So’nggi yangiliklar

12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  1 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  1 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  3 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  12 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  11

Retro futbol. "Neftchi" - "Saut Chayna" 5:4. Anvar Berdievning pokeri va Farg'onadagi o'sha qadrdon stadionni yodga olamiz Yangiliklar

Retro futbol. "Neftchi" - "Saut Chayna" 5:4. Anvar Berdievning pokeri va Farg'onadagi o'sha qadrdon stadionni yodga olamiz

Teglar :  Saut CHayna Neftchi
"Neftchi" jamoasi so'nggi yillarda oldiga yuqori maqsad qo'ygan holda xalqaro maydon tomon harakat qilmoqda.

O'z vaqtida xalqaro maydonlarda ishtirok etgan mazkur jamoani yaxshi eslaymiz. Retro futbol orqali 2009 yil OFK kubogi 1/4 final doirasida Gongkongning "Saut Chayna" jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvga to'xtalishni lozim, deb topdik. Umumiy hisobda 9ta gol urilgan bahs yakunida Farg'ona shahri klubi 5:4 hisobidagi g'alabani tantana qilgandi. Anvar Berdiev shu kuni poker qayd etgan bo'lsa, yana bir golga jamoa sardori Mansurjon Saidov mualliflik qilgan. 

 "A" guruhida "Busaytin" (Bahrayn), "Al Ahad" (Livan) va "Al Tilol" (Yaman) klublari bilan kurash olib boradi. Farg'onaliklar 6ta o'yindan 11 ochko to'plab "Busaytin" (12 ochko) bilan birga keyingi bosqichga chiqishadi. Nimchorak final bahslari o'sha paytda bitta o'yindan iborat bo'lardi. "Neftchi" guruhda ikkinchi bo'lgani uchun "E" guruhida birinchi o'rinni olgan Suriyaning "Al Majid" klubi mehmoni bo'lgan. 26 may oqshomida bo'lib o'tgan bahsning asosiy hamda qo'shimcha taymlarida jamoalar gol ura olishmaydi. G'olib penaltilar seriyasida aniqlanishi kerak.

Futbol lotoreyasida "Neftchi" posboni Yuriy Coy raqibning ikki zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'lib qahramonga aylangan. Farg'onaliklar penaltilar seriyasida 3:1 hisobida zafar quchib chorak finalga chiqishgandi. "Saut Chayna" ilk o'yinda taslim qilinganiga qaramasdan javob bahsida safarda 0:1 hisobida mag'lub bo'ladi. Safarda urilgan gol qoidasiga ko'ra gonkongliklar keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritadi.

OFK kubogi-2009. 1/4 final

"Neftchi" - "Saut Chayna" 5:4

Gollar: Mansurjon Saidov 5, Ambassa Gerard 32, Anvar Berdiev 33, Ramon 36, Kvok Kin Rong 40, Anvar Berdiev 44, Anvar Berdiev 80, Leandro Karrio 85, Anvar Berdiev (pen) 90

"Neftchi": 16. Yuriy Coy, 4. Maksim Usmonov, 7. Mansurjon Saidov, 10. Anvar Berdiev, 11. Aziz Alijonov, 19. Sherzod Hakimov, 22. Iqboljon Akramov, 24. Asqarjon Muhiddinov, 25. Azizjon Ibragimov, 26. Alisher Holiqov, 29. Vladimir Radkevich

Bosh murabbiy: Yuriy Sarkisyan


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика