So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  3 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  6 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  103 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  848 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Bir o'yin tarixi. Zeytullaevning terma jamoa libosidagi oxirgi goli, ikkinchi tarkib bilan kelgan Qatar, SHackixning yagona qizil kartochkasi 2006 yilgi O'zbekiston – Qatar uchrashuvini yodga olamiz Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. Zeytullaevning terma jamoa libosidagi oxirgi goli, ikkinchi tarkib bilan kelgan Qatar, SHackixning yagona qizil kartochkasi 2006 yilgi O'zbekiston – Qatar uchrashuvini yodga olamiz

Siz azizlarni karantin davrida zeriktirmaslikga harakat qilgan, mag'lubiyat va g'alabalarni yodga olishga undagan bir o'yin tarixi loyihasi davom etadi.

Bugun Osiyo kubogi-2007 saralash bosqichidan o'rin olgan, “Paxtakor” markaziy stadionida o'tkazilgan O'zbekiston – Qatar uchrashuvini yodga olamiz. Esingizda bo'lsa, mazkur kvalifikacion turnir tafsilotlari, uchrashuvlar atrofidagi voqealar haqida avvalgi sonlarimizda batafsil aytib o'tgan edik. SHuning uchun bugun asosan o'yin haqida fikrlashamiz va so'z yuritamiz.

Bosh murabbiy Valeriy Nepomnyashhchiy mazkur bahsga bir qator mahalliy va legioner futbolchilarni taklif qildi. Ular orasida Italiyada javlon urayotgan o'zbekistonlik futbolchi Ilyos Zeytullaevni ham ko'rishimiz mumkin edi. Maksim SHackix, Andrey Fyodorovlar esa doimgidek terma ixtiyorida bo'lishdi. Mahalliy futbolchilardan Kapadze, Jeparov, Koshelev, Kiryanlar ham shu kuni bahsni asosiy tarkibda boshlashdi. Qaysidir manoda ular Valeriy Kuzmich davrida termaning o'zagiga aylanib ulgurgandi.

Muxlislarning asosiy diqqat etibori Zeytullaevga qaratilgan, undan ko'p narsa kutishardi. Avvalgi yillarda iqtidorli yarim himoyachi ko'p ham termaga chaqirilmagandi. Jarohatlar, hujjatlar bilan bog'liq muammolar o'rtada to'siq bo'lib turardi. Nepomnyashhchiy esa xorijda o'ynayotgan hamyurtlarimizdan ko'proq foydalanishga harakat qilardi.

Qatar Toshkentga ikkinchi tarkib bilan kelgan, boisi ular yo'llanmani muddatidan avval naqd qilib qo'yishgandi. birgina taniqli mahalliylashtirilgan legioner Sebastyan Soriya Kuintanani aytmaganda tarkib 90 foizga o'zgarib ketgandi. O'zbekiston terma jamoasi bundan oldingi bahslarda ochkolar yo'qotib biroz qiyin ahvolga tushib kolgandi. Gonkong bilan, safarda Qatar bilan o'yinlarda yo'qotilgan ochkolar qimmatga tushishga yaqin kelgandi. Agarda ushbu bahsda g'alaba qozonsak muammosiz ikkinchi o'rin bilan Osiyo kubogi final bosqichi chiptasiga ega chiqardik. Ikkinchidan esa Qatardan o'z uyimizda safarda uchralgan 1:2 hisobidagi mag'lubiyat uchun ham revansh olish hissi futbolchilarimizga qo'shimcha kuch berishi tayin edi.

Uchrashuvning 31-daqiqasida tezkor texnika va dribling egasi, kuchli zarbalar bilan ko'plab darvozabonlarni dog'da qoldirgan Leonid Koshelev raqib himoyachilarini tartibsizligidan foydalanib chiroyli tarzda to'p kiritdi. Ko'pchilik sog'ingan Koshelevni tez orada “Tezkor Studiya” loyihasida ekspert sifatida ko'rishingiz mumkin bo'ladi. Hozirda murabbiylik sohasida faoliyat olib borayotgan sobiq futbolchidan Osiyoning kuchli posbonlari ham jabr ko'rishganini ham aytib o'tish joiz. Djemalidin Mushovich boshchiligidagi Qatar shu kuni bosimsiz o'ynashi, ko'p ham hujumga intilmasligi vakillarimizga foyda berdi. CHunki, baribir ruhiy tomondan ularda xotirjamlik bor edi.

Ikkinchi bo'limning 53-daqiqasida biz takidlayotgan Ilyos Zeytullaev tablodagi hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi. Afsuski, ushbu gol uning terma jamoadagi faoliyatidagi oxirgi gol bo'lib qoldi. Umuman olganda milliy jamoada 10ta uchrashuvda maydonga tushib 2ta to'p kiritgan Zeytullaev barcha ikkita golni biz yodga olayotgan saralash bosqichida uradi.

Yana bir etiborga molik voqea bahsning 60-daqiqasida ro'y beradi. Yani raqib himoyachisi bilan maydonda tortishib qolgan Maksim SHackix qatarlik futbolchiga qo'li bilan nojo'ya harakat qilgani uchun amirlik hakam Muhammad Umar tomonidan chetlatiladi U bilan birga raqib o'yinchisi ham qizil kartochka bilan siylanadi. Bu Maksning terma jamoadagi yagona qizil kartochkasi sifatida tarixga kiradi.

Garchi, termamiz qita kubogiga yo'llanma olgan bo'lsada yakunda Valeriy Kuzmichga chiqish eshiklari ko'rsatiladi va kelishuv bekor qilinadi. Qizil kartochka olgan SHackix esa Osiyo kubogi guruh bosqichidagi birinchi tur Eronga qarshi bellashuvni o'tkazib yuborgandi.

Osiyo kubogi-2007 saralashi.
O'zbekiston – Qatar – 2:0
15.11.2006. Toshkent. “Paxtakor” Markaziy stadioni. 20000 tomoshabin.
Bosh hakam:
Al-Saidi Muhammad Umar (BAA)
Gollar: Leonid Koshelev 31, Ilyos Zeytullaev 53.
CHetlatish: Maksim SHackix 60 – Abdullox Al Berik 60.

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Andrey Fyodorov, Vitaliy Denisov, Aleksey Nikolaev, Asror Aliqulov, Vladislav Kiryan, Temur Kapadze (Ulug'bek Baqoev, 90), Leonid Koshelev (Aleksandr Geynrix, 83), Ilyos Zeytullaev (Viktor Karpenko, 65), Server Jeparov, Maksim SHackix.


Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda


O'sha o'yinda terma jamoamiz sardori - Andrey Fyodorov


Qatar terma jamoasi, Sebastyan Kuintanani tanidingizmi?


Vladislav Kiryan, Asror Aliqulov, Ilyos Zeytullaev, Leonid Koshelev va Ignatiy Nesterov


Murabbiylar shtabi va zaxiradagi futbolchilar. Valeriy Nepomnyashchiy, Ravshan Haydarov, Usmon Toshev, Barot Elmurodov, Andrey Jegalo, Mirko Yelichich.  


Tepa qator (chapdan o'ngga): Asror Aliqulov, Aleksey Nikolaev, Timur Kapadze, Leonid Koshelev, Vladislav Kiryan, Andrey Fyodorov.

Pastki qator (chapdan o'ngga): Maksim SHackix, Vitaliy Denisov, Ignatiy Nesterov, Server Jeparov, Ilyos Zeytullaev.


Zeytullaev to'p bilan oldinga o'tmoqda


To'p Vladislav Kiryanda


Server Jeparov


Leonid Koshelev


Timur Kapadze


Andrey Fyodorov hujumchilarga yordamga kelgan payt


Maksim SHackix ikki raqib qurshovida




Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика