadi, "Inter" ustunlikka ega bo'ldi, ammo uzoqdan berilgan zarbalar bilan cheklangan holda kam vaziyat yaratdi, "Verona"ning esa umuman o'yini chiqmadi. Taym so'nggiga yaqin Duda qanotdan ajoyib zarba berdi. Endigina zaxiradan tushgan Anri esa tizzasi bilan to'pni darvoza to'riga kiritdi. "Inter" birdan oldinga harakatlandi va Arnautovichda ajoyib imkoniyat yuzaga keldi, ammo u Dimarkoning uzatmasiga tayyorlana olmadi. CHalxanoglu xavfli zarba berdi, Arnautovich esa Darmianning uzatmasidan so'ng to'pga biroz etolmadi. Ammo, "Inter" baribir maqsadiga erishdi, Bastoni darvoza to'sinini nishonga oldi, qaytgan to'p esa Barellaga keldi va u uzoqdan bergan zarbasi bilan Montinoni shoshirib qo'ydi, posbon to'pni egallay olmaganidan so'ng Frattezi ikki metr joyda to'pni darvozaga kiritdi. Ammo, bu hali hammasi emas, "Verona" qo'shib berilgan daqiqalarning oxirida penalti tepish huquqiga ega bo'ldi, to'p yoniga esa Anri yaqinlashdi, ammo uning zarbasi darvoza ustuniga tegdi va futbolchi o'yin qahramoniga aylana olmadi.


"Lechche" "Kalyari" bilan durang o'ynadi

Mehmonlar o'yinni faol boshlashdi, Dossenaning 3-daqiqadayoq Nandesning uzatmasidan so'ng bosh bilan uzoq burchakka bergan zarbasi gol bo'lishiga bir bahya qoldi. "Olovranglar" asta-sekin ustunlikni o'zlari tomon og'dirishdi va tez-tez raqib darvozasiga xavf solishni boshlashdi. Ayniqsa Ramadanining uzoq masofadan yo'llagan zarbasi xavfli bo'ldi va Skuffet uni qiyinchilik bilan bartaraf etdi. Yakunda ularning faollagi golga aylandi, Uden burchakdan uzatma ijro etdi va Jendrey to'pni yuqori sakrab darvozaga kiritdi. Bir ozib o'tib "Lechche" burchak to'pidan so'ng yana gol urishi mumkin edi, ammo yakka o'zi qolgan Gonsales noaniq zarba berdi. "Kalyari" esa tanaffusga qadar keskinlik yaratmadi.



"Kalyari" tanaffusdan keyin oldinga intildi va Falkone qo'riqlayotgan darvozaga bosimni oshirdi, ammo ish haqiqiy xavfli vaziyatlargacha etib bormadi. Jamoaga standart yordamga keldi, Viola jarimadan uzatma berdi, Oristano esa eng qulay vaziyatda edi va to'pni darvozaga yo'naltirdi. U ikki daqiqadan so'ng jarima maydonchasi tashqarisidan ajoyib tepdi, ammo bu safar Falkone to'pni to'qqizlikdan olib chiqdi. O'yin sekinlik bilan tinchlandi, bunga katta sabab Ranerida Lapadulla, Pavoletti va SHomurodovning jarohati va Luvomboning ketishi sabab hujumni jonlantirish uchun resurslar bo'lmaganida edm. Ehtimol yakuniy durang ikki jamoani ham qoniqtirgan hisob bo'ldi.


"Yuventus" "Salerntina"dan g'alabani ilib ketmoqda

"Salernitana" kutilmaganda o'yinni zo'r boshladi, Nvankvo 3-daqiqada yaqin burchakka yaxshi zarba berdi, SHensni esa qiyinchilik bilan zarbani bartaraf etdi. "Yuventus" kam hujum qildi, "keksa sinora" Vlaxovich va Yildizning kreativ harakatlariga tayangan holda bo'sh o'ynadi, ammo bu ish bermadi. Yakunda, taym so'nggiga yaqin "dengiz otlari" gol urishga muvaffaq bo'lishdi. CHauna qanotdan to'pni markazga Madjore tomon yo'naltirdi, u esa to'pni o'ziga biroz to'g'irlab ikkinchi teginishda uzoq burchakka aniq zarba berdi. Tanaffusga qadar boshqa qiziqarli hech narsa ro'y bermadi.



"Yuventus" kiyim almashtirish xonasidan chiqishi bilan faollashdi. Rabo Makkeniga yuqoridan ajoyib pas berdi, u esa to'pni o'ziga yaxshi bo'ysundira olmadi va noaniq zarba berdi. "Salernitana" biroz o'tib kamchilik qoldi, gol muallifi Madjore ikkinchi sariq kartochka sabab chetlatildi. Albatta, bundan so'ng "keksa sinora"ning ishlari biroz enggilashdi. Tez orada bosim ish berdi, Vea to'pni qanotdan jarima maydonchasiga uzatdi, Vlaxovich esa to'pga harakat qildi, ammo ulgurmadi. Va foydali harakat bo'lib chiqdi va to'p zarba yo'llashda adashmagan Aylingga bordi. Ingliz forvardining A Seriyadagi ilk goli. Endilikda "Yuventus"ning ikkinchi gol uchun harakat qilishi kutilgan edi, ammo "Salernitana"da o'tkir vaziyatlar yuzaga keldi va jamoaga qaerdadir omad kelmadi. "Keksa sinora" esa hal qiluvchi vaziyatga chog'landi, Danilo to'pni qanotdan jarima maydonchasiga uzatdi, Vlaxovich esa so'nggi daqiqalarda uni boshi bilan darvozaga kiritdi. "Yuventus" shunday qilib yana yorqin o'yinsiz ham xarakter ko'rsatib g'alaba qozonmoqda.


"Torino" "Napoli"ni taslim etdi

O'yin juda ham sokin boshlandi, jamoalar uzoq vaqt davomida bir-birlarini o'rganishdi va taymning o'rtalariga kelibgina ilk xavfli vaziyat sodir bo'ldi. Raspadori yaxshi vaziyatdan juda noaniq zarba berdi va Milinkovich-Savich xavfni bartaraf etdi. "Buqalar" o'z imkoniyatlaridan foydalanishdi, jarima zarbasidan so'ng to'p Sanabriyaga borib tushdi, u esa pauza ushladi va to'pni darvozabonning yoniga yo'naltirdi. Xavfli o'yin uchun jamoaning yangi o'yinchisi Maccoki chetlatilgan payt "Napoli" qiyin holatda qoldi. Ayniqsa, uning "Napoli"ga o'yinga 2 kun qolganda o'tgani va chetlatishdan 3 daqiqa oldin maydonga tushganini hisobga olsa.



Tanaffusdan so'ng darhol "Napoli" uchun yoqimsizliklar davom etdi. Vlashich 51-daqiqada jarima maydonchasi tashqarisidan ajoyib zarba berdi va Gollini bu holatda hech narsa qila olmadi. Birozdan so'ng aynan u to'pni qanotdan Sanabriyaga uzatdi, ammo paragvaylik yaxshi vaziyatda to'pni darvoza ustuniga yo'naltirdi. Ammo, baribir ikki daqiqadan so'ng uchinchi gol Gollinining darvozasidan o'rin oldi. Burchak to'pi uzatmasidan so'ng Ladzaro Buonjorno bosh bilan darvozaga yo'l topdi."Napoli" oldinda hech narsa qila olmadi va o'yindan so'ng muxlisliklar hushtaklariga uchradi. Balki murabbiylik kursisida yana bir o'zgarish bo'lar.


"Atalanta" va "Roma" durang o'ynamoqda

O'yin "Atalanta" uchun ajoyib boshlandi, 7-daqiqadayoq Aleksey Miranchuk qanotda harakat qilgan holda jarima maydonchasi ichiga uzatma ijro etdi, Kopmeynars esa to'pni darvozaga joyladi. Birozdan so'ng De Kattelare dubl qayd etishi mumkin edi, ammo Patrisiu vaqtida darvozadan chiqdi va belgiyalikning zarbasini bartaraf etdi. "Roma"da harakatlar kuzatildi, ammo o'tkir vaziyatlar kam edi. O'yinning 38-daqiqasida jarima maydonchasi ichiga uzatib berilgan to'pga Rudjeri noqulay o'ynadi va Karsdopga zarba berib yubordi, Diabala esa penaltini mohirona ijro etdi. Tanaffusga qadar u yoki bu jamoalar xavfli vaziyat yaratishmadi.



Tanaffusdan so'ng yosh himoyachi Xeysen Dibalaning jarima ijrosidan so'ng xavfli zarba berdi, Karneseki to'pni burchakdan olib chiqdi. Jamoalar umuman olganda bir-birlari uchun ko'plab xavfli vaziyatlar yaratishdi, jumladan Ederson yaxshi poziciyadan yuqoriga zarba berdi, Dibala esa o'tkir burchakda Karnesekini alday olmadi. Lukakuda Spinnacollaning zarbasidan so'ng ajoyib imkoniyat bo'ldi, ammo belgiyalik to'pga hozirlana olmadi va darvoza yuqorisiga zarba berdi. "Roma" yakunda o'yinni o'z qo'liga oldi, ammo ko'proq hakam bilan tortishuvlar sabab Mourinyuning navbatdagi qizil kartochkasi yodda qoldi, jamoalarning yorqin o'yinida esa g'olib aniqlanmadi va bu o'yinga mos hisob bo'ldi.


SHuningdek:

"Milan" "Empoli"ni yutdi

"Lacio" "Udineze"dan ustun keldi

"Sassuolo" "Fiorentina"ni mag'lub etdi


Sergey Rumyancev tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика