So’nggi yangiliklar

08:13Пролига. Бугун 2-даврага старт берилади  0 07:40Суперлига. Бугун Тошкентда ажойиб ўйин бор  2 06:00Суперлига. Тошкентдаги чангли ўйинда дуранг қайд этилди. "Қўқон-1912" ўз майдонида, "Андижон" эса сафарда мағлубиятга учради  0 01:55Лига 1. Хвичанинг дубли ПСЖга "Осер" устидан ғалабани тақдим этди  1 01:14"Ливерпуль" янги битимни эълон қилди  3 00:47Баҳром Ҳайдаров: "Иккита мағлубиятдан сўнг фожиа ясаш нотўғри"  2 00:45Гвардиола мавсумда 16 та ўйинда мағлуб бўлди. "Ман Сити" устози фаолиятидаги антирекордни янгилади  8 23:38Рўзиқул Бердиев: "Қўқон-1912" анча курашувчан жамоа эканлигини билардик"  6 23:30Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Файҳа" сўнгги дақиқаларда урилган голлар эвазига "Ал Ухдуд"ни мағлуб этди, Шукуров 90 дақиқа ўйнади  1 22:46Суперлига. "Шўртан" мавсумдаги илк ғалабасини бир киши кам бўлиб қолган "Андижон" устидан қўлга киритди  86 22:31Англия кубоги. "Манчестер Сити" финалда "Кристал Пэлас"га мағлуб бўлиб, жорий мавсумда соврин ютиш имкониятини қўлдан чиқарди  87 21:51Вадим Абрамов: "Жуда ёмон ўйин намойиш этдик. Мухлислардан узр сўрайман"  4 21:31Улуғбек Бакаев: "Мағлубиятли сериядан сўнг қайд этилган дурангни яхши натижа деб ҳисоблайман"  9 21:20"Ливерпуль" 35 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 20:57Суперлига. "Қўқон-1912" ўз майдонида "Насаф"га мағлуб бўлди   29

Birinchi davra haqida Yangiliklar

Birinchi davra haqida

Oliy liga-2015 mavsumining birinchi davra o'yinlari o'z yakuniga etdi.
Qoldirilgan ikkita o'yinni inobatga olmasa, chempionatimizga tanaffus yuzaga keldi. Joriy mavsumdan boshlab oliy ligamizda yana 16 jamoa ishtirok etishni boshladi. O'yinlar soni ortdi, sifat borasida esa hozircha maqtana olmaymiz.
Ha, chempionat starti oldidan halol-o'yin o'ynashga kelishib olingani, dastlabki turlardagi futbolga xos sensaciyalar bizni quvontirib yuborgandi. Lekin birinchi davradagi hozirgacha o'tgan o'yinlarni hisoblab ko'rsak, atiga to'qqizta uchrashuvda sensaciya deb atashga loyiq natijalar kuzatilgan. Qolgan 109 bahsda odatda kutilgan natijalar qayd etilgan. CHempionatimiz shu ro'sinda boshlandiki, bu safar hammasi boshqacha bo'ladigandek tuyulgandi. Birinchi turda chempion "Paxtakor" o'z maydonida "Olmaliq"ni enga olmagani, "Lokomotiv" Bekoboddan bir ochko bilan qaytgani shov-shuvga sabab bo'lgandi. Ikkinchi turda ham kutilmagan natijalar uchradi. Masalan, "Neftchi" Toshkentda "Loko"dan ochko tortib olgani yoki keyinchalik "Bunyodkor"ni o'z tarixida ilk bor mehmonda mag'lub etgani. Sensaciyalar orasida hozirda turnir jadvalida autsayderlik maqomini begona qilmayotgan "So'g'diyona" "Bunyodkor"ni ishonchli tarzda mag'lubiyatga uchratgani ham etiborga molik. Biroq birinchi davrani ikkinchi yarmidan keyin barchasi yana o'z iziga tushib ketdi.

SHundan so'ng "Paxtakor" faqat "Lokomotiv"ga yutqazdi va boshqa o'yinlarda ochko yo'qotmay, peshqadamlikni dadil o'ziniki qilib turibdi. Kamiga "sherlar"ning zaxirasida yana bitta o'yin bor. "Paxtakor" ko'rsatayotgan o'yinni juda kuchli va chiroyli deb bo'lmaydi. Lekin natija bor. Bu narsa ko'proq xarakter bilan bog'liq. Samvel Babayan jamoaga xarakter o'rnata olgan. Biroq ikkinchi davrada jamoa ruliga boshqa birov kelib o'tirishini inobatga olsak, unda "Paxtakor"ga ham ikkinchi davrada birinchisida bo'lgani kabi oson bo'lmasligini taxmin qilish qiyin emas. Qolganini ikkinchi davrada ko'ramiz. SHunisi aniqki, chempionlik uchun kurashadigan jamoalar orasida "Paxtakor" bo'ladi.

"Lokomotiv" ham dastlabki turlardagi muvaffaqiyatsizlikdan chiqib keta oldi. Faqatgina Qarshida Vadim Abramov jamoasi maydonni boshlari egik holda tark etishdi xolos.
O'tgan yilgi kabi bu ikki jamoa yangi mavsumda mana birinchi davra yakunlangan bo'lsa, hali ham o'z o'rnilaridan siljishgani yo'q. Bu safar ham chempionlik poygasida aynan o'tgan yilgi asosiy ikkita davogarlarni ko'ramiz shekilli.

Amaldagi bronza medali sohibi "Nasaf" jamoasi birinchi davradan so'ng o'zlarining ananaviy o'rinlarini hozircha "Neftchi"ga bo'shatib turishibdi. Birinchi davradan xulosa qilib aytadigan bo'lsak, hech bir mubolag'asiz "Neftchi"ning o'yinida va turnir jadvalidagi mavqeiga o'sishni ko'rganimizni aytishimiz mumkin. Ushbu jamoa yaxshigina o'z o'yinlari va natijalarini yaxshilay olishdi. Hali aytib o'tilganidek, "Lokomotiv" va "Bunyodkor"dan tortib olingan ochkolar ularning hozirgi o'rinlarini band etib turishlarida qo'l keldi. ikkinchi davrada jamoa qay tarzda o'ynaydi va mavsumni qaysi pog'onada tugatishadi bu qorong'u. Asosiysi jamoa o'zi ko'zlagan maqsad sari dadil qadam tashlashdan to'xtamasin. Lekin ularni ikkinchi davrada katta sinovlar kutib turibdi. Aynan shunda jamoani qay darajada ekanligini to'liq bilib olamiz.

"Nasaf" birinchi davrani ko'ngildagidek o'tkaza olmadi. Jamoa bir xil tekisda o'ynay olmayotgani "ajdarlar"ga ko'pgina o'yinlarda qimmatga tushdi. "Nasaf" OCHLdagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin chempionatda ham o'z o'yinini yo'qotib qo'ydi. Qolgan jamoalarimiz OCHLdagi ishtiroklaridan keyin chempionatda o'z mavqeilarini yaxshilab olishgan bo'lsa, qarshiliklar aksincha orqaga ketishdi. Bu jamoada ruhiy tushkunlik borligidan darak beradi. Bu narsa yaqindagina bo'lib o'tgan "Paxtakor"ga qarshi bellashuvda ham shudoqqina ko'zga tashlanib qoldi. Davralar oralig'ida klub transfer oynasida faol ishlamasa, ikkinchi davrada turnir jadvalida yanada paslashi mumkin. CHunki "Nasaf"ni ortidan quvib kelayotgan jamoalar "Bunyodkor" va "Olmaliq" ham o'z oldiga bu yilgi mavsumda jiddiy vazifalar qo'yishgan.

"Bunyodkor" birinchi davrani o'zi uchun kutilmagan natijalarni qayd etib o'tkazdi. Sergey Lushan jamoasi etakchilar bilan bo'lgan o'yinlarda faqatgina o'z maydonlarida "Nasaf"dan bir ochko olishdi xolos. "Paxtakor", "Lokomotiv" va "Neftchi"ga imkoniyat boy berilgani ularni o'zlari uchun noananaviy o'rinda joylashishlariga sabab bo'lgan. "Bunyodkor" kam gol o'tkazmoqda, lekin shu bilan birgalikda gol urishda ham yaxshigina oqsamoqda. Ular uchun hali birinchi davra rasman tugagani yo'q va zaxirada "SHo'rtan" bilan bo'ladigan bahs kutib turibdi. Agarda ushbu o'yinda "qaldirg'ochlar" muvaffaqiyat qozonishsa ham ular hozirgi beshinchi pog'onadan ko'tarila olishmaydi. Faqatgina "Olmaliq"dan qochib, "Nasaf"ga yaqinlashib olishlari mumkin.
Birinchi davrada Sergey Lushan o'zi istagan marralarni zabt eta olmadi va endi bor umidi mavsumning hal qiluvchi qismidagi ishtirokdan.

Turnir jadvalida oltinchi o'rinda borayotgan "Olmaliq"ning mavsumdagi starti muvaffaqiyatli chiqqandi. Biroq jamoa birinchi davra o'rtasida bir qator omadsiz o'yinlarni o'tkazdi va ochkolarni boy berdi. Igor SHkvirin boshchiligidagi "armiya" etakchilar bilan o'yinlarda ancha yaxshi harakat qilishdi. Faqatgina "Bunyodkor"ga imkoniyat boy berildi. "Lokomotiv", "Paxtakor" bilan durang, "Nasaf"ni esa mag'lub etishni uddasidan chiqishgan edi. Biroq Farg'ona, G'uzordagi o'yinlarda boy berilgan qimmatli ochkolar ularni kuchli to'rtlikdan tushib ketishlariga sabab bo'ldi. "Olmaliq" ikkinchi davra oldidan hujum chizig'ini yaxshilab olsa bo'lgani. Nemanya Yovanovich ikkinchi qavatdagi kurashlarda har qancha kuchli bo'lmasin, Murzoev qanchalik ko'p mehrat qilmasin, baribir gol ura oladigan hujumchi kerak "Olmaliq"qa. SHavkat Salomov butun mavsum davomida hujumchilarni vazifasini ham bajarib bera olmaydi. Aynan shu narsa bazi o'yinlarda pand berib qo'ydi. Lekin shunga qaramay, "Olmaliq" hozirda "Lokomotiv" bilan birgalikda chempionatimizning eng ko'p gol urgan jamoasi bo'lib turibdi. SHkvirin juda quvnoq jamoani shakllantira oldi. SHuningdek, SHkvirin oldida himoya chizig'i haqida ham qattiq bosh qotirib ko'rishi talab etiladi. Har holda 15 o'yinda 20ta gol qo'yvoradigan jamoa oliy maqsadlar sari kurasha olmaydi.

Rustam Mirsodiqov boshchiligidagi "Metallurg" jamoasi mavsumni qay tarzda muvaffaqiyatsiz boshlagan bo'lsa, birinchi davraning ikkinchi qismini aksincha juda ko'tarinki kayfiyatda o'tkazdi. Qarshida "Nasaf" taslim etilganidan so'ng "Metallurg"ning ishtahasi ochilib, ishlari yurishib ketdi. Ayubxon Nomanov va SHahzodbek Nurmatov kabi futbolchilarining ishonchli o'yinlari jamoaning g'alabalariga zamin yaratmoqda. Bekobodliklar so'nggi o'yinlardagi natijalariga mos ravishda ettinchi pog'onadan joy olishgan. Ikkinchi davrada jamoa shijoatni susaytirib yubormaydi deb umid qilamiz. "Metallurg" istasa istalgan raqibni dog'da qoldira oladigan jamoa ekanligini barcha yaxshi biladi. Aynan shu istak hech so'nmasin. O'rtamiyona jamoa atamasini o'zgartirish vaqti allaqachon etib kelgan. "Metallurg"ning oldinga qarab o'sishi futbolimizga, xususan chempionatimizga juda yaxshi tasir etishi mumkin.

"Qizilqum" uchun birinchi davra o'rtacha kechdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Bular o'zidan yuqori darajadagi jamoalarga yutqazishdi. O'zlaridan kuchsiz jamoalarni esa mag'lub etishdi. Teng saviyali jamoalar bilan esa mos ravishda durang o'ynashdi. Asosiysi "Qizilqum" bir xil tempda o'ynamoqda. Jamoada katta o'sish yoki pasayish kuzatilmadi. CHempionat to'purari bo'lib turgan Bahriddin Vahobov aynan "Qizilqum" futbolchisi. SHu hujumchining xizmatlari evaziga hozirda jamoa turnir jadvalida o'rta pog'onani band etib turibdi. Birinchi davrada Bahriddin Vahobov nafaqat "Qizilqum"ning, balki chempionatning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'ldi.

Keyingi pog'onalarda borayotgan "Navbahor", "Maashal", "SHo'rtan", "Dinamo", "Andijon", "Qo'qon-1912", "So'g'diyona" va "Buxoro" jamoalari shubhasiz birinchi davrada o'z muxlislarini ranjitishdi. Ularning qayd etgan natijalariga havas qilib bo'lmaydi. Aynan shu sanab o'tilgan jamoalarning birida murabbiy istefosi ham kuzatildi. "Buxoro" bilan OCHL yo'llanmasi haqida bosh qotirgan Aleksandr Mochinov OCHL tugul Oliy ligada bitta g'alabaga ham erisha olmadi. Mochinovning Buxorodagi faoliyati uzoq cho'zilmadi. "Buxoro"ni ikkinchi davrada qiladigan ishlari ko'p. Agarda jamoa o'z natijalarini sezilarli darajada o'zgartira olmasa, unda quyi ligaga tushib ketishga majbur bo'ladi. Hozircha ular bu borada eng asosiy davogar bo'lib turishibdi. "Mashal" va "SHo'rtan" mavsumni juda ko'tarinki ruh bilan boshlashgandi. Biroq Qashqadaryoning bu ikki jamoasi ko'plab o'yinlarni osongina boy berishdi. Birinchi davra o'rtasiga kelib debyutdagi muvaffaqiyatli yurishlardan asar ham qolmadi. Bunga moliyaviy qiyinchiliklar ham sabab bo'lgandir balki.
"dinamo" ham Tachmurad Agamurodov qo'li ostida o'zi istagan o'yinlarni ko'rsata olmadi. Samarqandliklar birinchi davrani bor-yo'g'i uchta g'alaba va ikkita duran gbilan tugatishdi. Bu kabi natijalardan so'ng 12-o'rindan tepada turishga loyiq emas jamoa. "Dinamo", "Qo'qon-1912", "Andijon", "So'g'diyona" kabi jamoalarning ikkinchi davrada qanday o'yin ko'rsatishlari qiziq. Lekin bu jamoalar hozirgi mavqeilarini yaxshilashlariga ishonish qiyin. Aynan hozir sanab o'tilgan jamoalarda murabbiy almashuvilarini ko'rish mumkin. "Buxoro"da bu narsa ruy berdi va yana ruy berishi mumkin. "Dinamo" ham bunga juda yaqin. "Andijon", "Navbahor" va "Qo'qon-1912" jamoalarini ham ikkinchi davrada boshqa bosh murabbiy qo'l ostida ko'rsak ajab emas.

Davralar oralig'ida qanday qaynoq transferlar bo'lishi qiyin. lekin murabbiylar istefolari bo'lishi shubhasiz.

Ko'plab futbolchi va murabbiylar chempionat avvalidagi "halol futbol" o'ynashga kelishuvlar buzilayotgani haqida gapirishni boshlab yuborishdi. Birinchi davraning ikkinchi yarmidagi holat ham bunga misol bo'la oladi. Bazi o'yinlarda haqiqiy kurashlarni ko'rmay qolishni yana boshladik. Buyog'iga eski hunarni bas qilish kerak! Bo'ldida endi! CHiroyli va halol futbolga nima etsin! Kuchli bo'lsangiz maydonda isbotlang, murabbiylik salohiyatingizni ko'rsating! Yangi taktik qo'llanmalar ustida ishlang, intiling! Eski kelishuvlarni qo'zg'amang faqat! Futbolimizni botqoqqa emas, ko'klar ko'tarishga harakat qilaylik. Barchasi o'z qo'llaringda! Futbolga bo'lgan qarashimiz, munosabatimizni o'zgartirishimiz zarur!

SHaxsan o'zim birinchi davrada 17 ta o'yinni bevosita stadionda kuzatishga erishdim. SHu matchlarning ichida yarq etib ajratib ko'rsatishsa loyiq o'yin bu "SHo'rtan" - "Olmaliq" (3:3) uchrashuvi bo'ldi. Aynan shu bahsda haqiqiy kurash va qizg'in o'yinni ko'rishga muvaffaq bo'ldim. Bu kabi o'yinlar soni ko'payishi kerak!

Ikkinchi davrada chiroyli va halol futbol ko'rishda davom etamiz degan umiddamiz!


SHahboz Beg'amov
 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика