Bir yil futbol o'ynamagan Neymar OCHL bahsida maydonga tushishi mumkin
14 okt 2024 20:41
Yangiliklar
Bir yil futbol o'ynamagan Neymar OCHL bahsida maydonga tushishi mumkin
Neymar 21 oktyabr kuni "Al Hilol" safida maydonga tushishi kutilmoqda.
Malumotlarga ko'ra, 32 yoshli hujumchi tizzasidagi jarohatidan deyarli qutildi. U "Al Ayn"ga qarshi bahsda ishtirok etishga tayyor bo'ladi.
Futbolchi 2023 yilning oktyabrida Braziliya terma jamoasi safida olgan jarohatidan so'ng bir yil maydonga tushmadi.
Braziliyalik 29 sentyabrdan "Al Hilol" mashg'ulotlariga qaytdi. U qachon maydonga tushishini klub bosh murabbiyi Jorje Jezush hal qiladi. Buning uchun unga Braziliya terma jamoasi shifokori Rodrigo Lasmarning ruxsati kerak bo'ladi. Lasmar yaqin kunlar ichida Saudiya Arabistoniga uchib boradi va futbolchining holatiga baho beradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar