So’nggi yangiliklar

08:04Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур якунланади ва 3-тур бошланади  0 07:38Футзал. Бугун Эронга қарши финал йўлланмаси учун баҳс олиб борамиз  2 07:15U-23 Осиё кубоги. Қатар - Япония 2:4  0 07:12Реванш олиш вақти келди. Бугун Ўзбекистон ОТЖ Саудия Арабистонига қарши майдонга тушади  14 07:10U-23 Осиё кубоги. Жанубий Корея - Индонезия 2:2 (пенальтилар 10:11)  1 07:05Серия А. "Удинезе" - "Рома" 1:2  0 07:00АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 0:4  0 04:48Интервью. Исломбек Исмоилов: "Мураббийнинг ҳаёти ўйиндан ўйингача"  1 01:56U-23 Осиё кубоги. Даҳшат! Индонезия Жанубий Кореяни енгиб, ярим финалга йўл олди. Жамоалар 12 тадан пенальти тепишди  47 00:28Швейцария Суперлигасида ўйин олдидан қорли стадионни мухлислар тозалашди  0 00:11U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши ўйинолди машғулоти ўтказди  3 23:54АПЛда ўйнайдиган икки нафар футболчи зўравонликда гумонланиб, ҳибсга олинди  9 23:37Франция президенти Дрогба ва Азар билан бир жамоада футбол ўйнаб, пенальтидан гол урди  3 23:10Ҳожимат Эркинов: "Учрашувнинг асосий вақтида ғалаба қозонишни мақсад қилганмиз"  14 22:46Ямал тепган тўп дарвозага кирганмиди? Лунин жавоб берди  35

Bir o'yin tarixi. Qo'shimcha bo'limlarda o'chib qolgan chiroq, penaltilar seriyasidagi mag'lubiyat. O'zbekiston – Iordaniya uchrashuvini yodga olamiz Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. Qo'shimcha bo'limlarda o'chib qolgan chiroq, penaltilar seriyasidagi mag'lubiyat. O'zbekiston – Iordaniya uchrashuvini yodga olamiz

Mana necha yildirki biz turli yoshdagi terma jamoalarimiz, milliy terma jamoamiz bilan maqsadimizga, niyatimizga etishishimizga doim bir qadam qolganda qoqilamiz.

O'sha bir qadamning asl muammosi biz uchun hamon jumboqligicha qolmoqda. Esingizda bo'lsa, JCH-2014 saralash bosqichida juda yaxshi o'yin va natijalar qayd etib, yakunda mundial yo'llanmasidan quruq qolgandik. Menimcha, biz o'shanda haqiqatdan Jahon chempionatiga borishga munosib edik. Biroq, beshafqat va adolatsiz futbol orzuyimizga etdik deganda chiptani qo'limizdan tortib oldi.

Demak, bugun pley-off doirasida o'tkazilgan, biz uchun alamli tugagan Iordaniyaga qarshi bellashuv haqida to'xtalamiz.



Pley-offga qadar vakillarimiz o'ta qiyin va mashaqqatli yo'lni bosib o'tishgandi. Qatar, Eron, Janubiy Koreya, Livan kabi raqiblar bilan munosib kurashgan holda mundialga loyiq ekanliklarni ko'rsatishgandi. Aslida, so'ngi turda o'zimizda bo'lib o'tadigan Qatar bilan uchrashuvda barcha masalani hal qilishimiz kerak edi. Biroq, bizga o'shanda bitta gol etishmagandi. Parallel kechgan narigi uchrashuvda esa Janubiy Koreya o'z maydonida Eronga g'alabani sovg'a qilgandi. Garchi, biz 5:1 hisobida Qatarni mag'lubiyatga uchratgan bo'lsakda bu etarli bo'lmaydi. Ochkolarimiz Koreyaniki bilan teng bo'lganiga qaramasdan to'plar nisbatiga ko'ra ular ikkinchi o'rin bilan Jahon chempionatiga yo'l olishadi. Milliy jamoamiz esa uchinchi o'rin bilan pley-offga chiqadi. Baribir, bu bosqichdan o'tgan taqdirimizda ham Amerika qitasi vakili Urugvay bilan to'qnash kelishimiz ehtimoli yuqori edi. Suares, Forlan, Muslera kabi yulduzlarga to'la terma jamoa to'sig'idan o'ta olmasakda o'ziga xos tarix yaratgan bo'lar edik.

Bu paytga kelib Iordaniyada ham murabbiy o'zgargan, uzoq vaqt termani boshqargan Adnan Hamad qoniqarsiz natijalar sabab o'rnini misrlik Xusam Xasanga bo'shatishga majbur bo'lgandi. Ushbu murabbiy qisqa vaqt ichida jamoani O'zbekistonga qarshi o'yinga tayyorlashi kerak edi. Mazkur bosqichda Mirjalol Qosimov bir nechta tajribali futbolchilarni xizmatidan foydalanmaslikka qaror qildi. Ularning o'rniga Egor Krimec, Jamshid Iskanderov, Igor Sergeev, Ivan Nagaev kabi kabi futbolchilar taklif etildi. Tarkibimizda yana bir jiddiy yo'qotish yuzaga kelgandi. Ignatiy Nesterov bir necha oy oldin orttirib olgan jarohatidan hali tuzalmagandi. SHuning uchun uning o'rnini Murod Zuhurov bilintirmaslikga harakat qildi. Ammo, oldindagi o'yinlarda baribir Nesterovning yo'qligi bilinishi tabiiy sanalardi. Ammandagi uchrashuvda futbolchilarimiz tengma-teng o'ynagan holda ortlariga durang natija bilan qaytishdi. Har holda safardan durang bilan qaytish mag'lubiyatdan ko'ra yaxshiroq edi. Toshkentda esa hamyurtlarimizni yanada og'ir javob uchrashuvi kutardi.



Tarkibda o'tgan o'yinlarga qaraganda sezilarli darajada o'zgarishlarga qo'l urilgandi. Baqoev, Geynrix kabi hujumchilarimiz bu safar qaydnomadan o'rin olmadi. Vaholanki, muhim pallalarda tajriba birinchi navbatda qo'l kelardi. Baqoevni o'rnida Qatar bilan o'yinda ikkita gol urgan Bahodir Nasimov harakat qildi. Markaziy himoyada safardagi o'yinda o'zini ko'rsata olmagan va birinchi bo'limdayoq almashtirilgan Egor Krimec emas balki, Islom To'xtaxo'jaev asosiy tarkibda o'yinni boshlaydigan bo'ldi. Umuman olganda Mirjalol Qosimov jangovar tarkibni maydonga tushirdi deyishimiz mumkin.

Bellashuvni hujumkor ruhda boshlagan futbolchilarimiz beshinchi daqiqaga kelib hisobni ochishga muvaffaq bo'lishgandi. Server Jeparovning jarima zarbasidan uzatib bergan to'pini o'zining terma jamoadagi 50-uchrashuvini o'tkazayotgan Anzur Ismoilov Amir SHafi qo'riqlayotgan darvozaga aniq yo'llaydi - 1:0. Bir tomondan bu gol umid bag'ishlasada, boshqa tomondan zararimizga ishlardi. Buning oqibatida terma jamoamiz xotirjamlikka berildi. Hujumlar sonini kamaytirdi. Qaysidir manoda natijani saqlab qolish ilinjida o'yinni davom ettirishdi desak mubolag'a bo'lmaydi.



Lekin, hali bunga juda erta hisoblanardi. Bo'lim oxirlariga kelib raqib futbolchilari qanotdan hujum uyushtirishdi. O'zbekistonlik futbolchilarning tartibsiz harakatlari natijasida hujum markazga ko'chdi. Markazda to'pni jamoadoshlaridan qabul qilib olgan Said Murjan kuchli zarba bilan Zuhurov darvozasini aniq nishonga oldi - 1:1. Posbonimiz esa raqibining zarbasini har qancha urinmasin qaytara olmadi. Biznikilar bahsning asosiy vaqtida keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qilimoqchi ekanliklari bilinib turardi. SHu sababdan Qosimov ikkinchi bo'limda maydonga yosh va hali etarlicha tajribaga ega bo'lmagan Igor Sergeevni qanot vingeri Jasur Hasanovga almashtiradi. Endilikda termamiz taktik-sxemani o'zgartirib ikki markaziy hujumchi bilan o'ynashni boshlaydi. Biroq, iordaniyaliklar ehtiyotkorlikka urg'u qaratib, qarshi hujumlarda o'z imkoniyatlarini kutadilar. Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob o'zgarmagach avstraliyalik hakam Benjamin Uilyams ekstra-taymlarga chorlaydi.
Futbolchilar jismoniy jihatdan toliqib qolishgan, yuqori temp bilan bir tekis o'yin namoyish etishga kuch topishlari qiyin edi. SHunda ham hujumkorlikni to'xtatmagan hamyurtlarimizda bir nechta xavfli vaziyatlar yaratadi. Ivan Nagaev, Vitaliy Denisov singari tezkor futbolchilarimiz raqib himoyasini yorib o'tishga urinib ko'rishdi. Biroq, bari samarasiz ketaverdi. O'yin tizginini va nazoratini ushlab turgan paytimizda stadion chiroqlari malum bir texnik sabablarga ko'ra o'chib qoldi. Bu esa hujum qilayotgan jamoaning zarariga ishlar, tempni tushishiga sabab bo'lardi.



Ammo, yakunda baribir ikki terma jamoa g'olibni aniqlash maqsadida penaltilar seriyasiga murojaat qiladigan bo'ldi. Bizdan birinchi bo'lib nuqtaga yaqinlashgan Odil Ahmedov zarbani yo'llashda adashdi, to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi. Keyinchalik, raqib futbolchisi ham bir bor zarbani xato amalga oshirdi. "Futbol lotoreyasi"da ham tenglik kuzatilayotgani sabab yakun qanday bo'lishi ko'pchilikni qiziqtirardi. Aksiga olib shu kuni darvozani qo'riqlagan Zuhurov bironta zarbani qaytara olmaydi. Iordaniyalik futbolchi to'qqizinchi zarbani aniq darvozaga yo'lladi. Anzur Ismoilov ham gol ursa seriya davom etadi, aks holda o'yin tugardi. Himoyachimizning zarbasini raqib posboni Amir SHafi qaytardi va jamoasining g'alabasini taminladi. Bu bizning JCH-2006 saralashidan keyingi navbatdagi omadsizligimiz edi. JCH-2010 kvalifikacion ranudida esa O'zbekiston guruhda so'nggi o'rinni band etgandi.



JCH-2014 saralash bosqichi. Pley-off.
O'zbekiston – Iordaniya – 1:1 (Penaltilar seriyasida 8:9).
10.09.2013. Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 25621 tomoshabin.
Bosh hakam:
Benjamin Uilyams.
Gollar: Anzur Ismoilov, 5 – Said Murjan, 42.
Penaltilar seriyasi: Anas Bani Yosin 0:1, Odil Ahmedov noaniq (darvoza ustuniga tegib qaytdi), 0:1, Oday Sayfi 0:2, Server Jeparov 1:2, Abdulla Dib, 1:3, Temur Kapadze, 2:3, Said Murjan 2:4, Islom To'xatxo'jaev, 3:4, Ahmad Hayel Ibrohim noaniq, 3:4, Igor Sergeev, 4:4, Adnan Sulaymon, 4:5, Akmal SHorahmedov, 5:5, Muhammad Mustafo, 5:6, Vitaliy Denisov, 6:6, Amir Dib, 6:7, Ivan Nagaev, 7:7, Oday Zaxran 7:8, Sanjar Tursunov, 8:8, Muhammad Dmeyri 8:9, Anzur Ismoilov, noaiq (darvozabon qaytardi).
O'zbekiston: Murod Zuhurov, Anzur Ismoilov, Vitaliy Denisov, Islom To'xtaxo'jaev, Akmal SHorahmedov, Temur Kapadze, Odil Ahmedov, Server Jeparov, Oleg Zoteev (Sanjar Tursunov, 44), Jasur Hasanov (Igor Sergeev, 59), Bahodir Nasimov (Ivan Nagaev, 82).






Abdulaziz Iskandarov tayyorladi.

Uchrashuv rasmlarni taqdim etgani uchun O'FA fotografi Hasan Pirmuhammedovga minnatdorchilik bildiramiz.

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика