So’nggi yangiliklar

12:50ФИФА рейтингида етакчилик қилаётган Бразилия футзал терма жамоаси ҳақида нималар маълум?  1 12:23Барчанинг иштаҳасини очиб юборган 8.5 та ўрин, биз ёлғиз эмасмиз!  5 12:07Пике Ламин Ямалнинг майдондаги хатти-ҳаракатларини эътироф этди   1 11:40Хоселу: "Карвахаль "Олтин тўп"га лойиқ"  1 11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  1 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  7 10:27Футзал. Парагвай терма жамоаси Тошкентга етиб келди  2 09:55Жаҳон чемпиони Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  14 09:26"Реал Мадрид"нинг яна бир асосий таркиб футболчиси ФИФА кунларида жароҳат олди  7 09:10Миллатлар лигаси. Португалия - Хорватия, Роналду терма жамоа сафидаги 131-голини урди  3 08:58Дахшатли нархлар. "Барселона" мухлисларга футболкаларни тарихдаги энг қиммат нархларда сотмоқда   4 08:30ЖЧ саралаши. Аргентина - Чили, Аргентина ўз уйида йирик ғалаба қозонди, Ди Мария терма жамоа билан хайрлашди  4 08:26Машариповнинг голи, Юсуповнинг қаҳрамонлиги. Ўзбекистон - КХДР учрашувидан ГАЛEРEЯ  3 07:59Роналду: "Португалиянинг Евро-2016даги ғалабаси жаҳон чемпионатидаги ғалабага тенг"  32 07:28Миллат қаҳрамонлари! ФИФАнинг энг кучсиз жамоаси тарихида илк бор расмий учрашувида ғалаба қозонди  8

Bir o'yin tarixi. O'zbekiston – Nigeriya 2:3 yoxud Xirosimadagi chempionlikdan bir yil o'tib Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. O'zbekiston – Nigeriya 2:3 yoxud Xirosimadagi chempionlikdan bir yil o'tib

O'zbekiston milliy terma jamoasi xalqaro maydondagi yagona rasmiy sovrinini 1994 yil Xirosimadagi Osiyo o'yinlarida qo'lga kiritganini yaxshi bilasiz.

O'shanda ilk bor katta nufuzli turnirda qatnashgan terma jamoamizni murabbiylar Rustam Akramov va Birodar Abduraimov shohsupa sari etaklay olgandi. Biroq, debyutdagi muvaffaqiyatli natijadan malum vaqt o'tgach ikki mutaxassis boshqaruv postini o'sha paytdagi futbolimiz rahbarlarining jamoaga aralashuvi sabab tark etishga majbur bo'lishgandi. Bunga esa sabablar bisyor. Ammo, ushbu istefo jamoa zarariga ishlashi tabiiy hol edi. Akramovdan so'ng termani qabul qilib olgan Aleksandr Ivankov esa orada shunchaki boshqaruvchi vazifasini bajarardi, xolos. Uning oldida aniq maqsad va biron dastur bo'lmagandi. 1995 yilning iyun oyida Malayziyadagi o'rtoqlik maqomidagi «Mustaqillik Kubogi»da omadsiz qatnashgan terma jamoamiz kuz oyiga kelib navbatdagi rasmiy uchrashuvda maydonga tushadi. Bu Osiyo o'yinlaridan so'ng o'tkazilishi ko'zda tutilgan navbatdagi uchrashuv hisoblanardi. OFK vakillarining yordami bilan jamoamiz o'sha vaqtda urfga aylangan Afro-Osiyo millatlar kubogida jamoamiz qita nomidan ishtirok etadi. Kichik turnirda Nigeriya terma jamoasiga qarshi ikkita o'yin bo'lib o'tdi. Afrika vakili tarkibida Jorj Findi, Daniel Amokachi, Emmanuel Amunike kabi kuchli top chempionatlarda o'ynaydigan futbolchilar etarli darajada topilardi. Mahorat bobida ular yaqqol ustun edilar. SHuning uchun mazkur bellashuvda imkoniyatlarimiz pasdek chamalandi. Lekin, biznikilar kimsan Osiyo o'yinlari chempioni sanalardi.


O'zbekiston terma jamoasi tarkibida bir yil oldigiga qaraganda nisbatan katta o'zgarishlar ko'rishimiz mumkin. Darvozaga chizig'iga Yuriy SHeykin emas balki, Oleg Belyakov va yosh Pavel Bugalo taklif etildi. Bugaloning terma libosidagi birinchi o'yini shu yillarga to'g'ri kelgan. SHuningdek Dilmurod Nazarov, Akmal Hoshimov, Andrey Zaxarov kabilar termadan taklif olgandi. Afrika futbolidan bexabar bo'lgan jamoamizni qanday uslubda o'ynashi ko'pchilikni qiziqtirardi.

SHu sababli «Paxtakor» markaziy stadioniga shu kuni 56000dan oshiq tomoshabin tashrif buyurgandi. CHunki, terma jamoa uzoq vaqtdan so'ng yana poytaxtimizdagi tarixiy o'yingohga qaytgandi. Bahsning 7-daqiqasida Belyakov mehmonlar futbolchisi, «Nant» klubi azosi Siasianing zarbasini qaytara olmaydi va darvozasidan birinchi to'pni olib chiqadi - 0:1. Nigeriya termasida jismonan doim har qanday davrda jismonan baquvvat bo'lgan futbolchilar harakat qilib kelgan. Baribir, bahs davomida tajriba o'z so'zini aytayotgandi. Azamat Abduraimovning Osiyo o'yinlarida Janubiy Koreya darvozasiga urgan goli hali esdan chiqib ulugurmagani uchun hujumchidan barcha muxlislar gol kutardi. Ikkinchi bo'limning 67-daqiqasida mehmonlar navbatdagi golni uradi, Viktor Ikpebaning kuchli zarbasi darvozamiz to'rini titratadi - 0:2. O'yinni ijobiy natija bilan yakunlash uchun qolgan daqiqalarda futbolchilarimiz mo'jiza ko'rsatishligi yoki loaqal durang qayd etishligi talab etilardi. Buning uchun ular o'yinni o'z qo'llariga olishi lozim edi.


76-daqiqaga kelib raqib o'z jarima maydonchasi yaqinida Azamat Abduraimovni qo'pollik bilan to'xtatib qoladi. Standart vaziyatdan esa Mirjalol Qosimov mohirona foydalanadi va oradagi farqni qisqartiradi - 1:2. Uning zarbasini nigeriyalik posbon Alloy Agu qaytarishga ojizlik qilgandi. Qosimovning kiritgan umid goliga Nvankvo Kanu javob qaytaradi - 1:3. Ushbu futbolchi terma jamoaga Niderlandiyaning «Ayaks» klubidan jalb qilingan, o'z jamoasining etakchilaridan edi. Mazkur jamoa 90-yillarda Evropada qudratli va grand jamoalardan biri bo'lgan. Biznikilar esa bunday darajadgi jamoa bilan terma miqyosida ilk bor to'qnash kelayotgandi. Bungacha esa faqat «Vitess» va NEK klublari bilan o'ynagandi.

Bahsdagi hisob allaqachon 1:3 ko'rinishiga kelganiga qaramasdan futbolchilarimiz umidsizlikka tushishmaydi. 84-daqiqada standartlar ustasi Mirjalol Qosimovning burchakdan uzatib bergan to'pini himoyachimiz Andrey Fyodorov boshi bilan darvozaga yo'llaydi - 2:3. Uyda mag'lubiyatga uchragan vakillarimiz Nigeriya poytaxti Lagosdagi javob uchrashuvida juda yaxshi harakat qilib ortga kichik 0:1 hisobidagi mag'lubiyat bilan qaytadi. Yakunda "eng yaxshi darvozabon" deb ikkinchi bahsda muqarrar gollardan qutqarib qolgan va o'zini ko'rsatgan Pavel Bugalo elon qilindi. Mirjalol Qosimov "eng yaxshi yarim himoyachi" deb etirof etildi.


Afro-Osiyo kubogi.
O'zbekiston - Nigeriya 2:3
21.10.1995. «Paxtakor» markaziy stadioni, 56200 tomoshabin.
Gollar:
Mirjalol Qosimov 76, Andrey Fyodrov 84 – Samson Siasia 7, Viktor Ipkeba 67, Nvankvo Kanu 79.

O'zbekiston: Oleg Belyakov, Andrey Zaxarov, Farhod Magometov, Andrey Fyodorov, Mirjalol Qosimov, Gennadiy Denisov (Dilmurod Nazarov, 55), Ilhom SHaripov, Abduqahhor Marufaliev (Ravshan Bozorov, 65), Sergey Lebedev (SHuhrat Maqsudov, 75), Igor SHkvirin, Azamat Abduraimov
Bosh murabbiy: Aleksandr Ivankov

Nigeriya: Agu Aloy; Eguavon Avgustin; Ipae Vasiu; Okafor Uche; Uest Taribo; Olise Sandey; Oruma Vilson (Kanu Nvanku, 60); Adepoju Mutiu; Ikpeba Viktor (Ojigve Karibe, 85); Siasia Samson; Amokachi Daniel


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика