So’nggi yangiliklar

00:17Айбек Нурбоев: "Бугунги ўйиндаги ғалаба жуда муҳим эди, акс ҳолда турнир жадвалида орқада қолиб кетардик"  0 23:25ЕЧЛ финалидан сўнг "Олтин тўп" учун бош даъвогар ким?  5 22:40"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабон топди  1 22:17Россия кубоги. ЦСКА суперфиналда пенальтилар серияси орқали "Ростов"ни мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  23 22:08Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси аниқланди  0 21:35Чемпионлар лигаси мавсумининг энг яхши футболчиси аниқланди  3 21:01ПСЖнинг 7 нафар футболчиси, Рафинья, Ямал, Бастони ва Райс EЧЛ мавсуми жамоасидан жой олди  3 20:25"Тоттенхэм" Постекоглуни истеъфога чиқаради, унинг ўрнига асосий номзод маълум  3 19:58"Арсенал" Гёкереш трансфери бўйича қарор қабул қилди  5 19:30Про лига. "Жайхун" меҳмонда "Олимпик"ни мағлуб этди  1 18:40Ўзбекистон U-17 Чили ва Боливияга қарши ўйинлар учун таркибни эълон қилди  5 18:18Расман: МЮ 62,5 млн фунтлик трансферни эълон қилди  3 17:30"Ман Сити" икки ярим ҳимоячи учун 100 млн евро сарфлайди  1 16:41Хосеп Гвардиола "Ман Сити"дан Доннаруммани сотиб олишни сўради  3 16:05"Арсенал" ва "Ливерпуль" Педро учун беллашади  2

Birinchi davra statistikasi. Tomoshabin to'plash bo'yicha peshqadam bo'lgan "Guliston" haqida Yangiliklar

Birinchi davra statistikasi. Tomoshabin to'plash bo'yicha peshqadam bo'lgan "Guliston" haqida

Oliy liga klublarining dastlabki davra statistikasi bilan tanishtirishda davom etamiz. Navbat 10 yillik tanaffusdan so'ng elitaga qaytgan “Guliston” klubiga etib keldi.
“Guliston” dastlabki davrada 4ta g'alaba, 2ta durang va 7ta mag'lubiyat natijasini qayd etdi. Jamoa 13ta o'yinda jami 9ta to'p kiritdi va 22 marta to'p o'tkazib yubordi. “Guliston” birinchi davrani 14ochko bilan 9-o'rinda yakunladi. 

Gulistonliklar o'z maydonida ham safarda ham 11tadan gol o'tkazib yubordi. O'z maydonidagi o'yinlarda 10 ochko qo'lga kiritilgan bo'lsa, safarda 4 ochkoga ega bo'ldi. “Guliston” birinchi davra davomida 4ta o'yinda yirik hisobda yutqazib qo'ydi. Jamoa 7ta o'yinda raqib darvozasiga yo'l topa olmagan va 4ta uchrashuvda raqiblar “Guliston” darvozasiga gol ura olishmadi. Hakamlar futbolchilarga jami 22ta sariq ko'rsatishdi. Baxtiyor Ashurmatov birinchi davrada 21 nafar futbolchining xizmatidan foydalanishga qaror qildi. “Guliston” klubi o'yinlariga birinchi davrada eng ko'p (90922 nafar) tomoshabin keldi. Boshqa hech bir jamoa ishtirokidagi o'yinlarga 90 mingdan ortiq tomoshabin kelmagan.

Uchta futbolchi, Sarvar Jo'raev, Ibrohim Rahimov va Akbar Sattaev barcha 13ta o'yinda o'zgarishlarsiz maydonda harakat qilishdi. Jamoa safida 3ta futbolchi 2tadan gol urib klub to'purari bo'lishdi – Nosir Otaqo'ziev, Elyor Jahonov va Alisher SHog'ulomov. “Guliston” safida Robbim Hasanova Bobirjon Akbarov eng ko'p, to'rttadan sariq kartochka olishdi. Birinchi davrada jamoa tarkibida hech kim qizil kartochka olgani yo'q.

Kechroq “Olmaliq” klubining statistikasi beriladi.

 


Futbolchi Amplua O'yin Daq Gol SK QK
Jo'raev Sarvar Him 13 1170 0 1 0
Rahimov Ibrohim Him 13 1170 0 1 0
Sattaev Akbar Him 13 1170 0 2 0
Hasanov Robbim Yahm 12 1014 1 4 0
Otaqo'ziev Nosir Huj 12 1009 2 1 0
Jahonov Elyor Him 12 928 2 2 0
Akbarov Bobirjon Him 11 884 1 4 0
Usmonxo'jaev Sobir Yahm 11 831 0 1 0
Yo'ldoshev Xurshid Yahm 11 559 1 0 0
Qoraqulov Zafarjon Yahm 11 526 0 0 0
SHog'ulomov Alisher Huj 10 459 2 1 0
Xayrov Ilyos Huj 9 694 0 1 0
Boev Konstantin Huj 8 335 0 0 0
SHamsiddinov Toxirjon Him 7 416 0 1 0
Usmonov Doniyorjon Dar 6 540 0 1 0
Otajonov Jasurbek Him 5 237 0 1 0
Djumanov Ilhom Dar 4 315 0 0 0
CHilmatov Hislat Dar 4 315 0 0 0
Qurbonov Mirjalol Him 4 175 0 1 0
Qodirov Rustam Yahm 3 65 0 0 0
Ergashev Alisher Huj 3 58 0 0 0
O'yinlar 13
Gollar 9
O'z uyidagi gollar 6 (66,67%)
Mehmondagi gollar 3 (33,33%)
O'tkazib yuborilgan gollar 22
O'z uyida o'tkazilgan gollar 11 (50%)
Mehmonda o'tkazilgan gollar 11 (50%)
O'rtacha urilgan gol 0,69
O'tacha o'tkazilgan gol 1,69
Uyda jamg'arilgan ochkolar 10/18 (55,56 %)
Safarda jamg'arilgan ochkolar 4/21 (19,05 %)
Eng yirik g'alabasi 2:0 - Qizilqum
Eng yirik mag'lubiyati 1:5 - Lokomotiv
Gol o'tkazilmagan o'yinlar soni 4 (30,77%)
Gol urilmagan o'yinlar soni 7 (53,85%)
Irodali g'alabalar 0
Irodali duranglar 0
Yirik g'alabalar 0
Yirik mag'lubiyatlar 4
Avtogollar (urilgan/o'tkazilgan) 0/1
Ogohlantirishlar (o'rtacha) 22 (1,69)
CHetlatish (o'rtacha) 0 (0)
Maydonga tushganlar (chet ellik) 21 (0)
Tomoshabinlar soni (jami/o'rtacha) 90922 / 6994
 

Narzulla Saydullaev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика