So’nggi yangiliklar

16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  2 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  6 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4

Bir yil oldin O'zbekiston U23ga gol urgan yigit kecha van Deykni "xot-dogga jo'natdi" Yangiliklar

Bir yil oldin O'zbekiston U23ga gol urgan yigit kecha van Deykni "xot-dogga jo'natdi"

Xvang Xi CHanning golidan so'ng "Zalcburg" "Liverpul"ni quvishni boshladi.

Koreyalik jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qilib, bir harakatda dunyoning eng yaxshi futbolchisi, "Oltin to'p" uchun davogar Virjil van Deykni "xot-dogga jo'natdi" (aldab o'tdi) va to'pni darvozaning uzoq burchagiga joylab qo'ydi. Ishonmasangiz videoni ko'ring.


- Janubiy Koreyada uni eng iqtidorli yoshlardan biri deb hisoblashgan, u o'smirligida ko'p gol urardi, 14 yoshida esa U18 jamoasida o'ynagan;


- Xvan 2015 yilda "Zalcburg"ga o'tgan. U "Poxan Stilers" akademiyasida tahsil olgan, ammo asosiy jamoada o'ynay olmadi;


- O'shandayoq u Janubiy Koreya o'smirlar terma jamoasi safida FIFA tomonidan tashkillashtirilgan Kanga Cup turnirida ishtirok etib, gollar bo'yicha turnir rekordini yangiladi va afsonaviy Bum Kun CHa nomidagi sovrinni qo'lga kiritdi;


- "2002 yildagi jahon chempionatidan so'ng futbol o'ynashni boshlaganman" - degandi Xvan terma jamoa bilan JCH-2018ga yo'l olishidan avval. Uni hakamlar yordami bilan yarim finalga etib borgan Gus Xiddink jamoasi ilhomlantirgan. O'shanda yigitcha 6 yoshda edi.


- Avvaliga Xvanni "Zalcburg" farm-klubi, Avstriyaning ikkinchi Bundesligasida ishtirok etadigan "Lifering"ga jo'natishdi.


- Koreyalik yarim yil ichida Avstriya futboliga ko'nikdi. 2015/16 mavsumdan boshlab u gol urishni boshladi - 18ta o'yinda 11ta gol va asosiy jamoa tarkibiga qo'shildi. SHundan so'ng u "Lifering"da o'ynamadi;


- 2016/17 mavsumni juda yaxshi o'tkazdi (Avstriya Bundesligasining 26ta uchrashuvida 12ta gol va 3ta golli pas), biroq keyingisida biroz bo'shashdi va zaxirada qolib ketdi. 2018/19 mavsumni ijarada "Gamburg"da o'tkazib, bor-yo'g'i 2ta gol urdi.


- Uning "Zalcburg"dagi eng muvaffaqiyatli mavsumi deb hozirgisini aytsak bo'ladi. U chempionatning 7ta uchrashuvida 4ta gol urib, 6ta golli pas berishga erishdi.


- Xvan Xi CHxan 2018 yil Jakartada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlarida Janubiy Koreya U23 terma jamoasi bilan chempion bo'lgan. Esingizda bo'lsa, Xvan va uning jamoasi chorak finalda O'zbekiston bilan to'qnash kelgan. Aynan shu yigit 118 daqiqada koreyaliklarning 4-golini urib, o'z jamoasini yarim finalga olib chiqqan.


- Xvan 2018 yildagi Osiyo o'yinlarida 3ta gol urishga erishgan. Janubiy Koreya U23 terma jamoasi Xvanning 101-daqiqadagi goli evaziga chempionga aylandi. Son Xyon Minning armiyaga ketmaslik masalasini aynan shu yigit hal qilgan edi.


Kecha u himoyada van Deyk turganini payqagani ham yo'q. Yodingizda bo'lsa, bir yildan oshiq vaqt davomida gollandiyalikni hech kim aldab o'tmagan edi. Aniqroq aytadigan bo'lsak, 2018 yilning martidan 2019 yilning avgustigacha uni aldab o'tadigan mard topilmagan.

Bu seriyani Gabriel Jezus buzgan edi.


Yana takrorlaymiz: o'tgan yili ikkinchi Bundesligada katta qiyinchiliklarga uchragan 23 yoshli Xvan kecha dunyoning eng yaxshi himoyachisini bir harakatda aldab o'tdi va to'pni uzoq burchakka joylab qo'ydi. Bu futbol!

Reyting: +58   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика